Mavzu: bozor marketing tadqiqotlari


Download 28.29 Kb.
bet1/4
Sana23.03.2023
Hajmi28.29 Kb.
#1289961
  1   2   3   4
Bog'liq
3. BOZOR MARKETING TADQIQOTLARI.


MAVZU: BOZOR MARKETING TADQIQOTLARI.


REJA:

1. Turizm bozori tushunchasi va uning xususiyatlari


2. O‘zbekistonda turizm bozori rivojlanishining me’yoriy-huquqiy asoslari.
3. Turizm bozorining marketing tadqiqotlari

Kirish
O‘zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirishda xizmat ko‘rsatish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarning ham o‘ziga xos roli bor. Chunki ushbu soha bozor sub’ekti sifatida tez rivojlanish bosqichida. Uning tarkibiy qismi bo‘lgan turizm sohasi ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Turizm mamlakatimiz iqtisodiyotida nisbatan yangi soha bo‘lishiga qaramasdan o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. Bu kelajakda ham istiqboli porloq sohalardan biri bo‘lib qoladi. Ayni kunga qadar turizm xizmatlar bozoriga turli ta’riflar berilgan. Jumladan, quyida berilgan ta’rifni takomillashgan ta’rif deb hisoblash mumkin. Turizm xizmatlar bozori - bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik mahsulot iste’molchisi o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Natijada turistik xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib olish) jarayoni vujudga keladi. Turizm bozori murakkab hisoblanib, bunda uning mahsuloti to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki o‘rtadagi dallol orqali (xo‘jalik sub’ekti-turoperator-turagent) sotiladi. Ushbu omillardan tashqari yana bir holatni e’tiborga olish kerak, ya’ni ko‘rsatib o‘tilgan bitim har doim bir joyda amalga oshirilmaydi (masalan, mehmonxona, turistlarni qabul qilish joyi yoki turoperatorlarda). Turistik xizmat bozori ma’lum bir o‘ziga xos joy yoki geografik hudud bilan chegaralan-magan. Shuning uchun turistik mahsulotning oldi-sotdi ishlari sotuvchi va haridorlarni jalb qilmagan holda teleks, telegramma, faks, telefon, aniq hisob-kitob orqali amalga oshirilishi mumkin. Turistik talab deganda - to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan aholining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda aholi tomonidan aniq bir turistik-ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi. Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflar vujudga keladi, ya’ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni etkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi. Bu holatda takliflar ishlab chiqarish bilan bir xil bo‘lmagan holda undan soni jihatidan farq qiladi. Aniq bir turistik mahsulot (marshrut) ning taklif qilinadigan soni bozordagidan yuqori bo‘lishi mumkin. Turistik mahsulotga bo‘lgan taklif - ishlab chiqarilgan mahsulot soni, turistik industriyaning rivojlanish darajasiga va turistik resurslar hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Turistik bozor - bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik mahsulot iste’molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Yaxshi sotuvchining vazifasi esa o‘z mijozlari talablarini qondirish hisoblanadi.



Download 28.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling