Biroq shunga qaramay, ushbu yo‘nalishda yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud
Download 20.26 Kb.
|
shifohona ichki infeksiyasi
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida aholi salomatligi, jumladan, immunitet tanqisligi virusini chaqiradigan kasallik profilaktikasi, diagnostikasi hamda davolashda ijobiy natijalarga erishildi. Biroq shunga qaramay, ushbu yo‘nalishda yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Ana shu muammolarni samarali hal etish maqsadida Prezidentimiz tomonidan yana bir muhim hujjat — “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha galdagi dolzarb hamda kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgani, kamchiliklarni bartaraf etish, ayniqsa, kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilishga alohida urg‘u berilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega. Zero, bu kasallikni yuqtirishning yo‘llari kam emas. Shulardan bittasi — shifoxonadagi ichki infeksiyalardir. Agar yuqtirilgan kasallikning davosi bo‘lsa, yaxshi, ammo uning aksi bo‘lsa-chi? Ochig‘ini aytish kerak, bugun “tish oldiraman deb SPID yuqtiribdi” yoki “Kasalxonada bir dardi ikki bo‘libdi”, degan gaplar qulog‘imizga chalinib turadi. Qarorda respublikadagi OITS bilan kasallanishning oldini olish choralari bilan bir qatorda, shifoxona ichki infeksiyalari profilaktikasi muammolarining yechimi ham o‘rin olgan. — Qaror mohiyati juda keng, — deydi Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori Nurmat Otabekov. — Ya’ni u bilan shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish orqali nafaqat OIV infeksiyasi, balki kasalxona sharoitida yuqishi mumkin bo‘lgan kasalliklar, xususan, virusli gepatitning V, S turlarining oldini olishga imkoniyat yaratiladi. Ushbu hujjatga muvofiq, mavjud muammolarga kompleks tarzda yondashiladi. Masalan, davlat hamda xususiy tibbiyot muassasalari sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi. Zamonaviy sterilizatsiya uskunalari mavjud emas. Shifokorlar asbob-uskunalarini sterilizatsiyaoldi tozalash ishlari almisoqdan qolgan usul, ya’ni qo‘lda bajarilmoqda. Tibbiyot asbob-uskunalari bilan ta’minotning ahvoli ham haminqadar. Joylarda statsionar davolanish imkoniyati deyarli yo‘q. Bemorlarning “tanqislik” va yoxud “to‘liq ta’minlanmaslik” degan vajlar bilan gohida hatto oylab navbat kutishlari ham tan olish kerak bo‘lgan haqiqatdir. Qaror bilan OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi hamda davolash bo‘yicha kelgusida aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘lamini kengaytirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishda epidemiologik nazoratni kuchaytirish, davlat hamda xususiy sheriklikni bosqichma-bosqich joriy etish, moliyalashtirishni ko‘paytirish, shuningdek, davolash muassasalarini zamonaviy diagnostika va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash, mazkur yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy muassasalar bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish kabilar shular jumlasidandir. Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori Nurmat Otabekovning aytishicha, Markaz qoshida 40 o‘rinli, shuningdek, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax va Namangan viloyatlarida OITSga qarshi kurashish markazlari uchun alohida bino qurish, qabul bo‘limlarini tashkil etish, moddiy-texnika bazasi ayanchli ahvolga kelib qolgan 10 ta tumanlararo OITS diagnostika-laboratoriyalarini qayta ta’mirlash, ularga zamonaviy tibbiy texnologiyalarni tatbiq qilish ko‘zda tutilgan. Bu esa sohada tub o‘zgarish yasab, qon tahlillarini tezkor ravishda aniqlash imkonini beradi. Qaror bilan “OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks qo‘shimcha chora-tadbirlar” tasdiqlandi. Ushbu hujjatda asr muammosi bilan xastalangan bemorlarni davolash, undan oldin esa, bu bedavo kasallikka chalinmaslikning choralarini ko‘rish, zamonaviy tilda — profilaktika masalalariga e’tibor qaratish hamda tabiiyki, masalaning moddiy tomonini ijobiy hal etishning yo‘l-yo‘riqlari, 2021 yilga qadar qilinadigan ishlar yo‘nalishlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Chunki aynan o‘sha davrga borib, bu yo‘nalishdagi ishlarni moliyalashtirishni xalqaro donor tashkilotlar tomonidan emas, to‘liq O‘zbekiston tomonidan amalga oshirish boshlanadi. Sog‘lom nasl, sog‘lom zurriyot — sog‘lom millat va sog‘lom kelajak garovi. Katta-katta orzularu ezgu maqsadlarga faqat ana shu shartga qat’iy amal qilish bilangina erishish mumkin. Shu nuqtai nazardan, amaliyotga tatbiq etilgan qarorning ahamiyati har qanday mezonlardan ustun turadi.
kasalxonadan chiqarilishidan so’ng kasalxonada yuqtirilgan mikrobial kelib chiqqan, shuningdek, tibbiy muassasadagi xodimning yuqumli kasalligi ushbu tashkilotda ishlayotganida uning yuqtirishi sababli rivojlangan kasalliklar guruhidir. Kasalxona ichi infeksiyasi rivojlanishining asosiy sabablari Tibbiy muassasada kasalxona ichi infeksiyasining paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keluvchi omillarga kiradi: • tibbiy xodimlar va bemorlar orasida aniqlanmagan kasalliklar va infeksiya tashuvchilarning mavjudligi; • sterilizatsiya qilishning maxsus usullarini talab qiladigan murakkab uskunalardan keng foydalanish; • katta shifoxonalar komplekslarini yaratish, shifoxonalar va poliklinikalarda kaltalanish, binolarning (kameralar, davolash xonalari va boshqalar) nisbatan yaqinligi; • aseptika va antiseptika qoidalarini buzish, shifoxona va poliklinikalar uchun
sanitariya-gigiyena standartidan chetga chiqish; • tibbiy asboblar, apparatlar, asboblar va h.k. dezinfeksiya qilishni, sterilizatsiya qilishning buzilishi; 506
• tibbiy muassasada joylar, asosiy va yordamchi binolar qurilish
buzilishi, hamda
sanitariya- epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiyena tartib qoidalarining buzishi;
• kasalxona ichi infeksiyaning oldini olishda muhim rol o’ynaydigan tibbiyot xodimlarining, ayniqsa, bemorlarning parvarishiga bevosita
ishtirok etadigan
xodimlar malakasining yetarli emasligi. Kasalxona ichi infeksiyasi qo’zg’atuvchilari Kasalxona ichi infeksiyasi patogen va shartli patogen mikroorganizmlar vakillarini o’z ichiga olgan katta guruh mikroorganizmlar tufayli rivojlanadi. Bular: stafilokokklar, streptokokklar, Pseudomonas auraeginosa, proteylar, klebsiyella, E.coli,
salmonellalar, enterobatsterlar, enterokokklar, serratia, bakteroidlar, klostridiylar, kandida va
mikroorganizmlar. Kasalxona ichi
infeksiyasi etiologiyasida gripp viruslari, adenoviruslar, rotaviruslar, enteroviruslar, virusli gepatit va boshqa viruslar muhim o’rin egallaydi. Bundan tashqari lepyunellalar, pnevmotsistalar, aspergillalar va boshqa kamyob, yoki ilgari noma’lum qo’zg’atuvchilar tomonidan ham rivojlanishi mumkin. Kasalxona ichi infeksiyasi odatda tasodifiy va epidemik ko’rinishda aniqlanadi. Shifoxonada davolanayotgan deyarli har qanday bemorlar yuqumli jarayonlarini rivojlanishiga moyil hisoblanadi. Har qanday yuqumli kasallik kelib chiqishi va tarqalishi uchta asosiy komponentlarni o’z ichiga oladi: infeksiya manbai, yuqish yo’li va qabul qiluvchi sub’yekt. Kasalxona ichi infeksiyasi manbai hisoblanadi: bemorlar, patogen mikroorganizmlar tashuvchilar, bemorlarni parvarishida ishtirok etuvchi tibbiy xodimlar, shu jumladan talabalar, bemor qarindoshlari. Kasalxona ichi infeksiyasining polietiologligi va patogen manbalarining hamda bu kasallikning mexanizmlarining xilma- 507
xilligi, uzatish yo’llari va omillarining turliligi kabi xususiyatilarini belgilaydi. Kasalxona ichi infeksiyasining infeksiya qo’zg’atuvchilari havo-tomchi, havo-chang, transplatsentar, alimentar, transfuzion hamda jinsiy yo’llar va homilaning tug’ruq yo’lidan o’tish vaqtida ham yuqishi mumkin. Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish I. Nospetsifik profilaktikasi • Statsionar va ambulatoriya poliklinikalari tashkilotlari inshootlarini Download 20.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling