Bitiruv ishining dolzarbligi


Turistik agentliklar (turagent)


Download 1.92 Mb.
bet6/26
Sana16.12.2021
Hajmi1.92 Mb.
#181335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Jumayev Zarina

Turistik agentliklar (turagent) – bu iste’molchiga, ya’ni turistga yoki mijozlarga ayrim turistik xizmatlar va turlarni chakana sotish funksiyasini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.

Agentlashtirish sohasida faoliyatning bir nechta turlari farqlanadi, shaxs nomidan va korxonaning topshirig’i bo’yicha turlarni sotish. Mohiyatan bu turli xildagi turoperatorlarning «turistik yo’llanmalar do’koni»dir. Turistik yo’llanmada doimo bunday sotishni amalga oshirgan turoperator va turagentning barcha rekvizitlari to’liq ko’rsatiladi, agentlik foizi tushunchasi bor bo’lgan mamlakatlarda, agentlik foizining summasi doimo turistik xizmatlarning cheki yoki vaucherida ko’rsatilgan bo’ladi. Bunday mamlakatlarda yo’llanmalar vaucheri bo’lib, unda kassa apparatidagi ma’lumotni yozib qo’yish uchun maxsus hoshiya mavjud.

Bunday holda agentlikning o’zi barcha oqibatlari va javobgarlikni bo’yniga olgan holda turoperatorlik funksiyasini bajaradi.

Hozirgi paytda turlarni iste’molchiga Internet tarmog’i orqali sotish shakllanmoqda. Lekin iste’molchiga faqat axborot berish va mahsulot taklif etish, uni mijozning talabnomasi bo’yicha o’zlashtirish bosqichlarigina avtomatlashtirish imkoniyatiga ega, ba’zi hollarda, masalan, bankdagi hisob-kitoblarni yoki kredit kartalarining raqamlarini ko’rsatishda haq to’lash ham nazarda tutiladi. Turizm sohasida turoperatorlar qayd qilganimizdek, turizm industriyasining harakatlantiruvchi asosiy bo’g’inlaridan biri hisoblanadi. Turoperatorlar va turagentliklar hamkorligi turizmni rivojlantirishga asos bo’ladi va turizm bozorida turistga (iste’molchiga) mahsulotlar va xizmatlar yetkazib berishda xizmat qiladi (1.2.2-rasm).



Axborot zahiralariga axborot texnologiyalari va tizimlarni tadbiq etish natijasida yangi axborot yoki axborotning yangi shakli hosil qilinadi, sifati esa o’zgaradi. Hosil qilingan mahsulot axborot mahsuloti va bu mahsulotni yetkazib berish esa axborot xizmati deyiladi.

Axborot xizmati - foydalanuvchiga axborot mahsulotini taqdim etish yoki qabul qilishdir.

Axborot mahsuloti va xizmati bu maxsus xizmat bo’lib, iste’molchilarni foydalanishi uchun ishlab chiqilgan va ular orasida tarqatish uchun mo’ljallangan axborotiy ma’lumotlar to’plami va kommunikatsiyalardir. Axborot mahsuloti qattiq jismlarda aks ettiriladi. Axborot mahsuloti va xizmatiga quyidagilar kiradi:



  • Aloqa.

  • Axborot, masalan ma’lumotlar, bilimlar, dasturiy ta’minotlar.

Hozirgi kunda axborot bozorida quyidagi tipdagi axborotlar mavjud:

Ishbilarmonlik axboroti, ya’ni birja axborotlari, moliyaviy, siyosat va xo’jalik axborotlari (qimmatbaho qog’ozlar narxi, valyutalarning kurslari va boshqalar), statistik axborotlar (ijtimoiy, demografik, ekologik va boshqalar), tijorat axborotlari (korxonalar, mahsulotlar, narxlar va boshqalar bo’yicha). Professional axborot – yuristlar, vrachlar va boshqalar uchun mo’ljallangan maxsus ma’lumotlar, ilmiy-texnik axborotlar. Iste’mol axboroti – yangiliklar, adabiyotlar, kompyuter o’yinlari,

videofilmlar va audio mahsulotlar.

Ta’lim xizmatlari – elektron darsliklar, uslubiy ko’rsatmalar va boshqalar.

Axborot tizimlari va vositalarini ta’minlovchi – dasturiy mahsu-lotlar,

texnik vositalar, axborot tizimlari va texnologiyalari ishlab chiqish va ularga xizmat qilish, ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va boshqalar.



Xordiq chiqarish – dam va rohat olish uchun ijodiy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan axborot mahsuloti.




Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling