Birja savdosini tashkil etishning xuquqiy shakllari
Download 19.79 Kb.
|
85 (1)
Birja savdosini tashkil etishning xuquqiy shakllari. Iqtisodiy nuqtai nazaridan birja - bu maxsus tarzda tashkil etilgan ulgurji bozor, xuquqiy nuqtai nazardan esa bu o‘ziga xos tashkilot bo‘lib, tadbirkorlikni shu bozorga chiqish imkonini beradi. Bunday tashkilot uning doirasida ishlovchi xodimlar orqali vositachilarni-birja maklerlarini, sotuvchilarni (emitentlarni) va xaridorlarni (investorlarni) yoki ularning yordamchilarini (brokerlarini) doimo uchrashtirib turadi. Buning uchun birja boshqa sub'ektlar jismoniy va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi-birja a'zolariga, ma'lum shartlar asosida unga keluvchilarga tez va foydali ravishda bitimlarni amalga oshirish uchun maxsus infrastruktura yaratadi. Birja yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi, ya'ni mulkiga ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va xususiy, nomulkiy va majburiyatlar olishi, shartnomalar va boshqa bitimlar tuzishi, davlat arbitrajida, arbitraj sudida da'vogar va javobgar bo‘lib chiqishi mumkin. Birjani tashkil etishning tipik shakli - bu yuridik shaxsdir. Rivojlangan xuqiy davlatlarda, odatda xususiy, xuquqiy shaxslarni, ya'ni davlat ixtiyori bilan emas, alohida fuqarolar va ularni birlashmalari ixtiyori bilan yuzaga keladigan tipi ma'lumdir. Birinchidan, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun, ma'lum miqdordagi mulkga egalik qilish xuquqini ajratib olish asosida yaratiladigan tashkilot, ya'ni yuridik shaxs. Tashkilot - turli xil shahslar (masalan, sog‘liqni saqlash tashkilotlari, muzeylar, teatrlar, ilmiy tekshirish institutlari va boshqalar) ajratib beradigan mulkdan, odatda, jamiyat manfaatidan foydalanish uchun alohida sub'ekt sifatida paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, ma'lum maqsaddagi erishish uchun birlashadigan va o‘zlarining umumiy ishlarini mustaqil ravishda boshqaradigan jismoniy, ko‘pincha xuquqiy shahslar to‘plamidan tashkil bo‘ladigan xuquqiy shaxs. Xuquqshunoslik to‘g‘risidagi hujjatlarda oxirgi yillargacha yuridik shaxslarni bunday tartibda ajratilmagan. Bunga sabab: davlat korxonalari va boshqa davlat tashkilotlarini xo‘jalik hisobida bo‘lishi; davlat tashkilotlarini mustaqil davlat byudjetida turishi; kolxoz va boshqa kooperativ tashkilotlarni mavjudligi; davlat-kolxoz va davlat- kooperativi tashkilotlarining mavjudligidir. Shunday qilib kolxoz va kooperativ tashkilotlardan tashqari barcha yuridik shaxslar bunday tashkilotlar tipiga kiritilgan. Endilikda bizning qonunchiligimizga asosan shahslarning turli xildagi xo‘jalik (shartnomalariga) sherikchilik asosida birlashishlari ma'lum. Ular quyidagilardan iborat: -O‘zbekiston Respublikasining korxonalar hamda tadbirkorlik to‘g‘risidagi konunlarga muvofiq to‘liq ravishdagi uyushmasi; -aralash tarzdagi xamkorlik. Bunda uyushmaning xaqiqiy a'zolari o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarini qo‘shgan ulushlari (hisoblari) miqyosida javob beradilar; - cheklangan tarzda javobgarlikka ega bo‘lgan sherikchilik jamiyati. Bu jamiyatning ustav fondlari uni ta'sis etuvchilarning ulushlari hisobiga yaratiladi: - yopiq tipdagi aksionerlik jamiyati. Bu jamiyatning hususiyati shundaki, uni ustav fondi nominal qiymatiga teng bo‘lgan aksiyalarga bo‘linadi: - ochiq tipdagi aksionerlik jamiyati, bunda aksiyalar faqat uni ta'sis etuvchilar o‘rtasida emas, balki ochiq ravishda yozilgan ma'lum doiradagi shaxslar o‘rtasida xam taqsimlanadi. Bu xildagi sherikchilik jamiyatlardan tashqari qonunda aytilmagan arterlar xam bor. Bular ijaraga berilgan va jamoa (kollektiv) korxonalari kiritiladi. Cheklangan javobgarlikka ega bo‘lgan jamiyatlarga esa ishlab chiqarish kooperativlari deb ataluvchi shahslarning uyushmasi kiradi. Birja savdosini ta'minlovchi tashkilot sifatida birja mulki egalarining (davlat, yakka tartibdagi tadbirkor, birja assosiasiyasi va shuningdek, o‘z faoliyatidan kelib tushadilar): - Birja a'zolarining vznoslari: birja majlisiga kelgan ishtirokchilarning to‘lovlari: arbitraj komissiyalaridan yig‘ilgan pullar: birja vositachilarini daromadlaridan qilingan ajratmalar va shunga o‘xshash pul mablag‘lari hisobidan moliyalashtiruvchi tashkilotlar shaklida yaratiladi. Birja tashkilotining boqa shakli bu – xo‘jalik hisoblanmaganlar (fuqarolar) korporatsiya, paychilar yoki aksionerlik jamiyatlaridan. Birja savdo firmasi emaski, sotish uchun sotib olmaydi, ya'ni kommersiya faoliyati bilan shu qo‘llanmaydi. Daromad olish maqsadida birjaning o‘zi hech narsa sotib olmaydi va sotmaydi xam. Birjaning asosiy vazifasi birja bitimlari va shu bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat ishlarini bajarishdir. Birja boshqalariga kommersiya bilan shu qo‘llanishga yordam beradigan tashkilot emas. Tashkilotlarga kelsak, ularni mulk egasi yoxut kimga shunday xuquq berilsa (yoki vazifa yuklatilgan bo‘lsa) o‘sha tashkil etadi. Shahslarni birlashishi paychilar yoki aksioner jamiyatlari sifatidagi birjalarni amal qilib turgan qonunchilikga asosan bunday jamiyatlarni yoki ularning ishtirokchilarini ta'sis etuvchilar sifatidagi sub'ektlarini tashkil qilishga haqlidir. Respublikadagi birjalar ixtisoslashga qarab quyidagi turlarga bo‘lishi mumkin: - tovar birjalari. Shu jumladan universal va ixtisoslashtirilgan birjalar: - fond birjalari: - valyuta: - intellektual mulk ob'ektlari bilan savdo-sotiq qiluvchi birjalar: - aralash birjalar. Download 19.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling