Bitiruv malakaviy ish mavzusi bo’yicha taqdimot tayyorlash
Download 71 Kb.
|
BITIRUV MALAKAVIY ISHLARNI TAYYORLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishinig maqsad va vazifalari
BITIRUV MALAKAVIY ISH MAVZUSI BO’YICHA TAQDIMOT TAYYORLASH Reja:
Bitiruv malakaviy ishinig maqsad va vazifalari Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi Bitiruv malakaviy ishni bajarishda tashkilotlar vazifalari Bitiruv malakaviy ishinig maqsad va vazifalari Bitiruv malakaviy ish talabaning o’qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi talabalarning barcha blok fanlari boyicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, bu bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo’llashdan iboratdir. Talaba uzluksiz ta`lim turlari boyicha o’quv dasturlari, o’quv rejalari bilan tanish bo’lishi, mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlari, yangi pedagogik texnologiyalarni chuqur bilishi va bilimlarni amalda qo’llay olishi kerak. Bitiruv malakaviy ishning vazifasi olib borilgan tadqiqot mavzusi boyicha olingan umumiy axborotni mustahkamlashni, manbalardan to’plangan ilmiy va amaliy dalillarni tizimli tarzda izchil tartibga solishni nazarda tutadi. Bitiruv malakaviy ishning muallifi ilmiy tadqiqotni mustaqil olib borishi, ta`limiy muammolarni topishi va ularni hal qilishning umumiy metod va qoidalarini amalda qo’llay bilishi, tahlil qila olishi, natijaning samardorligini ko’rsata bilishi kerak. Bitiruv malakaviy ishning vazifalari sifatida mutaxassislik va biror ixtisos boyicha tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash, mustaqil holda ma`lumotlarni izlash va muayyan muammolarni echish, tanlangan mavzu boyicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, xodisalar va muammolar mohiyatini ochish, mavjud materiallarni tizimlashtirish, taxlil qilish va qayta ishlash, uzluksiz ta`lim tizimida ta`lim sifati va samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat. Bitiruv malakaviy ishning yozilishi, tayyorlanishi va ochiq himoya qilinishi talabaning mutaxassisligi boyicha tanlagan mavzusi negizida nechog`lik mustaqil tadqiqot olib borish tajribasiga ega bo’lganligini aniqlab beradi. 12 2. Download 71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling