Биринчи булим


Huquq tizimining tuzilish tamoyillari


Download 86.5 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1210499
1   2   3   4
Bog'liq
Huquq tizimi

2. Huquq tizimining tuzilish tamoyillari. Huquq tizimi tarixan obyektiv shakillanuvchi hodisa bo‘lgani sababli, uning normalari, huquq institutlari va huquq sohalariga ish ham obyektiv tamoyillarga asoslanadi. Huquq tizimining obyektiv tamoyillari —bu jamiyatda har bir huquq sohasi bilan kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdir. Bu ijtimoiy munosabatlar o‘zining mazmuni na davlat boshqaruvining qaysi sohasiga tegishli ekanligi bilan farq qiladi. Jamiyatning iqtisodi, ijtimoiy va siyosiy tuzilishidan kolib chiqqan xilma — xil ijtimoiy munosabatlar shu munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarning turini belgilab beradi. Shuning uchun ham huquq institutlari va huquq sohalariga hamda huquq normalariga -huquq tizimiga bo‘lishning bosh asoslaridan biri bu huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Bu ijtimoiy munosabatlar huquqiy tartibga solish predmeti deb ataladi.
Huquqiy tartibga solish quyidagi uchta holat bilan belgilanadi: a) subyektiv huquq va majburiyatlarni —ya’ni yuridik majburiyatlarni belgilash tartibi;
b) subyektlar harakati darajasini belgilash;
v) subyektiv huquq va majburiyatlarni ta’minlash yo‘llari bilan.
Huquqiy tartibga solish usuli huquq sohalarini taqqoslaganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunonchi, jinoyat huquqida bu usul bo‘yicha «qattiq» huquqiy tartibga solish ko‘rinadi, Masalan, bezorilik, o‘g‘rilik, vrachning kasalga o‘z vaqtida yordam bermaganligi jinoyatlarida ko‘rinadi.
Huquqiy tartibga solish asosan 2 — usulga bo‘linadi: 1) hokimiyat buyruq usuli yoki avtoritar usuli, 2) dispozitiv yoki avtonomiya usuli. Avtoritar usulda — huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi taraflardan biri davlat bo‘lib u subyektning va burchlarini paydo bo‘lishligini aniq belgilaydi. U hokimiyat huquqiga ega bo‘lib, «qattiq» tartib o‘rnatiladi. Bu usul ma’muriy, jinoiy va konstitutsiyaviy huquq, soqalarida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda keng qo‘llaniladi.
Avtonomiya (dispozitiv) usulda huquqiy munosabat ishtirokchilariga teng majburiyat belgilaydi. Taraflarning huquq va burchlari ularning kelishuvi bilan paydo bo‘ladi, o‘zgaradi va bekor bo‘ladi. Bu usul fuqarolik va soila huqo‘q sohalarida ko‘proq ishlatiladi
Demak, O‘zbekiston Respublikasi huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarning tartibga solish va usuli bilan bir biridan farq qiladi. Masalan, fuqarolik na meqnat huquqiy munosabatlari o‘zaro o‘xshash bo‘lsada, ularning tartibga solish predmeti va usuli turlichadir. Fuqarolik ijtimoiy munosabatlarning tartibga solish predmeti bo‘yicha — mulkiy bo‘lmagan va mulkiy huquqiy munosabatlarni o‘rgatadi. Meqnat huquqi esa — xodimlarning meqnat qilish munosabatlarini o‘rgatadi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish usuli bo‘yicha ham ikki huquq soqasi bir- biridan farq qiladi. Fuqarolik huquqida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish usuli bo‘yicha da’vo arizasi sudga beriladi. Sud bu ishlarni ko‘rib hal qiladi. Mahnat huquqi bo‘yicha xodimlarning meqnat nizolarini korxonalar va tashkilotlarning mehnat nizolarini hal qilish komissiyalarida ko‘rib, keyin kasaba uyushmalarida ko‘riladi. Xodimlar bularning qarorlariga rozi bo‘lmasa keyin mehnat nizosi to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat qiladi, sud mehnat nizolarini ko‘rib chiqib hal qiladi.
3. O‘zbekistonda hhuquq sohalarii yangilanishi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo‘lib, o‘zining milliy huquq tizimiga ega. Huquq tizimini asosini va uning yangilanishini 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Asosiy qonun. O‘zRning Konstitutsiyasi va boshqa bozor iqtisodiyotiga o‘tish to‘g‘risidagi normativ huquqiy hujjatlar tashkil qiladi. Huquq tizimi jamiyat tarraqqiyot mahsuli sifatida talablariga muvofiq ravishda o‘zgarib boradi. Shu bilan birga huquq tizimini tashkil topishi va rivojlanishi obyektiv holda bo‘lib, uning huquqiy normalar, huquq institutlari va huquq sohalariga ajratish ham obyektiv xarakterdagi tamoyillarga asoslanadi. Shuning uchun O‘zbekiston iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va huquqiy sohada islohatlar o‘tkazib uning huquq tizimiga kiruvchi — huquq sohalari yangilanib rivojlanib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo‘lib, jahonda rivojlangan davlatlar va sharqona milliy urf—odatlar asosida ko‘pgina yangi qonunlar qabul qildi. Jumladan, mulk, to‘g‘risida, davlat tasarufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, garov to‘g‘risida va boshqa bozor iqtisodiga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina qonunlar. Bular O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimini umumiy va xususiy bo‘linishga olib keladi.
Burjuaziya huquq fanida uning huquq tizimi umumiy va hususiy huquqga bo‘linadi. Huquqning bunday bo‘linishiga qadimgi Rim yuristi Ulpian asos solgan. Bu nazariya hozirgacha burjuaziya davlatlarida saqlanib, burjuaziya olimlarining fikricha huquqning bunday bo‘linishi tabiiy bo‘lib, shaxs bilan davlat o‘rtasidagi va xususiy mulkga asoslangan ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqqan. Umumiy huquq davlatga taaluqi bo‘lib —unga konstitutsiyaviy (davlat) huquqi, savdo huquqi va boshqa huquq sohalari kiradi. Xususiy huquq — alohida shaxslarga taaluqli bo‘lib, unga furqarolik huquqi, savdo va boshqa huquq sohalari kiradi,
Sobik sovet davlatida huquqning umumiy va xususiy bo‘linishi tan olinmadi. Chunki huquqning bunday bo‘linishi qukmron ekspluatator sinfiga xizmat qiladi deb kelindi.
Demak, huquq tizimi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzilishi bilan belgilangan obyektiv xarakterga ega bo‘lgan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi huquqiy normalar huquq institutlari va huquq sohalaridan iborat. Har bir huquq sohasi ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi predmet va usullarga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining asosiy huquq sohalari quyidagilardan iborat:
Konstitutsiyaviy huquq — bu huquq sohasi O‘zRsida davlat hokimiyatini amalga oshirish shaklini, fuqarolarning holatini, iison huquqi va erkinliklarini kafolatlovchi huquqiy normalarni, ma’muriy hududiy va davlat tuzilish shaklini, Oliy Majlis, Prezident va Vazirlar Mahkamasi faoliyatini, saylov tizimi, prokuratura, moliya va kredit, mudofa va xavfsizlikka oid huquqiy normalar yig‘indisidir. Bu huquqning manbai mustaqil O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi, turli qonunlar va boshqa hujjatlardir .
Ma’muriy huquq — davlat boshqaruvi, uning organlarining tashkil topish tartibini, davlat xizmatini o‘tash shartlarini, davlatni boshqarishda fuqarolarninig huquq va burchlarini o‘rgatadi. Bu huquqning manbai O‘zRsining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi Kodeksi, Prezident farmonlari, qaror, farmoyishlari va boshqa normativ huquqiy hujjatdir.
Moliya huquqi — O‘zbekistonda davlat pul muomalasini va moliyaviy faoliyatini belgilash, kredit berish, sug‘urta, zayomlarlar tarqatish va ularga yutuq berish, banklarga rahbarlik qilishga oid huquqiy normalar yig‘indisidir. Moliya huquqining normalari O‘zRsining Konstitutsiyasida budjet to‘g‘risidagi qonunda, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunda va boshqa normativ huquqiy xujjatlarda mustahkamlangan.

Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling