Bitiruv malakaviy amaliyoti hisoboti
Tergov organi faoliyatining vazifalari
Download 27.92 Kb.
|
2-namuna (hisobot)
Tergov organi faoliyatining vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksini o‘rganish mobaynida amaliyotda shu kodekslar qanday ishlashini bilishga qiziqishim kuchli bo‘lganligi sababli amaliyotimni prokuratura sohasidagi tergov organida o‘tashga qaror qildim. Dastlabki kunlardanoq amaliyot rahbarim bilan tez kirishib keta oldim va bu jarayon menga juda yoqa boshlagandi. O‘zimning qiziquvchanligim va ustozlarimdan olgan bilimlarim sababli amaliyot rahbarim va boshqa xodimlar tomonidan berilgan savollarga juda qoniqarli, a’lo darajada javob bera oldim va boshqa amaliyotchi talabalardan yuksak salohiyatim va universitetda ustozlarimdan olgan bilimlarim, tirishqoqligim bilan ajralib tura oldim. Tergov jarayonini ko‘rish menda juda katta qiziqish uyg‘otganligi uchun har bir tergov harakatida qatnashishga harakat qilar edim. Deyarli har kuni amaliyot rahbarim gumonlanuvchi, guvoh, xolis sifatida ishga jalb qilingan shaxslarni so‘roq qilishga chaqirardi. Ulardan tushuntirish xatlarini olishda, hujjatlarni taxlashda yordam berardim. Har bir shaxsni so‘roq qilishda qatnashishga harakat qilardim. Har xil jinsdagi, har xil yoshdagi shaxslarni so‘roq qilardilar va men bu jarayondan maksimal darajada o‘zimga kerakli bilimlarni olishga harakat qilar edim. Masalan, ayol kishini so‘roq qilishda tergovchi o‘zini qanday tutishi kerak, Yoshi katta inson bilan qanday muomala qilgan holda so‘roqni olib borish kerakligini o‘rganishga harakat qilar edim. Shu tarzda tergovchi shaxsi qanday bo‘lishi kerakligi haqida tajribalarni o‘zlashtirar edim. Bundan tashqari, hodisa joyini ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘rganishga juda qiziqar edim. Jinoyat protsessual kodeksining XV bobida “Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish” deb nomlanadi va bu bobni o‘rgangan chog‘imda ham amaliyotda qanday olib borilishini tasavvur qilar edim. Bu tergov harakatidan asosiy maqsad tez yo‘qoladigan dalillarni to‘plash, berilgan ko‘rsatuvlar bir-biriga mos kelishini tekshirish va boshqa maqsadlar yuzasidan o‘tkaziladi. Shu jihatdan bu tergov ahamiyatining qanchalik muhimligini bilgan holda amaliy o‘rganishga harakat qildim va bu tergov harakatida qatnashishga muvaffaq bo‘ldim. 2023-yil, 24-fevral kuni amaliyot rahbarim, tezkor xodim va boshqa shaxslar bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirida xolis sifatida ishtirok etdim. Tadbir davomida pora sifatida beriladigan pullarga kimyoviy ishlov berish jarayonida ishtirok etdim. Biz o‘qish davrida jinoyat huquqi fanida maxsus videolavhalarda ko‘radigan jarayonga bevosita shaxsan ishtirok etdim va kimyoviy ishlov berish jarayonini boshidan oxirigacha to‘liq o‘rgandim desam ham bo‘ladi. Pullarning seriya raqamlarini hujjatlashtirishdan tortib vositachi sifatida ishtirok etgan shaxsning qo‘l sumkasi yoki cho‘ntagiga qanday usulda joylanishi lozimligigacha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirdim. Tadbir muvaffaqiyatli tugadi va gumonlanuvchini ashyoviy dalil bilan qo‘lga olgandan so‘ng ham mutaxassis yordami bilan gumonlanuvchining qo‘llarida va boshqa tashqi a’zolaridan kimyoviy kukun na’munalari qanday olinishi lozim ekanligi va olingan na’munalarni saqlash yo‘llari haqida batafsil ko‘nikmalarni o‘zlashtirdim. Download 27.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling