7-mavzu Inflyasiya va unga qarshi kurashish yoʼllari Reja Inflyasiyaning mohiyati va turlari Inflyasiyaning vujudga kelish sabablari


Download 103 Kb.
bet2/7
Sana13.04.2023
Hajmi103 Kb.
#1351353
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Mavzu

bu erda:

  1. IBI – iste’mol baholari indeksi;




  1. JDISB – joriy davrdagi iste’mol savatchasi baholari;




  1. O‘DISB – o‘tgan davrdagi iste’mol savatchasi baholari.


Инф.даражаси

I1иб  Iиб0

100

(2)

I0













иб







bu erda:
I1иб – joriy davr iste’mol baholari;

I0иб – bazaviy davr iste’mol baholari.


Iste’mol savatchasi – odamlarning birinchi darajali ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar yig‘indisi. Iste’mol savatchasi yordamida odamlarning yashash uchun zarur bo‘lgan eng kam miqdordagi xarajatlar miqdori hisob – kitob qilinadi. Iste’mol savatchasiga Rossiyada 407 ta, AQSHda 300 ta, Fransiyada 250 ta, Angliyada 350 ta, Germaniyada 475 ta tovar va xizmatlar turi kiradi. Inflyasiya juda ko‘p qirrali bo‘lib, u asosan quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin:



  1. sudraluvchan inflyasiya;




  1. shiddatli inflyasiya;




  1. giperinflyasiya;




  1. kutilgan va kutilmagan inflyasiya;




  1. ochiq inflyasiya;




  1. yopiq inflyasiya;




  1. talab xarajatlar inflyasiyasi;




  1. taklif (xarajatlar) inflyasiyasi.



Sudraluvchan inflyasiya sharoitida baholar yiliga 6 8 foiz miqdorida o‘sishi kuzatiladi. Sudraluvchan inflyasiya juda ko‘p mamlakatlar iqtisodiyotiga xos bo‘lib, milliy iqtisodiyotga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi. G‘arbiy Evropa mamlakatlari iqtisodchilari ushbu inflyasiya sharoitida iqtisodiyotning rivojlanishini ijobiy holat sifatida baholaydilar.


SHiddatli inflyasiya davrida baholarning darajasi yil davomida 20 foizdan 200 foizgacha o‘sadi. Inflyasiya darajasi sezilarli ravishda shiddat bilan ortib boradi, uning darajasi ortib borgan sari milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir sezilib boradi. Aholining milliy valyutaga nisbatan ishonchi pasayib, o‘z mablag‘larini ko‘chmas mulklarga, qimmatbaho taqinchoq va xorijiy mamlakatlarning barqaror valyutalariga almashtirishga ehtiyoji ortib boradi.


Giperinflyasiya sharoitida baholar juda tez va yirik miqdorda oshib boradi, asosan giperinflyasiya sharoitida tovarlar va xizmatlarning bahosi astronomik darajada ortib, yiliga 1000 foiz, oyiga 100 foiz darajasida o‘sishi kuzatiladi. Mamlakatda iqtisodiyotni boshqarish va pul muomalasi buzilishi natijasida, pul – kredit siyosati to‘liq izdan chiqib ketadi.
Giperinflyasiya birinchi jahon urushidan keyin Germaniya iqtisodiyotiga juda katta salbiy ta’sir qilgan. Bu haqda E.M.Remark shunday yozadi. “Inflyasiya nima ekanligini shunda bilganman. Mening oylik ish haqim ikki yuz milliard markani tashkil etar edi. Ish haqi bir kunda ikki marta berilar edi, ish haqi berilgandan so‘ng ishdan yarim soatga ruxsat berilardi. Biz bu vaqtdan foydalanib kursni ikki martaga oshib ketishidan va olgan ish haqimiz o‘z qiymatini yo‘qotishidan qo‘rqib qandaydir tovar yoki iste’mol mollarini sotib olish uchun do‘konlarga yugurar edik3”.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling