Bitiruv malakaviy ishi mavzu: Hozirgi o`zbek she’riyatining taraqqiyot tamoyillari
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek sheriyatining taraqqiyot tamoyillari
Navoiy davlat pedagogika instituti “O`zbek filologiyasi” fakulteti 4-kurs bitiruvchisi Radjabova Nafisa
Mamarasulovnaning “Istiqlol she`riyatida shakliy va mazmuniy mushtaraklik” mavzusidagi bitiruv
malakaviy ishiga T A Q R I Z Komil inson tarbiyasi hamisha ta’lim va tarbiya bilan shug`ullanadigan o`qituvchilar oldiga jiddiy mas’uliyat yuklab kelgan. Xususan, yosh avlod tarbiyasida mustaqillik davrida yaratilgan she`riy asarlardan foydalanish, tarbiya jarayonida badiiy asarlarning tutgan o`rnini aniqlash pedagogik va filologiya ilmlarining mushatarak va dolzarb masalalaridan biridir. Taqrizlanayotgan mazkur bitiruv malakaviy ish mavzusi mana shu jihatdan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bitiruv malakaviy ish tuzilishi jihatdan kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, bitiruv ishning maqsadi va vazifalari, ishning ilmiy yangiligi, tadqiqot ishining metodi va metodologiyasi kabi an’anaviy masalalar atroflicha yoritilgan. Bitiruv ishning birinchi bobi “ Hozirgi o`zbek she’riyatining taraqqiyot tamoyillari ” deb nomlangan. Bunda istiqlol she`riyatining o`ziga xos xususiyatlari poetik obraz va ularning tadrijiga hamohangligi borasida bitiruvchi o`z mulohazalarini bayon qilgan. Radjabova Nafisa ishning “ Bugungi o`zbek she’riyatida shakliy izlanishlar
nomli ikkinchi bobida mustaqillik she`riyatida ramziylik, o`zbek dostonchiligida shakily va mazmuniy mushtaraklik borasida kuzatishlarini amalga oshirishga erishgan. Ikkala bobda ham bitiruvchining filologik aspektdagi tadqiqotlarini mustaqil olib bora olish salohiyatiga ega ekanligining guvohi bo`ldik.
Bitiruv ishining xulosa qismida bitiruvchining mavzu yuzasidan barcha ilmiy-nazariy xulosalari umumlashtirilib yakunlangan. Bitiruv ishi lotin alifbosida yozilgan. Mazkur ish bitiruvchining ilk mustaqil tadqiqoti bo`lganligini inobatga olsak, ishda ko`zga tashlanadigan kamchiliklar ishning saviyasiga putur yetkazmaydi. Xullas, O`zbek filologiyasi fakulteti bitiruvchisi Radjabova Nafisa ning “Istiqlol she`riyatida shakliy va mazmuniy mushtaraklik” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi DAK talablariga to`liq javob beradi. Men ishni tugallangan talaba tadqiqoti sifatida himoyaga tavsiya etaman.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling