Birinchi jahon urushi borishi va yakuni Mundarija Kirish Asosiy qism I. Bob Yevropada urishning yetilib borishi


Birinchi jahon urushining oqibatlari va yakunlari


Download 72.45 Kb.
bet6/7
Sana23.06.2023
Hajmi72.45 Kb.
#1651673
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-jaxon urushi

2.3 Birinchi jahon urushining oqibatlari va yakunlari
Urushning oqibatlari va birinchi jahon urushi haqida ma’lumot berar ekanmiz statistikalar ham uning qanchalar daxshatli bo‘lganligini ko‘rsatadi. Birinchi jahon urushining davomiyligi 4 yil-u 3.5 oy bo‘ldi. Safarbar qilinganlar 74 million kishini tashkil etadi. Halok bo‘lganlar 13,6 million yarador bo‘lib o‘lganlar sonidan ziyod urushda qatnashgan davlatlar soni 38 dan ziyod urushayotgan davlatlarda 1,5 milliard axoli yashardi. Yaralangan va nogiron 20 milliondan ziyod kishini tashkil etdi. Urushda asosan yetakchi davlatlar Fransiya, Germaniya va Rossiya katta talofatlar ko‘rdi. Fransiyaning 3/1 qismi deyarli tep-tekis qilib yuborildi.Urush garchi uncha katta hududlarda olib borilmagan bo‘lsada dunyoning boshqa mintaqalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Yevropa bozorlariga bog‘lanib qolgan lotin Amerikasi davlatlarida iqtisodiy inqirozlar ro‘y berdi. Osiyo va Afrika davlatlari mustamlaka sifatida urushda ishtirok etdilar. Inglizlar safida Bur Respublikasi qo‘shinlari qatnashdi, Fransiya safida afrikalik korpuslar mardonovor harakat qildilar. Osiyoning Uzoq Sharq qismida ham jiddiy kurash kechdi. Bu yerda Yaponiya o‘z gegemonligini o‘rnatish uchun kurashdi. Yevropa davlatlarining urushayotganidan foydalanib Xitoyda tasirini kuchaytirishga harakat qildi. Urush harakatlarini olib borilgan hudud 4 million kvadrat metr radiusdan iborat.12 Moddiy yoqotishlar 360mln $ , harbiy xarajatlar 208 millionni tashkil qildi. Lekin xattoki bunday raqamlar ham urushning asl fojeasini ochib berolmaydi. Chunki faqatgina iqtisodiy zararlar ham urushning insoniyat oldidagi manaviy fojealari oldida uncha axamiyatli emas. Lekin Birinchi jahon urushining oqibatlari haqida gapirarkanmiz, uning yakunidagi To‘rtlar Ittifoqi davlatlari zimmasiga yuklangan katta reparatsiyalar haqida ham to‘xtalishimiz kerak. Chunki ayni shunday nohaqliklar keyingi jahon urushiga omil bo‘ldi. Germaniya barcha mustamlakalardan mahrum qilinib 132 mlrd marka tovon berish talabi qo‘yildi. Avstriya- Vengriya imperiya tugatildi va uning zimmasiga ham katta tovon yuklandi. Turkiya va Bolgariya ham o‘g‘ir shartlar asosidagi sulhga rozi qilindi. Fransiya barcha zararlarni Germaniya hisobidan qoplashga harakat qildi. Haddan tashqari katta tovonlar hukumatning shavqatsiz siyosati tufayli urushda qatnashishga majbur qilingan ,imperialistik manfaatlarnigini ko‘zlaydigan imperatorlarning qilmishi sabab katta tovonlar to‘layotgan xalqning nafratini yanada qo‘zg‘adi. Antanta ham urushdan keyin imkon qadar mag‘lublarni talon-taroj qilishni kuchaytirdi. Bu esa qanday natijalar olib kelganini bilasiz.
Xulosa
Birinchi jahon urushi insoniyat boshiga katta balolarni yog‘dirdi. Birinchi marotaba dunyo keng ko‘lamli urush domiga tortildi. Urushgacha bo‘lgan o‘tgan ikki asr mobaynidagi barcha janglardagi yo‘qotishlar ham Birinchi jahon urushidagi qurbonlarga tenglashaolmaydi. Qisqa muddat ichida Yevropa hududlari jang maydonlariga aylandi. Urush olib borilgan hududlar vayron qilib tashlandi. Urushga daxli bo‘lmagan minglab tinch axoli vakillari halok bo‘lishdi. Urush natijasida vujudga kelgan yuqumli kasalliklar, iqtisodiy-siyosiy inqirozlar dunyoni izdan chiqarib yubordi. Qaysi mintaqada yashamasin har qaysi davlatlarda ham urushning ta’siri sezildi. Yevropa o‘zining iqtisodiy jixatdan qo‘lga kiritgan yutuqlarini rivojlantirish imkoniyatidan ayrildi. Bu davrda Yevropa davlatlarida fan ishlab chiqarish, yangicha kashfiyotlar qilish deyarli to‘xtadi. Sanoat harbiylashdi. Harbiylashgan sanoatga o‘tilishi, harbiy harajatlarning ortib borishi natijasida aholi turmush darajasi pasayib ketdi. Dengizda ilk marotaba suvosti janglari olib borildi. Bunday harbiy to‘qnashuvlar juda katta sarf harajatlarni keltirib chiqardi. Bunday mablag‘lar topish uchun sanoat korxonalarida qo‘shimcha yuklamalar kuchaydi.
Umuman olganda dunyo birinchi marotaba tinchlikning axamiyati haqida jiddiy qayg‘urdi va qadrini angladi. Hozir ham dunyoda urush olib borilayotgan hududlardagi ayanchli voqealarni internet tarmoqlarida guvohi bo‘lmoqdamiz. Yaqinda sodir bo‘lgan Falastin-Isroil o‘rtasidagi mojarolar hammani tashvishga solganligi bor gap. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bu borada o‘z fikrlari bildirar ekan ,, Falastin-Isroildagi voqealar, Al-Aqso masjidi atrofidagi harakatlar haqida gapirar ekanmiz, biz faqat tinchlik bo‘lishi tarafdorimiz. Albatta har qanday masala bir stol atrofida o‘tirib, murosa qilinsagina hal bo‘ladi ‘’13 deya ta’kidladi davlat raxbari. Shuni ta’kidlash lozimki prezidentimiz olib borayotgan siyosat eng avvalo yurtimizda va butun jahonda tinashga, farovon hayotga erishishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 23- sentabrdagi Birlashgan Milllatlar Tashkilotining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zladi va unda yana bir bor tinchlikning ahamiyati haqida to‘xtalib, uning jahonda o‘rnatilishi tinch-totuv hayotning ta’minlanishiga, farovonlikka erishishga olib boruvchi va insonning baxt-saodatiga hizmat qilishini takidladi14. Og‘riqli muammo bo‘lib kelayotgan Afg‘onistonda tinchlikning o‘rnatilishi masalasiga dunyo diqqat e’tiborini tortishi prezidentimizning xalqaro maydonda insonparvarlik siyosatini olib borayotganligidan dalolat beradi.

Download 72.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling