Биринчи булим


Jinoyat protsessual xuquqi


Download 86.5 Kb.
bet4/4
Sana18.02.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1210499
1   2   3   4
Bog'liq
Huquq tizimi

Jinoyat protsessual xuquqi — sud, prokuratura, tergov surishtiruv organlari, advakatura bilan fuqarolar uchun jinoiy ishlarni ko‘rish tartibini o‘rgatadi. Bu huquq normalari O‘zRsining Jinoyat —Protsessual Kodeksida aks ettirilgan.
Fuqarolik - protsessual xuquqi sudlarning fuqarolik, oilaviy mehnat, yer, moliyaviy va boshqa ishlarning ko‘rish tartibini o‘rgatadi. Bu huquq manbai O‘zRsining Fuqarolik — protsessual Kodeksida aks ettirilgan.
Xo‘jalik-protsnssual-huquq — xo‘jalik sudi tomonidan har xil shakildagi mulkka ega bo‘lgan korxonalar, jamoa xo‘jaliklari, xususiy korxonalar hamda O‘zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar o‘rtasidagi xo‘jalik nizolarini tartibga soladi. Bu huquq normalari O‘zRniig Konstitutsiyasida va O‘zRning Xo‘jalik — Protsessual Kodeksida mustaxkamlangan. Bu sohalaridan dastlabki o‘ntasi moddiy va keyingi uchtasi protsessual xuquq sohalarga kiradi.
Huquq tizimida har bir huquq sohasini paydo bo‘lish va rivojlanishi jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining obyektiv qonunlari bilan belgilanadi, Masalan hozirgi vaqtda O‘zRsi bozor iqtisodiga o‘tish davrida xususiy mulk huquqi bojxona huquqi, xo‘jalik xuquqi va boshqa yangi huquq, sohalari paydo bo‘lmoqda.
Huquq tizimida xalqaro huquq alohida o‘rin egallaydi. U biron davlatning milliy huquq tizimiga kirmaydi. Xalqaro huquq, turli ijtimoiy sistemadagi davlatlar o‘rtasida tinch — totuv yashash tamoyillariga va ular o‘rtasidagi diplomatiya va boshqa turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Xalqaro huquqning subyekti faqat davlatlar bo‘ladi. Bu huquq manbai turli xalqaro shartnomalar, bitimlar, konvensiyalar va boshqa xalqaro normalar qisoblanadi. Xalqaro huquq xalqaro umumiy va xususiy sohalari mavjud. Xalqaro dengiz huquqi xalqaro havo huquqi, xalqaro kosmos huquqi va boshqa huquq sohalari mavjud.
Huquq tizimi va huquqshunoslik fanlar tizimi . Huquq tizimini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Huquq tizimida qonunlar va huquqshunoslik fanlar tizimi asos qilib olinsada, lekin ular o‘rtasida farqu bor. Qonunlar yoki normativ hujjatlarni tizimi ya’ni tartibga solib nashr etish quyidagi ikki xil usullar bilan amalga oshiriladi. Inkorporatsiya va kodifikatsiya.
1. Inkorporatsiya (lotincha «qo‘shish») — hayotda amal qilayotgan qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarni mazmuniga o‘zgartirish kiritmasdan xronologik yoki alifbo tartibida, sohalar bo‘yicha alohida tizimga solib, chiqariladi. Masalan, (1938 —1971) yillarda chiqarilgan O‘zSSR qonunlar to‘plami.
Inkorporatsiyaning uch turi mavjud: 1) rasmiy inkorpora­siya, qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarni ularni chiqargan davlat organlari tomonidan tartibga solib nashr etib chiqariladi. Masalan, O‘zRsining Oliy Majlisi Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qabul qilgan qonunlar va qarorlarni har oyda chiqadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasida chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — hukumat amaldagi qonunlarga asosan O‘zbekiston xududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Bu qarorlar va farmoyishlarni har oyda chiqadigan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlar to‘plamida chiqaradi.
2. Ofitsioz inkorporatsiya — qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarni tartibga solishda vakolatli davlat organlari tomonidan to‘plam qilib chiqariladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan nashr qilingan qonunlar va boshqa normativ huquqiy xujjatlar to‘plami.
3. Norasmiy inkorporatsiya — bunda qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarni maxsus vakolatli bo‘lmagan idora va tashkilotlar tomonidan chiqariladi. Masalan, O‘zbekistonda yuridik nashriyot «Adolat» tomonidan ko‘p tomlik O‘zbekistonning yangi qonunlarini nashr etib chiqarilishi.
4. Kodeks (lotincha sadex —kitob) —huquq normalarining sohalari bo‘yicha yagona tizimga solingan normativ hujjat. U qonunlarni huquq sohalari bo‘yicha tartibga solishning eng muhim mukammal shaklidir. Kodeks jamiyatda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni muayyan sohasini tartibga soladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi mehnat, jinoyat, fuqarolik, xo‘jalik protsessual va boshqa kodekslar.
Huquqshunoslik fanlar tizimi huquq tizimidan keng bo‘lib ko‘pgina huquqshunoslik fanlarining nomi tizimiga to‘g‘ri keladi. Masalan, jinoyat huquqi, fuqarolik xuquki, jinoyat protsessual huquqi va boshqalar. Aksincha shunday huquqshunoslik fanlar borki, ular huquq tizimiga to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, davlat va huquq nazariyasi, davlat va huquq tarixi va hokazolar.
Huquqshunoslik fanlari ham sohalarga bo‘linadi, lekin ular huquq tizimi soqalariga mos kelmaydi. Huquqshunoslik quyidagi sohalarga bo‘linadi: davlat va huquq nazariyasi va tarixi, konstitutsiyaviy huquqg ma’muriy fuqarolik ququqi va fuqarolik protsessual huquqi, meqnat huquqi, yer huquqi, jinoyat huquqi, jinoyat protsessual xalqaro huquq va xalqaro umumiy, xususiy kriminalistika, kriminalogiya va xo‘jalik huquqi.
Yuridik adabiyotda hqukukshunoslik fanlari quyidagi asosiy to‘rt guruhga bo‘linadi: 1) umumnazariy metodologik va tarixiy fanlar (davlat va huquq nazariyasi, davlat va tarixi); 2) maxsus huquq sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar (konstitutsiyaviy huquq, yer, suv, jinoyat va boshqalar); 3) xalqaro va chet el huquqni o‘rganuvchi fanlar (xalqaro huquq, chet mamlakatlar davlati va huquqi); 4) amaliy huquqshunoslik fanlari (kriminalistika, sud meditsinasi, sud — psixiatriyasi, sud ximiyasi va boshqalar).
Demak, O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimi jamiyatda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning o‘xshash belgilariga qarab joylashtirilib, huquqiy normalar, insitutlari va turli huquq sohalaridan iborat. O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiga o‘tish davrida bu sohalari kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda o‘rni va mavqei o‘sib bormoqda. Shuning uchun jamiyat taraqqiy etishi bilan tizimi ham rivojlanmoqda.
Адабиётлар:


  1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т., «Ўзбекистон», 2003

  2. Каримов А.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасидир. 3-том, Т., «Ўзбекистон», 1996

  3. Каримов А.А. Биздан озод ва обод ватан қаолсин. 2-том, Т., «Ўзбекистон», 1996.

  4. Холмўминов Қ. Давлат ва ҳуқуқ назарияси, ўқув қўлланма. Тошкент, 2000.

  5. Бобоев Ҳ.Б., Одиловқориев Ҳ.Т. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. Дарслик, Тошкент, 2000

  6. www.ziyonet.uz

Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling