Birinchi va ikkinchi turdagi fazali o'tish
Download 18.41 Kb.
|
1 2
Bog'liqBirinchi va ikkinchi turdagi fazali o\'tish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
- Key words
- Asosiy qism.
Birinchi va ikkinchi turdagi fazali o'tish. Turatov Hojiakbar Shavkat o’g’li - talaba Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti e-mail: uchinchiakountim@gmail.com Anotatsiya. Birinchi tur fazaviy o`tishlarga modda agregat holatining o`zgarishi misol bo`la oladi. Birinchi tur fazaviy o`tishlarda yangi faza birato`la butun hajmda paydo bo`lmaydi. Dastlab yangi fazaning markazlari hosil bo`lib, so`ngra ular o`sib butun hajmga tarqaladi. Ikkinchi tur fazaviy o`tishlarda issiqlik ajralmaydi yoki yutilmaydi, shuningdek, moddaning solishtirma hajmi o`zgarmaydi. Kalit so’zlar: fazaviy o’tish, kengayish, kengayish koeffitsienti, chiziqiy kengayi, xajmiy kengayish, kuchlanish, sirtiy kuch, Yung moduli, deformatsiya. Аннотация. Примером первого типа фазовых переходов является изменение агрегатного состояния вещества. При первом типе фазовых переходов новая фаза проявляется не полностью. Сначала формируются центры новой фазы, а затем они растут и распространяются на весь объем. При втором типе фазовых переходов тепло не выделяется и не поглощается, а относительный объем вещества не изменяется. Ключевые слова: фазовый переход, расширение, коэффициент расширения, линейная ширина, объемное расширение, растяжение, поверхностная сила, модуль Юнга, деформация. Annotation. An example of the first type of phase transitions is the change in the aggregate state of matter. In the first type of phase transitions, the new phase does not appear in its entirety. First, the centers of the new phase are formed, and then they grow and spread to the entire volume. In the second type of phase transitions, heat is not released or absorbed, and the relative volume of the substance does not change. Key words: phase transition, expansion, coefficient of expansion, linear width, volumetric expansion, tension, surface force, Young's modulus, deformation. Kirish. Birinchi tur fazaviy o`tishlarga modda agregat holatining o`zgarishi misol bo`la oladi. Masalan, moddaning suyuq va gazsimon holatdan qattiq holatga o`tishi (kristallanish), suyuqlikning bug`lanishi va aksincha o`tishlar birinchi tur fazaviy o`tishlardir. Bu turdagi fazoviy o`tishlarda jism energiya ajratadi yoki yutadi. Shu sababli energiyaning yoki energiya bilan bog`liq bo`lgan boshqa kattaliklarning sa-krashsimon o`zgarishi bilan bo`ladigan fazaviy o`tishlar birinchi tur fazaviy o`tishlar deb ataladi. Birinchi tur fazaviy o`tishlarda yangi faza birato`la butun hajmda paydo bo`lmaydi. Dastlab yangi fazaning markazlari hosil bo`lib, so`ngra ular o`sib butun hajmga tarqaladi. . Asosiy qism. Moddaning qattiq holati turli kristall tuzilishlarga, ya`ni turli modifikasiyalarga ega bo`lishi mumkin. Masalan, qattiq uglerod grafit yoki olmos ko`rinishida mavjud bo`la oladi. Qattiq temir to`rt xil modifikasiyada ( -, -, - va temir) mavjud bo`lishi mumkin. Ba`zi suyuqliklar ham turli modifikasiyalar ko`rinishida mavjud bo`la oladi. (masalan, suyuq geliy I va geliy II). Temperatura va bosim o`zgarganda ba`zi modifikasiyalar boshqalariga aylanishi mumkin. Bunday aylanishlar ikkinchi tur fazaviy o`tishlar deb ataladi. Ikkinchi tur fazaviy o`tishlarda issiqlik ajralmaydi yoki yutilmaydi, shuningdek, moddaning solishtirma hajmi o`zgarmaydi. Bunday o`tish butun hajmda kristall panjaraning uzluksiz o`zgarishi, ya`ni panjarada zarralarning o`zaro qayta joylashishi natijasida darhol ro`y beradi. Odatda bunday o`tish ma`lum bir temperaturada ro`y beradi. Ikkinchi tur fazaviy o`tish sodir bo`ladigan bu temperaturaga Kyuri nuqtasi deb ataladi. O`tish nuqtasida ikki turli fazaning muvozanati bo`lmaydi, chunki o`tish butun hajmda birdaniga sodir bo`ladi. Bunday o`tishda issiqlikning ajralishi yoki yutilishi ro`y bermasada, o`tish nuqtasidan yuqori va past temperaturalarda moddaning issiqlik sig`imi va hajmiy kengayish koeffitsiyenti turlicha bo`ladi. Ba`zi bir ikkinchi tur fazaviy o`tishlarda kristall tuzilishining o`zgarishi ro`y bermaydi. Masalan, magnit qotishmalarning ferromagnit holatdan paromagnit holatga o`tishi bunday o`tishga taalluqlidir. Ba`zi metallarning normal holatdan o`ta o`tkazuvchan holatga o`tishi ham shunday o`tishga misol bo`ladi. Bu jarayon mutlaq nolga yaqin temperaturada yuz beradi va elektr qarshilikning nolgacha sak- rashsimon kamayishi bilan xarakterlanadi. Fazaviy o`tishlarda asosiy rolni fizikaviy kattaliklarning fluktuasiyalari o`ynaydi. O`tish nuqtasi yaqinida fluktuasiya bilan qamrab olingan hajmda yangi faza hosil bo`lish ehtimoli ortadi. Masalan, zichlikning fluktuasiyasi kristalanish markazining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Birinchi va ikkinchi tur fazaviy o`tishlarda o`tish nuqtasi yaqinida fluktuasiyalar turlicha rivojlanadi. Birinchi tur fazaviy o`tishlarda o`tish nuqtasiga yaqinlashgan sari yangi fazaga sabab bo`ladigan fluktuasiyalar soni ortib boradi va ularning hosil bo`lish joylarida yangi fazaning markazlari paydo bo`la boshlaydi. Ikkinchi tur fazaviy o`tishlarda yangi faza birdaniga butun hajmda paydo bo`ladi. Shu sababli har qanday mikroskopik fluktuasiyalar fazaviy o`tishga olib kelmaydi. O`tish nuqtasiga juda yaqin bo`lgan holatlarda yuzaga keluvchi fluktuasiyalargina yangi fazaning vujudga kelishiga sabab bo`lishi mumkin. O`tish temperaturasiga yaqinlashgan sari yangi fazaga o`tishga sabab bo`luvchi fluktuasiyalar moddaning tobora katta hajmni qamrab oladi va nihoyat o`tish nuqtasida ular cheksiz ko`p bo`lib qoladi, ya`ni yangi faza butun hajmda birdaniga hosil bo`ladi. Ikkinchi tur fazaviy o`tishlar birinchi tur fazaviy o`tishlarga nisbatan ancha murakkab bo`lib, o`tish nuqtasi atrofida bo`ladigan hodisalar va jarayonlar hali oxirigacha to`liq o`rganilgan emas. Download 18.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling