Bitiruv malakaviy amaliyoti hisoboti


Download 27.92 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi27.92 Kb.
#1404633
  1   2   3
Bog'liq
2-namuna (hisobot)


Bitiruv malakaviy amaliyoti
HISOBOTI
Reja:
Kirish (tashkilot faoliyatining umumiy tavsifi)
Asosiy qism:
1.1 Tergov organi faoliyatining vazifalari
1.2 Prokurorning sud ish yurituvida ishtiroki
1.3 Amaliyot davomida jamiyat ichida o‘rgangan mavjud muammolar
Xulosa

KIRISH


2023-yil 6-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani prokuraturasida bitiruv malakaviy amaliyotimni boshladim. Kelgan kunim butun ishchi guruh bilan tanishib chiqdim va ularning har birining vazifasi haqida bilib oldim. Shu kunning o‘zida amaliyot bo‘yicha tergov bo‘limida tergovchiga biriktirib berildim va birgalikda amaliyot o‘tashni boshladim. Dastlabki kunlari tergovchining ish faoliyatini o‘rgana boshladim, xizmat vazifasiga nimalar kirishi, qanday vakolatlarga ega ekanligi, tergov harakatlarini qanday olib borishi haqida o‘zim qiziqqan savollarga javob izlay boshladim. Amaliyot rahbarim J.N.Kurbanov o‘zi bilgan barcha amaliy va nazariy bilimlarni o‘rgata boshladim.
Amudaryo tumani prokuraturasi faoliyat tizimini o‘rganar ekanman, bu huquqni muhofaza qilish organi Amudaryo tumani bo‘yicha qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat va jamiyatning qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy tuzumini himoya qilish kabi vazifalarni bajaradi. Ushbu huquqni muhofaza qilish organi faoliyat doirasiga kelsak, 257-II-son “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasida ko‘rsatilgan barcha yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. Ishlash mexanizmiga kelsak, Bosh prokuror rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining bir qismi hisoblanib, o‘zidan yuqorida turuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga bo‘ysunadi. Ishlash prinsiplari “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasidagi barcha prinsiplar asosida faoliyat yuritadi.
O‘z vakolatlari doirasida tumandagi byujet tashkilotlar va davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslar faoliyatining qonuniylik asosida ishlashini nazorat qiladi va qonunlarning ijrosining to‘g‘ri olib borilishi yuzasidan nazorat olib boradi. “Prokuratura to‘g‘risida”gi keltirilgan ishlash prinsipiga to‘laqonli muvofiq amal qilib faoliyat yuritishyapdi. Masalan, mrkazlashganlik prinsipini oladigan bo‘lsak, men amaliyot o‘tayotgan prokuratuta organi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga bo‘ysunadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunadi. Yuqori bo‘g‘indan kelgan topshiriqlar quyi bo‘g‘inlarga taqsimlanadi.
Amaliyotni o‘tashdan oldin prokuratura sohasida ish yurituviga qiziqishim baland edi. Shuning uchun shu huquqni mufofaza qilish organida amaliyot o‘tashni orzu qilgandim. Bundan tashqari, universitetda olgan nazariy bilimlarimni amaliyotda ishlatish bo‘yicha ko‘pgina o‘zimni qiziqtirgan jarayonlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni xohlagan edim. Shu va boshqa qiziqishlarim sababli prokuratura o‘rganini tanladim.

Asosiy qism



Download 27.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling