Birinchi tibbiy yordamning ahamiyati va uni bajarishning umumiy qoidaiari


Download 22.77 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2023
Hajmi22.77 Kb.
#1773812
  1   2
Bog'liq
Akbarova va iqtidorli


BIRINCHI TIBBIY YORDAMNING AHAMIYATI
VA UNI BAJARISHNING UMUMIY QOIDAIARI
Farg’ona jamoat salomatligini tibbiyot instituti “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi Avtomatika fani o’qituvchisi
Akbarova Munojatxon Yusubjanovna
Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Davolash ishi yo’nalishi 37.22 guruh talabasi Abdulaliyev Zikrillo Muhamadali o’g’li
Annotatsiya: Birinchi tibbiy yordamning vazifasi eng oddiy choralarni ko‘rish bilan shikastlangan odam hayotini qutqarib qolish, uning azob-uqubatlarini kamaytirish, ro‘y berish ehtimoli bo‘lgan asoratlarning oldini olish, jarohatning o‘tishini yengillashtirishdan iborat.
Kalit so’zlar: Bolalarga va shu damning o‘zida yordam olmasa o‘lib qolishi mumkin bo‘lgan shikastlanganlarga birinchi navbatda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Birinchi tibbiy yordam shikastlanish hodisasi ro‘y bergan joyda shikastlangan odamning o‘zi (o‘z-o‘ziga yordam berish), o‘rtog'i (o‘zaro yordam) va sanitar drajinachilar tomonidan berilishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamga kiradigan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
- Qon oqishini vaqtincha to‘xtatish, badanning jarohatlangan va kuygan joyiga steril bog‘lam qo‘yib bog‘lash, sun’iy nafas oldirish va yurakni bilvosita massaj qilish, antidotlar bilan ukol qilish, antibiotiklar berish, og ‘riq qoldiradigan dorilar yuborish (shok - holsiz holatda), yonib turgan kiyimni o'chirish, transportda olib borish uchun shikastlangan joyni qimirlamaydigan qilib bog‘lab qo‘yish (transport immobilizatsiyasi), bemorning badanini isitish (sovuq urib qotib qolganda), shikastlangan kishini zaharlangan joydan olib chiqish, qisman sanitar ko‘rigidan o ‘tkazish;
- Birinchi tibbiy yordamni mumkin qadar tezroq ko‘rsatish kasallik va jarohatning qanday o‘tishi hamda oqibati nima bilan tugashi uchun, ba’zida esa hayotni qutqarib qolish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, qon ko‘p ketib turganda, odam elektr tokidan shikastlanganda. suvga cho‘kkan paytida, yurak faoliyati to'xtab, nafasi chiqmay qolgan paytda birinchi tibbiy yordam darhol ko‘rsatilishi kerak;
- Bolalarga va shu damning o‘zida yordam olmasa o‘lib qolishi mumkin bo‘lgan shikastlanganlarga birinchi navbatda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi;
- Son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon ketib turgan mahalda birinchi navbatda hayot uchun xatarli bo‘lgan qon ketishini to‘xtatish, keyin jarohatga steril bog‘lam qo‘yish va shundan keyingina oyoqni qimirlamaydigan qilib bog‘lashga kirishish lozim. Bunda singan joyni qimirlamaydigan qilib qo‘yish uchun maxsus shina solib bog‘lash yoki qo‘lida bor bo‘lgan boshqa vositalardan foydalanish kerak. Birinchi tibbiy yordamning hamma usul-amallarini ehtiyotkorlik bilan avaylab bajarish lozim. Qo‘pol harakatlar qilinadigan bo’lsa, shikastlangan kishiga zarar qilishi va uning ahvoli yomonlashib qolishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam ikki yoki bir necha kishi tomonidan ko'rsatilishi mumkin.
Qon ketishida ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam.
Qon ketishi jarohatlarning bevosita hayotga xavf soluvchi eng xatarli asoratidir. Qon ketishi deganda shikastlangan tomirlardan qon chiqib turishi tushuniladi.
Shikastlangan tomirlarning tabiatiga qarab arteriyalardan, venalardan, kapillardan qon ketishi tafovut qilinadi. Arteriyalardan qon ketishi hammadan xatarlidir, bunda qisqa muddat ichida organizmdan talaygina miqdorda qon ketib qolishi mumkin. Arteriyalardan qon ketishining alomatlari chiqayotgan qonning qirmizi qizil rangda bo‘lishi, uning otilib-otilib chiqib turishidir. Venalardan qon ketishi arteriyalardan qon ketishidan farq qilib, bir muncha to‘qroq rangda bo‘ladigan qonning uzluksiz ravishda oqib chiqib turishi bilan xarakterlanadi, bunda qon otilib chiqmaydi (venoz qon ketishi). Kapillarlardan qon ketishi teri, teri osti kletchatkasi va muskullardagi mayda-mayda tomirlar zararlanganida sodir bo‘ladi. Kapillarlardan qon ketayotgan mahalda jarohatning butun yuzasi qonab turadi. Tashqariga arteriyadan oqib chiqayotgan qonni vaqtincha to‘xtatish yo'li (qon ketishining bu xili hayot uchun hammadan ko‘ra xatarliroqdir) jgut yoki burarna qo'yish orqali, qo‘l yoki oyoqni imkoni boricha qattiqroq bukilgan holatda bog‘lab qo‘yish, arteriyani shikastlangan joyidan yuqori tomonini barmoqlar bilan bosib turishdir. Bunda arteriyaning suyaklarga yaqinroq joyiga bosib turiladigan puls nuqtalarini bilish kerak. Uyqu va chakka arteriyasi jarohatlanganida esa barmoqlar jarohatning pastlari bosiladi. Arteriyalarni barmoq bilan bosib turish qon oqishini vaqtincha to‘xtashning eng oson va tezkor usulidir. Bunda arteriyalar suyak yonidan yoki uning ustidan o‘tadigan joylar barmoq bilan bosib turiladi. Tomirni barmoq bilan bosib, qon to‘xtatib turilganidan keyin, mumkin bo‘lgan joylarga jgut yoki burama qo‘yish va jarohatni steril bog‘lama bilan bog‘lab qo‘yish kerak. Qo’l oyoqlarning yirik arterial tomirlari
shikastlangan paytlarda jgut (burama) qo‘yish qonni vaqtincha to‘xtatib turishning asosiy usulidir. Jgutni son, boldir, yelka va bilaklardan, jarohatga yaqinroq qilib, qon oqayotgan joydan yuqoriroqqa, terini qisib qo‘ymaslik uchun kiyim ustidan yoki tagiga yumshoq material (bint, ro‘molcha va b.) qo‘yib turib qo‘yiladi. Uni odatda oqayotgan qon to'xtaydigan darajada tortib turib qo‘yish maqsadga muvofiq. Jgut qo‘yilgan vaqt, kuni, soati va daqiqasini qog‘ozga yozib, uni yaxshi ko‘rinib turadigan qilib jgut o‘rami tagiga qistirib qo‘yiladi.



Download 22.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling