Bitiruv ishi "Galogenlar mavzusini o'qitishda kimyoni kasbga yo'naltirib o'qitishni loyihalashtirish metodikasi" mavzusini o`qitishda pedogogik texnologiyalardan foydalanishga bag’ishlangan
Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish
Download 160.47 Kb.
|
Bitiruv malaka ishi. Bozorova Malikaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozorova Malikaxon G`anibayevnaning
- Ilmiy rahbar: A.Ibragimov
3.3..Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish
Hozirgi paytda o’quv materiallari, axborotlarni ekranda ko’rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o’quv jarayonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta’limda yangicha o’quv metodlarini keng ravishda qo’llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, videomagnitofon bilan ta’minlangan auditoriyalarda dars o’tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Ayniqsa, o’quv jarayoniga kompyuterning kirib kelishi barcha didaktik funktsiyalarni muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo’llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda. U: * o’quvchi talabalarga o’rganayotgan mavzusi, hodisa, jarayon, faoliyat bo’yicha to’liq, ishonchli axborot berish; * o’quv jarayonida ko’rgazmalilikning rolini oshirish; * talaba, o’quvchilarni xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini qondirish; * o’qituvchining o’quvchi, talabalarning bilimini, ko’nikmalarini sinash bilan bog’liq texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o’rnatish; * talabao’quvchilarni o’zlashtirishi bo’yicha ob’ektiv hisobot, to’la va uzluksiz nazoratni tashkil etish imkonini beradi. Dars jarayonida axborot texnologiyadaridan foydalanishda asosiy o’rinda multimedia turadi. Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika, animatsiya (ob’ektlarning fazodagi, ekrandagi harakati) jadvallari asosida o’quv materiallarini o’quvchi, talabalarga etkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir Multimedia rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: 1. Axborotning xilmaxil turlari: an’anaviy: matn, jadvallar, bezaklar, grafiklar, diagramma va boshqalar. Original turlar: nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalarni bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya turli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Mutimediada ishlashning quyidagi afzalliklari bor: • berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish imkoni yaratiladi; • ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa yanada ortadi; • ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoni yaratiladi; • olingan bilimlar nisbatan kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniga erishiladi. POWER POINT dasturi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega.Ulardan foydalanib, turli mavzularda multimedia tayyorlash va dars jarayonida qo’llash keng yoyilib bormoqda. Natijada keyingi paytda alohida videometod sifatida pedagoglar tomonidan ajratib ko’rsatilmoqda. Multimediadan o’quv jarayonida foydalanishning rivojlanishi turlituman multimedia mahsulotlarini, oxiroqibatda elektron darsliklar paydo bo’lishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, axborot texnologiyalarini rivojlanishi internet tarmoqlaridan keng foydalanishga yo’l ochdi. Shu bilan birga, multimedia vositalaridan keng foydalanishda ayrim ob’ektiv muammolar ham mavjud. Ulardan eng asosiysi, zarur kompyuter dasturlarining etishmasligidir.Qator mavzularni qamrab olgan, real hayotga yaqinlashtirilgan RUSE (AQSh ), MEKOM (Rossiya) va boshqa dasturlar mavjud. Ulardan foydalanib, kompyuterlarda ishlash, talabalar o’rtasida konkurslar o’tkazish mumkin. Lekin hali bizda ana shu dasturlarga o’xshash iqtisodiyotni o’rganadigan, qo’llangan choratadbirlarning natijasini qanday bo’lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan dasturlar yaratilgani yo’q. Undan tashqari, hozircha bizda iqtisodiy fanlardan dars o’tishda qo’llash mumkin bo’lgan o’quv videofilmlari juda kam. Lekin ularni talabalar bilan birgalikda yaratish mumkin. Keyingi paytda masofadan o’qitishning borgan sari yoyilib borishi, darslik, qo’llanmalarning elektron versiyalarini yaratilishi, o’qitish jarayonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga olib keladi. yuqorida qayd etilgan ikkala metodni va ularning tarkibini shuningdek, ular to’g’risidagi qiziqarli ma’lumotlar, internet ma’lumotlarini to’plash va ularni yetkazib berish; Kimyoni o’qitishda monologik va dialogik metodlar boshqa elementlar to’g’risidagi mavzularni ham tushuntrilayotganda yuqoridagi takliflarga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo’luredi. Shuningdek Kimyoni o’qitishda monologik va dialogik metodlar talaba yoshlarga tushuntrilayotganda hayotiy misollar bilan tushuntrish, ushbu metod hayotimizning qaysi sohalarida muhim rol o’ynashi haqida ma’lumotlar yetkazish kabi takliflarnikiritmoqchiman Farg’ona davlat universiteti xuzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi tinglovchisi Bozorova Malikaxon G`anibayevnaning “Galogenlar mavzusini o'qitishda kimyoni kasbga yo'naltirib o'qitishni loyihalashtirish metodikasi” mavzusidagi malaka ishiga XULOSA Yinglovchi Bozorova Malikaxon G`anibayevnaning bitiruv malakaviy ishida kasb-hunar maktablarida kimyo fanini o’qitishda uzviylikni ta’minlash masalasi ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligi, mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ob’ekti, predmeti, vazifalari, metodlari talab darajasida yoritilgan. Ma’lumki hozirgi kunda dunyoda barcha sohalarda axborotlar o’sib, ularni taxlil qilish jarayoni tabora murakkablashib bormoqda. Shuning uchun barcha sohalarda kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish dolzarb muommolardan hisoblanadi. Axborot texnologiyalaidan ta’lim tizimida, ayniqsa kimyo fanini o’qitishda foydalanish-darsliklarning electron versiyalari, elektron darsliklar, elektron plakatlar, hodisa va jarayonlarning virtual modellari, test dasturlari va laboratoriyalarning virtual stendlarini yaratish, masalalar yechish va boshqa bosqishlardan iborat bo’lib, o’quvchilarning kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini, kimyoning asosiy qonunlarini chuqurroq anglab yetishlarida, masofaviy va mustaqil ta’lim olishlarida muhim ahamiyatga egadir. Bular orasida kimyo ta’limning asosiy asosiy muommolaridan biri laboratoriyalarning virtual stendlarini yaratish shu kunnig dolzarb muommolaridan biridir. Kimyo fanini o’rganishda laboratoriya ishlarini bajarish muhim o’rin egallaydi. Buning uchun o’quvchi kimyodan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish shakllari, usullari va vositalarini to’g’ri tanlay bilish lozim. Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda uzviylikni ta’minlab shu kompyuterda animasion model orqali amalga oshirish jarayoni va o’quvchilarga ko’rsatish bir tomondan, laboratoriya islariga oidmashg’ulotlarni o’tkazish uchun sarflanadigan xom-ashyo va shunga o’xshash materiallarni tejashga olib kelsa, ikkinchi tomondan ob’yektlar ustida olib borilayotgan laboratoriya ishlarini to’g’ridan to’g’ri ko’rish, kuzatib boorish, mulohaza yuritish, o’zaro fikr almashinishdek foydali imkoniyatlar yaratadi. Vertual stendni yaratishda Mikrosoft Officc paketining barcha dasturlaridan va Vizual basis-6,0 dasturlash tilidan foydalaniladi. Stendning eng muhim yangili shundaki, shu paytgacha mavjud adabiyotlar molekulyar kimyoga oid ayrim tajribalarni o’tkazish imkoniyati bo’lmagan tajribalarni ham o’tkazib ko’rish imkoniyati mavjud. Stendning o’ziga xos avzal tomonlari shundaki, uning hajmi juda kichik, alohida o’rnatish shart emas, xoxlagan marta ishlatish, kuzatish va xulosalar chiqarish mumkin. Ishonamanki, kimyo fanida uzviylikni ta’minlab aloqador fanlar bilan bog’lab, darslarda AKT dan foydalanib shu orqali kasb-hunar maktabi o’quvchilarining nazariy olgan bilimlaridan amaliy ko’nikma hosil qilishda o’z hissasini qo’shadi. Ilmiy rahbar: A.Ibragimov Download 160.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling