Bitiruv malakaviy


Mavzuning  o‘rganilganlik  darajasi


Download 478.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana26.11.2021
Hajmi478.81 Kb.
#177781
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
turkiy tazkiralarda alisher navoiy siymosi

Mavzuning  o‘rganilganlik  darajasi.  Alisher  Navoiyning  jahon  badiiyati 

xazinasiga qo„shilgan shoh asarlari, XV asrning ikkinchi yarmi temuriylar saltanati 

davri  ilm-fani  va  san‟atini  rivojlantirishga  qo„shgan  benihoya  hissasi  allaqachon 

e‟tirof  etilgan.  Professor  A.Hayitmetov  Alisher  Navoiyning  adabiy-tanqidiy 

merosini o„rgangan, professor S.G„aniyeva esa “Majolis un-nafois” asarini tadqiq 

qilgan.  Ammo  tazkiralarga  tayangan  holda  Hazrat  Navoiyning  hayot  yo„li,  ijodiy 

faoliyatini  o„rganish  biroz  kechroq  boshlangan.  Jumladan,  Maqsud  Shayxzoda 

asarlarining 4-tomida “Tazkirachilik tarixidan” maqolasi bor. Unda Navoiy haqida 

so„z borgan ayrim forsiy va turkiy tazkiralar haqida ma‟lumot bergan. Matnshunos 

olim  Shuhrat  Sirojiddinov  1997-yilda  “XV-XVI  asrlar  tarixiy  va  tazkira-esdalik 

asarlarida  Alisher  Navoiy  hayoti  va  faoliyati  talqini”  asarini  yozdi.  So„ng  2011-

yilda  nashr  etilgan  “Alisher  Navoiy.  Manbalarning  qiyosiy-tipologik,  tekstologik 

tahlili”  asarida  Navoiy  madhi  keltirilgan  bir  qancha  risola,  tazkiralarga 

yuzlanilgan.  Hazrat  Navoiy  siymosining  aynan  turkiy  tazkiralarda  yoritilishi 

bo„yicha  professor  Hamidulla  Boltaboyev  “Jahon  adabiyoti”  jurnalining  2013-yil 

2-sonida “Turkiy tazkiralarda Alisher Navoiy siymosi” maqolasini e‟lon qildi. 

                                                           

3

 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.49.  




 


Download 478.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling