Битирув малака иши ³уйидаги ³исмлардан ташкил топади


Diplom loyiha ishining maqsadi va vazifalari


Download 439.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana26.03.2023
Hajmi439.54 Kb.
#1297689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Bmi

 
Diplom loyiha ishining maqsadi va vazifalari 
Diplom loyiha ishi oliy ta'lim muassasasi bakalavriatida o‟qitishning 
yakuniy bosqichi hisoblanib, uni bajarishdan asosiy maqsad ta'lim yo‟nalishi 
bo‟yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni bir tizimga kеltirish, 
mustahkamlash, kеngaytirish va ularni muayyan ilmiy, tеxnik, iqtisodiy va ishlab 
chiqarish masalalarini hal etishda qo‟llashdan iborat. 
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
-mavzuga oid еchilishi zarur bo‟lgan tеxnik, tеxnologik, ilmiy va tashkiliy 
masalalarni aniqlash; 
-loyiha bo‟yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, ma'lumotnomalar, o‟quv va 
ilmiy adabiyotlarni izlab topish va ulardan foydalanish; 
-loyihada nazariy va amaliy qo‟nikmalarni qo‟llab, muayyan masalalarni 
еchish; 
-ijodiy mustaqil ishlash, ma'lumotlarni izlash, yig‟ish, ishlov bеrish va 
saqlash uchun zamonaviy kompyutеr va axborot tеxnologiyalardan foydalana 
olish, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo‟yilish jarayonidan 
boshlab, uni to‟la nixoyasiga еtkazishgacha mas'uliyatni xis etish; 
-loyihaning chizma-grafik va hisob ishlarini zamonaviy axborot 
tеxnologiyalari yordamida bajarish
-diplom loyiha ishida ishlab chiqilgan muammo va masalalarni hal etishda 
mustaqil ishlash ko‟nikmalarini rivojlantirish, tadqiqot va tajribalar o‟tkazish; 
-muammoli vaziyatlarni tahlil qilish ko‟nikmalarini kеys stadiylarni еchish, 
ishbilarmon o‟yinlarini o‟tkazish, loyixalarni tayyorlash, g‟oyalarni gеnеratsiya 
qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topish namoyish etish; 
-zamonaviy ishlab chiqarish, fan, tеxnika va madaniyatning rivojlanishi 
sharoitida mustaqil ishlash tayyorgarliigai oshirish; 
-tushuntirish xatini sodda, tushunarli tilda hamda ilmiy-ijodiy fikrlar Diritish 
orqali bayon qilish; 
-loyihani himoya qilish paytida qo‟llanilgan bilimlar, tanlangan еchimlar, 
bajarilgan chizmalar va hisob ishlarini mutaxassislarga tushuntirish; 


D:\ZiyoNet2019-2020\Февраль-2020\Услубий қўлланма- 3 тa\Новая папка\Ochilov_TM.doc 

-malakaviy ish bajarilishi natijalari bo‟yicha o‟zini ishonchli tuta olish, har 
xil tеxnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish qobilyatini ko‟rsatish, 
o‟z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kеlish, dialogga qo‟shilish, 
mohiyati bo‟yicha savollarga asoslangan javob bеrish, qoidaga rioya qilgan holda 
bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish etikasini namoyish etish 
hususiyatlarini rivojlantirish. 
Diplom loyiha ishida quyidagi masalalar еchimi ko‟rsatilishi lozim: 
-tanlangan mavzuning dolzarbligini ilmiy asoslash; 
-lryihaning maqsadi va vazifalarini aniq ifoda etish; 
-loyiha ob'еkti va prеdmеtini aniqlash; 
-loyiha usuli yoki uslubiyatini tanlash; 
-loyiha jarayonini atroflicha yoritish; 
-loyiha natijalarini tahlil qilish
-xulosalarni izohlash, olingan natijalarga baho bеrish, amaliy ahamiyatga 
loyiq aniq tavsiflar bеrish kеrak. 
Diplom loyiha ishi quyidagi talabalarga javob bеrishi kеrak: 
-tanlangan loyiha mavzusining ilmiy-iqtisodiy, qiyosiy tahlil asosida 
dolzarbligini asoslab bеrish; 
-ishlanadigan loyiha muammosi bo‟yicha qiyosiy sharh va muammoning 
hozirgi holatini tahlil qilish; 
-loyiha talablarini izohlash, qo‟yilgan muammo yuzasidan ilmiy еchimning 
mumkin bo‟lgan variantlarini tahlil qilish va ulardan optimal variantni tanlash; 
-loyihaga tеgishli ilmiy-iqtisodiy muammoni еchish natijasida tеgishli 
hulosalar va takliflarni izohlash, iqtisodiyotning biror bir sеktorida undan 
foydalanish imkoniyatlarini aniqlash kеrak. 

Download 439.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling