Bitiruv malakaviy ishni bajarish oliy ta'lim muassasi bakalavriatida
Bitiruv malakaviy ishga bo`lgan talablar
Download 102.18 Kb. Pdf ko'rish
|
MTM-4-14
1. Bitiruv malakaviy ishga bo`lgan talablar
Bitiruv malakaviy ish mustaqil tadqiqot bo`lib, bunda talabaning tanlangan mavzu bo`yicha chuqur bilimlarga egaligini, uning mutaxassislik bo`yicha umumiy tayyorgarligini, to`plangan materiallami tahlil qila olish ko`nikmasini, turli kuzatishlami umumlashtirish, imkon darajasida defektologiya sohasidagi, defektologiya fanini umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta'Iimida o`qitish bilan bog`liq muammolar yechimlariga chiqa olishini namoyon etishi lozim. BMI mualifning o`qish davrida umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy va amaliy bilimlarini tizimlashtirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga bo`lgan qobiliyatini, bu bilimlarni BMI da qaralayotgan muammolarni yechishda tatbiq etishi, talabaning mutaxassislik bo`yicha mustaqil ishlashga tayyorgariik darajasi haqida dalolat berishi kerak. Bitirav malakaviy ish mavzusi bitiravchining bo`lg`usi mutaxassisligiga mos kelishi lozim. Alohida hollarda, defektologiya bo`yicha ilmiy tadqiqotlarida mustaqil natijalarga erishgan iqtidorli talabalarga defektologiya fanining 5 fundamental yo`nalishlaridan BMI himoya qilishga ruxsat beriladi. Bitirav malakaviy ish talabaning defektologiya fani yoki umumiy o`rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida defektologiya o`qitish bo`yicha dolzarb muammoni tadqiq etish malakasi va qobiliyati mavjudligini tasdiqlashi kerak. Bitirav malakaviy ish quyidagj bo`limlardan tashkil topishi shart: -Kirish, bunda o`rganilayotgan (tadqiq etilayotgan) muammoning dolzarbligi va mohiyati ochib berilishi lozim; - BMI mavzusi bo`yicha adabiyotiar tahlili (tavsiloti), bunda ishda qaralayotgan munozorali savollarga turli fikrlarnihg mavjudligi yoritilishi va muallifning bu savollarga munosabati shakllantirilishi lozim, muailifning shu savollar bo`yicha fikri asoslanishi lozim;' - Tadqiqot ob'ekti va predmetining xarakteristikasi; - Tadqiqot metodlari xarakteristikasi (modellar, statistik hisob-kitoblar); - Tadqiqot bajarilishi bosqichlarining yoritilishi; - Tadqiqot natijalari xarakteristikasi va ularning interpretatsiyasi; - xulosa, bunda bajarilgan ish bo`yicha konkret natijalar va ularni amalga oshirish bo`yicha takliflar aks etishi kerak. BMIni rasmiylashtirish ushbu metodik ko`rsatmaning mos bo`limlarida keltirilgan talablarga javob berishi kerak. Download 102.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling