15-amaliy mashg’ulot. Telegramma, telefonogramma. Xizmat xatlari. Telegramma
Download 15.03 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telegrammaning boshqa hujjatlardan farqi shundaki, ularning matni g‘oyatda qisqa boʻlib, bir necha soʻzlar yordamida fikr aniq va loʻnda ifodalanishi lozim boʻladi.
15-amaliy mashg’ulot. Telegramma, telefonogramma. Xizmat xatlari. TELEGRAMMA. Telegramma ma’lum masofaga xabar yetkazishning eng qisqa va qulay usuli boʻlib, pochta-telegraflar orqali amalga oshiriladi. Barcha kishilar va idoralar bab-baravar foydalangani uchun xabar mazmuniga qarab, uni rasmiy hujjat ham, shaxsiy hujjat ham deyish mumkin. Mazmuni tabrik yoki oddiy xabardan iborat boʻlgan telegramma bir kishidan ikkinchi kishiga joʻnatilganda, odatda uning vazifasi telefon xizmatiga teng boʻladi. Boshqacha aytganda, telefon xizmati yoʻlga qoʻyilmagan joylarda telegramma qoʻl keladi. Ammo xabarni tezlikda, shoshilinch yetkazish borasida u telefon oʻrnini bosa olmaganideq telefon ham hamma vaqt telegramma oʻrnini almashtiravermaydi. Masalan, idoralararo biron-bir narsani soʻrab, iltimos yoki taklif qilib, ogohlantirib yoki tasdiqlab yozilgan rasmiy xat mazmunida boʻlgan telegramma oʻrnini telefon bosa olmaydi. Chunki matn mazmunidan iz qoldirish hamda uning rasmiy boʻlishi maqsadida shunday qilinadi. Bunga zarurat boʻlmagan hollarda esa matn mazmuni telefon orqali yetkazilishi ham mumkin. Telegrammaning boshqa hujjatlardan farqi shundaki, ularning matni g‘oyatda qisqa boʻlib, bir necha soʻzlar yordamida fikr aniq va loʻnda ifodalanishi lozim boʻladi. Telegramma pochtaxonalarda mavjud boʻlgan maxsus blankalarda rasmiylashtirilib, uni yozishning oʻz qoidalari bor. Qisqalik va ixchamlik talablaridan kelib chiqib, asosiy matnda tinish belgilari qoʻllanilmaydi, boʻg‘in koʻchirilmaydi. Shakli esa asosan qoʻyidagicha boʻladi: telegrammaning turi haqidagi belgi, joʻnatilayotgan joyning adresi, oluvchining ismi va familiyasi, asosiy matn, joʻnatuvchining adresi. Telegramma oddiy yoki shoshilinch tarzda rasmiylashtirilishi, shaxslararo va idoralararo, hukumat va xalqaro miqyosda boʻlishi mumkin. Hozirda xabar yetkazishning faksogramma va modemogramma shakllari ham mavjud boʻlib, telefaks va kompyuter tarmoqlaridan foydalanadigan bu usullar idoralararo rasmiy aloqalarda telegrammaning imqoniyatini bir qadar cheklab qoʻydi. Bu oʻrinda faksogramma va modemogramma joʻnatish va qabul tartibi haqida gapirib oʻtirmaymiz. Chunki faksogramma toʻg‘risida xatga doir mavzuning yoritilishda ma’lumot berildi, modemogramma xususida esa informatika darslarida saboq olingan. Download 15.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling