7-mavzu Inflyasiya va unga qarshi kurashish yoʼllari Reja Inflyasiyaning mohiyati va turlari Inflyasiyaning vujudga kelish sabablari


Download 103 Kb.
bet6/7
Sana13.04.2023
Hajmi103 Kb.
#1351353
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Mavzu

6.4. Inflyasiyaga qarshi siyosat

Milliy iqtisodiyotda inflyasiyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, inflyasiya mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Inflyasiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilarning fikricha, uning ikkita yo‘li mavjudligi e’tirof etiladi:
umumiy talabni tartibga solish;
– umumiy taklifni tartibga solish.
Umumiy talabni tartibga solish orqali inflyasiyaga qarshi kurash keynschilik yo‘nalishi sifatida e’tirof etiladi. Ular inflyasiyaga qarshi kurashda umumiy talabni tartibga solish taklifning oshishiga samarali ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Taklifning oshishiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillar davlat xarajatlarini oshirish va imtiyozli kreditlarning miqdorini ko‘paytirishdir. Ular o‘z navbatida mamlakatda investitsion talabni keltirib chiqaradi, investitsion talab taklifning o‘sishiga olib keladi, taklifning o‘sishi esa baholarning pasayishiga, baholarning pasayishi inflyasiyani oldini olish va giperinflyasiyani bartaraf etish imkoniyatini beradi.
Inflyasiyaga qarshi kurashning monetaristik yo‘nalishi vakillarining diqqat markazida asosiy masala yalpi taklifni tartibga solishga qaratiladi. Monitaristlarning fikricha, inflyasiyaga qarshi kurashning keynschilar tomonidan ilgari surilgan usuli mamlakatni inflyasiyadan qisqa muddat ichida chiqishga imkoniyat beradi, lekin mamlakatda yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik holati saqlanib qoladi. Buning natijasida, ma’lum vaqtdan keyin, mamlakatda inflyasiya jarayoni vujudga keladi. Monetaristik siyosatning asoschilaridan hisoblangan Milton Fridmanning fikricha – inflyasiya – bu bevosita pul bilan bog‘liq bo‘lgan holat bo‘lib, uning kelib chiqishini asosiy sababi davlatning iqtisodiyotni boshqarishga nooqilona aralashuvi natijasida vujudga keladi. SHuning uchun davlat byudjeti taqchilligini qo‘shimcha emissiya evaziga emas, balki mamlakatda yalpi taklif hajmini oshirish yo‘li bilan bartaraf etish lozimligini ta’kidlaydi.
Monitaristlar kreditning foiz stavkasini oshirish, byudjet taqchilligini qisqartirish va soliq stavkalarini pasaytirishni ilgari suradilar. Ularning fikricha, buning natijasida, iste’molga bo‘lgan ehtiyoj qisqaradi, investitsiya hajmi ortadi, samarasiz xo‘jalik sub’ektlari bankrot bo‘ladi, mamlakatda kuchli raqobat muhiti shakllanadi. Bular o‘z navbatida mamlakatda inflyasiya darajasining tushishiga olib keladi.
Ko‘pchilik mamlakatlar inflyasiyaga qarshi kurashda keynschilik va monetaristik yo‘nalishning u yoki bu jihatlarini hamoxong ravishda amaliyotga joriy etadi.



Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling