Birinchi ustozim


Download 16.45 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi16.45 Kb.
#1145314
Bog'liq
Birinchi ustozim 2022 йил


Birinchi ustozim
Ushbu esse mavzusining yozish topshiriq berilgandan song birinchi ustozim va birinshi sinfga borganim, beg’ibor bolalik xotiralarim yodimga tushdi. Ayniqsa maktabdagi ilk qadamlarim, eng birinchi ustozimning qolimga qalam ushlatib harflarni urgatishi ko’z oldimga keledi. Mehribon ustoz, bag‘rikeng inson, farishtamonand ayol...” Bu so‘zlarni tilga olganimda, ko‘z o‘ngimda birinchi ustozimning samimiy chehrasi gavdalanadi. O‘ylab ko‘rsam, birinchi o‘qituvchim haqida juda oz narsa bilar ekanman. Bilganlarim ham mana shu soddagina tavsif-u, unga nisbatan qalbimda yillar osha ulg‘aygan, o‘z shaklini, rangini o‘zgartirib borgan tuyg‘ular, xolos.
Yetti yoshga to‘lib maktabga chiqdim. “Maktab”, “o‘qituvchi” degan so‘zlarning mohiyatini hali to‘la anglamagan,. Ko‘nglimda ishonchning murg‘ak tomirlarini uyg‘otgan va uni kelajak orzulariga payvand aylagan birinchi ustozim!
Bu shunday ishonchki, mashaqqat onlarida toqat, baxtli lahzalarda shukronalik bo‘lib qalbimda ko‘z ochdi. U yashash uchun kuch berib, quloqlarim ostida “Sen hammasini uddalaysan”, degan sado bo‘lib jaranglayveradi.
Esimda, maktabga qatnay boshlaganimga bir hafta bo‘lmay topshiriqlaringizdan charchadim. Soatlab partada o‘tirishdan zerikdim. Bog‘chadagi kabi istagan paytimda do‘stlarim bilan o‘ynashni, o‘yinchoqlar talashishni qo‘msadim. Mendagi loqaydlik, dangasalikni ko‘rib qo‘limga rasmli kitob tutqazdingiz. Ertak qahramonlarini ranglarga ajratib bo‘yash, ular haqida bilganlarimni gapirib berishni vazifa qilib topshirdingiz. Sinfdoshlarim harf tanib, yozishni o‘rganayotganda, men topshirig‘ingizni bajarishga harakat qildim-u, uddalay olmadim. Sababi, yozishni ham eplolmaydigan, tengdoshiga umid bilan tikilgan qorako‘zlarga kitobdagi suratlarga qarab ertak aytish, voqealarni qiziqarliroq qilib yetkazish oson emasligini tushundim. Harf tanimasligim menga pand berganini angladim. Sinfdoshlarimdan ortda qolmaslik uchun hijjalab o‘qishni, harflarni chiroyli va bexato yozishni o‘rgandim. Dilga dalda bo‘lguvchi mehrli nigoh-la bergan saboqlaringiz bois, ko‘p o‘tmay, sinfning eng a’lochi o‘quvchilari safidan joy oldim. Nutqimning ravon bo‘lishida beminnat dastyor – kitob bilan do‘st bo‘ldim. Bu do‘stim yillar mobaynida yo‘limni ziyo nurlari bilan yoritdi. Osmon kabi yuksak orzularim tomon yetakladi.
Insonga ilmlarning kaliti oshishga yordam beradigan bu aziz ustoz dur, ko’p narsani o‘rganish uchun ustoz urni beqiyosdir. O‘quvchiga kuchli bilim va hayotiy buyuk tajribani o‘qituvchichalik hech kim o‘rgata olmasa kerak. Ta‘lim va tarbiyani bir vaqtda o‘rgatadigan insonlar bu o‘qituvchilardir. To‘g‘ri, bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda o‘qituvchiga muhtojlik qolmagandek tuyiladi. Sababi, bizga kerakli ma'lumotlarning barchasi unda mujassam. Biror narsani o‘rganish uchun izlash tugmasi yordamida qidirib, uydan chiqmasdan hamda istalgan vaqtda ma‘lumot olish mumkin dep oylaydi lekigin ustoz bizga keragini urgatadi bolar bolmas narsalar bilan hayolingni buzmadi. Undan har kim qiziqqan mavzusi yuzasidan ko‘rib, tinglab, o‘qib o‘rgana olish imkoni mavjudligi esa ko‘pchilikka qulaylik yaratadi. Ammo o‘rganilganlarni tekshirib, xato va kamchiliklarini aytadigan ustoz bo‘lmasa rivojlanish bo‘lmaydi. Axir, ustozsiz shogird- jonsiz kessakka o‘xshaydi. Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar‘‘,-deydi dono xalqimiz . Inson zoti borki, oddiy ustadan tortib, taniqli olimgacha kimnidir o‘ziga ustoz deb biladi. Uning etagidan mahkam tutib, pand-u nasihatlariga quloq solganlar mustaqil qadam qo‘yganda aslo qiynalmaydi. Insonning dunyoga kelishiga ota-ona sababchi bo‘lsa, uning «hayot» atalmish umr so‘qmoqlarida o‘zining to‘g‘ri yo‘lini topib borishida ustozlarning o‘rni beqiyosdir.
O'qituvchi va murabbiylarni qadrlab, haqli ravishda «Ustoz otangdek ulug'», deya buyuk zotga ehtirom ko'rsatamiz. Nafaqat o'tmishda, balki bugungi kunda ham qalbi quyosh ustozlarni ardoqlash, ularga hurmat bajo keltirish qadriyat darajasiga ko'tarilgan.Yurtboshimiz va davlatimiz tomonidan ustozlarga doimiy e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatilib kelinmoqda. 1997-yildan e'tiboran O'zbekiston Respublikasining «O'qituvchi va murabbiylar kuni»ni belgilash to'g'risida»gi qonuniga binoan, har yili 1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Har bir inson uchun o’z muallimini va ustozini e’zozlash, hurmat va ehtiromini ado etish shartdir. Negaki, bu zotlar har qanday insonning ruhini tarbiyalaydi, ma’naviy boylik bilan to’ldiradi, har qanday ruhiy va maishiy kamchilik hamda illatlarni poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan xoli va ozod qiladi. Muallim va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, tushuntirish bilan foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalblariga joylaydi. Dunyoda kasblar ko’p, har birining hayotda o’z o’rni, o’z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday ulug’ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu olijanob kasb – muallimlikdir.
Bormi murabbiydan Baxtliroq inson,
Shogirdlari qilsa yuksakka parvoz.
Boshimizga tojsiz,Bor bo 'ling omon,
Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!
(Erkin Vohidov)
Download 16.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling