Birinchi bosqich talabasi Muxammadiyev Farruxjon Naximjon o’g’li
To’g’ri chiziqli tekis harakatda jism bosib o’tgan yo’li vaqtga qanday bog’langan?
Download 206.88 Kb. Pdf ko'rish
|
2-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich talabasi Muxammadiyev Farruxjon Naximjon o’g’li
5. To’g’ri chiziqli tekis harakatda jism bosib o’tgan yo’li vaqtga qanday bog’langan?
Agar
jism ixtiyoriy teng vaqtlar oralig‘ida bir xil yo‘lni bosib o‘tsa, uning bunday harakati tekis harakat deb ataladi. Harakat tezligi o‘zgarmas bo‘lgan jismning harakati tekis harakatdir. Agar avtomobil to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab tekis harakatlanib, har bir minutda 1,5 km dan yo‘l bo sib o‘tayotgan bo‘lsa, 2 minutda 3 km, 5 minutda 7,5 km, 10 minutda 15 km, 30 minutda 45 km, 1 soatda 90 km yo‘lni bosib o‘tadi. Soat millari uchin ing harakati ham tekis harakatga misol bo‘la oladi. Lekin ularning harakat trayektoriyasi aylanadan iborat. Yuqorida keltirilgan misollardagi jismlarning harakatini uch turga ajratish mumkin: 1) tezligi bir xil va trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqli; 2) tezligi bir xil, lekin trayektoriyasi egri chiziqli; 3) trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqli, lekin tezligi har xil. Tevarak-atrofimizdagi jismlarning aksariyat hollardagi harakat
trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo‘ladi. Ayrim hollardagina jismlar yo‘lning ma’lum bir qismida to‘g‘ri chiziqli harakat qilishi mumkin.To‘g‘ri chiziqli harakat Jismning harakat trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, uning bunday harakati to‘g‘ri chiziqli harakat deyiladi.Аravachaning tezligi bir xil yoki har xil bo‘lishidan qat’i nazar, ularning harakat trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqlidir. To‘g‘ri yo‘ldan ketayotgan avtomobilning, temiryo‘lning to‘g‘ri qismida yurgan poyezdning, ma’lum balandlikka ko‘tarilib olganidan keyingi samolyotning m a’lum bir masofadagi harakatini to‘g‘ri chiziqli harakat deb olish mumkin.To‘g‘ri chiziqli tekis harakataravacha to‘g‘ri chiziqli, lekin harakat davomida turlicha tezlikda, ya’ni notekis harakat qilganida, uning harakatini to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deb b o‘lmaydi. Soat millari bir xil tezlikda, ya’ni tekis harakat qiladi, lekin trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqli emas. Shuning uchun soat millari uchining harakati ham to‘g‘ri chiziqli tekis harakatga misol bo‘la olmaydi. Aravachaning harakatida aravacha ham to‘g‘ri chiziqli, ham tekis harakat qilmo qda. Shuning uchun uning harakati to‘g‘ri chiziqli tekis harakatdir.Kinematika asoslariAgar to‘g‘ri chiziqli harakatlanayotgan jism ixtiyoriy teng vaqtlar oralig‘ida bir xil masofalarni bosib o‘tsa,
uning bunday harakati to‘g‘ri chiziqli tekis harakat deyiladi.Bunga yo‘lning ko‘tarilish, pasayish va burilishlar bo‘lmagan qismida avtomobilning tezlikni o‘zgartirmay harakatlanishi misol bo‘ ladi. Shuningdek, poyezd tezlik olib, ma’lum masofa o‘tganidan so‘ng to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qila boshlaydi. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat eng oddiy mexanik harakatdir. Shuning uchun mexanik harakatni o‘rganishni tezlik, masofa va vaqt orasidagi eng sodda bog‘lanishga ega bo‘lgan jismlarning to‘g‘ri chiziqli tekis harakatidan boshlaymiz. So‘ngra notekis va egri chiziqli harakat tezliklarini tahlil qilishga o‘tamiz.
Download 206.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling