Bitiruv malakaviy


Download 194.7 Kb.
bet8/27
Sana20.06.2023
Hajmi194.7 Kb.
#1627987
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Bmi tayyor. G\'offorova

Sariq rang tayyorlash
Sariq rang mato to‘qimachiligida alohida qadrlanadi, u ranglarning boshidir. Ushbu rang kashtachilik va gilamdo‘zlikda ham muhim o‘rin tutadi. Sariq rang och sariq, o‘rtacha tusdagi, to‘q sariq va oltin tusda bo‘ladi. Tabiiy o‘simliklardan juda ko‘p tusdagi sariq ranglar olish mumkin. Misol uchun, bug‘doy somonidan va palovga qo‘shiladigan ziravor – zarcho‘vadan ko‘proq miqdorda ishlatilsa, to‘q sariq rang olish mumkin. Qadimda Marg‘ilon hunarmandlari tol, tut va archa daraxtlarining tanasida bo‘ladigan zamburug‘ni ko‘chirib olib, qaynatish orqali sariq rang olganlar. Lekin zarcho‘va va somondan olinadigan ranglar oftobga, ya’ni orug‘likka chidamsizdir. Shu sababli, bu usul tavsiya qilinmaydi. Daraxtlardagi zamburug‘lardan olinadigan ranglar ham to‘g‘ri keladi, lekin topilishi oson bo‘lgan piyoz va anor po‘choqlarini asos sifatida qo‘llab, unga daraxt barglarini qo‘shish orqali yorqin va jonli sariq rang olishni ma’qul ko‘ramiz. Yapon sakurasining gullarini yilning iyul va avgust oylarida terib olib, qaynatish orqali ham sariq rang olish mumkin. Piyoz. Piyoz butun Yer kurrasi bo‘ylab keng tarqalgan sabzavot bo‘lib, uning qizil navi bo‘yoqchilikda keng qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga qaraganda, piyoz 3000 yildan ziyod vaqtdan beri odamzodga ma’lum ekan. Dehqonlar piyozdan yiliga ikki marta hosil oladilar. Qizil piyozning po‘stlog‘i har qancha to‘q rangda bo‘lmasin, baribir bo‘yash uchun undan juda ko‘pmiqdorda kerak bo‘ladi. Shahar bozorlarida chiqindi sifatida ko‘plab miqdorda tashlab yuborilgan piyoz po‘stini istagancha topish mumkin. Piyozning o‘zidan och qizg‘ish rang olinadi. An’anaviy hunarmandchilikda bunday rangdan faqat gilamdo‘zlikda foydalaniladi. Piyozga, asosan boshqa qo‘shimchalar qo‘shish orqali to‘q sariq rang yoki ro‘yan qo‘shish bilan qizg‘ish tusli to‘q sariq rang olish mumkin.Anor. Anor mevasi shirin hamda shirali bo‘lib, u shifobaxsh xususiyatga ega. Xalq tabobatida uning po‘stlog‘idan keng foydalaniladi. Bundan tashqari, daraxtning o‘zi, ayniqsa, gullaganda chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Anor. Anor daraxti iqlimi issiqmamlakatlarda o‘sib, asosan Janubiy Yevropa, Yamayka orollari, O‘rta Sharq,Janubiy-Sharqiy Osiyo va Shimoliy Afrika davlatlarida uchraydi. Anor Markaziy Osiyo xalqlariga xos amaliy san’at turlarining barchasida hosildorlik ramzi sifatida ishlatilgan. Pishgan anor mevasi sariq rang beradi. Uning po‘stlog‘i esa rangni to‘qartirish va keskin qilish xususiyatiga ega. Anor po‘stlog‘i, bo‘yoqchilikda qo‘shimcha birikma sifatida ishlatiladi. To‘q rang olish uchun juda ko‘p miqdorda, masalan, 1 kg massani bo‘yash uchun 5-6 kg anor po‘stlog‘i zarur bo‘ladi. Anor po‘chog‘ini kamroq ishlatish uchun achitish usulidan foydalaniladi. Shunda 5-6 kg po‘choq o‘rniga 1,5 kg achitilgan anor donachalari sarflanadi. Samarasi ham yaxshi bo‘ladi. Chunki achitilgan anor to‘qroq rang beradi. Anor po‘stini quritish uchun uni issiq va quruq joyda saqlash, qurigandan keyin mayda bo‘lakchalarga bo‘lib, keyin plastik qoplarga joylagan holda quruq joyda asrash tavsiyaetiladi. Po‘sti yupqa anor po‘sti qaliniga nisbatan yaxshiroq rang chiqaradi. Bo‘yash (sariq rang olish). 1 kg ipak yoki junni bo‘yash uchun mis qozonga yoki sirli idishga 20 litr suv quyiladi. 600 gramm piyoz po‘chog‘i va 250 gramm anor po‘chog‘i yuvilib, hovonchada maydalanib, elakdan o‘tkazib solinadi. Tagiga past olov yoqilib, 1 soat davomida +45 S darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda kavlab turiladi. Anor va piyoz po‘choqlaridan o‘ziga xos rang a j r a b ch i q a d i . S o‘ n g r a achchiqtoshda pishirilgan mahsulot (ipak yoki jun) qozonga solinib, 50 daqiqa davomida ranglanadi. Suv harorati +70,80 S darajaga yetishi kerak. Paxta ip yoki zig‘ir tolasi bo‘yalganida, piyoz po‘chog‘ining miqdori 1 kg, anor po‘chog‘i 300 gramm bo‘ladi. Bo‘yalish tartibi yuqorida qayd etilganidek bo‘ladi. Ranglanayotgan iplar maxsus tayoqchalar bilan kavlab turiladi. Iplar bir kecha ertalabgacha qozonda qoldiriladi. Bir hafta soya joyda quritiladi. Qurigan iplar xo‘jalik sovuni va shampunda 3-4 marotaba chayiladi. Tilla tusdagi sariq rang olish. 1 kg ipak yoki junni bo‘yash uchun olma bargi, tut bargi, uzum bargi, piyoz po‘chog‘i va anor po‘chog‘i kerak bo‘ladi. Barglarning har biridan 200 gramm olinib, suvda yaxshilab chayilib, 20 litr suv quyilgan mis qozon yoki sirli idishga solinadi. 250 grammli achchiqtoshli suvda pishgan ipak yoki jun o‘ramlarni bargli aralashmaga solamiz. +70,75 S darajagacha bo‘lgan haroratda tutib turiladi. Ikki soatcha past olovda ranglash davom ettiriladi. Ranglanayotgan iplar maxsus tayoqchalar vositasida kavlab turiladi.

Download 194.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling