Birinchi harfini alfavitning to`rtinchi harfi bilan, ikkinchisi beshinchisi bilan va
Download 25.26 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- K A S B I Y
- B U G N I K T A L
birinchi harfini alfavitning to`rtinchi harfi bilan, ikkinchisi beshinchisi bilan va hokazo shu tartibda almashtirib matnning asli holatidan shifrlangan matn holatiga o`tkazgan. Keyinchalik Tsezar usulida almashtiruvchi harflar to`rtinchisiga emas, balki kelishilgan k siljish bilan aniqlangan. Shifrlashda matnning har bir harfi boshqa harf bilan quyidagi qoida asosida almashtiriladi. Bu erda K–butun son hisoblanib uni quyidagicha ifodalash mumkin: K=Kmod(m), m -alfavit soni. Aniqroq qilib aytganda: Tsezar usuli orqali shifrlashnin matematik ifodasi quyidagicha: C
k (j)=(j+k)(mod n) Bu erda j – almashtirilayotgan belgini alfavitdagi o`rni, k – siljish qadami, n – alfavitdagi harflar soni. Tsezar usuli orqali deshifrlashnin matematik ifodasi quyidagicha: C k
(j)=S n-k
=(j+n-k)(mod n) Bu erda j – almashtirilayotgan belgini alfavitdagi o`rni, k – siljish qadami, n – alfavitdagi harflar soni. Yuliy Tsezar bevosita k = 3 bo`lganda ushbu usuldan foydalangan. K=3 bo`lganda va alifbodagi harflar 26 ta bo`lganda quyidagi jadval hosil qilinadi: A→D
J→M S→V
B→E K→N
T→W C→F
L→O U→X
D→G M→P
V→Y E→H
N→Q W→Z
F→I O→R
X→A G→J
P→S Y→B
H→K Q→T
Z→C I→L
R→U Misol. Matn sifatida KRIPTOGRAFIY so`zini oladigan bo`lsak, Tsezar usuli natijasida quyidagi shifrlangan yozuv hosil bo`ladi: 27
NULSWRJUDILB Endi matn sifatida KOMPUTER so`zini oladigan bo`lsak, Tsezar usuli natijasida quyidagi shifrlangan yozuv hosil bo`ladi: NRPSBXHU. Ilmiy adabiyotlarda K=3 uchun Tsezar usulida shifrlashga Tsezarning ‘VENI VIDI VICI’ xabari (o`zbekcha tarjima qilganda ‘keldi, ko`rdi, yutdi’) misol qilib olinadi. Shifr ‘YHQL YLGL YLFL’ ko`rinishni oladi. Tsezarning shifrlash tizimining yutug’i shifrlash va qayta ochishning soddaligi hisoblanadi. Tsezar tizimining kamchiliklariga quyidagilarni aytib o`tish lozim. o Tsezar tizimini ishlatganda berilgan ochiq matn harflari takrorlanish chastotasini maksimal holatga keltirmaydi; o Almashtiruvchi harflar ketma-ketligida alfavitli tartib saqlanadi; K qiymati o`zgartirilganda faqat bu ketma-ketlikning boshlang’ich pozitsiyalari o`zgaradi; o K ning mumkin bo`lgan qiymatlari kam; o Tsezar’ tizimini shifr usulida harflarni paydo bo`lish chastotasini tahlili natijasida osongina ochish mumkin. Keyinchalik Tsezar usulida shifrlash takomillashtirilib o`rinlarni almashtirish usullaridan foydalanilgan. Kalit so`zli Tsezar tizimi. Tsezarning kalit so`zli shifrlash tizimi bitta alfavitli almashtirish tizimi hisoblanadi. Bu usulda kalit so`zi orqali harflarning surishda va tartibini o`zgartirishda foydalanadi. Lotin alifbosi bo`yicha Tsezarning kalit so`zli shifrlash tizimi uchun k (0 son va so`z yoki jumladan iborat kalit so`z tanlab olamiz. Kalit so`z tarkibida harflar takrorlanmasligi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuning uchun kalit so`z KASBIY
va k=6 bo`lsin. Lotin alifbosi bo`yicha Tsezarning kalit so`zli shifrlash tizimi uchun k=6 va
KASBIY kalit so`z uchun o`rin almashtirish jadvalini tuzamiz. Jadvalning birinchi satriga 26 ta lotin alfaviti harflarini ketma – ket tartibda yozib chiqamiz. Jadvalning
ikkinchi satriga birinchi satrdagi oxirgi k=6 ta harfni ketma ket yozamiz. Agar oxirgi olingan 6 ta harf ichida tanlab olingan KASBIY kalit harflari bo`lsa, ular olinmaydi
va undan oldingi harf olinadi. Shunday qilib jadvalning birinchi satrining oxiridan 28
Ushbu harflarni kelish tartibi bo`yicha jadvalning ikkinchi satriga ketma – ket yozib bo`lgach KASBIY kalit harflarini ketma – ket yozamiz. Keyin esa jadvalning birinchi
satri boshidan boshlab joylashgan harflarini navbat bilan ketma – ket yozishni boshlaymiz. Agar navbatdagi harf KASBIY kalit so`zda mavjud bo`lsa, uni qoldirib
navbatdagi harfga o`tamiz. Natijada quyidagi o`rin almashtirish jadvali hosil bo`ladi: A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z
U V W X Y Z K A S B I Y C D E F H J L M N O P Q R T Ushbu, k=6 va KASBIY kalit so`z uchun lotin alifbosi bo`yicha Tsezarning kalit
so`zli shifrlash tizimi orqali ixtiyoriy xabarni shifrlash va deshifrlashni amalga oshirish mumkin.
1. Xabarni shifrlash uchun xabar harflari almashtirish jadvalining birinchi satridan izlab topiladi va u shu harf ostidagi almashtirish jadvalining ikkinchi satridagi harf
bilan almashtiriladi. Masalan:
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MUTAXASSISLIGI so`zni shifrlasak, quyidagi shifr so`zni olamiz:
SDZEJCUMSIU OU
UQVEJEM MYQDEYEKSRUYUJS
CNMUQULLSLYSKS 2. Shifrlangan xabarni deshifrlash uchun shifrlangan xabar harflari almashtirish
jadvalining ikkinchi satridan izlab topiladi va u shu harf ustidagi almashtirish jadvalining birinchi satridagi harf bilan almashtiriladi..
Masalan: SDZEJCUMSIU
OU
MYQDEYEKSRUYUJS CNMUQULLSLYSKS
shifrlangan so`zni deshifrlasak, quyidagi so`zni olamiz: INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MUTAXASSISLIGI
Tsezarning kalit so`zli shifrlash tizimi uchun kalit so`z sifatida tarkibida takrorlanuvchi harflari bo`lgan ixtiyoriy so`zni ham olish mumkin. Masalan kalit so`z
BUGUNGI KUN TALABI va k=4 bo`lsin. eng avvalo kalit so`zni tahlil qilamiz va undagi navbatdagi takrorlanuvchi harfni hamda probelni tushirib qoldiramiz.
Takrorlanuvchi harfni hamda probelni tushirib qoldirsak BUGNIKTAL harflardan 29
bo`lgan holda almashtirish jadvalini tuzamiz: A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z
W X Y Z B U G N I K T A L C D E F H J M O P Q R S V Ushbu almashtirish jadvali bo`yicha
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MUTAXASSISLIGI so`zni shifrlasak, quyidagi shifr so`zni olamiz:
ICUVRDTS’SHETS PW
WRXDHDM MBRCDADGISWAWHI
AOMWRWJJAIGI Bir so`zni turli siljish soni va kalit so`z bilan shifrlasak turli xildagi shifrmatn
hosil bo`ldi, ya`ni: SDZEJCUMSIU
OU
MYQDEYEKSRUYUJS CNMUQULLSLYSKS
va
PW
MBRCDADGISWAWHI AOMWRWJJAIGI
Tsezarning kalit so`zli shifrlash tizimining Tsezarning oddiy shifrlash tizimidan shak shubhasiz yutug’i, unda cheksiz kalit so`zlardan foydalanish mumkinligidadir.
Ammo bu usullar hozirgi kunda amaliyotda qo`llanilmaydi.Chunki Tsezar shifrini va kalit so`zli Tsezar shifrini kiriptotahlil asosida ochish mumkin. Bu usullar faqat tarix
sifatida o`qitiladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling