Mavzu: Ekologik xavsizlik va ekspertiza Reja: Ekologik хavsizlikning asosiy yo’nalishlari. Ekologik ekspertiza


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1158953
  1   2   3
Bog'liq
Usmonaliyev Husanboy Ekologik xavfsizlik



Mavzu: Ekologik xavsizlik va ekspertiza 
Reja: 
1. Ekologik хavsizlikning asosiy yo’nalishlari. 
Ekologik ekspertiza. 
2. Davlat ekspertizasini o’tazish muddati 
haqida
3. Ekspertizalarning davlat va tashkilot turlari. 
 


Ekologik хavsizlikning asosiy yo’nalishlari. Ekologik ekspertiza. 
Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfni kamaytirish bilan bog'liq 
tushunchalardan biri bu Ekologik xavfsizlik. Bu o'zimizni atrof-muhit duch 
keladigan tahdidlardan himoya qilishning bir usuli va odamlarni yashash uchun 
butun atrof-muhitga qaram qilib qo'yadi. Atrof-muhit xavfsizligi shaharlarni, 
mamlakatlarni, kompaniyalarni va umuman jamiyatni rivojlantirishning juda 
muhim yo'nalishiga aylandi.Shuning uchun biz ushbu maqolani atrof-muhit 
xavfsizligi to'g'risida bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsani aytib berishga 
bag'ishlaymiz. Ekologik ekspertiza – atrof tabiiy muhitni muxofaza qilish, tabiiy 
resurslardan samarali foydalanish yoki jamiyatning ekologik xavfsizligini 
ta’minlash talablariga xo’jalik yuritish faoliyati va uning ishlab chiqarish natijalari 
javob bera olishini maxsus vakolatlangan davlat organlari tomonidan olib 
boriladigan alohida nazorat turidir. Ekologik ekspertiza 2000-yil 25 mayda qabul 
qilingan va shu yilning 1-iyulidan kuchga kirgan «Ekologik ekspertiza to’g’risida» 
gi 
O’zbekiston 
Respublikasi 
qonuni 
huquqiy-ekologik 
mexanizmni 
shakllantirishda va uni hayotga tatbiq etilishda katta hissa qo’shdi. Ekologik 
ekspertiza to’g’risidagi qonunning asosiy maqsadi va vazifalari 

mo’ljallanayotgan xo’jalik va boshqa xil faoliyatni rejalashtirish hamda amalga 
oshirilishdan avval, ushbu faoliyatni ekologik talablar, xususan, fuqorolar 
sog’lig’iga qay darajada ta’sir etishi mumkinligini aniqlash, shuningdek, atrof 
tabiiy muhitini muxofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo’yicha 
nazarda tutilayotgan tadbirlarning ekologik talablarga javob bera olishi yetarliligi 
va ilmiy asoslanganligini aniqlashdan iborat. Qonunda belgilangan «boshqa xil 
faoliyatga» davlat dasturlari, konsepsiyalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish 
kuchlari, ijtimoiy va iqtisodiy soxa tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish 
loyihalarini tuzish; barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish
xujjatlarni tayyorlash va o’tkazish; texnika, texnologiya, materiallar, moddalar va 
mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir xujjatlar tayyorlah; aloxida 
muhofaza etiladigan tabiiy xududlar va favqulodda ekologik vaziyat hamda 


ekologik ofat zonalari maqomini berish; shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiqish, 
ularni amaliy qo’llash mexanizmi ham ekspertiza ob’ekti bo’ladi. 120 Ekologik 
ekspertiza davlat, jamoat va ixtisoslashtirilgan firmalar tomonidan o’tkazilishi 
mumkin. Lekin davlat ekologik ekspertizasidan o’tish inson faoliyatining yuqorida 
sanab o’tilgan hamma jabhalari uchun majburiydir. Shuning uchun ham maxsus 
vakolatlangan - Тabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining turli maqomdagi 
ekspert bo’linmalari tomonidan o’tkazilishi qonuning 21-moddasida aks ettirilgan. 
Agarda xo’jalik yoxud boshqa faoliyat yurgizuvchi sub’ekt (buyurtmachi) davlat 
ekologik ekspert komissiyasi xulosasidan qoniqmaydigan bo’lsa, u o’z e’tirozini 
umumiy yoki xo’jalik sudlarida ko’rib chiqish uchun da’vo bildirish huquqiga ega.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling