Biroq ilmiy tadqiqot doirasining muntazam murakkablashuvi va kengayishi


Download 16.3 Kb.
Sana22.09.2023
Hajmi16.3 Kb.
#1685074
TuriReferat
Bog'liq
Отзыв 4 узб (2)


Domir Azimboyevich Axmedovning “Noaniqlik sharoitida nochiziqli dinamik ob’yektlarni adaptiv baholash va boshqarish algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiyasi avtoreferatiga
TAQRIZ
(05.01.08 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha)

Texnika va texnologiyalarning rivojlanayotgan bugungi kunda noaniqlik sharoitida adaptiv boshqaruv tizimlarini sintez qilishning turli usullari va algoritmlari ma’lum. Dinamik ob’yektlarni boshqarishning ko‘plab tizimlari ularning ish sharoitida katta noaniqlik bilan tavsiflanadi. Shu munosabat bilan noaniqlik sharoitida nochiziqli dinamik ob’yektlarni adaptiv baholash va boshqarish algoritmlarini ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir.


Dissertatsiya avtoreferatida o‘tkazilgan tadqiqotlarning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ob’yekt va predmeti tavsiflangan, tadqiqotning O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi asoslangan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish, ish natijalarini aprobatsiyasi ro‘yxatlari keltirilgan, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Biroq ilmiy tadqiqot doirasining muntazam murakkablashuvi va kengayishi
nochiziqli rostlagichlarni sintezlash hamda avtomatik boshqarishning nochiziqli
sistemalarini tahlil qilishning yangi samarali usullari va algoritmlarini ishlab
chiqishni talab etadi. Shuningdek, kvazichiziqli yondashuv va nochiziqli
kvazimodal rostlagich asosida nochiziqli roslagichlarni sintezlashning
muntazamlashgan algoritmlari ham o‘zining rivojini talab etmoqda. Bundan
tashqari, o‘zgaruvchan holatlarning nochiziqli kuzatuvchilarini sintezlash,
nochiziqli obyektlarning o‘lchanadigan o‘zgaruvchilaridan vaqt bo‘yicha olinadigan hosilalarini baholash, shuningdek boshqarishning nochiziqli obyektlari holatlarini
turg‘un ko‘p qadamli baholashning turg‘un algoritmlarini ishlab chiqishni amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida qayd etilganlardan, noaniqlik sharoitida
nochiziqli obyektlarni adaptiv boshqarishning samarali algoritmlarini yanada
modifikatsiyalashni nihoyatda zarur ekanligi kelib chiqadi.
Avtoreferat bo‘yicha quyidagi kamchilik va taklifni keltirish maqsadga muvofiqdir: avtoryeferatda ishlab chiqilgan algoritmlarning adekvatligi bo‘yicha kengroq ma’lumot berilmagan.
Ushbu keltirilgan kamchilik tavsiya xarakteriga ega bo‘lib, dissertatsiyaning ijobiy bahosiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu bilan birga ushbu dissertatsiya avtoreferati Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan qo‘yilgan talablarga mos va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Avtoreferat bo‘yicha ishga taqriz xulosasini aytdigan bo‘lsak, tadqiqotchi Domir Azimboyevich Axmedov 05.01.08 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.

Mashinasozlik texnologiyasi va


avtomatlashtirish” kafedrasi professori,
texnika fanlari doktori professor: Fayzimatov Sh.N.
Download 16.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling