1-bosqich. Axborot tizimi tuzish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni aniqlash, tushunish va ularning tub mohiyatini bilish. Mazkur qadam jamiyatning yoki tashkilotning biror-bir bo’g’inida mavjud bo’lgan asosiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan yoki uni aniqlaydigan turli-tuman tashkilotlarni, muammolarning kelib chiqishini yoki ishlab chiqarishning va hayotiy muhitning biror-bir asosiy muhim yo’nalishini aniqlashni hamda atroflicha o’rganishni qamrab oladi. Aniqlanilgan muammo ushbu tashkilotdagi insonlar/bo’limlar uchun juda muhim bo’lishi yoki bu muammoning ijobiy hal qilinishi mahalliy hududdagi insonlar uchun katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Ushbu qadam masalani aniq bilishni, muammoni yechish bilan bog’liq qanday ishlar qilinishi lozimligini, ushbu ishning qanchalik murakkabligini va u bilan bog’liq yana qanday muammolar kelib chiqishi mumkinligini tahlil qilishni o’z ichiga oladi. Muammoni yaxshilab o’rganilmasa, uni tahlil etilmasa, tushunilmasa va uning kelib chiqish sabablari hamda mohiyati bilinmasa, sifatli loyiha tuzish va uni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirish mumkin emas. Demak, bu bosqichda «Axborot tizimi yaratilayotgan tashkilotda qanday muammolar mavjud?» degan savolga javob topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |