Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy
ishida XX asrning so`nggi choragida yuzaga kelgan adabiy-estetik hodisa –
mustaqillik she`riyatining mavzu rang-barangligi janr talablariga mos ravishda
taraqqiy topganligi adabiyotimizning oldingi bosqichlariga taqqoslangan holda
yoritish maqsad qilib olindi. Shuningdek, she`riyatda ramziylik, shoirlarning
ramzlar vositasida o`z qalb kechinmalarini kitobxonga “yuqtirish” mahorati, obraz
yaratish mahorati o`rganildi. Mavzu mohiyatini yaqqoloq ochish uchun
adabiyotimizning sobiq sho`ro davridagi shakl va mazmun mushtarakligi, badiiy
obraz talablari va ular tashiydigan “yuk” masalalariga to`xtab o`tildi. Ayniqsa,
bugungi kun dostonchiligi jadal taraqqiyot bosqichiga o`tgani sababli ishning
so`nggi bobida doston shaklida yaratilayotgan asarlar, ularda syujet va
kompozitsiya masalalarini yoritish muammolariga e`tibor qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |