Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


-modda. Temir yo‘l transporti vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish


Download 0.59 Mb.
bet14/46
Sana19.11.2020
Hajmi0.59 Mb.
#147374
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI


114-modda. Temir yo‘l transporti vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish

Zarurat bo‘lmay turib, o‘zboshimchalik bilan poyezdni to‘xtatish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(114-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Yuk poyezdlarida o‘zboshimchalik bilan yurish, poyezd yurib ketayotganda poyezdga chiqish va poyezddan tushish, vagonlarning zinapoyalarida va tomlarida ketish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(114-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

115-modda. Metropolitendan foydalanish qoidalarini buzish

Metropolitendan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(115-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

116-modda. Uchish xavfsizligi qoidalarini buzish

Oldingi tahrirga qarang.

Aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga o‘xshash biror-bir belgi va qurilma o‘rnatish yoki aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirish, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(116-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi markirovka belgilarini yoki qurilmalarini o‘rnatish qoidalarini bajarmaganlik, —



Oldingi tahrirga qarang.

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(116-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirish, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(116-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Tegishli ruxsati bo‘lmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorug‘lik bilan ta’minlab turuvchi obyektlar hududida piyoda yoki transportda yurish, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(116-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxs tomonidan havo kemasini boshqarish, xuddi shuningdek bunday holatda bo‘lgan ekipaj a’zolarining havo kemasini boshqarishiga ijozat berish yoxud havo kemasini boshqaruvchi shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’siridagi yoki o‘zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibga muvofiq tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(116-modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Baxtsiz aviatsiya hodisasi deb topilgan hodisani, u haqidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa to‘g‘risidagi axborotni qasddan buzib ko‘rsatish, bortdagi va yerdagi obyektiv nazorat vositalarining ma’lumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bog‘liq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast yetkazish yoki ularni qasddan yo‘q qilib yuborish, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(116-modda oltinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

1161-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish

Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yo‘naltirish orqali xalaqit berish —



Oldingi tahrirga qarang.

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.



(1161-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 2631-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

1162-modda. O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, (bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno), —



(1162-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-noyabrdan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.



(1162-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2601-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 26-noyabrdagi 322-son “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 31-avgustdagi 287-son “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.

Oldingi tahrirga qarang.

1163-modda. Aviatsiya xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni buzish

Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tmagan shaxslarni, qo‘l yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaxiralarini yoxud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga yetkazib berish yoki yetkazib berishga ko‘maklashish, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(1163-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: 2014-yil 27-avgustdagi 33 va 87-sonli qaror bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasida radio, teleapparatura, audio va video texnika, kompyuter, planshet va mobil telefonlarni aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha tekshirish qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi ko‘zdan kechiruvini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.

117-modda. Havo kemasida yurish-turish qoidalarini buzish

Oldingi tahrirga qarang.

Havo kemasida bo‘lgan shaxslarning havo kemasi komandirining yoki havo kemasi komandiri nomidan ekipaj a’zosining farmoyishlarini bajarmasligi —



(117-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)

Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(117-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Havo kemasi bortida turib fotosuratga, kinoga, videoga olish, shuningdek radioaloqa vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

foto-kinoplyonka yoki videokassetalar musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(117-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: 2012-yil 27-dekabrdagi 14n-son buyruq bilan tasdiqlangan “Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari”.

118-modda. Suv transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish

Suv transporti sohasida kemalarning portga kirishi va portdan chiqishi, port suvlarida kemalarning harakati va turishi hamda shatakka olinishi qoidalarini yoxud signal chiroqlari berish, tovush signallar, shuningdek ko‘rilma va kunduzgi signallar almashinishning belgilangan tartibini buzish yoki kema yo‘liga baliq tutish qurilmalarini o‘rnatish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(118-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Port suvlarida tegishli ruxsati bo‘lmay turib g‘avvoslik ishlarini bajarish, shunday ishlarni olib borgan chog‘da signallar berish qoidalariga rioya qilmaslik —



Oldingi tahrirga qarang.

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(118-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Suv transportida xavfsizlikni ta’minlovchi signal va aloqa inshootlari hamda qurilmalarini shikastlantirish —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(118-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 204-son “Chet el noharbiy kemalari va harbiy kemalarning O‘zbekiston Respublikasi ichki suvlariga, portlariga (reydlariga) kirishi hamda u yerda bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.

Oldingi tahrirga qarang.

119-modda. Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish

(119-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi nazoratidagi kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini buzish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

(119-modda birinchi qismining saksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)

Kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan bir yilu olti oy muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.



(119-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 531-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari”.

120-modda. Portlarda yuklarni ortish, tushirish va taxlash qoidalarini buzish

Portlarda yuklarni ortish, tushirish va taxlash qoidalarini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(120-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

121-modda. Transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish

Lokomotivlar, vagonlar, daryo va havo kemalari, xuddi shuningdek hamma turdagi maxsus transportlarning oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(121-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Avtobuslarning, taksilarning, marshrut taksilarining, shahar elektr transportining va metropoliten vagonlarining oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(121-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling