Birinchi psixologik yordam nima (bpyo)?
Download 38.53 Kb.
|
Birinchi psixologik yordam
Yo‘naltirish
Jarohat yetkazuvchi vaziyatlarni boshidan kechirgan insonlar, ko‘p hollarda o‘zlarini himoyasiz, dunyodan uzilib qolgan yoki nochor his qiladilar. Ularning har kungi hayotlari qulaydi, ular birlamchi yordamlarni boshqa qabul qilmaydilar va birdaniga stressli holatlarda bo‘lib qoladilar. Quyida insonlar ko‘p hollarda muhtoj bo‘ladigan ehtiyojlar keltirilgan: • Suv, ovqat, uy-joy va sanitar vositalar kabi birlamchi ehtiyojlar (birlamchi ehtiyojlarni qondirishlariga yordam bering). Insonlarga ehtiyojlarini qondirishlarida amaliy maslahatlar bering (masalan, oziq-ovqat yoki moddiy yordam olish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tishni tushuntiring) • Jarohat va surunkali kasalliklar bor holatlarida tibbiy yordam (aniq nima kerakligini biling, va inson o‘ziga kerakli bo‘lganlarni olishi mumkin bo‘lgan joyga yo‘naltirishga harakat qiling) • Bo‘lib o‘tganlar haqida, yaqin insonlar va aniq yordam xizmatlar xaqida aniq va tushunarli bo‘lgan ma’lumot (Bor ma’lumotlarni yetkazing yoki inson vaziyat, yaqinlari va boshqalar xaqida ma’lumot olishi mumkin bo‘lgan joyga yo‘naltiring) • Yaqinlari, do‘stlari bilan muloqot va ijtimoiy yordamni qabul qilish (Insonlarga xayotlarida kim ularga tayanch ekanliklarini, masalan qiyin vaziyatlarda yordam bera olishi mumkin bo‘lgan do‘stlari yoki qarindoshlarini eslashlariga yordamlashing) • Kamsitilishga duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan insonlar guruhlarini qo‘llab-quvvatlash. (Madaniyati, millati va boshqa ehtiyojlari bilan ajralib turadigan himoyaga muhtoj insonlar e’tiborsiz qolmaganliklariga ishonch hosil qiling. Yolg‘on va’dalar bermang, va’da bergan bo‘lsangiz ularni bajaring. Insonga o‘zida ishonch his qilishiga nima yordam berishini so‘rang, va unga ijobiy kurash strategiyalarni qo‘llashni va salbiylaridan qochishni maslahat bering). • O‘z fikrini aytishiga imkon berish va muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etish. Esingizda bo‘lsin, siz insonlar oldida qisqa vaqt bo‘lishingiz mumkin va sizning eng birinchi vazifangiz – insonlarga o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishlariga va bo‘layotgan vaziyat ustidan nazoratni tiklashlriga yordam berish. Download 38.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling