Informatsion dasturning zamonaviy yondashuvlari


Download 224.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana02.04.2023
Hajmi224.18 Kb.
#1321059
  1   2
Bog'liq
informatsion-dasturning-zamonaviy-yondashuvlari



Informatsion dasturning zamonaviy yondashuvlari 
 
Dilafruz Sa’dullaevna Xaynazarova 
O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada ommaviy axborot vositalarida information 
dasturlarga zamon talabiga muvofiq yondashish, zamon talabidan kelib chiqib 
faoliyat olib borish haqida fikr-mulohazalar yurutilgan.
Kalit so’zlar: Ommaviy axborot vositalari, information dastur, televideniya, 
axborot texnologiyalari, jurnalistika. 
Modern approaches of information program 
 
Dilafruz Sadullaevna Xaynazarova 
Uzbekistan University of Journalism and Mass Communications 
 
Abstract: This article discusses the approach to information programs in the 
media in accordance with the requirements of the time, to act in accordance with the 
requirements of the time. 
Keywords: Mass media, information program, television, information 
technology, journalism. 
Zamonaviy 
sharoitda 
Informatsion 
dasturga 
yondashishni 
strategik 
rivojlanishining asosiy yo'nalishi har tomonlama modernizatsiya bo'lib, uning asosiy 
sharti innovatsion salohiyatga va uni amalga oshirish imkoniyatlariga ega ijtimoiy 
mavjudligi hisoblanadi. Hozirda kundan-kunga axborot texnologiya vositalari 
rivojlanayotganligi sababli barcha sohada yangiliklar, sohaga yangicha yondashish 
juda tez-tez takrorlanmoqda. Shu qatorda ommaviy axborot vositalari sohasida ham. 
Ommaviy axborot vositalari orqali insonlarga atrfomizda, butun jahonda bo’layotgan 
yangiliklar bilan tanishtirish juda muhim vazifadir. Ma’lumki information 
dasturlarining bunda ro’li juda ahamiyatlidir. Zamon rivoji tufayli information 
dasturlarga ham zamon talabiga bog’liq yondashish lozim bo’ladi.
Quyida jurnalistika haqida ham bir qancha ma’lumot berib o’tsak: 
Jurnalistika - 
ijtimoiy faoliyat turi. Bu faoliyat egalari (jurnalistlar) ijtimoiy dolzarb axborotlarni 
toʻplash, tahlil qilish va ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, 
axborot agentliklari va b.) orqali tarqatish bilan shugʻullanadi. Jurnalistika ommaviy 
targʻibot va tashviqot shakllaridan biri. Jurnalistlarning xususiyati, maqsadi 
jamiyatning ijtimoiy tabiatiga bogʻliq. Jurnalistika atamasi dastlab jurnallar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
415


majmuiga, keyinchalik barcha davriy nashrlarga nisbatan qoʻllanilgan. Endilikda 
Jurnalistika iborasi Jurnalist faoliyati mahsulini, shu bilan bogʻliq kasblar majmuini, 
shuningdek, shu sohaga oid taʼlimni va fan tarmogʻini ham anglatadi. Jurnalistika 
faoliyati tarkibiga matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari, hujjatli kino va 
b. kiradi. 
Jurnalistika tizimidagi axborot vositalari ommaning kundalik dolzarb ijtimoiy va 
maxsus axborotga boʻlgan ehtiyojini krshshrishda asosan publitsistikata tayanadi, 
shuningdek, muhim ijtimoiy masalalarni talqin qiluvchi ilmiy, badiiy va boshqa 
asarlardan ham foydalanadi. Jurnalistika tizimidagi axborot vositalari oʻz faoliyatida 
maʼlum davriylikka va tezkorlikka amal qiladi. 
Axborotni toʻplash, taxlil qilish va tarqatishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy 
faoliyatning dastlabki kurtaklari qadim-qadimda paydo boʻlgan. Odamlarni ijtimoiy 
turmushda sodir boʻlayotgan voqealardan xabardor qilish, ularga axborot vositasida 
maʼlum gʻoyaviy-ruhiy taʼsir oʻtkazish turli shakl va usullarda namoyon boʻlgan. 
Ogʻzaki axborot notiqlar, jarchilar tomonidan yetkazilgan. Yozma maʼlumotlar esa, 
maye, Qad. Misrda papiruslarga bitilib, tarqatilgan. Qad. Rimda eʼlonlardan, 
qoʻlyozmalardan foydalanilgan. 
Ommaviy axborot paydo bulishi va rivojlanishi bilan umumiy saviyasi va kasbiy 
mahorati yuksak jurnalistlarga ehtiyoj kuchaya bordi. Ana shu ehtiyoj taqozosi turli 
mamlakatlarda maxsus Jurnalistika taʼlimini yuzaga keltirdi. Jurnalistning siyosiy 
yoʻnalishi jihatidan birbiridan farq qiluvchi bir nechta turi tarkib topdi, faoliyatning 
ijtimoiy hayotdagi oʻrni va vazifasiga doyr turlicha qarashlar yuzaga keldi. 
Chunonchi, kommunistik Jurnalistika faoliyatiga partiyaviylik, sinfiylik asos qilib 
olindi. Bu hol koʻp hollarda umuminsoniy maʼnoda axborot sohasida inson haq-
huquqlari va erkinliklarining cheklanishiga, qoʻpol ravishda poymol qilinishiga olib 
keldi. 
Jurnalistika taraqqiyoti qator omillarga bogʻliq boʻlib, siyosiy erkinliklar, 
birinchi galda, matbuot erkinligi bu omillar orasida alohida oʻrin egallaydi. Matbuot 
erkinligi demokratik jamiyat rivojining zaruriy sharti hisoblanadi. Jurnalistika erkin 
faoliyat sharoitidagina jamiyat aʼzolarini xolis va haqqoniy axborot bilan taʼminlay 
oladi, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzini vositachi sifatida namoyon etadi. 
Oʻzbekistonda Jurnalistika 19-asrning 2-yarmida paydo buldi. Uning tarixi 
Toshkentda chiqarilgan "Turkestanskiye vedomosti" va "Turkiston viloyatining 
gazeta" kabi rasmiy davriy nashrlardan boshlanadi. 20 a.ning 1- va 2-oʻn yilligida 
Oʻzbekistonda asosiy eʼtiborni milliy taraqqiyotni taʼminlashga qodir maʼrifatli 
insonlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan xususiy milliy gaz. va jur.lar ("Taraqqiy", 
"Xurshid", "Sadoi Turkiston", "Samarqand", "Oyina" va b.) ham faoliyat koʻrsatdi. 
Shoʻro tuzumi davrida Oʻzbekistonda davriy matbuot tarmogʻi respublika, viloyat va 
tuman miqyosida chiqadigan umumsiyosiy va tarmoq gaz.lari, shuningdek, yangi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
416


jur.lar hisobiga kengaydi, ayni paytda Oʻzbekistonda radiojurnalistika va 
telejurnalistika ham tarkib topdi. Lekin bular mustabid tuzum koʻzlagan siyosiy, 
iqtisodiy va mafkuraviy maqsadlarga xizmat qilishga mahkum edi. 
Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, respublika Jurnalistikasi 
demokratik bosqichga qadam qoʻydi va jamiyatni demokratik tarzda yangilash, 
huquqiy demokratik davlat barpo qilishga koʻmaklashayotgan yangi tizim shakllana 
boshladi. 1997 y.da "Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida", "Jurnalistik 
faoliyatni himoya qilish toʻgʻrisida", "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida" 
qonunlar 
qabul 
qilindi. 
Shuningdek, 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1999 y. 26 fevralida "Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash ti-zimini takomillashtirish toʻgʻrisida" gi qarori eʼlon qilindi. Mazkur 
hujjatlar respublikamizda jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini 
takomillashtirish hamda dunyo andozalari darajasiga koʻtarish yoʻlida gʻoyat muhim 
ahamiyatga egadir. Shundan beri oʻtgan vakt mobaynida bu qonunlar va qarorni 
amalga oshirish yoʻlida ancha ishlar qilindi. Istiklol tufayli respublika 
jurnalistlarining ijtimoiy hayot voqea va hodisalarini taxlil qilish va yoritishga 
yondashuvi ham tubdan oʻzgardi. Endiliqsa jurnalistlar ijtimoiy jarayonlarni tahlil 
qilish va yoritishda ilmiy bilimlarga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, xalqaro 
hamjamiyat eʼtirof etgan umumdemokratik qoidalarga tayanmoqda. 
Ommaviy axborot vositalariga biz televideniyani kiritishimiz mumkin bo’ladi. 
Televideniye tizimlar quyidagi asosiy belgilari boʻyicha tasniflanadi: sifat belgisi 
boʻyicha - oqqora (monoxromli), rangli, stereomonoxromli va stereorangli; 
signallarni qanday shaklga keltirishi (videoinformatsiya) boʻyicha - analog va 
diskretli (raqamli); aloqa kanali spektrining chastotasi boʻyicha - keng polosali va tor 
polosali. 
Televideniye inson turmushida muhim oʻrinni egalladi; televizion eshittirish 
sifatida keng tarqaldi. Televizion apparaturalar fan, tibbiyot, xalq xoʻjaligining turli 
tarmoklarida turli masalalarni hal qilishda keng ishlatiladi. Tasvirni uzoq masofaga 
olib koʻrsatish tajribalari 20-asr 30-yillarida boshlandi. Televideniye Oyning Yerdan 
koʻrinmaydigan tomonini oʻrganishga imkon yaratdi, Oy, Merkuriy, Venera, Mars va 
Yupiter sayyoralarining fototelevizion suratlari olindi. Toshkent telemarkazining 
tajriba sinov koʻrsatuvlari 1956-yil 5-noyabrdan boshlandi. 1957-yilda Oʻzbekiston 
radioeshittirish va televideniye qoʻmitasi tashkil etildi, qoʻmita 1992-yil 7-yanvarda 
Oʻzbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga, Oʻzbekiston Prezidentining 
1996-yil 7-maydagi farmoni bilan esa Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi 
("Oʻzteleradio") ga aylantirildi. "Oʻzteleradio" ommaviy axborot vositalarining 
muassasasi, tahririyati, tarqatuvchisi va noshiri huquklariga ega boʻldi. 
"Uzteleradio"ning 
Qoraqalpogʻiston 
Respublikasida, 
viloyatlarda 
hududiy 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
417


(mintaqaviy) boʻlimlari mavjud. Hozirda, Oʻzbekistonda ko‘plab telekanallar faoliyat 
yuritmoqda. 
"Oʻzteleradio" jahondagi koʻpgina yirik telekompaniyalar bilan, jumladan, 
Amerikaning CNN, Germaniyaning DW, Yaponiyaning NHK, TBS, FUJI, 
Koreyaning KV5, Turkiyaning TRT, Rossiyaning yetakchi telekompaniyalari bilan 
keng tarmoqli aloqalarga ega. Oʻzbekiston TV ning "Axborot" dasturi SCOLA 
(AQSh) konsorsiumi hamkorligida internet orqali uzatib boriladi. 
Televideniye paydo boʻlishi bilan ommaviy axborot vositalari tizimida sifat 
oʻzgarishi yuz berdi - insoniyat ijtimoiy hayot voqealarini bevosita koʻrish 
imkoniyatiga ega boʻldi, ijtimoiy ong bilan ijtimoiy borliq oʻrtasida eng kqisqa va 
qulay yoʻl barpo etildi, va neon ongiga va histuygʻusiga taʼsir etishning ishonchli 
vositasi vujudga keldi. Televideniye garchi soʻzni bosma ravishda koʻpaytirmasdan 
ijtimoiy hayotni ovoz va tasvir vositasida aks ettirsada, u matbuotning, ommaviy 
axborot vositalarining bir turi hisoblanadi va uning krnunkridalari asosida ish koʻradi. 
Televideniye matbuotning ijtimoiy informatsiya yig’ish va tarqatish vazifasining 3 
qirrasi boʻlmish tasvir, tahlil va taʼsir funksiyalarini toʻla bajaradi, yaʼni u hayotdagi 
voqea va hodisalarni tasvirlaydi, ularni taxlil qiladi, hayotga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. 
Matbuotning umuminsoniylik, xalqchillik, milliylik, haqqoniylik va boshqa 
tamoyillari ham televideniye faoliyati uchun bosh qonun hisoblanadi. Matbuotning 
ijodiy anʼanalariga amal qilish va yangi omillar yaratish, jamoatchilik fikrini 
ifodalash va boshqa qonuniyatlari ham televideniye uchun bevosita taalluqlidir. 
Matbuot materiallarining oʻzagini tashkil etuvchi publitsistika ham televideniye 
faoliyatida keng qoʻllanadi va uning oʻziga xos xususiyatlari bilan birlashgan holda 
telepublitsistikani tashkil etadi. Televideniyada publitsistikaning har 3 - informatsion, 
taxdiliy va badiiy koʻrinishlari keng xizmat qiladi. 
Televideniye faoliyati telejurnalistika qonuniyatlari asosida olib boriladi. 
Telejurnalistika - jurnalistika qonunqoidalarining televideniye imkoniyatlari bilan 
birlashmasidan iborat. Telejurnalistika janrlari ham matbuot janrlari bilan 
televideniye xususiyatining qoʻshilishidan kelib chikadi. Matbuotning informatsion, 
tahliliy va badiiypublitsistik janrlari televideniye xususiyatlari bilan mushtarak holda 
telexabar, telereportaj, telelavha, telesuhbat, telehisobot, telesharh, teleocherk, 
telefelyeton va boshqa xillarga aylanadi. Maʼlum mavzuga bagʻishlangan 
telekoʻrsatuvlar yigʻindisi telejurnal deb ataladi. Shu bilan birgalikda Televideniya 
ommaviy axborot vositalarining oʻziga xos, alohida bir turidir. U oʻz funksiyasini 
bajarishda publitsistika bilan bir qatorda ogʻzaki nutq sanʼati, adabiyot, teatr sanʼati, 
kino, musika sanʼati kabilardan ham keng foydalanadi. Shuning uchun ham T. boshqa 
ommaviy axborot vositalari orasida yuqori oʻrinda turadi. Telekoʻrsatuvlarda 
sanʼatning bu xildagi turlaridan keng foydalanish natijasida adabiyot va sanʼat turlari 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
418


bilan mushtarak boʻlgan telenovella, teleminiatyura, telefilm, telespektakl, 
telekompozitsiya va boshqa janrlar ham qoʻllaniladi. 
Ommaviy axborot vositalari har doim ommaviy ongga ta'sir qildi. Turli xil 
ommaviy axborot vositalarining soni oshgani sayin, yangi ta'sir paydo bo'lishi keng 
va rang-barang bo'lib bormoqda. Rossiyaning zamonaviy rivojlanishi kontekstida, 
bosmachimiz va Internet aholisi va mintaqalarining barcha guruhlari, televideniesi 
eng katta aloqa vositalari bo'lib qolmoqda. 
Sotsiologlarning fikriga ko'ra, biz pragmatik sabablarga ko'ra televizor tomosha 
qilayotganimizga ishonamiz, buzzni qo'lga olish uchun tubdan yangi, salbiy his-
tuyg'ularni birlashtirish. Birinchi o'rinda "Har bir kishi qarayapti - men ishda 
gaplashadigan hech narsa", "menda muhim narsani sog'inishdan qo'rqaman", deb 
qarayman. Hamma xuddi shu narsani tomosha qilganda, ijtimoiy naqshlar old 
tomonda edi. Televizor milliy identifikatsiya va dunyoqarashdi. Hammamiz qolamiz 
sovetlar "Vaqt" va "kinopanoram" dasturi tufayli. Eshitunosliklarning boshidanoq 
"kuchli televizion" nazariyasi ustunlik qildi, bu halokatli tomoshabinlarning xatti-
harakatlarini aniqlaydi. 1959 yilda Amerikalik milllar tomonidan ommaviy aloqa 
nazariyasi bo'yicha birinchi darslik nashr etildi. Va tez orada yana bir amerikalik, 
mcquaroill: Jamiyatni xabardor qilish, mo''tadillikning uzluksizligini aniqladi, 
avlodlar, avlodlar, urush, ba'zan diniy va boshqalarga tegishli ijtimoiy maqsadlarga 
erishish. 
Ta'kidlash joizki, zamonaviy jamiyatda televizorning muhim va umumiy 
reklama qismi - bu televizorning reklamaidir. Bu reklama birligi, reklama pauza, 
matnli, televidenie, virtual reklama va boshqa narsalar bo'lishi mumkin. Reklama 
virtual dunyoni tashkil qiladi, ularda xayoliy tasvirlar yashaydi. Odamlar buni 
bilishadi, lekin hali ham reklama qonunlariga bo'ysunadi. 

Download 224.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling