Bitiruv malakaviy ishi dolzarbligi: 6


Download 59.84 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi59.84 Kb.
#1504679
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
diplom ish

Xalkimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shugullanganligi “Avesto” va boshka tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo qadim davrlarda ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma-bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.

Ta’limning tashkiliy masalalari Al-Forobiyning “Fan va akl zakovat” asarida o‘quv fanlarini guruxlarga bo‘lib o‘kitish, ularning tarbiyaviy moxiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan. Pedagogika tarixida, ta’lim tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblangan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1592-1670) xizmatlari katta, uni sinf-dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan.

YA.A.Komenskiy “Buyuk didaktika“ asarida, o‘quv mashgulotlarini gurux shaklida tashkil kilish, o‘quv yili va o‘quv kunini bir vaqtda boshlash, mashgulotlar orasida tanaffuslar berilishini, guruxlardagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo‘lishiga aloxida e’tibor berdi. Dars davomida o‘quvchilar dikkatini to‘plash, materialni batafsil tushuntirish, o‘quvchiga savollar berish, o‘zlashtirish jarayonini nazorat kilish zarurligini ta’kidlaydi.

Bu tarixiy jarayonda Pedagogika fani oldida turgan muammolardan biri ta’limning tashkiliy shakllarini samaradorligini oshirish, ayniqsa, darsni samaradorligini oshirish bilan bog’lik ilmiy-nazariy uslubiy va amaliy muammolarni xal etuvchi tadkikotlar olib borishda ko‘p ishlar kilindi. Bu borada mustakil O‘zbekistonimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalar tadbiq etish bilan bog’lik ishlar qilinmokda.

Sharq va Gʻarb taʼlim tizimlari tarixi insoniyat tarixida bir necha bosqichlarni bosib oʻtgan. Bu bosqichlar o‘z-o‘zini tarbiyalash, malakasini oshirish maqsadida tashkil etiladi.

Sharqdagi ilk maktablar Bobil va Misrda tashkil etilgan. Bu maktablar keng hududda joylashgan bo‘lib, ular qimmatli ma’lumotlar beruvchi kutubxonalar bilan o‘ralgan edi. Hozirgi zamonda tibbiyot, matematika va kimyo sohalaridan g'oyalar ushbu maktablarda qurilgan.


Download 59.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling