Birlashgan Qirollik
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Download 57.69 Kb.
|
sehriyoga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiy viloyati Normat Tursunov (2021-) Qashqadaryo viloyati Murodjon Azimov (2021-) Samarqand viloyati
- Toshkent viloyati Zoir Mirzayev(2021-) Toshkent shahri Jahongir Ortiqxoʻjayev (2018-) Qoraqalpoq miting
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Qahramon Sariyev (2016-) Andijon viloyati Shuhratbek Abdurahmonov (2013-) Buxoro viloyati Botir Zaripov (2020-) Fargʻona viloyati Xayrullo Bozorov (2020- Jizzax viloyati Ergash Soliyev (2017-) Namangan viloyati Shavkat Abdurazakov[13] (2020—hozirgacha) Navoiy viloyati Normat Tursunov (2021-) Qashqadaryo viloyati Murodjon Azimov (2021-) Samarqand viloyati Erkinjon Turdimov (2018-) Sirdaryo viloyati Gʻofurjon Mirzayev (2016-) Surxondaryo viloyati Toʻra Bobolov (2019-bugun) Xorazm viloyati Farhod Ermanov (2018-) Toshkent viloyati Zoir Mirzayev(2021-) Toshkent shahri Jahongir Ortiqxoʻjayev (2018-) Qoraqalpoq miting 2022-yil 1-iyul kuni Oʻzbekiston tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida namoyishlar boshlandi. Namoyishning asosiy sababi Oʻzbekiston konstitutsiyasidagi Qoraqalpogʻistonning suveren statusiga va Qoraqalpogʻiston vaqti kelib Oʻzbekistondan ajralib chiqishi mumkinligi haqidagi moddalarga oʻzgartirishlar kiritilishi taklif qilinganidir. Namoyishlar Qoraqalpogʻistonning markazi — Nukus shahrida boshlandi va keyinroq Chimboy va Moʻynoq shaharlarida ham boʻlib oʻtdi. Namoyish qatnashchilari avvaliga konstitutsion oʻzgarishlarga qarshi ekanliklarini, keyinchalik, mustaqil davlat sifatida Oʻzbekistondan ajralib chiqish istagini ham bildirdilar. Xalq noroziliklari oqibatida 2-iyul kuniyoq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga uchib bordi va Qoraqalpogʻiston respublikasi joʻqorgʻi kengesida soʻzga chiqib, Qoraqalpogʻistonning suvereniteti haqidagi taklif qilinayotgan oʻzgarishlar bekor qilinishini aytdi. Namoyishga olib kelgan sabablar[tahrir | manbasini tahrirlash] Hududning oʻziga xosligi[tahrir | manbasini tahrirlash] Qoraqalpogʻiston Respublikasi — dunyo boʻyicha yashash eng qiyin boʻlgan joylar sirasiga kiradi. Qoraqalpogʻiston hududining 85 % dan ortiq qismini Qizilqum sahrosi egallaydi. Hududda suv tanqisligi muammosi bor. 2002-yilgi maʼlumotlarga koʻra 250 mingdan ortiq kishi Qoraqalpogʻistondan Qozogʻistonga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtgan, bu Qoraqalpogʻiston aholisining beshdan bir qismidir[3]. Bundan tashqari qiyin iqtisodiy vaziyatdagi Qoraqalpogʻiston Orol dengizi sathining pasayishi oqibatida qiyin ekologik vaziyatga ham tushib bormoqda. 1932-yil 20-martda RSFSR tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Avtonom oblasti RSFSR tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. 1936-yil 5-dekabrda bu avtonom respublika Oʻzbekiston SSR tarkibiga qoʻshib berildi. 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy sovetida umumrespublika referendumi orqali mustaqil boʻlish imkonini beruvchi suverenitet haqidagi Deklaratsiya imzolandi. 1992-yil 9-yanvarda Qoraqalpogʻiston ASSR tugatilib, oʻrniga Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuzildi. 1993-yil koʻplab muhokamalardan soʻng Qoraqalpogʻistonning Oʻzbekiston subyekti sifatida 20 yil qolishi haqida davlatlararo shartnoma imzolandi. 2013-yilda bu shartnoma shunchaki inkor etildi va Qoraqalpogʻiston Oʻzbekiston subyekti sifatida qolishda davom etdi. Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish taklifi (2022)[tahrir | manbasini tahrirlash] Asosiy maqola: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar (2022) 2022-yil 16-may kuni Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklifini ilgari surdi[4]. 17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi fraksiyalarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qaror loyihasi ikkala fraksiya deputatlari tomonidan maʼqullandi[5]. 20-may kuni Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha maxsus komissiya tuzildi[6]. 2022-yil 24-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasini bir ovozdan maʼqulladi. Loyiha 25-iyunda xalq muhokamasiga qoʻyildi[7]. Loyihaga koʻra Oʻzbekiston konstitutsiyasining 64 ta moddasiga (bular: 1, 13, 15, 16, 17, 20, 22, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 32, 36, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 49, 52, 53, 55, 56, 61, 63, 64, 65, 70, 71, 72, 74, 75, 77, 78, 80, 83, 84, 90, 93, 98, 99, 100, 101, 105, 109, 111, 112, 116, 117, 122, 127) 200 dan ortiq oʻzgartirish kiritish va 6 ta yangi modda qoʻshish (bular: 26¹, 26², 40¹, 41¹, 42¹, 53¹) taklif etilgan[8]. Aynan 70, 71, 72, 74, 75-moddalarni oʻzgartirishga qaratilgan taklif Qoraqalpogʻistonda avvaliga noroziliklar, soʻng tartibsizliklar boshlanishiga sabab boʻldi: Download 57.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling