Birinchidan, eksport salohiyatini tiklash, rivojlantirish va chetga chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, xo‘jalik yuritish subyektlarini texnik hamda texnologik yangilash asosida yaxshilash


Download 13.35 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi13.35 Kb.
#1173246
Bog'liq
6-belit masalasi bn


1.Eksport-import munosabatlarining yangi strategiyasi iqtisodiyotning
tarkibiy qismidagi inqirozni yengib o‘tish, iqtisodiy taraqqiyot va
xalqaro mehnat taqsimotida, jahon savdosida yuqori sifatli mahsulotlar
bilan ishtirok etish hamda bu munosabatlarni takomillashtirish asosiy
vazifalardan hisoblanadi. Buning uchun:
Birinchidan, eksport salohiyatini tiklash, rivojlantirish va chetga
chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini, ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish, xo‘jalik yuritish subyektlarini texnik hamda texnologik yangilash
asosida yaxshilash, shuningdek, ilmiy-texnikaviy bilimlar, mehnat
resurslari hisobiga ham mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalarini
rivojlantirish zarur.
Ikkinchidan, importni ratsionallashtirish zarur. Chunki, import
siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko‘zlab, balki
iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat
qiladi. Import siyosatida imkon boricha tayyor transport vositalari va
texnologik asbob-uskunalarni foydali qazilmalar qazish ishlari va qayta 577
ishlovchi sohalar uchun sotib olinishi kerak. Import samarasining
oshirilishida mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar
o‘rnini bosuvchi va kam xarajat, jumladan, mahsulotlarni sotib olish va
olib kelish uchun ketgan xarajatlarni e’tiborga olib, ishlab chiqarishni
tashkil etish ham asosiy yo‘nalishlardandir.
Uchinchidan, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish. Eksport potensialini
kengaytirish va jahon xo‘jaligiga kirishning integratsiyasida, yaratilayot
gan mahsulotlarni iloji boricha sifatli, kam xarajatlar asosida, tashqi
bozor shartlari hamda talablariga moslashtirish zarur. Bu, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini ichki va jahon andozalariga
yaqinlashtirishni talab etadi.
To‘rtinchidan, texnologiyani yangilash va kengaytirilgan ishlab
chiqarish salohiyatini tashkil qilishga chet el investitsiyalarini jalb qilish
kerak. Ma’lumki, chet el kreditlari uzoq muddatli va katta masshtabli
investitsiyalarni ta’minlashning yagona manbasi hisoblanadi. Shu
o‘rinda, chet el sarmoyalarini siyosiy va iqtisodiy tavakkalchilikdan
sug‘urta qiluvchi institutlarning samarali faoliyatini ta’kidlash kerak.
Shuning uchun mamlakatda chet el investitsiyasi uchun qulay shart
sharoitlar, aniq maqsad sari yo‘naltirilgan qator vazifalar belgilangan.
Beshinchidan, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash
zarur.
Milliy xavfsizlikni tartibga solishning quyidagi ko‘rinishlari
mavjud:
1. Valuta nazorati.
2. Eksport va import nazorati.
3. Xomashyoning strategik turlarini olib chiqish.


2.Iqtisodiy tahlil bosqichlari
Tahliliy jarayonni muvaffaqiyatli o`tkazishning garovi uni har tomonlama puxta tashkil qilishdir. Tahliliy jarayon quyidagi bosqichlardan iborat:
1.Tahlil dasturini tuzish.
2. Tahlil uchun ma'lumotlarni va ularni tеkshirish.
3.Ko`rsatkichlarni tanlash va hisoblash.
4.Ko`rsatkichlarni tahliliy jihatdan qayta ishlash va taqqoslash.
5.Tahlil natijalarini umumlashtirish va korxona hamda tashkilotlar faoliyatida sodir bo`lgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun chora va tadbirlar ishlab chiqish hamda aniqlangan ichki xo`jalik rеzеrvlaridan foydalanish. Dastursiz bajariladigan tahlil, yoxud o`rganiladigan masalalar ko`lamini aniq bеlgilamaslik o`z navbatida tahlil natijalariga putur еtkazadi. Shuning uchun tahliliy ishlarni tashkil qilish borasidagi eng ma`suliyatli vazifa - iqtisodiy tahlil dasturini tuzish hisoblanadi.





Кўрсаткичлар

Бизнес режада

Ҳақиқатда

Фарқи(+;-)

1

Асосий воситаларнинг ўртача йиллик қиймати, минг сўм

583412

612340

28928

2

Ходимларнинг рўйхатдаги ўртача сони

618

630

12

3

Битта ҳодимга тўғри келадиган асосий восита қиймати, минг сўм

944.03

971.9

27.87



Xulosa: Yuqoridagi jadvalda kurishimiz mumkinke asosiy vasitalarning yillik qiymati rajadagidan +28928 so’m ga oshib ketgan, xodimlar soni esa 12 kishiga ortiqroq, bitta xodimga to’g’ri keladigan asosiy vosiyalar soni 27.87 ga ko’p.bunga sabab esa xodimlar sonining oshishida. Yechim: asosiy vositalarni kamaytirish bilan korxona harajatlarini qisqartirish mumkin.
Download 13.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling