Bitiruv malakaviy
Tabiiy xom-ashyolardan bo’yoqlar olishdagi dolzarb muammolar
Download 194.7 Kb.
|
Bmi tayyor. G\'offorova
2.3. Tabiiy xom-ashyolardan bo’yoqlar olishdagi dolzarb muammolar
Bo‘yoqlar insoniyatga umuman juda qadim zamonlardan beri ma’lum. Qirmis, «tir qizili», alizarin, indigo va boshqalar o‘simlik va hayvon organizmlaridan olingan. «Tir qizili» mayda dengiz hayvonlari bo‘lmish mollyuskalardan mashaqqatli mehnat evaziga olinardi. Qirmis bo‘yog‘i qadimdan «venesian qizili» nomi bilan mashhur bo‘lib, u ham hayvonlardan olingan. Karmin kislotasi esa qumursqalarda uchraydi. Eng ko‘p tarqalgan buyoqlardan biri alizarin bo‘lib, u o‘simliklar tarkibida uchraydi. Alizarin sun’iy yo‘l bilan antrasendan olingan. Indigo ham asosan o‘simliklardan olingan bo‘lib, ko‘k rangli hisoblanadi. Bu buyoq Hindistonda ko‘p tarqalgan bo‘lib, uni «bo‘yoqlar podshosi» deb ataganlar. Indigo boshqa moddalar bilan ishlanganida turli-tuman ranglar beradi. U quyosh nuri, ob-havo ta’siriga, kislota va ishkor ta’siriga bardoshligi bilan ajralib turadi. Indigo bo‘yog‘i shunchalik pishiqki, u bilan ishlangan gazmol, shoyi va boshqa materiallar yirtilib ado bo‘lsada, bo‘yoq o‘z rangi hamda tarkibini o‘zgartirmaydi. XIX asr oxirida bu bo‘yoq ham sintetik yo‘l bilan benzol va naftalindan ajratib olindi. Bo‘yoqchilik sanoatining niqoyatda tez rivojlanishi natijasida sun’iy bo‘yoqlar ishlab chiqarish tabiiy bo‘yoqlarni ajratib olishga nisbatan ancha rivojlanib ketdi. Hozir azo bo‘yoqlarining bir necha mingi ma’lum. Ular nisbatan ancha arzon, turli-tuman tusga ega va juda oson yo‘llar bilan ishlab chiqariladi. To‘qimachilik sanoati ishlab chiqarayotgan gazlamalarning deyarli hammasi azo bo‘yoqlari bilan bo‘yaladi. Anilin, fenol, naftalin va boshqa moddalardan olinadigan indigoid hamda trifenilmetan bo‘yoqlar qimmatli xossalarga egadir. Auramin nomli sariq bo‘yoq qog‘oz, charm, sun’iy shoyi va tolalarni bo‘yashda qo‘llaniladi. Kristallviolet bo‘yog‘i paxta, sun’iy shoyi, charm, jun materiallarni bo‘yashda ishlatilishi bilan bir qatorda kimyoviy qalam yasashda ham ishlatiladi. Fluoressin esa sarik bo‘yoq beradigan moddadir. ` 315 «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Idantren, flavantren, violantren va izoviolantren degan bo‘yoqlar yuqori haroratga chidamli bo‘lib, materialga mutlaq singib ketadi va kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Buyoqlar gazlamaga adsorbsiya kuchlari bilan, mexanik ravishda va kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan zanjir orqali mustaqkam bog‘lanadi. Kimyogar olimlarimiz «faol» bo‘yoklar ham sintez qildilar. Bularni yana «reaktiv» yoki «reaksion» bo‘yoqlar deb ham ataydilar. Faol buyoqlar bilan bo‘yaladigan buyum va material o‘rtasida kimyoviy reaksiya boradi. Bu vaqtda bo‘yok gazlama va boshqa materialning kimyoviy qismiga aylanadi. Faol bo‘yoqlarni gazlamadan ketkazib bo‘lmaydi. Sibakron, drimaren, reakton, remazol, levafiks, xinakron, prosion va boshqalar ham aktiv bo‘yoqlardandir. Bular syellyuloza tolalarini bo‘yashda qo‘llaniladi. Bo‘yoqlar medisinada, rangli fotografiya, analitik kimyo, biokimyo va insoniyat faoliyatining barcha sohalarida ishlatiladi. Xulosa qilib aytganda bo‘yoqlar kimyosi va sanoatini rivojlantirish shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolaveradi. Ranglarimizni mavjudligiga qarab ularning narxi bir - biridan farq qiladi. 'Barkh', piyoz po‘stlog‘lari aralashmasi, tok va bexi barglari bilan to‘q yashil rangni beradi va buni tayyorlash bizga juda arzonga tushadi, chunki maxsulotlarning barchasini tomonqamizdan topish mumkin. Anor po‘stlog‘ini ko‘p va uni topish juda yengil, u to‘q oltin rangni xosil qiladi. Indigo Avg‘oniston orqali Xindistondan keltiriladi va juda qimmat turadi. Hozirda biz o‘zimizning indigomizni o‘stirishga harakat qilyapmiz. Barglari fermentlangandan so‘ng, ochiq ko‘k rang chiqaradi. Qizig‘i shundaki, hech narsa yashil rangni chiqara olmaydi, shuning uchun biz dastlab sariq rangga bo‘yaymiz va so‘ng ko‘k rangga bo‘yaymiz. Ketma - ket tarzda yashil rang chiqarish juda murakkab.Royan o‘simligining tomiri quritiladi va kukuni olinadi, undan turli qizil ranglar olinadi. Unchalik kuchli bo‘lmagan ranglar vannasi krem va shaftoli tonini beradi, kuchli ranglar vannasi esa to‘q sariq va och qizil ranglarni beradi. To‘q qizil rangni olish uchun biz eman zardobiga tabiiy temir oksidini aralashtiramiz, temir oksidining o‘zi hech qanday rang bermaydi, lekin royan tomirini ocharadi va undan to‘q va och qizil ranglarni olish mumkin bo‘ladi. Bunga yana zok ham qo‘shish mumkin, u holda to‘q qizil rang hosil bo‘ladi. Quritilgan yong‘oq po‘stlog‘i ko‘plab tabiiy sarg‘ish jigarrang rang beruvchi losionlarda ishlatiladigan sirli maxsulotdir va u ipak, hamda teriga jagarrang rang beradi. To‘q ko‘k rangni olish uchun biz asosan zokdan foydalanamiz. Ushbu topish qiyin bo‘lgan oltingugurtli melni biz Avg‘onistondan olib keltiramiz. Geroinga o‘xshash bo‘lganligi uchun, uni chegaradan olib o‘tish juda katta mashaqqat tug‘diradi. Uning o‘zi hech qanday rang bermaydi, lekin oxak toshlari va anor po‘stlog‘i bilan aralashtirilganda tungi ko‘k rangni xosil qiladi. Anor o‘rniga tuz ishlatilsa, och kulrang ko‘k rangni xosil qiladi. Qora rangni olish uchun, jigarrang ipak o‘ramlarini ko‘k rangga bo‘yaymiz. Temir oksidi ajoyib qora rangni xosil qiladi, lekin u juda yemiruvchandir. Download 194.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling