Bitiruv malakaviy ishni bajarish va himoya qilish


Jadvallar, rasmlar, grafiklarni rasmiylashtirish qoidalari


Download 108.42 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi108.42 Kb.
#1538319
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BMI yozish tartibi

Jadvallar, rasmlar, grafiklarni rasmiylashtirish qoidalari

Jadvallar va rasmlar BMI matnida nomlanishi va ketma-ket nomerlanishi (masalan 1-jadval, 1-rasm) iozim. Jadvalning tartib nomeri


uning nomlanishining tepasida o‘ng yuqori burchakda yoziladi.
Rasmning tartib nomeri va uning nomlanishi rasmning ostiga yoziladi. Boshqa adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanganda, turli mualliflar
fikrini keltirganda ularga mos havolalar berilishi, adabiyotlar ishning so‘ngida berilishi lozim. BMIga kiritilgan nafaqat sitatalar, balki adabiyotiardan olingan muhim holatlar olingan manbalarga havola , berilishi kerak.

Foydaianilgan adabiyotlar royxatini rasmiylashtirish qoidalari

Foydalanilgan adabiyotlarni ishning so‘ngida yagona royxatda berish tavsiya etiladi. Royxat albatta nomerlangan bo‘lishi kerak. Har bir manba royxatda bir marta keltiriladi.


Rasmiy hujjatlar (Konstitutsiya; Qonunlar; Prezident farmonlari; Xukumat qarorlari; boshqa normativ aktlar (xatlar, buyraqlar va boshq.). har bir guruh ichida hujjatlar xronologik tartibda joylashtiriladi.
Xorijiy (rus) tilidagi adabiyotlar royxat so‘ngida, alohida harfiy qator tashkil qilgan holda yoziladi.
Har bir hujjat uchun quyidagi biografik tavsifnoma keltirilishi kerak: muallif familiyasi, ismi, sharifi; nomi; mavzu ostidagi ma'lumotnoma (darslik, o‘quv qo‘llanma va boshq.); chiqishi haqida ma'Iumot (nashrdan chiqish vaqti, nashriyot, nashr yili); miqdoriy tavsifnoma (kitobdagi umumiy varaqlar soni).

Foydalangan adabiyot manbalariga ko‘rsatmalar berish qoidalari
Manbalardan va adabiyotlardan olingan sitatalar ma'lum muammo (masala) yuzasidan o‘z fikrini tasdiqlash maqsadida keltiriladi. Sitatalar matn jihatdan to‘g‘ri va tirnoqchalar orasida yozilishi lozim. Agar sitataga matnning qismi, ya'ni frazaning boshidan emas yoki sitata qilinayotgan matn ichida qoldirgan joylar bolsa, qoldirilgan joylar kop (uchta) nuqta orqali belgilanadi. Matnda sitata olingan manba albatta ko‘rsatilishi shart.



Download 108.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling