7-mavzu Inflyasiya va unga qarshi kurashish yoʼllari Reja Inflyasiyaning mohiyati va turlari Inflyasiyaning vujudga kelish sabablari


Download 103 Kb.
bet1/7
Sana13.04.2023
Hajmi103 Kb.
#1351353
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Mavzu


7-mavzu Inflyasiya va unga qarshi kurashish yoʼllari
Reja
1. Inflyasiyaning mohiyati va turlari
2. Inflyasiyaning vujudga kelish sabablari
3. Inflyasiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari
4. Inflyasiyaga qarshi siyosat


7.1. Inflyasiyaning mohiyati va turlari
Muomalada qog‘oz pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyasiyani vujudga keltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. “Inflyasiya” termini – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib – “shishirilgan”, “bo‘rttirilgan”, “ko‘pchigan” kabi ma’nolarni anglatadi. Inflyasiyaning iqtisodiy mohiyati muomaladagi naqd pullarning sotib olish qobiliyatini pasayishi, tovarlar va xizmatlarning bahosini o‘sib borishini anglatadi.

Inflyasiya so‘zi birinchi marta amerikalik iqtisodchi A.Delmar tomonidan 1864 yilda iqtisodiy oborotga kiritildi. Bunga AQSH Federal hukumati 1861 – 1865 yillarda mamlakat fuqarolar urushi davrida davlatning xarajatlarini qoplash maqsadida muomalaga juda katta miqdorda qog‘oz pullarni emissiya qilishi sabab bo‘ldi. G‘arbiy Evropa mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarida inflyasiya termini birinchi jahon urushidan keyin, sobiq ittifoq adabiyotlarida esa 1920 yillarning o‘rtalaridan keng miqyosda paydo bo‘ldi.


Biroq, shuni ta’kidlash joizki, inflyasiya natijasida pullarning qadrsizlanishi, ularning to‘lov qobiliyatining pasayishi kabi muammolar tarixan qog‘oz pullar muomalaga chiqarilishi va tangalarning zarb qilishi davridan boshlangan. Dastlabki davrlarda inflyasiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, hukumat tomonidan iqtisodiyotga haddan ortiqcha sifati va og‘irligi talab darajasidan past bo‘lgan haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan tanga pullar muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. Masalan, Qadimgi Gretsiyada miloddan avvalgi VI asrda metall tangalarning tarkibida qimmatbaho metallarning hajmini yarmidan ko‘prog‘ini oddiy metallarga, ya’ni haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan metallarga almashtirildi. Xuddi shu holat Rim Imperatorlari tomonidan ham amalga oshirildi. O‘rta asrlarga kelib, ko‘pchilik davlatlarning hukumdorlari kumush tangalarni mis tangalarga, keyinchalik oddiy alyumin metallarga almashtirdi. Bu jarayon hukumatga qimmatbaho metallarni tejash evaziga mamlakat xazinasiga juda katta boylik sifatida qabul qilindi. Biroq, pullarning to‘lov qobiliyatini pasayishi va qadrsizlanishiga olib keldi.


Muomalada qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi natijasida tanga – pul bilan bog‘liq inflyasiya muammosi qog‘oz – pulga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Davlatning burjuaziya boshqarish tuzumining vujudga kelishi davrida o‘rta asrlarda pul muomalasida paydo bo‘lgan muammolarni barqaror pul tizimini tashkil etish orqali bartaraf etishga urinishlar bo‘ldi.


XVIII – XIX asrlarda va XX asrning boshlarida birinchi jahon urushiga qadar inflyasiya muammosi ayrim mamlakatlarda mavjud bo‘lib, davriy xarakterga ega edi. Masalan, inflyasiya muammosi Fransiyada – 1789 – 1791 yillarda Buyuk fransuz revolyusiyasi davrida, Angliyada Napolen bilan urush davri – XIX asrning boshlarida mavjud edi. Oltin monometallizm tizimi joriy etilgan mamlakatlarda uzoq yillar davomida barqaror pul tizimi amal qildi.
Birinchi jahon urushi davrida oltin monometallizm tizimining barbod bo‘lishi va qog‘oz pullarning oltin tangalarga qat’iy belgilangan kurs asosida ayirboshlanishi bekor qilinishi natijasida davlat o‘zining inflyasiyaga qarshi kurashish mexanizmidan mahrum bo‘ldi. SHu davrdan boshlab, inflyasiya iqtisodiyotda doimiy xarakterga ega bo‘lgan va keng qamrovli muammo sifatida barcha mamlakatlarda namoyon bo‘la boshladi.
Inflyasiyaning mohiyati iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etiladi. Xususan, K.R.Makkonnell, S.Bryu va K.Eklund inflyasiyani iqtisodiyotda baholarning o‘rtacha ko‘tarilishi sifatida, P.Xeyni esa pulning sotib olish qobiliyatining pasayishi yoki qiymatining yo‘qolishi ekanligini ta’kidlaydilar1.

Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida inflyasiyani vujudga kelishi 1930 yillarda muomalaga haddan ziyod qog‘oz va tanga pullarni chiqarilishi natijasida iqtisodiyotning “pul kanallari” to‘lishi yuz beradi, bu o‘z navbatida inflyasiyaga olib kelishi ta’kidlandi, 1940 yillarda esa inflyasiyaning sababi iqtisodiyotda qog‘oz pullar to‘lov vositasini bajarishi har qanday holatda inflyasiyani keltirib chiqarishini e’tirof etishdi, 1950 yillarda inflyasiyani kelib chiqishining asosiy sababi sifatida uning etarli darajada oltin va boshqa moddiy qimmatliklar bilan ta’minlanmaganligi ekanligini qayd etdilar.


1960 yillarda iqtisodchi olimlar inflyasiya murakkab, ko‘p omilli ijtimoiy – iqtisodiy jarayon ekanligini, uni tashqi va ichki omillar ta’sir qilishi natijasida vujudga keladigan iqtisodiy kategoriya sifatida baholadilar.

Inflyasiyaning iqtisodiy mohiyatiga qator xorijiy va mahalliy olimlar o‘zlarining fikrlarini bildirgan. Xususan, Rossiya iqtisodchi olimlari V.A.Shegorsov va V.A.Taranlar “Inflyasiya – bu tovarlar va xizmatlar sifati va iste’mol qiymati o‘zgarmagan holda ularning bahosini o‘sib borishidir, bu jarayonda pulning qadri pasayib boradi.”2, deya ta’kidlaydilar.


Guvohi bo‘lganimizdek, inflyasiyaning mohiyatiga turlicha fikrlar bildirilgan. Fikrimizcha, “Inflyasiya – bu tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi natijasida muomaladagi qog‘oz va tanga pullarning sotib olish qobiliyatining pasayishidir”.


Tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishini har doim ham inflyasiya sifatida qaralishi maqsadga muvofiq emas, agar muomaladagi pul massasi tegishli tovarlar va xizmatlar massasi bilan ta’minlanmasligi natijasida ularning bahosi ortsagina bunday holat inflyasiya sifatida qaralishi mumkin. Muomalada ortiqcha pul massasi paydo bo‘lmagan holatda yalpi talabning yalpi taklifga nisbatan ortib ketishi natijasida bozor kon’yukturasining o‘zgarishi, ya’ni bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi iqtisodiyotda inflyasiya mavjudligini anglatmaydi. Bunday holatda baholarning ortishi noinfiliatsion omillar ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. Xususan, iqtisodiy va tabiiy resurslarning taqchilligi natijasida ularning bahosini ortishi, mavjud tovarlar va xizmatlar sifatining pastligi natijasida kam hajmdagi sifatli tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi kabilar shular jumlasidandir.


Umuman olganda, ta’kidlash joizki, iqtisodiyotda inflyasiyaning vujudga kelishi muomalada pul mablag‘lari hajmining haddan ortiq ko‘payishi natijasida pul muomalasi bilan bog‘liq iqtisodiy inqirozdan dalolat beradi. Bu tovarlar va xizmatlar umumiy bahosining sezilarli sur’atlarda o‘sib borishida (1), tovarlar va xizmatlar taqchilligida (2), rezidentlarning milliy valyutadan “qochishi”, ya’ni ularning xorijiy valyutalarni jamg‘arishga bo‘lgan iqtisodiy manfaatdorligini ortib borishida (3), milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining pasayishida (4), mablag‘larni ko‘chmas mulklarga joylashtirilishida (5), tovar va xizmatlarning baholarini boshqa barqaror pul birliklariga bog‘lab aniqlash kabilarda namoyon bo‘ladi.


Iqtisodiyotda inflyasiya darajasini aniqlashning turli yo‘llari mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari iste’mol baholari indeksi (1) va inflyasiya darajasini (2) aniqlovchi tengliklar hisoblanadi.


ИБИ  ЖДИСБ


ЎДИСБ 100% (1)

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling