Bitirnv malakaviy ishni yozish va rasmiylashtirish. BMIda materialning bayoni izchil (ketma-ket) va mantiqiy bo’lishi lozim. Barcha bo’limlari bir-biri bilan bog’langan bolishi kerak. Ayniqsa, bir bobdan ikkinchi bobga, paragrafdan paragrafga, paragraf ichida bir masaladan ikkinchi masalaga o’tgandagi mantiqiy bog’lanishlarga e'tibor berish lozim. BMI matnini yozishda kirish va birinchi bobdan boshlab, rejaga kiritilgan barcha bolimlarni ketma-ket yoritib chiqish lozim. BMIdagi materialning bayoni konkret va amaliyot natijalariga asoslangan bo’lishi, shuningdek olingan ma'lumotlarni tahlil qilish, tanqidiy ishlab chiqish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |