Birlamchi ko‘rikni o‘tkazish qoidalari va tartibi Amaliy mashgulot rejasi: Terminal holatlar


Download 19.3 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi19.3 Kb.
#1024004
Bog'liq
10-amaliy (2)


Birlamchi ko‘rikni o‘tkazish qoidalari va tartibi
Amaliy mashgulot rejasi:



  1. Terminal holatlar.

3. Jarohatlangan va og‘ir shikastlangan bemorlarni birlamchi ko‘rikdan o‘tkazish (DRABC)
Terminal holatlar
Terminal holat – bu hayot bilan o‘lim orasidagi chegaradir. U bir necha darajadan iborat:

  1. Predagoniya

  2. Agoniya.

  3. O‘lim.

O‘limning ham bir necha turi mavjud:

    • Klinik o‘lim

    • Sotsial o‘lim

    • Biologik o‘lim

Klinik o‘limning asosiy belgilari:

  • Yurak urishdan to‘xtagan

  • Nafas olish belgilari yo‘q

  • Behushlik

Klinik o‘lim o‘rtacha 3-5 minut davom etadi. Bu vaqt 1-2 minutgacha qisqarishi yoki 10-15 minutgacha uzayishi mumkin.
Klinik o‘limning qo‘shimcha belgilari:

  • Qorachiqning kengayishi

  • Teri qoplamalarining oqarishi

  • Reflekslarning yo‘qolishi

Sotsial o‘limda bosh miya hujayralari o‘lishi, yurak-o‘pka faoliyati tiklanishi mumkin.
Biologik o‘lim – orqaga qaytarib bo‘lmaydigan jarayondir.
Belgilari:

  • Yorug‘likka javob reaksiyasi yo‘q

  • Qorachiq torayadi

  • Nafas va puls yo‘q

  • Murda dog‘lari paydo bo‘ladi



Jarohatlangan va og‘ir shikastlangan bemorlarni birlamchi ko‘rikdan o‘tkazish (DRABC)
D – jabrlanuvchi va yordamchini zararsizlantirish.
Bunda voqea sodir bo‘lgan joyning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda harakat qilinadi. Agar qishning issiq kuni bo‘lsa, jabrlanuvchining nafas yo‘llarini bo‘shatish maqsadida yoqasi bo‘shatiladi, ustki qalin kiyimlari echib tashalnadi. Xuddi shunday yordam beruvchi ham o‘ziga qulay holat yaratish maqsadida kiyimlarini engillatib, shundan so‘nggina birinchi yordam ko‘rsatishga kirishadi.
R – es–hushini tekshirish (peshonaga bir qo‘limizni qo‘yib, 2-nchi qo‘limiz bilan elkasiga urib ko‘ramiz va biror narsa so‘raymiz).
Zararlangan inson qattiq jarohat tufayli xushdan ketishi yoki o‘ta xolsizlik sababli ko‘zi yumuq xolda yotishi, shu bilan o‘zini xushdan ketganday tutishi mumkin. Shuning uchun jabrlanganning es-xushini aniqlash maqsadida bir qo‘lni bemor peshonasiga qo‘yib turgan holda savol beriladi. Agar bemor xushida bo‘lsa, u xolda peshonasi harakatga keladi va biz buni qo‘limiz bilan sezamiz.
A – Nafasni tekshirish (ko‘raman, eshitaman, sezaman).
Bunda ko‘zimiz bilan jabralnuvchining ko‘krak qafasi harakatlanayotganini ko‘ramiz.
Bemorning burniga quloq tutib, nafas shovqinini eshitamiz.
Qo‘limizni bemorning ko‘krak qafasi ustiga qo‘yib, bemorning nafas olayotgan yoki olmayotgani ni sezamiz. Sog‘lom odam 1 daqiqada 16-20 ta nafas oladi.
B – nafas yo‘llari ochiqligida (qo‘lni bo‘yin orqasidan o‘tkazib, o‘ng qo‘l bilan pastki jag‘ yuqoriga va orqaga tortiladi). Og‘izni yot narsalardan tozalab, yoshidan qat’iy nazar 2 marta sinov nafas beriladi.
S – bemorning tomir urishi (puls)ni tekshirish. Buning uchun jabrlanuvchining bilak va uyqu arteriyalaridagi tomir urishi tekshiriladi. Sog‘lom odamning tomiri 1 daqiqada 70-80 tagacha uradi.


Venn diagrammasi


SAVOLLAR
1. Shikastlanganlarni qidirish va ularni qutqarish uchun qaysi xizmatni cha-qirish lozim?
2. Birinchi tibbiy yordam nima?
3. Hayot alomatlari qanday aniqlanadi?
4. O‘lim alomatlari va uning farqlarini sanab bering.
5. Tez tibbiy yordamni chaqirish signali
6. Yurak to‘xtaganda jonlantirish usullarini ko‘rsating
7. Asfiksiya nima?
8. Quyidagi holatlarning qaysi birida reanimatsiya tadbirlari o‘tkazilmaydi ?
9. Tibbiyot olamining dahosi
Download 19.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling