Bitiruv malakaviy ishda Xamdamova Dilnura Barat qizi hozirda ishlatilayotgan


Download 16.19 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi16.19 Kb.
#1629241
Bog'liq
ichki taqriz


О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Energetika va mashinasozlik” fakulteti «Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi “Texnologik mashinalar va jixozlar” - 5320300 bakalavriat yо‘nalishi talabasi Xamdamova Dilnura Barat qizining “ Ruda tashuvchi konveyer bunkerini yig’ish va payvandlash texnologiyasi ” mavzusidagi BMIga

T A Q R I Z
Bitiruv malakaviy ishda Xamdamova Dilnura Barat qizi hozirda ishlatilayotgan bunker strukturasini payvandlash loyihasining texnologik qismida eng samarali payvandlash usuli - karbonat angidrid muhitida sarflanadigan elektrod bilan yarim avtomatik payvandlash yordamida ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu usul bir nechta payvandlash usullarini (gaz bilan payvandlash, MAW, suv ostida payvandlash va boshqalar) qiyosiy tahlilidan so'ng tanlangan. texnologik jarayon maksimal darajada mexanizatsiyalashgan.
Xamdamova Dilnura Barat qizining “Ruda tashuvchi konveyer bunkerini yig’ish va payvandlash texnologiyasi” mavzusidagi BMI yuqorida keltirib o’tilgan sabablarga ko’radolzarb hisoblanadi.
Xamdamova Dilnura Barat qizining “Ruda tashuvchi konveyer bunkerini yig’ish va payvandlash texnologiyasi”mavzusidagi __ betdan iborat BMI quyidagi bo’limlarni o’z ichiga olgan:Kirish; Umumiyqism; Texnologik qism; Iqtisodiy qism; Mehnat muhofazasi va loyihaning ekologik xavfsizligi; Xulosa; Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati.
Bitiruv ishining chizmalari rо‘yxati: Detalning ishchi chizmasi; Zagotovka loyiha chizmasi; Texnologik jarayonlar eskizlari; Moslama chizmasi; Dastgohning sxemasi.
Xamdamova Dilnura Barat qizining “Ruda tashuvchi konveyer bunkerini yig’ish va payvandlash texnologiyasi” mavzusidagi BMI da orfografik kamchiliklar ham mavjud , ammo ushbu kamchiliklar ahamiyatsiz bo’lganligi sababli yakuniy bahosiga xech qanday ta’sir qilmaydi .
Xamdamova Dilnura Barat qizining “Ruda tashuvchi konveyer bunkerini yig’ish va payvandlash texnologiyasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini to’liq bajarganligi va mavzuni dolzarbligini hisobga olgan holda uni yaxshi bahoga loyiq deb xisoblayman.
BMI raxbari
«Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi assistenti : Z.Turayeva
Download 16.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling