Birinchi prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan e’lon qilingan 9 may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda


Download 59.04 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi59.04 Kb.
#145562
Bog'liq
Inson qadri


Inson qadri – ulug‘, xotirasi – muqaddas

BIRINCHI Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan e’lon qilingan 9 may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘. O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o‘zligini yo‘qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylandi.



Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 24 martda qabul qilingan «Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 65 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan ehtiromning yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq barcha shahar va tumanlarda, qishloq va mahallalarda urush qatnashchilari va nogironlariga yubiley medali va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

9 may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum. Bu yerga urush va mehnat faxriylari, hukumat a’zolari, deputatlar va senatorlar, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Maydon uzra mahzun musiqa taraladi.

Soat 8.30. Maydonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kirib keldi.

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

SHAVKAT MIRZIYOYEV Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

– Yurtimizda muqaddas Xotira va qadrlash kuni deb nom olgan bu qutlug‘ bayram bilan avvalo bugun safimizda cog‘-salomat hayot kechirayotgan urush qatnashchilarini, nuroniy otaxonlarimizni, barcha-barcha yurtdoshlarimizni bag‘rimga bosib, chin qalbimdan samimiy tabriklayman, – dedi Islom Karimov.

Biz 9 may – G‘alaba kuniga Xotira va qadrlash kuni deb nom berganimizga, mana, 12 yil to‘lmoqda. Bugungi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkin: bunday nom olgan bu sana yurtimizda umumxalq bayramiga, haqiqiy an’anaga aylanib qoldi. Nega deganda, xotira va qadrlash tushunchalari asl milliy qadriyatlarimizga javob berib, ota-bobolarimizdan qolgan ham diniy, ham insoniy urf-odatimizdir.

O‘tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning arvohlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan, dedi davlatimiz rahbari.

Shu ma’noda, biz avvalo urush maydonlaridan qaytmaganlarning xotirasi oldida, beshafqat janglarda halok bo‘lganlar va shu urushda qatnashgan barcha insonlarning jasorati va matonati oldida bosh egamiz. Bu ayovsiz urush yurtimizda qancha-qancha beva-bechora va yetim-yesirlarni qoldirib, qanday og‘ir azob-uqubatlar olib kelganini yana va yana bir bor eslaymiz.

Shular haqida gapirganda, yana bir muhim vazifamiz bo‘lmish – bugun safimizda omon bo‘lib, hayotimizga fayz bag‘ishlab kelayotgan urush qatnashchilari, muhtaram faxriylarimizga munosabat haqida alohida so‘z yuritishni istardim.

Ularning umri g‘animat ekanini unutmaslik, ayni hayot bo‘lgan paytida ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, og‘irini yengil qilish, qadrlash va e’zozlash barchamiz uchun, avvalo, hukumat va hokimiyat rahbarlari uchun ham qarz, ham farz, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi. Lo‘nda qilib aytganda, ertaga pushaymon bo‘lmaslik uchun bugun burchimizni ado etsak, ayni muddao bo‘lar edi.

Xalqimizning sobiq Ittifoq xalqlari qatorida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida gapirganda, ba’zi raqamlarni keltirishni o‘rinli deb bilaman, dedi Yurtboshimiz. Urush arafasida mamlakatimizda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan bo‘lsa, shundan 1,5 millioni urushda bevosita ishtirok etgan.

Ya’ni, yosh go‘dak va bolalarni, qariyalar va ayollarni hisobga olmaganda, xalqimizning 40 foizdan ko‘prog‘i qo‘liga qurol olib, jang maydonlarida qatnashgan. Va bu dahshatli urushda qariyb 500 ming yurtdoshimiz, ya’ni urushda qatnashganlarning 30 foizi halok bo‘lgan, nobud bo‘lgan.

Albatta, hammamiz yaxshi tushunamiz, shuncha qurbon va yo‘qotishlarni xalqimiz Vatanini fashizm balosidan, fashizm qulligidan saqlab qolish uchun bergan.

Shu bilan birga, bir fikrni takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi, dedi Prezidentimiz.

Ishonchim komil, bizning ota-bobolarimiz suronli urush maydonlarida qandaydir noma’lum tepalikni egallash, unga qizil bayroq o‘rnatish uchun emas, xayolida avvalambor o‘z ota-onasi, bolalari, sevimli yori uchun, ularning kelajagi va tinch hayoti uchun jon fido qilgan.

O‘ylaymanki, mana shunday fikr-o‘ylar odamning ko‘nglidan o‘tar ekan, beomon janglarda qon to‘kkan, halok bo‘lganlarning bizlarga – bugungi musaffo osmon ostida osuda va to‘q yashayotganlarga qaratilgan umidlari bamisoli qandaydir sado-da’vat bo‘lib, qulog‘imizda yangrab turgan bo‘lsa, bu ham haqiqatdan uzoq emas.

Ya’ni, ularning “Bolalarimiz, yurtimiz omon bo‘lsin, xalqimiz hech qachon hech kimdan kam bo‘lmagan va hech kimdan kam bo‘lmasin”, degan niyatlari bugun barchamiz uchun aynan bizlarga qaratilgan da’vat sifatida tuyulib tursa, buni ham tabiiy hol deb qabul qilishimiz kerak.

Odam shular haqida o‘ylar ekan, bunday ezgu niyatlarni, yurtimizning, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, go‘zal va betakror Vatanimizning yanada taraqqiy topishiga hissa qo‘shish barchamiz uchun, bugun yashayotgan avlod uchun ham fuqarolik, ham insoniy burch desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Hech kimga sir emas, bugungi dunyoda o‘zining qadr-qimmatini, g‘urur va nomusini anglab yashaydigan, o‘z kuchi va qudratiga inongan, o‘z mehnati va aql-zakovati bilan kelajagini qurishga va o‘z yurtini himoyalashga qurbi yetadigan davlat va xalqni jahon ahli tan oladi va hurmat qiladi.

Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin?

Avvalo, biz bugun yashayotgan notinch va tahlikali sharoit Vatanimiz mustaqilligi, chegaralarimiz daxlsizligini, aholimizning tinch hayotini himoya qilishga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlarimizning salohiyatini oshirish, uning imkoniyatlarini mustahkamlash vazifasi doimo e’tibor markazida turishini talab qiladi.

Yurtimizda hukm surayotgan, eng katta boyligimiz bo‘lmish tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrash, uzoq va yaqin qo‘shnilar bilan til topib, do‘stlik va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish vazifasi bu borada o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.ABugungi dolzarb vazifalarimizdan yana biri, deya ta’kidladi Islom Karimov, O‘zbekistonni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga ko‘tarish, erkin va demokratik jamiyat qurish va buning uchun yurtimizdagi mavjud barcha imkoniyatlarni ishga solishdan iboratdir.Aynan shu maqsadga erishish yo‘lida Vatanimizning ertangi kuni, kelajagi bo‘lmish, bizning tayanchimiz va suyanchimiz bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash, farzandlarimizga zamonaviy bilim berish va ularni haqiqatan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish eng ustuvor vazifamiz ekanini hech qachon unutmasligimiz darkor.Bugun nishonlayotgan bayramimiz shunday bir kunki, u shu yurtda yashayotgan har qaysi oila, har qaysi xonadon uchun bevosita daxldor bo‘lgan, ularning hayotida qandaydir chuqur iz qoldirgan tarixiy sanadir.

Ayni shu kunda men el-yurtimiz bilan birga bo‘lib, shu kunning ham xursandchiligini, ham iztirobini urush qatnashchilari, muhtaram faxriylarimiz bilan baham ko‘rib, g‘oyibona bo‘lsa ham ularning barchasini bag‘pimra bosib, yana va yana bir bor butun xalqimizni ana shu tarixiy sana bilan tabriklashni o‘zimning muqaddas burchim deb bilaman.



Fursatdan foydalanib, barcha vatandoshlarimizga tinchlik-omonlik, baxt va omad tilayman, dedi Islom Karimov.
Download 59.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling