Bitiruv malakaviy ishi mavzu: Hozirgi o`zbek she’riyatining taraqqiyot tamoyillari
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi ozbek sheriyatining taraqqiyot tamoyillari
KIRISH.
ma’lum bir g`oyani singdirishda hech qaysi soha adabiyotchalik quvvat va imkoniyatga ega emas. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, yangi XXI asr inson tafakkuri taraqqiyotiga, uning tez o`sishi va yangilanishiga jiddiy ta’sir ko`rsatdi. Chunki adabiyot badiiy so`z va obrazlar vositasida omma ruhiyatida tubdan o`zgarish yasaydi. Buning uchun ijod ahli erkin nafas olish, xohlagan mavzusida qalam tebratish, istagan muammosini ko`tarish va, albatta, ko`ngliga ma’qul keladigan qahramon timsoli orqali tasvirlash huquqiga ega bo`lishi kerak. Qariyb chorak kam bir asr mobaynida qog`ozda bor-u, amalda bo`lmagan bunday “erkinlik” adiblarimiz tafakkurini tushovga solib qo`ygandi. Mustaqillik tufayli bu tushov uzildi. Adabiyotga – so`z san’atiga chinakam erkinlik berildi va u qonun asosida mustahkamlab qo`yildi. Natijada, adabiyotda juda katta ijobiy o`zgarishlar yuzaga keldi. Buning samarasi tez orada aniq ko`zga tashlandi, ya’ni jadallik bilan o`sib borayotgan siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy tafakkurlar ta’sirida adabiy-badiiy tafakkur ham shakllanib, ulg`ayish yo`liga kirdi. Dastlab, odamzodning iqtisodiy bo`hronlar ummonidagi suzish qiyinchiliklari, cho`kish azobi, ikkilanish,
bemaqsad quloch otishlarini real tasvirlashdan o`zini tiygan adabiyot ahli yangi asrning ilk yillaridan boshlab, bu mavzuni jiddiy ishlashga kirishdi. Bozor va inson taqdiri keyingi yillar o`zbek nasrining eng ko`p ishlanayotgan muammosiga aylandi. Bozor munosabatlari o`z-o`zidan insonning jamiyat, oila, jamoa, o`zga yurt va odamlar o`rtasidagi ziddiyat hamda aloqalar silsilasini ham yuzaga chiqaradi. Bunday vaziyatda turmushini o`nglash uchun urinayotgan shaxs manfaati bilan yangilanishga yuz tutayotgan jamiyat va siyosat manfaatlari o`rtasida o`zaro to`qnashuvlar vujudga keladi. Ular o`z navbatida oilaviy munosabatlarga ham, axloqiy evrilishga ham, insonning yovuzlik sari yuz tutishiga ham u yoki bu darajada ta’sir o`tkazmay qolmaydi. Haqiqiy san’atkorning vazifasi esa insoniyatning kelajagini ta’minlovchi umidbaxsh g`oyalarni ilgari surish, ular dunyoqarashida ezgulik, mehr-oqibat va bag`rikenglik kabi fazilatlarni ifodalashga xizmat qiladigan ibratli obrazlarni yaratishdan iboratdir. Buning uchun ijodkorning estetik ideali g`oyatda sog`lom, ma’naviy dunyoqarashi yetuk, xalqi va Vatani oldidagi mas’uliyati barqaror bo`lishi kerak.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling