Bitimlar reja: Bitimlar tushunchasi va turlari Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar Bitim shakllari Birja bitimlari Bitimning haqiqiy sanalish shartlari
Download 98.5 Kb.
|
BITIMLAR
Bitim shakllari
Bitim tuzishda erkni ifodalash usuliga bitim shakli deb aytiladi. Bitimlar og`zaki va yozma (oddiy yoki notarial tasdiq-langan) shaklda tuziladi (FK, 105-modda, 1-band). FKning 106-moddasiga binoan qonun hujjatlarida yoki taraf-larning kelishuvida yozma tasdiqlangan shakl belgilab qo`yilmagan, jumladan, u tuzilayotgan vaqtning o`zidayoq bajariladigan bitim og`zaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga bo`lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi. Jeton, patta yoki odatda, qabul qilingan boshqa belgi berish bilan tasdiqlangan bitim, agar qonun hujjatlarida boshqacha tar-tib belgilangan bo`lmasa, og`zaki shaklda tuzilgan bitim hisob-lanadi. Yozma shaklda tuzilgan shartnoma bajarishga qaratilgan bitimlar, agar qonun hujjatlari va shartnomaga zid bo`lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og`zaki tuzilishi mumkin. Qonunda indamasdan, sukut saqlash orqali ham bitim tuzi-lishi mumkinligi nazarda tutiladi. Bu holda xalqimizning qadim-dan mavjud “sukut – rozilik alomati” qoidasi amal qiladi. Biroq bunday usulda bitim tuzishga faqat cheklangan hollardagina yo`l qo`yiladi. FKning 105-moddasiga asosan sukut saqlash qonun huj-jatlarida yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollar-da bitim tuzishga bo`lgan xohish-irodaning ifodasi hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek, shaxsning xulq-atvori, xatti-harakat-laridan bitim tuzishga bo`lgan xohish-irodasi bilinib turgan hol-larda ham bunday bitim tuzilgan hisobanadi. Bu usulda tuzilgan bitimlarning nomi lotincha “konklyudo” so`zidan olingan bo`lib, “tuzaman” degan ma`noni anglatadi. Konklyudent harakatlar shun-day harakatlarki, ular og`zaki shaklda ham, yozma shaklda ham ifoda etilmagan bo`lsada, shaxsning niyati, maqsadi haqida o`z-o`zidan guvohlik berib turadi. Yozma shaklda tuziladigan bitimlar ikki turga: a) oddiy yozma; b) notarial idoralarda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa organlarda tasdiqlanadigan bitimlarga bo`linadi. Oddiy yozma bitim bitimning shartlarini o`z ichiga olgan va taraflar (yoki bir taraf) tomonidan imzolangan hujjatga aytila-di. Bitimlar quyidagi hollarda oddiy yozma shaklda tuziladi: 1) yuridik shaxslarning o`zaro va fuqarolar bilan tuziladigan bitimlari (chunki, yuridik shaxslar mavzusida aytganimizdek, yuri-dik shaxslarning mulki va mablag`lari uning balansida aks etti-rilishi kerak. Binobarin, yuridik shaxsning turli bitimlar tuzish orqali ko`rgan daromadi yoxud zarari ham buxgalteriya balanslarida rasmiylashtirilishi kerak); 2) fuqarolar o`rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o`n baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa – bitim summasidan qat`i nazar boshqa bitimlar. Yozma bitim uni tuzuvchilar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanishi kerak. Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki boshqa biron sabablar tufayli bitimni imzolay olmasa, bu holda uning topshirig`iga binoan boshqa fuqaro imzolashi mumkin. Bu fuqaroning imzosi bitim tuzuvchi ishlab yoki o`qib turgan tashkiloti va yashash joyidagi uy boshqarmasi yoki u davolanayotgan muassasaning ma`muriyat yoxud notarial idora tomonidan tasdiq-lanishi lozim. Bunday hollarda bitim tuzgan shaxsning o`zi qanday sabab bilan bitimni imzolay olmaganligi, albatta, ko`rsatilishi kerak. Tashkilotlar tomonidan tuziladigan yozma bitimlarda mazkur tashkilot rahbarining imzosi va muhri bo`lishi lozim. Ba`zi yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlarda ikkita imzo: tashkilot rahbari va boshqa mansabdor shaxs, odatda, bosh buxgalter yoki buxgalterning imzosi bo`ladi. Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogram-malar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish-irodasi mazmuni-ni belgilaydigan boshqa hujjatlarni o`zaro ayirboshlash, agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha hol belgilanmagan bo`lsa, yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi. Ba`zi hollarda yozma tuzilgan bitim qo`shimcha talabga ham javob berishi lozim (muayyan shakldagi tuzilishi, muhr bilan tasdiqlanishi va h.k.). Yozma shaklda tuzilgan bitimni bajargan taraf ikkinchi ta-rafdan ijroni tasdiqlovchi hujjat talab qilishga haqli. Bu qoida og`zaki tadbirkorlik bitimiga nisbatan ham joriy qilinadi. Qonun bilan talab etilgan bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflarni bitimning tuzilganligi-ni, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko`rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi (FK, 109-modda). Oddiy yozma shaklga rioya qilmasdan tuzilgan bitim qonun yoki taraflarning kelishuviga bevosita zid bo`lmasa, o`z o`zicha haqiqiy bo`lib sanalsa ham, nizo chiqqan taqdirda bitimning tuzilganligi-ni va uning mazmunini guvohlarning ko`rsatmalari bilan isbotlab bo`lmaydi. Notarial guvohlantirilgan bitim deb belgilangan shaklda notariat xati bo`lgan, notarius tomonidan imzolangan va gerbli muhr bosilgan yozma hujjatga aytiladi. Notarial shakldagi bitim uni tuzuvchilar yoki vakillari tomonidan notarius huzurida imzolanadi. Bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash faqat qonun[93]da ko`r-satilgan yoki taraflardan biri talab qilgan hollardagina maj-buriydir. Jumladan, uy-joylarni oldi-sotdisi, garovga qo`yish shartnomalari va boshqa ba`zi shartnomalar, shuningdek mulkni vasiyat qilish to`g`risidagi bitim (vasiyatnoma) notarial tartibda tasdiqlanishini talab qiladi. Bitimlarning oddiy yozma va notarial tasdiqlangan shaklda tuzilishi ba`zi muhim asoslar bo`yicha belgilangan, chunonchi: birinchidan, bitimning yozma shakli bitim tuzilganligi fakti-ni bir tomonning bayonotiga yoki guvohlarning ko`rsatmalariga qara-ganda asosliroq isbotlaydigan dalil bo`la oladi; ikkinchidan, yozma shakl og`zaki shakldan ko`ra bitimning haqi-qiy mazmunini aniqlashga yaxshiroq yordam beradi va zarur hollar-da uni tegishli davlat organlari tomonidan tekshirilishini yen-gillashtiradi. Shu nuqtai nazardan bitimning insofsiz ishtirok-chilari tomonidan ba`zi hollarda yo`l qo`yiladigan suiiste`molchi-liklarga qarshi ma`lum darajada garov bo`lib xizmat qiladi; uchinchidan, bitimning yozma shakli taraflar uchun majburiy bo`lishi – yuridik faktlarni hujjatlashtirish va taraflarning faoliyatlari ustidan nazorat olib borish imkoniyatini beradi; to`rtinchidan, bitimlarning yozma shaklda rasmiylashtirilishi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini muayyan tartibga, o`z erklarini aniq ifoda etishga va bitim bilan nazarda tutilgan shartlarni puxta bajarishga o`rgatadi. Qonun ba`zi hollarda bitimlarning yozma yoki notarial shakl-da rasmiylashtirilishidan tashqari tegishli davlat muassasa-larida qayd etilishini (ro`yxatdan o`tkazilishini) talab qiladi. Masalan, yer uchastkalari va boshqa ko`chmas mol-mulk bilan bog`liq bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak (FK, 111-modda). Qonun bo`yicha talab qilinadigan shaklga rioya qilmaslik oqi-batida qonunda to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilgan taqdirdagina bitim-ning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo`ladi. Jumladan, bitimning notarial shakliga yoki uni davlat ro`yxatidan o`tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim o`z o`zidan haqiqiy bo`lmaydi (FK, 112-modda, 1-qism). Bunday hollarda bitim tuzgan taraflar har bir bitimga binoan olingan hamma narsani qaytarishga, buning imkoniyati bo`lmaganda, agar haqiqiy bo`lmagan bitimning boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilmagan bo`lsa, uning qiymatini pul bilan to`lashga majbur bo`ladi. Agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadi-gan bitimni to`la yoki qisman bajargan bo`lsa, ikkinchi taraf esa – bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi bo`yicha uni haqiqiy hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi (FK, 112-modda, 2-qism). Agar davlat ro`yxatidan o`tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan bo`lib, ammo taraflardan biri uni ro`yxatdan o`tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni ro`yxatdan o`tkazish to`g`risida qaror chiqarishga haqli. Bunday hollarda bitim sud qaroriga muvofiq ro`yxatdan o`tkaziladi (FK, 112-modda, 3-band). Download 98.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling