Ochilvoy o’g’lim kiyining bozorga boramiz, shaxarga dedi. Ochilvoy darrov uyga kirib kiyinib chiqdi. Said bobo
Download 22.84 Kb.
|
Tashlandiq (автовосстановление)
Tashlandiq. Urushdan keyingi yillar, juda og’ir kunlarning yana bir tongi otdi. Said bobo anchadan buyon o’ylab yurgan o’sha ishini amalga oshirmoqchi bo’ldi-yu ammo biroz o’ylandi. Urushga ketib domdaragi chiqmagan, bedarak yo’qolgan o’g’li To’lqinning kichik qizini qo’shnisi Nigora kinnachining singlisiga farzand qilib berish taklifiga oxir oqibat ko’ndi. O’g’li To’lqinning uchta farzandi, ikki qiz bir o’g’li bor edi. Katta qizini bo’yi yetib qolgan o’n beshga to’lgan edi. Said bobo hayol qildi,kichiq qizini kinnachining singlisiga bersam, katta qizini turmushga berib yuborsam, o’g’lini ham birovga berib yoki bolalar uyiga topshirib yuborsammikin degan o’y bilan qo’shnisinikiga chiqdi. Qo’shnisiga nevarasini berishga rozi bo’lganini aytib , bugun tushdan keyin kelishini aytib o’g’il nevarasini nima qilishi haqida kinnachiga maslahat soldi; -Ochilni nima qilsam ekan, boshim qotib qoldi. Men o’zimni qornim nonga to’ymaydiyu, bularnikini qanday to’ydiraman , kun ko’rish juda og’irlashib ketyapti deb dardini dasturxon qildi. Kinnachi o’chi Xudo urgan ahmoq ayol , nomi kinnachi bo’lgani bilan turli xil issiq sovuq , irim sirimlar qilib o’zi kabi batbaxt ayollarni pulini olib kun ko’rar edi. Qo’shnisi qiynalgan, og’ir ahvoldagi cholga bergan maslahati juda ham ajoyin bo’ldi; -Shaxardagi katta soatni tagiga tashlab keling, bozorda bir amallab kunini ko’radi. Novvoydan bitta non, do’kondan ikki qand olib qornini to’yg’izadi. Hozir hamma shunday qilayapti- deb ahmoqona maslahat berdi. Chol aksincha hayratlanib irimchiga qarab; -Bolalar uyiga topshirsamchi degan edi- degan edi. Ko’zlarini chaq chaytirib ; -voy bolalar uyi hozir to’laku sizni nevarangizni olmaydi. Keyin nevaralaringizga siz boquvchisiz yoki siz o’lsangiz keyin qabul qilishi mumkin- dedi. Hafsalasi pir bo’lgan bechora bobo hardam hayol uyga qaytib kirdi-yu hali hamon ertalabki choyini ichmagan nabiralarini ko’rib ho’rsinib o’g’il nevarasiga qarab; - Ochilvoy o’g’lim kiyining bozorga boramiz, shaxarga dedi. Ochilvoy darrov uyga kirib kiyinib chiqdi. Said bobo; -O’g’lim choyingizni ichdingizmi degan edi. Ochilvoy qopqora ko’zlarini pirpiratib; -Yo’q hali bobo deb ulgurmasidan Said bobo; -Ha mayli, bozorga ketayapmizku, biror choyxonaga kirib ovqatlanib olamiz dedi. Chol va nabira asta sekin och qorin bilan homush yo’lda ketar ekan. Boboning hayolidan ming bir hayol o’tdi chunki o’g’li qaytib kelib qolishi ham mumkin edi. Qaytib kelganda farzandlarim qani des anima deb javob beraman degan ming bir hayol o’rtar edi. Bir tarafdan kelini Xanifaning vasiyati , o’sha joni uzulish arafasida terlagan lablaridan chiqqan o’sha so’z ,, -Dadajon farzandlarim sizga omonat, siz esa Allohga omonatsiz, o’g’lingiz urushdan qaytgunicha g’amxo’rlik qilib turing’’ deya hansirab nafas olishga qiynalib yotgan holatlari yodiga tushib ko’zidan yosh chiqib ketti, Ochilvoy hayronu lol bo’lib; - Bobo nega yig’layapsiz dedi. Ko’zyoshlarini artib ; -Yo’q o’g’lim nega yig’layman, shunchaki ko’zim negadir yoshlanib ketti deya javob berdi. Bozorga yaqinlab qolgach Said bobo Ochilvoyga ; -O’g’lim biron bir joyga qo’yib qo’yaman seni o’sha yerda jim hech qayoqqa qimillamay turib turasan , men bozor qilib bo’lgach seni olib ketaman , bozor juda ham gavjum deya imladi. -Ho’p bo’ladi bobojon deya kulib qo’ydi. Bozor ichkarisiga kirdi va bozor o’rtasidagi katta soat minorasi ostidagi eski stulga o’tkazib ; -Jim o’tirib tur ho’pmi deya tez yurib bozordan chiqib ketti, bozordan uncha uzoq bo’lmagan kanal bo’yiga borib ko’p o’yladi. Ko’p o’ylasa ham ho’p o’yladi. Hayolida ming bir hayol aylanar edi, ammo Said bobo nima qilishni , qaysi yo’l to’g’riligini bilolmasdi. Oxiri qaror qildi; Bo’ldi, uyga qaytarib olib ketaman, kichkina qiz nabiramni ham bermayman dediyu bozor tomon yugurib ketti. Bozordan yurib kirib borar ekan , turli tuman meva chevalar , bozor chetidagi choyxonadagi ovqatlarni ko’rdiyu, o’zini hatto non ham yo’q uyini ko’z oldiga keltirdi. Kinnachining gapi hayoliga kelib niyatini buzdi va o’zida o’zi; -To’g’rida meni uyimda och naxor yurgandan ko’ra, bu yerda savdo rastalarida ham yotib , choyxonadan ovqat og’irlab bo’lsada yoki odamlardan qolgan ovqatlarni yeb ham kunini ko’radi deb minora tomon borar ekan quyoshda yuzlari qizarib toliqib turgan nabirasini ko’rib juda ham afsus nadomat bilan ortiga qaytdi. Ko’z oldida yuzi qizarib , toliqib turgan nabirasi qolib ketdi. Qishloqqa qaytar ekan uyga borsam ikki qiz nabiralarim Ochilvoy qani deb so’rasa nima deb nima deb javob beraman degan o’y uni yeb bitirar edi. Uyga qaytib, kelgach darvozadan kirib to’g’ri so’riga o’tirdi. Oldiga yugurib kelgan kichik qiz nabirasi ; -Bozordan nima olib keldingiz bobojon degan edi. Said bobo ho’rsinib ; -Pulimiz yo’qku qizim dedi. Ikkilangan qizcha ; -Unda akam qani , qayerda deya savolga tutdi, ko’ziga yosh qalqib ; -Bir qarindoshimiznikida qoldi, yo’lda ko’gan edik, Ochilvoyni o’zi bilan birga olib ketti deya javob aytib ulgurmasidan, ko’zidan yosh duv duv oqa boshladi. Orqa hovliga tez chiqib ketdi. Qizcha ortidan homush termulib qoldi. Bo’m bo’sh og’ilxonada o’tirib ancha yig’lab ko’ngli ozib ketdi. Hovliga chiqib yuz qo’lini yuvib uyga kirdi. O’zining xonasiga kirishdagi chop devorda kampiri, o’g;li va kelining osilgan suratini ko’rib qo’rqib ketdimi yoki qilgan ishidan uyaldi shekilla tez xonaga kirib ketdi. Uxlab dam oldi. Tushdan keyin asrga yaqin esa qo’shnisi singlisi bilan birga darvozadan boshini suqib; -Said aka, Said aka , Said akayuu deb chaqira boshlashdi ularning oldiga katta nabirasi chiqdi va kulib turgan xolda; -Assalomu aleykum , keling xolajon dedi qo’li ko’ksida, kinnachi muloyimlik ila; -Va aleykum assalom yaxshimisan qizim bobong qani -Bobom uydalar deya javob qaytardi qizcha -Chaqir Nigora xolam chaqirayaptilar de dedi kinnachi ichkariga asta qadam bosib kirib kelardi. Homush, horg’in va dardman yuzlarida hafa kayfiyat bilan ularni qarshi oldi. Suriga taklif qildi. Ular o’tirib bo’lgach kinnachini singlisi kinnachini bir turtib ishora qildi. Kinnachi esa juda tilyog’lamalik bilan gap boshladi; -Voy Said aka bizni kelish sababimizni bilasiz , ,,Qolgan ishga qor yog’ar ‘’ deyishgan tezroq hal qilsak dedi. Said aka indamadi teskari o’girilib; -Sayyora , Sayyora… deya kichik qiz nabirasini chaqira boshladi. Sayyora tezda yetib keldi; -Labbay bobojon chaqirdingizmi degan edi -Ha, chaqirdim qizim ustingga yaxshi , chiroyli kiyimlaringni kiyib chiq degani bilan Sayyora uyga yugurib kirib ketti, oradan besh o’n daqiqa o’tdi ammo chol va ayollar o’rtasida hech qanday gap bo’lmadi. Sayyora kiyinib chiqdi, bobosi ko’zida qalqib turgan yoshni ko’rgan nabirani ko’ngli g’ash bo’lidi. Chol nabirasiga qarab; -Qizim bu ayol bilan bir, ikki kun yashab turasan dedi qizchaga -Nega dedi bobosiga , bobosi tili kalimasiga kelmay , nima deyishini bilmagandan shoshib; -Keyichalik o’zing tushunib olasan bolajonim deya ko’zidan yosh dumaladi. Qizchani qo’lidan uyshlab olib ketishdi. Katta qiz nabirasi buni barchasini tushunar ammo bobosiga ham oson emasligini, bir tomondan bu ish noto’g’ri ekanligini anglardi, lekin bobosiga jon yutub , botinib ayta olmas edi. O’sha kun cho uxlamadi negaki o’ylab chiqdi. Oradan bir oyga yaqin vaqt o’tdi. Vijdon azobi va farzand, nabira uvolidan , u dunyodagi savol javobdan qo’rqib uydan ko’chaga ham chiqmay qo’ygan edi. Bir kuni tongda Said bobo nomiga Maskvadan xat keldi. Kasal yurgi dukkullab urib ketdi. Xatni qo’liga olar ekan dom daragi yo’q bo’lib ketgan o’g’li To’lqinni o’limi yoki jasadi topilganligi haqida bir ma’lumot bo’lsa kerak degan edi, ammo o’g’li tirik ekaligi haqidagi xat va o’g’li o’z qo’li bilan otasiga yozgan xatini ko’rib qo’rqib ketdi. Xatni o’qib chiqib o’g’li ikki kunda kelishini bilgach qo’rqib ketdi. Nima qilsam ekan, farzandlarim qani des anima deb javob beraman degan savol bilan kun bo’yi o’ylab yurdi ammo yechim topolmadi. Tuni bilan uxlamay o’ylab o’y hayolga botib qoldi. Siqilib , o’yga cho’mib qolish natijasida bir kechaning o’zida endi oq oralayotgan sochlari qordek oppoq bo’lib oqarib ketdi. Tong otgach bozorga bordi. Minora tomonga borar ekan atrofga ham alanglar edi, chuki shu atrofda yurgan bo’lsa Ochilvoyni olib ketmoqchi bo’ldi. Minora ostida hech kim yo’q edi. O’sha kuni butun bozorni izladi, ammo topolmadi. Uyga qaytdi. O’g’lidan kelgan xatni qayta qayta o’qidi. Tuni bilan hovlinida aylnib yurib chora, yechim qidirar ammo bo’ldi unng bu ishiga hech qanday chora yo’q edi. Tashlab ketilgan tashlandiq nevarasi qolgan joyga yana bordi. Tushgacha o’sha yeda turdi. Tashlab ketilgan nabira o’rnida endi bobosi turar edi. O’zini yolg’iz va tashlandiq his qilgan Said aka tinmay yig’lar edi. O’sha kun Said aka kun bo’yi quyoshda bo’zarib turdi va o’zini tashlandiqdek his qildi. Nabirasini tashlab ketganda qanday ahvolga tushganini tushundi. Yana uyga qaytdi. O’g’li o’sha kun tunda yetib keldi. Farzandlarini so’raydigan axvolda ham emas edi. Bir oyog’i yo’q, boshidan va qo’li, oyog’idan o’q yeb yaralangan ekan. Katta qizi dadasi To’lqinga qaradi. To’lqin qaytib elgach ko’p yashamadi. Ikki iydan ziyodroq vaqtdan keyin qazo qildi. Farzandi Ochilvoy topilgani yo’q ammo Said bobo har kuni kuni bo’yi minora ostida nabirasi kelishi ni kutar edi. Shu yo’sinda Said bobo ham o’g’lidan keyin to’rt oy yashadi. Kunlardan bir kun uyquga yotib qaytib turmadi. Bu foniy dunyodan , boqiy dunyo tomon yo’l oldi. Said aka o’limiga qadar juda qattiq dard bilan olishdi, vijdon azobi uni juda qattiq qiynadi. Katta nabirasini dadasi va bobosi vafot etgach kinnachi o’ziga kelin qilin oldi. Ko’p yillar o’tgach Ochilvoy bola chaqali bo’lib o’z uyini izlab topib keldi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha Ochilvoyni bir cho’ponning xotini asrab olib ketib katta qiladi, o’qitadi va uylantirib uyli joyli qiladi. Ochilvoy bo’lgan voqealardan xabar topgach otasining uyiga ko’chib kelib baxtli yashaydi. Ammo Said boboning bezovta ruhi hamon darbadar bo’lib kezib yurmoqda… DOSTONBEK ABDURAXMONOV Yosh jurnalist va yozuvchi. Download 22.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling