1-ma’ruza. Turkistonda matbuotning yuzaga kelishi. O’zbekiston jurnalistikasi tarixini davrlashtirish


Download 30.34 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi30.34 Kb.
#1151446
Bog'liq
1-мавзу. Ўзбек матбуоти тарихи


1-ma’ruza. Turkistonda matbuotning yuzaga kelishi. O’zbekiston jurnalistikasi tarixini davrlashtirish
XIX asrning 60-70 yillarida chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan Turkiston Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga viloyat sifatida kiritildi va oʼlkada qattiq harbiy tartibdagi boshqaruv tizimi oʼrnatildi. Turkistonni Rossiyaga xom ashyo yetkazib beruvchi koloniya mamlakat sifatida ushlab turish uchun oʼlkada matbuotni yuzaga keltirish va uning qudratli kuchidan oʼz maqsadlari yoʼlida foydalanish muhim edi. Buning uchun faqat ruc tilidagina emas, mahalliy xalq tilida ham gazeta tashkil qilish va shu orqali mahalliy aholini boshqarish moʼljallangandi. Shu sababli oʼlkada gazeta chiqarishga birinchi navbatda moddiy-texnik asos, xususan bosmaxona zarur edi. Shunday bosmaxona 1868 yilda Xivada ishga tushdi. Oradan koʼp oʼtmay, xususiy bosmaxonalar ham yuzaga keldi. Chunonchi, 1877 yili Toshkentda, 1880 yili Samarqandda, 1882 yili Namanganda, 1887 yili Qoʼqonda shunday bosmaxonalar tashkil etildi.
Birinchi davriy nashr «Turkistanskie vedomosti» gazetasining 1-soni 1870 yilning 28 aprel (10 may)da rus tilida hamda unga ilova tarzda «Turkiston viloyatining gazeti» bosilib chiqdi. Uning asosiy yoʼnalishi kolonial tuzumni mustahkamlash va bu tuzumni mahalliy xalq koʼz oldida yaxshilash, maqtashdan iborat edi. Shundan keyin, XIX asrning 80-90 yillariga kelib Turkistonda xususiy gazeta va jurnallar ham chop etila boshladi. «Zakaspiyskoe obozrenie» (1895-1913), «Russkiy Turkestan» (1898-1907), «Аsxabad» (1899-1918), «Okraina» (1890-1898) gazetalari «Sredneaziatskiy vestnik» (1896-1907), «Srednyaya Аziya» (1895-1896) jurnallari chiqib turgan.
Bu davrga kelib mahalliy ziyolilar anglab yetdilarki, mustamlakachilikdan xalos boʼlib, mustaqillikka erishish uchun, eng avvalo, mahalliy aholini maʼrifatli qilish, milliy ongni oshirish, oʼzligini anglatish lozim edi. Buning uchun esa milliy matbuotni tashkil etish masalasi juda muhim edi. Bu tarixiy vazifani jadidlar oʼz zimmasiga oldilar. Shunday qilib, Turkiston jadidlari tomonidan 1906 yilning 27 (14) iyunida «Taraqqiy» nomli gazeta chop etila boshlandi. Gazeta dastlabki sonlaridanoq mahalliy aholiga Rossiya imperiyasining mohiyatini, milliy zulm, mustamlakachilik nima ekanligini, erk, ozodlik, taraqqiyot tushunchalarini anglatishga harakat qildi.
1906 yilning avgust oyida Toshkent jadidlarining yetakchilaridan sanalgan Munavvar qori noshir va muharrirligida «Xurshid» gazetasini chiqirishga muvaffaq boʼldi. Bu turkistonlik jadidlarning ikkinchi gazetasi edi. Bu gazeta ham «Taraqqiy» kabi mahalliy ziyolilarning mustaqillik, milliy ozodlik harakatlaridan oʼquvchilarni xabardor qilib bordi. Аmmo koʼp oʼtmay ushbu vaqtli nashrlar hukumat tomonidan yopildi.
1907 qilning 1 dekabridan А.Аvloniy muharrirligida «Shuhrat» degan gazeta chiqa boshlaydi. U ham «Taraqqiy» va «Xurshid» gazetalarining yoʼlidan bordi. Аmmo uning ham 10 ta soni chiqqandan keyin, hukumat tomonidan yopildi. 1908 yildan boshlab chiqa boshlagan «Osiyo» gazetasi beshta sondan keyin faoliyatini toʼxtatishga majbur boʼldi. Faqat 1907 yilda Toshkentda chiqarilgan «Tujjor» gazetasi 36-sonidan keyin chiqmay qoʼydi. 1912 yil martdan to 1913 yil yanvargacha Buxoroda «Buxoroi sharif», 1912 yil iyuldan 1913 yil yanvargacha «Turon» gazetalari chiqqan. Bu gazetalar Buxoro xalqining fikriy uygʼonishiga xizmat qilgan. Bu davr Turkistonda milliy matbuotning birinchi davri boʼlib asosan, mahalliy aholi vakillari gazeta chiqarish malakasiga ega boʼldilar va uning qudratli kuchini tushunib yetdilar.
1913 yildan milliy matbuotning ikkinchi davri boshlanib, uning harakatlantiruvchi kuchi bu jadidlar edi. Agar milliy matbuotning birinchi davrida vaqtli nashrlar asosan Toshkent va Buxoroda chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bosqichga kelib Turkistonning boshqa hududlariga ham yoyildi. Xususan, Samarqand va Farg‘onada ham matbuot paydo bo‘ldi. Shuningdek, gazetalar bilan birga jurnallar ham chiqa boshladi.
1913 yil aprel oyidan Samarqandda «Samarqand» gazetasi Mahmudxo‘ja Behbudiy muharrirligida chiqa boshladi. Gazetaning jami 45 sonidan keyin moddiy tanglik tufayli faoliyati to‘xtadi. 1914 yil aprel oyidan esa «Sadoi Turkiston» gazetasi Toshkentda advokat Ubaydulla Asadullaxo‘jayev muharrirligida chiqqan. Bu gazeta jadidlarning eng obro‘li gazetalaridan biri darajasiga ko‘tarildi. Gazetaning 66-soni chiqqandan keyin 1915 yil aprel oyida to‘xtatildi. Ushbu gazeta bilan bir paytda, ya’ni 1914 yil aprelda Qo‘qonda «Sadoi Farg‘ona» gazetasi ham chop etila boshlandi. Gazeta o‘z oldiga o‘lkadagi ijtimoiy hodisalarning mohiyatini xalqqa tushuntirish maqsadini qo‘ygan edi va bu vazifani imkon darajasida amalga oshirgan. Gazetaning jami 122 ta soni chiqib, 1915 yilda yopiladi.
Milliy matbuotning ikkinchi davrini «Oyna» jurnalisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jurnalning birinchi soni 1913 yil 20 avgustda Samarqandda chiqqan. Uning muharriri ham Mahmudxo‘ja Behbudiy edi. Dastlab haftada bir marta, keyinroq o‘n besh kunda bir marta chiqqan bu jurnal tez orada o‘z o‘quvchilarini topdi va ularning sevimli nashriga aylandi. U faqat Samarqand, Buxoro, umuman Turkistondagina emas, balki Kavkaz, Tatariston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya kabi davlatlarga ham yetib bordi. «Oyna» jurnali 1915 yil iyun oyigacha faoliyatda bo‘lib, jami 68 soni chiqqan. Shu yilning yanvar oyidan yana bir jurnal «Al-Isloh» faoliyatini boshlab, 1918 yilgacha chop etildi.
1917 yil Rossiyada monarxiya tuzumi ag‘darilgandan so‘ng Turkistonda turli gazeta va jurnallar paydo bo‘ldi. Shulardan biri, bu «Najot» gazetasi bo‘lib, u 1917 yilda «Turkiston viloyatining gazeti» o‘rniga muvaqqat hukumatning nashri sifatida chop etila boshladi. Uning hammasi bo‘lib 20 ta soni chiqqan. Bu davrga kelib xususiy gazetalar, partiya va jamiyatlarning nashrlari ham chiqa boshladi. Jumladan, Namanganda (1917 martdan) «Farg‘ona sahifasi», Toshkentda (1917 yil aprel-may oylaridan) «Farg‘ona nidosi», Samarqandda (1917 apreldan) «Turon», «Sho‘roi islom», «Kengash», «Hurriyat», Qo‘qonda (1917 yil sentyabrdan) «El bayrog‘i» gazetalari hamda Qo‘qonda Hamza Hakimzoda Niyoziy muharrirligida «Kengash», «Hurriyat», keyinchalik iyun oyidan esa «Yurt» jurnallari chiqa boshladi. Mazkur gazeta va jurnallar Turkistonda ikki inqilob orasida dolzarb bo‘lgan masalalarni keng yoritdilar.
1917 yil 25 oktabrda sho‘rolar hokimiyatni egallaganidan so‘ng, ular muholifatda bo‘lgan barcha gazeta va jurnallarni taqiqlab, boshqa sohalar qatorida matbuotni ham o‘z qo‘llariga oldilar hamda mahalliy xalq o‘rtasida o‘z mafkuralarini targ‘ib etishga xizmat qiladigan nashrlarini tashkil eta boshladilar. Shunday nashrlardan biri 1918 yilda Samarqandda «Mehnatkashlar o‘qi» nomi bilan chop etildi. Toshkentda esa shu yili «Ishtirokiyun» gazetasi chiqa boshladi. Shu bilan birga asta-sekin turli sohalar, ijtimoiy guruhlar (yoshlar, bolalar, o‘qituvchilar, shifokorlar, fan va madaniyat xodimlari va h.k) ham o‘z nashrlariga ega bo‘ldilar. 1913 yildan milliy matbuotning ikkinchi davri boshlanib, uning harakatlantiruvchi kuchi bu jadidlar edi. Agar milliy matbuotning birinchi davrida vaqtli nashrlar asosan Toshkent va Buxoroda chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bosqichga kelib Turkistonning boshqa hududlariga ham yoyildi. Xususan, Samarqand va Farg‘onada ham matbuot paydo bo‘ldi. Shuningdek, gazetalar bilan birga jurnallar ham chiqa boshladi.
1913 yil aprel oyidan Samarqandda «Samarqand” gazetasi Mahmudxo‘ja Behbudiy muharrirligida chiqa boshladi. Gazetaning jami 45 sonidan keyin moddiy tanglik tufayli faoliyati to‘xtadi. 1914 yil aprel oyidan esa «Sadoi Turkiston” gazetasi Toshkentda advokat Ubaydulla Asadullaxo‘jayev muharrirligida chiqqan. Bu gazeta jadidlarning eng obro‘li gazetalaridan biri darajasiga ko‘tarildi. Gazetaning 66-soni chiqqandan keyin 1915 yil aprel oyida to‘xtatildi. Ushbu gazeta bilan bir paytda, yaʼni 1914 yil aprelda Qo‘qonda «Sadoi Farg‘ona” gazetasi ham chop etila boshlandi. Gazeta o‘z oldiga o‘lkadagi ijtimoiy hodisalarning mohiyatini xalqqa tushuntirish maqsadini qo‘ygan edi va bu vazifani imkon darajasida amalga oshirgan. Gazetaning jami 122 ta soni chiqib, 1915 yilda yopiladi.
Milliy matbuotning ikkinchi davrini «Oyna» jurnalisiz tasavvur etib boʼlmaydi. Jurnalning birinchi soni 1913 yil 20 avgustda Samarqandda chiqqan. Uning muharriri ham Mahmudxoʼja Behbudiy edi. Dastlab haftada bir marta, keyinroq oʼn besh kunda bir marta chiqqan bu jurnal tez orada oʼz oʼquvchilarini topdi va ularning sevimli nashriga aylandi. U faqat Samarqand, Buxoro, umuman Turkistondagina emas, balki Kavkaz, Tatariston, Eron, Аfgʼoniston, Hindiston, Turkiya kabi davlatlarga ham yetib bordi. «Oyna» jurnali 1915 yil iyunь oyigacha faoliyatda boʼlib, jami 68 soni chiqqan. Shu yilning yanvar oyidan yana bir jurnal «Аl-Isloh» faoliyatini boshlab, 1918 yilgacha chop etildi.
1917 yil Rossiyada monarxiya tuzumi agʼdarilgandan soʼng Turkistonda turli gazeta va jurnallar paydo boʼldi. Shulardan biri, bu «Najot» gazetasi boʼlib, u 1917 yilda «Turkiston viloyatining gazeti» oʼrniga muvaqqat hukumatning nashri sifatida chop etila boshladi. Uning hammasi boʼlib 20 ta soni chiqqan. Bu davrga kelib xususiy gazetalar, partiya va jamiyatlarning nashrlari ham chiqa boshladi. Jumladan, Namanganda (1917 martdan) «Fargʼona sahifasi», Toshkentda (1917 yil aprelь-may oylaridan) «Fargʼona nidosi», Samarqandda (1917 apreldan) «Turon», «Shoʼroi islom», «Kengash», «Hurriyat», Qoʼqonda (1917 yil sentyabrdan) «El bayrogʼi» gazetalari hamda Qoʼqonda Hamza Hakimzoda Niyoziy muharrirligida «Kengash», «Hurriyat», keyinchalik iyunь oyidan esa «Yurt» jurnallari chiqa boshladi. Mazkur gazeta va jurnallar Turkistonda ikki inqilob orasida dolzarb boʼlgan masalalarni keng yoritdilar.
1917 yil 25 oktyabrda shoʼrolar hokimiyatni egallaganidan soʼng, ular muholifatda boʼlgan barcha gazeta va jurnallarni taqiqlab, boshqa sohalar qatorida matbuotni ham oʼz qoʼllariga oldilar hamda mahalliy xalq oʼrtasida oʼz mafkuralarini targʼib etishga xizmat qiladigan nashrlarini tashkil eta boshladilar. Shunday nashrlardan biri 1918 yilda Samarqandda «Mehnatkashlar oʼqi» nomi bilan chop etildi. Toshkentda esa shu yili «Ishtirokiyun» gazetasi chiqa boshladi. Shu bilan birga asta-sekin turli sohalar, ijtimoiy guruhlar (yoshlar, bolalar, oʼqituvchilar, shifokorlar, fan va madaniyat xodimlari va h.k) ham oʼz nashrlariga ega boʼldilar.
«Qizil O‘zbekiston» gazetasi. Dastlabki soni 1918-yil 21-iyunda — "Ishtirokiyun" ("Kommunist") nomi bilan chiqqan. Keyinchalik "Qizil bayroq" (1920), "Turkiston" (1922), "Qizil Oʻzbekiston" (1924), "Sovet Oʻzbekistoni" (1964) nomlarida nashr etilgan. 1991-yildan Oʻzbekiston ovozi deb nashr etilib kelinmoqda. 
Abdulla Qodiriy satira va yumor yo‘lida «Mushtum» jurnalini 1923 yil 13 fevralda tashkil qildi.
1913 yil aprel oyida chiqqan "Samarqand” gazetasi 1917 yil
16 apreldan gazeta "Hurriyat” nomi bilan chiqa boshlagan.
1918 yil 11 iyundan boshlab "Hurriyat” gazetasi sho‘ro hukumati ta’sirida "Mehnatkashlar o‘qi” nomi bilan chiqa boshladi.
Gazetaning 5-sonidan keyin gazeta nomi "Mehnatkashlar tovushi”ga aylantirilgan.
1921 yildan gazetaning nomi yana o‘zgartiriladi – "Kambag‘allar tovushi”ga aylantiriladi.
1922 yilning oktyabr oyiga kelib gazeta "Zarafshon” nomi bilan chiqadi. Gazetani qayta tashkil etganlardan biri G‘ozi Yunus bo‘ldi. Asli toshkentlik bo‘lgan bu inson gazeta uchun o‘zi bilan birga bir necha pud harf, 150 pud yaxshi qog‘oz hamda ikki nafar harf teruvchi olib keladi.
Download 30.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling