Mavzu: bozor marketing tadqiqotlari


O‘zbekistonda turizm bozori rivojlanishining me’yoriy-huquqiy asoslari


Download 28.29 Kb.
bet3/4
Sana23.03.2023
Hajmi28.29 Kb.
#1289961
1   2   3   4
Bog'liq
3. BOZOR MARKETING TADQIQOTLARI.

O‘zbekistonda turizm bozori rivojlanishining me’yoriy-huquqiy asoslari
O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan, dunyo turizm bozoriga dadil qadamlar bilan kirib borib, jahon turizmidagi o‘z o‘rnini egallamoqda. Respublikamizda xorijiy turistlarga asosan madaniy-tanishuv turlari taklif qilinmoqda. Ularning davomida tarixiy, arxitektura, diniy obidalar va ziyoratgohlar bilan tanishtiriladi, mahalliy aholining turmush tarzi va madaniyati ko‘rsatiladi. Bunday turlar davomida asosan Samarqand, Buxoro va Xivadagi obektlarga tashrif buyuriladi. Respublikamizda hammasi bo‘lib 30 ga yaqin turlar taklif etiladiki, ularning ichida Toshkent va Farg‘ona vodiysida amalga oshiriluvchi ko‘ngilochar, dam olish-davolanish, tog‘-chang‘i, golf sportlari bilan shug‘ullanish turlari ham mavjud. Har qanday mamlakatda turizmning rivojlanishi, eng avvalo, ushbu sohaga nisbatan davlat tomonidan olib borilayotgan siyosatning samaradorlik darajasiga bog‘liq. Davlat turistik infratuzilmaning shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, ya’ni me’yoriy-huquqiy asoslarni barpo etish, umuman turizm va uning alohida turlarini rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar o‘rtasida halol raqobat muhitini yaratish, turizmga xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmasini tartibga olish, turistlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish va kafolatlash orqali ushbu sohaning rivojlanishiga yordam ko‘rsatadi. Mamlakatimizning siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritishi, bozor munosabatlariga asoslangan ochiq iqtisodiyot asoslarining shakllantirilishi turizm sohasini O‘zbekiston iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridan biriga aylantirish uchun real shart-sharoitlarni vujudga keltirdi. Biroq respublikalararo xo‘jalik aloqalarining buzilishi, inflyasiyaning yuqori darajasi, murakkab siyosiy vaziyat va boshqa bir qator omillar ta’sirida XX asr 90-yillarining boshlarida turizm tarmog‘i boshqa tarmoqlar singari qiyin ahvolga tushib qoldi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish ob’ektiv zaruriyatga aylandi. Bozor munosabatlariga asoslangan turizm esa mamlakatimizning turistik imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish uchun zamin yaratadi. Mustaqillik yillarida dastavval turizm rivojlanishining institutsional va me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 27 iyuldagi 447-sonli Farmoniga muvofiq “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasi tashkil etildi. Shuningdek, 1993 yilda O‘zbekiston Butunjahon Turistik Tashkilotining a’zosiga aylandi.


Download 28.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling