Bitiruv malakaviy
Bitiruv malakaviy ishining manbai
Download 478.81 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tazkiralarda alisher navoiy siymosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining tarkibi.
Bitiruv malakaviy ishining manbai. Oshiq Chalabiy “Mashoir ush-shuaro”
tazkirasi 2010-yilda Istanbulda nashr etilgan. Bu nashrning o„zbekchaga tarjimasi, Sodiq Kitobdor Afsharning “Majma‟ ul-xavos” tazkirasi va Po„latjon Qayumiyning “Tazkirayi Qayumiy” asari bitiruv malakaviy ishining manbai sifatida olindi.
bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatidan iborat. Har bir bob fasllarga bo„linadi.
6
I bob. XV-XVI asr tazkiralarida Alisher Navoiy hayoti va ijodining yoritilishi. Alisher Navoiy zamoniga yaqin davrda yaratilgan tazkiralarda Navoiy ijodi haqida ma‟lumotlar keltirilishi
Tazkira arabcha “zikr” ildizidan tarqalgan bir so„zdir. Zikr – qayd etmoq, eslamoq, xotirlamoq, so„zini keltirmoq, tushunchalarida kelishiga ko„ra, tazkira – xotirlamoqqa vasila (bog„lovchi, vosita, sabab) ma‟nosida keladi. Bu keng lug„aviy ma‟noga asoslangan kalima turli ma‟nolarda qo„llaniladi: bir narsani eslash yoki bir xabarni bildirish uchun bitilgan qisqa qayd; har qanday yoki qandaydir bir ishga izn berilganini bildirish uchun hukumatdan berilgan yoki olingan ruxsatnoma (xat, order), askarning xizmatdan ozod etilgani yoki bo„shagani haqidagi hujjat, ayni shahardagi rasmiy doiralar orasidagi yozishmalar bularning asosiylaridir. 4
Alohida bu kalimalardan yasalgan tazkirayi avval, tazkirayi soniy, tazkirayi xususiya, tazkirayi ma‟ruza, tazkirayi usmoniya, tazkirayi somiya kabi madaniy tariximiz mulki bo„lgan so„z birikmalari ham bor. Bugun kalimaning qo„llanish doirasi toraygan va ko„proq nufuz tazkirasi, tarxis tazkirasi kabi rasmiy hujjat nomi bilan tazkira olmoq, tazkira keltirmoq, tazkirasini qo„liga bermoq kabi ifodalarda qolgan. Bu so„z ma‟no va istilohiy tushunchalaridan tashqari tazkira adabiyot terminologiyasi (adabiy
istiloh) sifatida qo„llanish doirasi kengroqdir. Adabiyotshunoslik lug„atlariga yuzlansak, Sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan adabiy-tanqidiy janr – tazkiraga quyidagicha ta‟rif berilgan: “Tazkiralarda shoirlarning hayoti va ijodi haqidagi muxtasar ma‟lumotlar zikr etilib, ularning asarlaridan namunalar keltiriladi va umumiy baho beriladi. Tazkiralarda ijodkorlar haqidagi ma‟lumotlar berish bilangina cheklanib qolinmasdan, she‟riyat va uning nazariy masalalari bilan bog„liq e‟tiborga loyiq fikr-mulohazalar, ma‟lum bir davr adabiy hayoti haqidagi muhim ma‟lumotlar ham o„rin oladi. Adabiyot tarixida shoirlargina emas, balki olimlar, avliyolar haqidagi tazkiralar ham yaratilgan. Tazkira yozish an‟anasi dastlab arab va fors
4 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.27. 7
adabiyotlarida, keyinroq turkiy adabiyotda ham keng ommalashgan” 5 . Bu ma‟noda tazkirachi ma‟lum bir maslakda tanilgan kishilarning, masalan, avliyo, xattot, me‟mor, musiqa ustalarining hatto gul yetishtiruvchi mohir bog„bonning hayoti va san‟ati, hunari haqida so„z yuritishi mumkin. Ammo tazkira so„zi eng keng ma‟noda qo„llanish sohasini shoirlar hayoti bilan she‟rlaridan so„zlangan kitoblarda topgan. Shundayki, bu kitoblarning ba‟zilari tazkira so„zini maxsus bir nom sifatida qo„llaganidek, boshqa bir nom qo„llaganlari ham ko„pincha tazkira nomi bilan eslanmoqda. Bu asarlar joy yoki maslak nomi bilan zikr etiladi. Tazkiralarning nomlanishi haqida Mustafo Eson alohida to„xtalib o„tgan. “Shoirlar hayoti va ijodidan so„z yuritganlariga “Tazkirayi shuaro” yoki “Tazkiratu-sh- shuaro”, eranlardan hikoya qiluvchilariga “Tazkiratu-l-avliyo”, xattotlar tarjimayi holidan so„z yuritganlariga esa “Tazkiratu-l-xattotin” (ba‟zan “Tazkiratu-l-dabir”) deyiladi.” 6
musulmonlarning ilk davrlarida boshlangan tafsir va hadisga aloqador faoliyatga borib taqaladi. Arablar tabaqot otini bergan faoliyatlari eronliklar va turklar orasida rivojlandi va tazkira nomini oldi. So„zning bu nom bilan tarqalib, muvaffaqiyat qozonishida XII asrda yashagan mashhur eronlik shoir va mutafakkir Farididdin Attorning “Tazkiratu-l-avliyo” degan asarining islom olamidagi obro„yi katta rol o„ynadi. O„zbek adabiyotida Alisher Navoiy bilan boshlangan tazkirachilik an‟anasi qisqa bir muddatdan so„ng usmonlilarga o„tdi. Usmonli adabiyotida mustaqil biografiya kitobi sifatida qalamga olingan ilk namuna hazrat Jomiyning “Nafohotu-l-uns” tarjimasi va zaylini o„z ichiga olgan “Futuhun mujahiyidin fi tavorixi qulubu-l-mushohidin” (1520) degan asardir. Shoirlar tazkirasi sifatida dastlabki namuna esa Saxiy Bey va uning izdoshlari ilk davr biografiya yozuvchilari o„zlariga Jomiyning “Bahoriston” (1487), Davlatshohning (1495) “Tazkiratu-sh-shuaro”si (1487) va “Majolis un-nafois”ni namuna qilib olgan
5 Quronov D. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2013. –B.305. 6 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.38. 8
bo„lsalar-da, XVI asrgacha birlashuv va ularning mualliflarini bir maqsadga keltirish ehtiyoji bevaqt bir intilish (taqlid yoki nusxa ko„chirish) emas, balki bir zaruratga aylandi. Saxiy Beydan so„ng, xususan, Latifiy va Oshiq Chalabiy shoirlar biografiyasining muvaffaqiyatli namunalarini berdilar. Latifiy bizda bu tur bilan bog„liq ilk tazkira nomini qo„llagan muallifdir. Unga taqlidan keyinroq bu vodiyda ijod qilgan 13 muallif ham o„z asariga tazkira nomini berdi. Turk adabiyotida shoir biografiyasi, ya‟ni tazkira sifatidagi 36 asar bor 7 .
Tazkira muallifi
1) Alisher Navoiy
“Majolisu-n-nafois” 2) Saxiy Bey
“Hasht behisht” 3) Latifiy
+`
“Tazkirayi shuaro” 4) Oshiq Chalabiy
“Mashayiru-sh-shuaro” 5) Hasan Chalabiy
“Tazkiratu-sh-shuaro” 6) Ahdiy
“Gulshani shuaro” 7) Bayoniy
“Tazkirayi shuaro” 8) Ali “Kunhu-l-axbor”ning “Tazkira” qismi 9) Sodiqiy
“Majma‟ ul-xavos” 10) Riyoziy
“Riyozu-sh-shuaro” 11) Foiziy
“Zubdatu-l-ash‟or” 12) Rizo
“Tazkirayi shuaro” 13) Yumniy
“Tazkirayi shuaro” 14) Osim
“Zayli zubdatu-l-ash‟or” 15) Go„ftiy
“Tazkiratu-sh-shuaro” 16) Mujib
“Tazkirayi shuaro” 17) Safoiy
“Tazkirayi shuaro” 18) Solim
“Tazkirayi shuaro”
7 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so„z, 2012. –B.176. 9
19) Balig„ “Nuhbatu-l-osor li zayli Zubdati-l-ash‟or” 20) Sofvat “Nuxbatu-l-osor li favoidi-l-ash‟or” 21) Romiz
“Odobi zurafo” 22) Silahdorzoda
“Tazkirayi shuaro” 23) Asror Dada
“Tazkirayi shuaroi Mavlaviyya” 24) Akif
“Mir‟oti she‟r” 25) Shafqat
“Tazkirayi shuaro” 26) Asad Afandi
“Bog„chai Safo anduz” 27) Orif Hikmat
“Tazkirayi shuaro” 28) Fotin
“Xatimatu-l-ash‟or” 29) Tavfiq
“Majmuai tarojim” 30) Mehmet Tavfiq
“Kafilayi shuaro” 31) Foiq Rashod
“Majmai shuaro” 33) Ali Amiriy
“Tazkirayi shuaroi Amid” 34) Og„a Muhammad
“Riyoz ul-oshiqin” 35) M.Kamol Inoya
36) Noil Tuman
“Tuhfai Noiliy” 8
Tazkirachilarning ko„pchiligi o„zlaridan ilgarigi namunalarga qarab sulolaga, nasabga mansublarini alohida bo„limda tilga oladilar. Shoirlarning tug„ilgan joyi, ismi, taxallusi, izlanish hollari, maslak yoki maqomi, asosiy ustozlari, hayotlaridagi muhim o„zgarishlar, vafoti, ma‟lum bo„lsa vafot etgan yili, qabri qayerdaligi, ba‟zan shoirga aloqador bir yoki bir necha kulgili, qiziqarli, latifanamo voqealar, adabiy holi bilan bog„liq fikrlar, baholar, asarlari va asarlaridan namunalar, misollar keltiriladi. Bu qamrov, mundarija Hirot tazkirachilaridan kirib kelgan. Tazkiralarning so„ngida xotima nomi berilgan xulosaviy bir bo„lim o„rin oladi. Bu qismda tazkirachi asarini yozayotganda duch kelgan qiyinchiliklarni tilga
8 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.180. 10
oladi, asari muvaffaqiyatli chiqishi uchun Tangriga yolvoradi, o„quvchidan va yozganidan umidlarini, maqsadlarini tartib bilan keltiradi. XVI asrdan XX asr boshlariga qadar davom etgan tazkiralar Hirot maktabi tazkiralarini o„zlariga namuna qilib olishlari bilan birga bir necha o„zgarishlarga ham duch keldi. Hirot tazkirachilari tasniflarni tabaqa asosida tuzar ekan, bu usulni Latifiy juda amaliy bir shaklga aylantirdi va shoirlarni alifbo tartibida joylashtira boshladi. Latifiydan so„ng bu zamonaviy usul kichik istisnolar bilan turk tazkirachiligining tark etilmas tartib tarzi bo„lib qoldi. Aslida, bu tartib tarzi Oshiq Chalabiyga oid bo„lib, u o„zidan boshqa musulmon biografiya mualliflarigacha shu yo„lni tutgan bo„lsa-da, turk tazkirachilik tarixida bu usulning ilk tadqiqotchisi (amalda qo„llovchisi) Latifiy bo„ldi. Latifiy tartib tarzi bilan birga mumtoz biografiyaning chegaralarini belgiladi. Oshiq Chalabiy va antologiya tipidagi tazkiralardan tashqari o„zidan keyingi biografiya yozuvchilar ham unga ergashdilar. Boshqa bir maktab bo„lgan Oshiq Chalabiy tartib tarzini qo„llamasligi va o„rtaga qo„ygan keng biografiya shakli xos qobiliyatlarga muhtojligi tufayli o„zidan keyin kuchli davomchi-izdosh topolmadi. Saxiy va Ahdiydan tashqari XVI asr tazkirachilari shoirlar o„zlariga xos bir sinf ekaniga, maslak va boshqa ijtimoiy mezonlarga qaramasdan bir butun holda ish ko„rishlari kerakligiga ishondilar. Bu qanoat XVIII asrgacha o„xshash bir shaklda davom etdi. Lekin bunday usul o„sha asrda Asror Dada va Akifni o„z doiralarini bir tazkirada to„plashlariga olib keldi. Shu tariqa Asror faqat malakaviy shoirlardan, Akif esa Andarunda yetishganlardan iborat zumra (guruh) tazkiralarini qalamga oldilar. 9
XVI asr tazkiralarining bir xususiyati tilga olingan shoirlarning katta qismi o„z davrlaridan avval yashagan bo„lishlaridir. XVII asr tazkirachilari esa ko„proq o„z zamondoshlarini qalamga oladilar. Shu tufayli aytganlari ma‟lum narsalarni takrorlash ma‟nosiga keladigan mutadavil (o„tuvchi, ko„chishchi) bo„lgani uchun biografiyalar qisqargan, buning aksicha namuna she‟rlar ko„proq berilganligidir. Riyoziy tazkirasi bu ikki asr orasida bir o„tish davri yasadi. Shaklda paydo bo„lgan bu o„zgarishlar bora-bora antologiya (antologik tazkiralar) tarzining tug„ilishiga
9 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.158. 11
sabab bo„ldi. Bu tarzdagi tazkiralarda bir necha kalimalardan iborat biografik ma‟lumot va ko„proq she‟rlar o„rin olgan. XVIII asrdan boshlab o„zidan avvalgi davrlarga bir javob tarzida va XVI asrning mukammal namunalarga intilishi shuning uchundirki, bu XVIII asrda biografiyalar XVI asrdagi kabi ko„paygan, aksincha, namuna she‟rlarda kamayish sodir bo„lgan. Tazkiralar turfa san‟atlar va saj‟lar bilan ziynatlantirilib qalamga olingani uchun har biri alohida adabiy asardir. Lekin bu o„ringa standart tazkiralarni qo„yib bo„lmaydi. Ilk namuna bo„lgan “Saxiy tazkirasi” uslub, ifoda va atamashunoslik jihatidan ham ajamiydir. Bu mavzuda “Latifiy tazkirasi” keyingi davrlardagi tazkira yozuvchilarga namuna bo„lgan. Latifiy asari o„z asrining yozma tili bilan faqat ma‟lumot berishga mo„ljallangan. Undan keyin tazkira yozgan Hasan Chalabiy, Solim va Romizlar jimjimador, balandparvoz usulni afzal ko„rdilar. Oralarida uslubiy farq bo„lishiga qaramasdan ayni san‟at va madaniyat fikri mahsuli bo„lgani uchun bichim (shakl, tuzilish) va qamrov, uslub, til va terminologiya jihatidan o„xshashdir. Tazkiralarda san‟atga qaratilgan baholar ko„p jihatdan shoirga taalluqlidir. Bu xususiyati bilan zamonaviy tanqiddan farq qiladi. Ammo bu tazkiralar faqat biografik doirada qoladi degani emas; tazkiralarda, ayniqsa, berilgan namunalardan avval shoir san‟atiga qaratilgan muhim fikr, baho unsurlariga ham duch kelinadi: “Pisandu isg„oga qobil she‟r; xushoyanda nazm; rangin insho; oshiqona g„azal va muhoyyal ash‟or” kabi barcha tazkiralarda uchraydigan atama (terminologiya, to„g„rirog„i, sifatlash)lar buning dalilidir. Saljuqlilardan olingan me‟moriy an‟ana qanday rivojlantirilib, mukammal sohaga aylantirilgan bo„lsa, xuddi shu tarzda shoirlar tazkirasi an‟anasi ham yuz yillar ichida mukammallik sari rivojlanib bordi. Shubhasiz, tazkiralarda berilgan ma‟lumotlar bugungi biografiya talablari darajasida emas, kam va nuqsonlidir. Ammo g„arb o„lkalari bilan qiyoslanganda, bu o„z davridan ancha oldinlab ketgan edi. Masalan, arab va fors adabiyotining ta‟sirida rivojlangan bo„lishiga qaramasdan “Shoirlar tazkirasi” turi eng go„zal va muvaffaqiyatli namunalarini turkiy tilda yaratdi. 12
Islomiy an‟anaga ko„ra arab adabiyotida paydo bo„lgan bu biografik janr keyinchalik fors tilida mahsul berdi va ko„paya boshladi, xususan, bu tilning buyuk tamsilchisi, ulug„ vakili Abdurahmon Jomiy erishgan fazilatlarni turk ziyolilari xush ko„rib, u zotga ergashdilar. Tilimizda ilk biografiya ishlaridan biri bo„lgan “Nafahotu-l-uns” ul zotning asaridir. Yana bir asari “Bahoriston”ning, avvalo, Navoiyga va boshqa turkiy shoirlar tazkiralari bituvchilariga ta‟siri juda katta bo„ldi. Fors adabiyotida asl e‟tiborga molik namuna Davlatshoh Samarqandiy tazkirasidir (1487). O„z asrining buyuk davlat va madaniyat arbobi bo„lgan Alisher Navoiyga taqdim etilgan bu asar muqaddima, yetti tabaqa va bir xotimadan iboratdir. Tazkiradan hammasi bo„lib 149 shoir o„rin olgan. Davlatshoh bu shoirlar hayoti haqida so„z yuritgach, ijodlaridan namunalar ham keltiradi. Bu holida tazkira o„zidan keyin yoziladigan fors va turk tazkiralariga mezon bo„lib xizmat qiladi va o„zigacha bitilgan shunday namunalardan ko„plab biografiyalarni o„z ichiga oladi. Turkcha shoirlar biografiyasini yozish an‟anasi sharqiy turkchada boshlangan bo„lishiga qaramasdan bu yozma tilda rivojini davom ettira olmadi. Navoiydan so„ng faqat Sodiqiy ikkinchi namuna bera oldi. XVI asrda bu mavzuga aloqador turkiy asarlar yozila boshlandi. Bularning tilimizdagi ilk namunalari kutilganidek, payg„ambarlar qissalari va mutasavviflar biografiyalari bilan bog„liqdir. Sulamiyning asari Ibn Javziy, Attor va Jomiy tomonidan fors tilida davom ettirildi. Jomiyning bu mavzuga bog„liq “Nafaxotu-l-uns”idan keyin Alisher Navoiy (1441-1501) “Nasoyimu-l-muhabbat min shamoyili-l-futuvva” nomi bilan sharqiy turk tilida, Lomiy esa “Nafahotu-l-uns min hazora-tu-l-quds” (1524) nomli g„arbiy turk tilida tazkira yaratdilar. Aslida bu tajribalarni ta‟lif asarlar sifatida qabul qilish mumkin. Hazrat Navoiy bu asaridan so„ng “Bahoriston” va “Davlatshoh tazkirasi”dan ta‟sirlanib “Majolisu-n-nafois” (1491) nomli shoirlar tazkirasini qalamga oldi. Keyinroq arab tilida, so„ngra fors tilida shakllangan biografiya bilan bog„liq o„sha asarga munosabat endi turk tilida ifoda etila boshlandi. Xuddi shu bosqichda hazrat Alisher Navoiy boshqa ko„plab tazkiralarga namuna bo„larlik asar yaratgani bilan ahamiyatlidir.
13
Biografiya o„zga sohalarda o„zgargan nomlarda tazkira, manoqib, vafoyot, davho, safina, tuhfa, hodiqo, fihrist, silsilanoma, shoirnoma kabi nomlanishlar bilan yoyilib kelgan. 10 Shu sababdan biz uchun muhum bo„lgan shoir biografiyalariga aloqador namunalar ustida to„xtalsak. Navoiyning bu borada qalamga olingan asari “Majolis un-nafois”dir. Muqaddima va adib majlis nomini bergan sakkiz bo„limdan iborat asar shu holda bu turning o„zidan oldingi namunalariga o„xshaydi. Tazkirada qalamga olingan shoirlar har majlisda xronologik tarzda tartiblanadi: 1-majlis - Navoiy tug„ilguncha yashagan shoirlarga; 2-majlis - Navoiy bolaligida, yoshligida tanigan, lekin tazkira yozayotganda vafot etib ketgan shoirlarga; 3-majlis - Navoiyga zamondosh shoirlarga; 4-majlis - yetuk olim va shoirlarga; 5-majlis - xurosonlik shoir mirzolar va hukmdor oilalardan chiqqan shoirlarga; 6-majlis - Xurosondan tashqarida yashagan ilm ahli va shoirlarga; 7-majlis - shoh, sulton va shahzodalarga; 8-majlis - Sulton Husayn Boyqaroga maxsusan ajratilgan. 11
“Majolis un-nafois” ham o„zbek mumtoz adabiyoti uchun, ham Eron adabiyoti uchun muhim bir manbadir. Lekin bundan ham muhimi tazkiralarning Onado„lida paydo bo„lishiga ta‟siri, ya‟ni bu tazkiralarga andozalik vazifasini bajarishidir. Yanada to„g„rirog„i, Hirot maktabi tazkiralari sifatida nom olgan hazrat Jomiy, Davlatshoh va Navoiy hazratlarining asarlari keyinroq Usmonli o„lkasida paydo bo„lgan tazkirayi shuaro turiga teran ta‟sir etdi hamda adabiy biografiya rivojini tezlashtirdi. Zikr etilgan bu biografiyalar mavzu va qarashlariga ko„ra farqlanishiga qaramasdan ma‟lum mushtarak nuqtalarga egadirlar. Biografiyasi yozilgan kishi aniq bir yoshga kirgachgina bunday huquqqa ega bo„lishligi tufayli ko„pincha
10 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.197. 11 Юсупова Д. Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи (Алишер Навоий даври). –Тошкент: Академнашр, 2013. –Б.182. 14
asarlarda tug„ilgan yil yozilmaydi. Buning o„rniga kishilarning ismlari, xronologik unsur, ayniqsa, vafot etgan yillarini aniqlashga qat‟iy e‟tibor beriladi. Biografiyasi yozilgan kishining boshidan kechirgan, hayotida bo„lib o„tgan ba‟zi muhim hodisalar qisqacha naql etiladi. Ilm ahlining ta‟lim-tarbiyalari, asosiy ustozlari va asarlari muhimdir. Shoirlarning she‟rlaridan esa namunalar, misollar beriladi, ularning adabiy shaxsiyatlari namoyon etilishiga g„ayrat qilinadi. Bu jihati bilan an‟ana biografik kunya yozishni asos qilib olgani uchun mutlaqo inson unsuriga qaratiladi. Aslida bu o„xshashlikda hayron qoladigan hech narsa yo„q. Zero, din birligi asosiga qurilgan, buyuk madaniyatlar ichiga olgan farqli uluslar madaniyati, ozmi- ko„pmi mushtarak bir mohiyatga egadir. Yashash tarzlari va jug„rofiyalari farqli bo„lsa-da, turli millatlar musulmon bo„lgach, umumiy sanaladigan bir hayot tarzini tatbiq eta boshlaydilar. Bu o„xshashlik ziyolilar orasida, ayniqsa, madaniy hodisalarda ravshan ko„rinadi. O„zbek mumtoz adabiyotida Navoiy bilan boshlangan an‟ana qisqa bir davrda usmonlilarga o„tdi. Shoirlar tazkirasi sifatida g„arbiy turk tilida ilk namuna Saxiy Bey tomonidan qalamga olingan “Hasht behisht”dir. Saxiy Bey bu asarining so„zboshisida hirotlik tazkira yozuvchilaridan foydalanganini ochiq ifoda etadi. Saxiy hazrat Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”idan va Dehlaviyning (v. 1495- 1507) “Tazkiratu-sh-shuaro”sidan ta‟sirlanish bilan birga asl andoza sifatida hazrat Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”ini olgan. Tazkiraning faqatgina tartiblanish tarziga qaraganda ham muallifning qanday ta‟sirlanganini sezish mumkin. Har ikki asar ham sakkiz asosiy bo„limdan tashkil topgan. Saxiy Bey “tabaqa” deb nomlagan, Alisher Navoiy esa “Majlis” deb nom qo„ygan. Bu lavha jonlantirib qiyoslansa faqat bir ozgina o„zgarish ko„ramiz: Alisher Navoiy sakkizinchi majlisda tilga olgan podshoh Husayn Boyqaro o„rniga Saxiy davr podshohi Qonuniy Sulton Sulaymonni birinchi tabaqaga oladi. Navoiyda yettinchi majlisdan joy olgan sulton, shoh va shahzodalar Saxiyda ikkinchi tabaqada, Navoiy beshinchi majlisda eslatgan mirzolarni Saxiy uchinchi tabaqada aytib o„tadi. Olim shoirlar har ikki asarda ham to„rtinchi bo„limdadir. Navoiy
15
oltinchi majlisda zikr etgan Xurosondan tashqaridagi shoirlarga muqobilan Saxiy qadimgi shoirlarni beshinchi tabaqada yozadi. Majlisda birinchi, ikkinchi va uchinchi majlisda zikr etilgan avvalroq vafot etgan, adibga zamondosh va hali yosh bo„lgan shoirlar haqida “Hasht behisht”ning bosh kaliti – asosiy ochqichi va mundarijasi ham “Majolis un-nafois”ga o„xshashdir. Tazkiraning boshqa namunalaridagidek “Hasht behisht” ham muqaddima bilan boshlanadi. Bu bo„limda muallif Allohga hamd, hazrat payg„ambarga salovat keltirgach, kitob yozishidan maqsadini aytadi. Bu bo„lim ham hazrat Navoiy bilan juda-juda o„xshash va bir xildir. Keyinroq biografiyaga o„tiladi. Bu yerdan o„rin olgan shoirlarning tug„ilgan joyi, nomi, taxallusi, ta‟lim sharoiti, vaziyati, maslak yoki maqomi, asosiy ustozlari, hayotlaridagi muhim o„zgarishlar, vafoti, ma‟lum bo„lsa vafot etgan yili (balki sababi), qabr joyi (ya‟ni dafn etilgan joyi), ba‟zan shoirga aloqador bir yoki bir necha qiziqarli, latifanamo voqea, adabiy ahvolga, darajasiga bog„liq baholar, fikrlar, asarlari va asarlaridan misollar joy oladi. Navoiyda bo„lgan qisqa biografik ma‟lumotlar, baholar biroz batafsilroq holda Saxiyda davom etadi. Tazkiralar so„ngida “Xotima” nomi berilgan xulosa bo„limi o„rin oladi. Bu bo„lim “Majolis un-nafois” bilan boshlangan Saxiy asaridan ham, keyinroq boshqa tazkiralarning ko„pidan ham joy olgan. XVI asrdan XX asr boshlariga qadar davom etgan tazkira uzoq zamonlar ayrim farqli jihatlari bilan namoyon bo„ldi. Bu asarlar Hirot maktabi tazkiralarini, xususan esa, “Majolis un-nafois”ni o„zlariga namuna olish bilan birga boshlang„ich davrda asarning tartib tarzida bir qancha o„zgarishlarni boshdan kechirdi. Usmonli me‟morchiligi O„rta Osiyo va saljuqlilar asosidagi an‟anasini favqulodda bir tarzda qanday rivojlantirgan (yoki o„zlashtirgan) bo„lsa, xuddi shunday insho faoliyati ham biografiyada amalga oshdi. G„arbiy turkcha 1538-yilda berilgan ilk namunadan boshlab, 1950-yillarga qadar ilova an‟anasi doirasida to„xtovsiz namunalar bergan dunyoning noyob xazinalaridan biridir. Buning asosiy sababi g„arbiy turkcha til Usmonli davlatidek, 600 yil davom etgan barqaror davlat 16
an‟anasiga ega sharqiy turk tili (da bitilgan tazkiralarning so„nib borishi) XVI asrdan e‟tiboran beqarorlikka erishmaganidandir. 12
Usmonli biografiya an‟anasining XVI asr oxirlariga qadar rivojlanish tarzini va madaniy ildizlarini ko„rsatishga harakat qilindi. Zikr etilgan bu an‟ana Usmonli tarixnavisligidek noziklik asosiga qurilganini ham ta‟kidlab o„tish lozim. Bu xusu- siyatlari bilan zikr etilgan asarlar turli san‟atlar va saj‟lar bilan ziynatlanib qalamga olingani uchun ularning har biri bir adabiy mahsul sanalmog„i lozim. Ammo bu erda komil birlikdan so„zlash mumkin emas. Hech shubhasiz, Oshiq Poshozoda bitgan biografiya bilan “Toju-t-tavorix”dan yoki Hasan Chalabiydan o„rin olgan biografiya orasida qamrov jihatidan bo„lganidek, uslub jihatidan ham farq bor. Lekin XVI asrdan e‟tiboran rivojlangan ijtimoiy binoga nisbatan ma‟lum bir shaklga kirgan mumtoz biografiya bundan so„ng mezoniy bichim qozonib, bu shaklni esa oxirigacha saqlab qolgandir. Bu an‟ana, xususan, shoirlar tazkiralari biografik qayd yozishni asos qilgani uchun muallifni u yozgan asardan oldinroqqa chiqaradi va san‟at manbaidagi inson unsuri uchun birinchi darajada ahamiyatlidir. Ayniqsa, XVI asr Usmonli biografiya an‟anasi rivojini to„kis etgan va standart bichimga aylantirgan bir davrdir. Bundan so„ng kelgan mualliflar ayni shu xususiyatlarni, mana shu texnik asoslarni davom ettirganlar. Fors tilida yozilgan Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”, Som Mirzoning “Tuhfai Somiy”, Rizoqulixon Hidoyatning “Majma ul-fusaho” tazkiralarida Navoiy siymosi haqidagi fikrlar, navoiyshunoslikning ayrim qirralari yoritilgan. Shu bilan birga Hazrat Navoiyning “Majolis-un-nafois” tazkirasi fors tiliga Faxriy Hiraviy tomonidan “Latoyifnoma” sarlavhasi bilan Hirotda, Hakimshoh Muhammad Qazviniy esa uni Onado„lida forschaga o„girgan. Hazrat Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan turkiy tazkirachilik maktabi XX asr boshlariga qadar nafaqat Turkiston yoki Markaziy Osiyoda, balki Eron, Hindiston, Afg„oniston, Ozarbayjon hamda Turkiyada muvaffaqiyat bilan davom etgan. O„tgan 500 yildan ortiqroq vaqt davomida yaratilgan tazkiralarda “Majolis un-nafois” ning izlarini ilg„ash qiyin emas. Birgina Onado„lida 36 ta tazkira turkiy tilda yaratilgan bo„lib, ular, asosan,
12 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.203. 17
“Shoir tazkiralari” (ya‟ni valiylar va dabirlar tazkiralari bu hisobdan tashqari)dir. Shundan 12 ta tazkirada Hazrat Navoiy shaxsi tilga olingan, uning ijodiga munosabat bildirilgan. Mazkur tazkiralardagi ma‟lumotlarga ko„ra, Usmonli shoirlaridan 70 dan ortig„i Navoiyning she‟riy asarlariga naziralar yozganlar, ulardan 30 dan ortig„i bu an‟anani izchil davom ettirgan. Ayni mana shu ijodiy vorislikni xamsanavislik doirasida, ulug„ adib nasriy va tasavvufiy asarlaridan ta‟sirlanish jarayonida ham kuzatish mumkin. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarining ta‟siri haqida professor Mustafo Eson shunday yozadi: “Hazrat Alisher Navoiy boshqa ko„plab tazkiralarga namuna bo„larlik asar yaratgani bilan ahamiyatlidir. Muhimi, tazkiralarning Onado„lida paydo bo„lishiga ta‟siri, ya‟ni bu tazkiralarga andozalik vazifasini bajarishidir. Yanada, to„g„rirog„i, Hirot maktabi tazkiralari sifatida nom olgan Jomiy, Davlatshoh va Navoiy hazratlarining asarlari keyinroq Usmonli o„lkasida paydo bo„lgan tazkirai shuaro janriga teran ta‟sir etib, adabiy biografiya rivojini tezlashtirdi. Butun XVI asr tazkiralarida Navoiy an‟analari davom etdi, XVII asrda mumtoz tazkiralarga qaytildi va endi Navoiy yana bir sog„inch bilan eslanib, qo„msala boshlandi”. 13 Ushbu e‟tirofdan kelib chiqib mavzuga yondashilganda Onado„lida yaratilgan ilk tazkiralar sifatida Saxiy Beyning “Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”, 1538) asariga yana bir bor diqqat qaratamiz. Tazkira muqaddimasida muallif o„zining Hirot tazkiralaridan “Bahoriston”, “Davlatshoh tazkirasi” va “Majolis un-nafois”ni tadqiq etganini va Usmonli o„lkasida yetishgan shoirlarni unutilishdan qutqarmoq uchun ularga o„xshatma tarzida bir asar yozganini aytadi. Saxiy Beydan ko„p o„tmasdan bu janrning birin-ketin go„zal namunalarining berilishi tazkiraga ehtiyoj naqadar sezilganini bildiruvchi misoldir. “Hasht behisht” qisqacha muqaddima bilan boshlanadi. Har tabaqada tilga olingan shoirlarning sinfi va hududiga o„sha tabaqa boshlanishiga qo„yilgan kichik bo„limda izoh beriladi, alohida tabaqa so„ngiga qo„yilib, “Tatimma‟” nomi berilgan qo„shimcha bo„limda ham bu tabaqadagi shoirlar xususiyatlari yana bir
13 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.214. 18
bor qisqacha aytib o„tiladi. Murod II davridan tazkira yozilgan 1538-yilga qadar yetishgan shoirlar har tabaqada vafot etgan yiliga qarab tartibi bilan tilga olinadi. Saxiy Bey tazkirasining tabaqalari: I tabaqada Qonuniy Sulton Sulaymonni, II tabaqada she‟r yozgan Usmonli shohlar va shahzodalarni, III tabaqada she‟r yozgan davlat arboblarini, IV tabaqada shoirlar va ilm ahlini, V tabaqada o„zidan avval yashagan va vafot etgan shoirlarni, VI tabaqada bolaligida tanilgan shoirlarni, VII tabaqada o„ziga zamondosh bo„lgan shoirlarni, VIII tabaqada istiqboli bor yosh shoirlarni tartib bilan sanab o„tadi. Bu tartib usuli bilan Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” nomli tazkirasi qiyoslanadigan bo„lsa, Saxiy katta hajmdagi bu asardan namuna olgani osongina ko„rinadi. Saxiy o„z asarida Navoiy Husayn Boyqaroga ajratgan sakkizinchi tabaqani boshlanishga olgan va u joyda Qonuniy haqida ham yozgan. Navoiyda yettinchi bo„limdan joy olgan sulton va shahzodalar unda ikkinchi tabaqada, beshinchi ravzada zikr etgan mirzolarni Saxiy uchinchi tabaqada tilga oladi. Olimlarni Saxiy ham to„rtinchi tabaqada zikr etadi. Navoiy oltinchi bo„limda qalamga olgan Xurosondan tashqaridagi shoirlarga muqobalan Saxiy hayotligida ko„rmagan shoirlar haqida beshinchi tabaqada ma‟lumotlar beradi. “Majolis un- nafois”da bir, ikki va uchinchi majlisda aytilgan, avvalroq vafot etib ketgan, muallifga zamondosh va hanuz yosh shoirlar “Hasht behisht”da olti, yetti va sakkizinchi tabaqalarda zikr etiladi. Saxiy faqat o„zidan avvalgi avlodni ham asariga qo„shib, tazkirasiga bir teranlik baxsh etadi. Saxiy Bey uslub, shakl va qamrov jihatidan ham Hirot tazkiralarini namuna qilib olgan. Tazkirada jami 229 shoir o„rin egallagan. Biografiyalarda shoirlar haqida qisqa ma‟lumotlar berilgan, hayotlari qisqacha yoritilgach, she‟rlari va san‟atkorliklariga baholar beriladi va bu she‟rlardan bir yoki bir necha bayt misol keltiriladi. She‟rga berilgan baholar doim ijobiy ifodalardir. Tazkira tili sodda, jumlalari qisqa, ba‟zan jumlalarning yarmidan 19
tark etiladi, tugallanmay qolganday tuyuladi. Zotan, Saxiyning o„zi ham muxtasar bir ish qilganini tez-tez tilga oladi. Tazkirachilik maktablari haqida maxsus tadqiqot yaratgan professor Mustafo Eson kuzatishiga ko„ra, “Hayot hikoyalarining tartib tarzi Saxiyda tabaqot asosida bo„lgani kabi bu usulni aynan Navoiydan olgan: shoirlarning qisqacha tug„ilgan joyi, nomi, vazifalari bilan bog„liq bir necha taqlidiy qolipli so„z, asarlari, ba‟zan shoir bilan bog„liq bir voqea, oxirida bir necha bayt yoki qit‟a kabilar” 14 shular jumlasidan. “Majolis un-nafois” ning ta‟siri Onado„lidagi ilk tazkirada ko„ringanidek, keyingi davr tazkiralarida ham mana shu holat u yoki bu ma‟nolarda takrorlanadi, ayrim fakt va kuzatishlar asosida boyitiladi. Saxiy Beydan keyin bu maydonga Latifiy chiqdi. Saxiy tazkirasi yozilib Usmonli san‟at dunyosiga taqdimi davr ziyolilari orasida katta aloqa vositasi bo„lgan bo„lsa kerakki, janrning bu davrlarda ketma-ket muvaffaqiyatli namunalari yozila boshladi. Endi tazkira an‟anasi she‟rdan tashqari sohalarni ham qamrab olib XX asr o„rtalarigacha uzluksiz davom etdi. Mana shu zikr etilgan muvaffaqiyatli namunalarini “Tazkiratu-sh-shuaro” va “Tabsiratu-n-nuzamo” (1546) nomli shu tazkiralari bilan Latifiy beradi. Birinchi tazkira muqaddima, uch fasl va xotimadan tashkil topgan. Usmonli tazkiralarining Hirot maktabi tazkiralaridan olgan jihatlari – muqaddimalar, bir ma‟nodagi poetik xususiyatlardir. Shoir, olim, adib Latifiyning Navoiy ijodiga bog„lanishi tazkiradan tashqari uning nazm va nasr qorishig„ida yozgan “Fusuli arbaa” (“To„rt fasl”) asarida ham kuzatiladi. Shoirning “Nazm-l-javohir” nomli asari esa Hazrat Alining hikmatlari asosida tuzilgani hamda ulug„ o„zbek shoiri asarining nomini aynan olgani Navoiyning Latifiy ijodiga ta‟sirini alohida o„rganishga ehtiyoj borligini anglatadi. Muallif “Tazkirat ush-shuaro tabsiratun-nuzamo” (“Shoirlar tazkirasi va nizomalar qiyofalari”,1546) tazkirasini Qonuniy Sulton Sulaymon (Muhibiy taxallusi bilan she‟rlar yozgan) ga bag‟ishlagan bo„lsa-da, uning tazkirachilikdagi o„rni mavjud asarlarga ijodiy munosabatda ko„rinadi. Latifiyning yozishicha, Navoiy asarlarini ilk bor Onado„liga olib kelgan shoir Basiriy bo„lgan: “Ajam
14 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.243. 20
sarhadiga yaqin joydan. Sulton Boyazid zamonida Hazrat shayx Jomiy va Mavlono Navoiy tarbiyatnomasi-la kelmish…aksari avqotin bu diyorda kechurmagin tarsi she‟rida turkiyzabon nazmlari shevasin va Rum shoirlari ishvasin rioyat etmishdi: Matla: Oshiqlarini oh ul masihodam o„ldurur, Bu odam o„ldururki, Masih odam bo„ldurur”. 15
Latifiy tazkirasining muqaddimasi esa bularning eng yangilaridan biridir. Muallif tazkira muqaddimasida she‟rning fazilatlarini tilga oladi, ilk she‟rni Hazrat Odam yozganligini aytadi, islomda she‟r ta‟qiqlanmaganini o„zicha dalillar bilan isbotlagach, she‟r va shoir haqidagi tushunchalarini so„zlaydi. Oxirida bir do„stining iltimosiga binoan bu ishni yozganini bildiradi. Ilk faslda Usmonli o„lkasida etishgan yoki u yerga joylashgan 13 shayxni, ikkinchi faslda Usmonli xonadonidan she‟r yozgan yetti sulton va shahzodani, tazkiraning asosiy bo„limi sanalgan uchinchi qismda esa 314 shoir tilga olinib, baholanadi. Hamma qismida esa kitobini 1546-yilda yozib tugatganini va asarini yozar ekan, ko„p iztiroblar chekkanini aytadi. Tazkirani yozib bo„lgandan so„ng yana ko„p yillar yashagan Latifiy asarini kam deganda yana bir bor ko„zdan kechirgan va qo„shimchalar kiritgan. Latifiy tazkirasi Oshiq Chalabiy va antologiya tarzidagi tazkiralardan tashqari turk tazkirachiligining eng qimmatli namunalaridan biridir. Mumtoz Usmonli turk tazkirachiligida Latifiydan so„ngra shoir tazkiralarida biografiyalar muallifning ismi, mamlakati, qarindoshlik munosabatlari, tahsiliy hayoti, tahsil darajasi, maslagi va maslagini amalga oshirgan joylar, shaxsiy xususiyatlari, qobiliyat va muvaffaqiyatlari, vafot etgan yili, qabri, asari yoki asarlari atrofidagi fikrlar, baholar, asarlarining ahamiyati, qadri-qimmati, namuna taqdimi va asarlaridan tiklangan namunalardan tuzilganini ilgariroq aytib o„tgan edik. Xuddi shu mumtoz biografiyaning tashkil topishiga ta‟sir ko„rsatgan nom va tarjimayi
15
Boltaboyev H. Turkiy tazkiralarda Alisher Navoiy siymosi/ Jahon adabiyoti, 2013. №2. – B.158.
21
holning bunday shakllanishidagi ilk odim Latifiyga oiddir. Ikkinchi muhim va farqli nom (bu haqda keyinroq to„xtalamiz) Oshiq Chalabiy kirishgan ishning natijasi bo„lgan, iloji boricha tafsilotli biografiya tarzi mashaqqatli bo„lganligi sababli keyingi tazkirachilar Latifiy yo„lini ma‟qul va xush ko„rdilar. Lekin Latifiyning Usmonli tazkirachiligidagi asl ta‟sirli usuli asarlarining tartibli tarzida o„zini namoyon etadi. Hirot tazkiralarida va Saxiyda tabaqa asosida tartiblash Latifiy bilan birga alifbo tizimiga aylanadi va Oshiq Chalabiy kabi qat‟iy va originallik uchun tizimdan chekinganlik barcha tazkirachilar tomonidan xush ko„riladi. Garchi tazkiralaridagi ifodaga ko„ra, bu usulni hammadan avval Oshiq Chalabiy topgan va Latifiy undan olgan bo„lsa-da, shoirlarga alifbo bo„yicha tartib bergan ilk muallif, birinchi tadqiqotchi Latifiydir. Muallif “Hurufi tahajjiydan tartibi hurufda qaysi harf muqaddam esa, uch harfgacha e‟tibor bo„lindi, g„aflat bo„linmadi” 16 deb, har harfni o„z ichida uch harfga qadar tartiblashga harakat qilgan. “Tazkiratu-sh-shuaro”ning boshqa bir ahamiyatli jihati, berilgan ma‟lumotlarning to„g„riligi va shoirlar tanqididagi aniqlik, haqqoniylikdir. Ayniqsa, hurmatli shoirlarni va ularni farqli qilgan xos xususiyatlarni his etib, ta‟riflashda tazkirachilar orasida yagonadir. Shundayki, uzoq harakatlar natijasida bir shoir haqida ega bo„lgan ma‟lumotlarimiz, u haqdagi fikrlarimiz va to„xtamga kelgan xulosalarimizga qaydli, urg„uli, ta‟kidli ifodalar holida Latifiy tazkiralarida duch kelamiz. 17 Bu xususiyati tufayli har shoirga tazkirasidan haqli, loyiq bo„lgani qadar munosib o„rin bergan va bu holda ma‟lum bir fikr mezoniga ega ekanini ko„rsatgan. Boshqa tazkirachilarning ko„pchiligida bo„lganidek, shoirlar haqida faqatgina ijobiy qarashlarini emas, tanqidiy fikrlarini ham aytgan va barcha fikrlarini misol va dalillar bilan oydinlashtirib, isbot etgan. Tazkiraning tili sodda, qisqa va yetuk, jumlalari esa o„qishli va tushunarli bo„lishi uchun qalamga olingan bu tur biografiyaga mos bir til va uslubga egadir. Bu xususiyati bilan ham o„zidan so„ng yozilgan juda ko„p tazkiralarga namuna
16 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.265. 17 O‘sha asar, –B.269. 22
bo„ldi. Latifiyning uslubi ochiq, ravshan, ravon va tushunarli bo„lishi kerakligini shuurli ravishda istagan, Najotiy Bey Usmonli she‟r tilida amalga oshirgan uslubni o„zi ham nasrda amalga oshirmoq orzusida bo„lgan. Lekin bu jihat, ya‟ni o„sha yillarda urf bo„la boshlagan jumlalari jimjimador, murakkab, uzundan-uzoq, balandparvoz nasr tarafdorlari orasida tanqid mavzui bo„lgan Hasan Chalabiy va Ahdiy uni tanqid qildilar. Latifiy tazkirasi bu ijobiy xususiyatlari tufayli o„z davridan boshlab juda ko„p nusxalarda ko„paytirildi. Faqat o„lkamizdagi rasmiy kutubxonalarda 71 qo„lyozma nusxasi bor. Xorijda ham ko„p nusxalari borligi ma‟lum bo„lmoqda. Ayni asrning boshqa bir shoirlar tazkirasi esa Usmonli davlatidan tashqarida – Bog„dodda Ahdiy tomonidan yozildi. “Gulshani shuaro” boshlanishida bir muqaddima va ravza nomi berilgan uch bo„lim (yoki bob) dan iborat. Tazkirachi keyinchalik yana asari ustida ishlashni davom ettirdi va asariga yangi bir ravza hamda yangi shoirlar ilova etganidek, ifodada ham o„zgarishlarga erishdi. “Gulshani shuaro”ning unga o„xshash shoirlar tazkiralaridan yorqin farqi shundaki, avvalgi namunalar kabi boshlanishidan e‟tiboran Usmonli shoirlarini tilga olmasdan faqat zamondoshlarini tazkirasiga kiritganidir. Ahdiy birinchi ravzada Qonuniy Sulton Sulaymon, Shahzoda Salim va boshqa davlat arboblaridan she‟r yozganlarni tilga oladi. Ikkinchi ravza olim shoirlarga, uchinchi ravza bayroqdorlar bilan daftardorlar (moliya vaziri va nozir) dan she‟r yozganlarga ajratiladi. Tazkiraning asosiy bo„limi hisoblangan to„rtinchi bo„limda esa alifbo tartibiga ko„ra shoirlar o„rin oladilar. Shu tariqa tazkiradan jami 382 shoir joy olgan. Har xil davrlarda yozilgan nusxalarning yozilish tarixlari ham turlicha bo„lishi tabiiydir. Bulardan eng oxirgi yozilgani 1593 yilgacha bo„lgan ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi. Tazkira Usmonli davlatining sharq tomoni, ayniqsa, Bog„dod va uning atrofida etishgan shoirlar haqida bergan muhim ma‟lumotlari jihatidan diqqatni tortadi. Tazkiraning 15 tacha qo„lyozma nusxasi bor.
Ayni faktning o„zi hali Hazrat Navoiy va Sulton Boyazid II bilan diplomatik yozishmalarga kirishmay turib, Navoiy asarlari Onado„liga kirib kelgan bo„lishi yoki Navoiy she‟rlari bilan birga uning maktubini mana shu Basiriy keltirgan 23
bo„lishi ham mumkin. Chunki Navoiy ijodining Onado„liga kirib kelishi borasida juda ko„p olimlar qiziqarli kuzatishlar olib borgan bo„lsalar-da, Navoiy asarlarini kim ilk bor olib borgani va nima uchun u turkistonlik shor Basiriy vazifani ado etgach, o„z yurtiga qaytmasdan Rumda qolib ketgani va “she‟rida turkiyzabon nazmlari shevasi”ni davom ettirgani noma‟lum edi. Yuqorida Latifiy keltirgan baytning o„ziyoq Basiriyning she‟riy isde‟dodidan darak beradi. Biroq Latifiy Basiriy haqida mufassal ma‟lumot bermaydi.
Navoiy an‟anasini o„zicha boyitgan Latifiy shoirlar tafsilotida alifbo usulini ma‟qul ko„rdiki, bu usul ham keyingi tazkiralarda an‟anaviylik tusini oldi. Bundan tashqari Latifiy “Fasli avval”da yana ham o„ziga xosroq yo„lni tanlab, XIII asrdan o„z zamoniga qadar boshqa o„lkalardan Onado„liga o„rnashib qolgan 13 shoir haqida ma‟lumot beradi. Garchi Latifiy o„z tazkirasini Sulton Sulaymonga bag„ishlagan bo„lsa ham u o„z hukmdori Muhibbiyga maxsus bo„lim ajratmaydi, aksincha, sulton va shahzodalar bo„limining eng so„nggida bir necha sahifada uning she‟rlari tahlili munosabati bilan hukmdorga murojaat qiladi. 18 Agar tazkirada bir yoki bir necha bayt o„rniga to„liq holda g„azal va qit‟aning keltirilishiga e‟tibor qaratsak, Latifiy tazkirasi antologiyaga yaqinlashganini ham kuzatish mumkin.
Xullas, taniqli kishilarning hayoti va faoliyati haqida so„z yurituvchi adabiy tur yoki janr bo„lgan tazkira Islom dunyosining eng muhim adabiy faoliyatlaridan biridir. Tarix bugungi kunimizgacha yashaganlarning boshidan kechirgan hodisalarini va qahramonliklarini hikoya qiladi. O„sha voqealarga aloqador bo„lgan, ishtirok etgan kishilar hayoti haqidagi lavhalar, hikoyalar ba‟zan voqeaning o„zi qadar muhimdir. Voqealar ro„yobga chiqishiga sabab o„sha hodisani tashkil etuvchi insonlar bo„lgani tufayli ular haqidagi hikoyalarni aniqlash ham biografiya mavzusidir.
Adabiyot gulzoridagi har bir “gul”ning tabiati haqida moziydan kelajakka yo„llangan “maktub” – tazkiralar ma‟lumot beradi. Kitobxon esa ijodkorlar to„g„risidagi to„liq ma‟lumotlarni olish uchun tazkiralarga yuzlanadi. Shu sababdan
18 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.278. 24
tazkiralar adabiy siymolar va ularning asarlarini tadqiq
etishda adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi.
25
Oshiq Chalabiy va uning “Mashoir ush-shuaro”sida Alisher Navoiyning faoliyati bilan bog„liq yangiliklar
XVI asrning eng muhim shoirlar tazkirasidan biri Oshiq Chalabiyning (1520-1571) “Mashoir ush-shuaro” (1568)sidir. Asar muqaddima bilan boshlanadi, bu bo„lim Usmonli tazkiralarining eng uzun muqaddimasidir va kitobning o„ndan birini qamraydi. Bo„limda muallif insonni ifoda etish vositasi bo„lgan nasr va nazmdan keyin she‟r tarixidan so„z ochadi. Chalabiy muqaddimada asarini nechun va qanday yozganini, Latifiy bilan musobaqalashishini va uning tizimiga rioya etib, o„zlashtirganini aytadi. Usmonli o„lkasida shoir ko„pligi sababini muallif o„lkaning suvlari, havosi tozaligiga va tabiati go„zalligiga bog„lab ko„rsatadi. Ammo u tazkirasiga har bir she‟r muallifini emas, bu ishni kasb qilganlarni kiritadi. Tazkiraga olinganlarning hayoti juda keng yoritilgani uchun ham bu asar tazkiradan ko„ra ko„proq tavorixi shuaro (shoirlar tarixi)ga o„xshaydi. “Mashoir ush-shuaro”dan 425 shoir o„rin olgan. Tazkirada Murod I davridan asar yozilgan paytgacha yashagan shoirlarga joy berilgan. Shu sababli asar XVI asr shoirlari uchun tengi yo„q bir manbadir. Juda uddaburon, faol, tashabbuskor, kirishimli mijozga ega Oshiq Chalabiy bu xislatlari tufayli zamondosh shoirlarning ko„pchiligi bilan shaxsan ko„rishgan, bunga imkon bo„lmaganda esa maktublashgan yoki ularni taniganlardan ma‟lumot olgan. “Mashoir ush- shuaro”ning eng ma‟lum, ravshan xususiyati shoirlarning tarjimayi hollariga, xos hayotlariga, ichki dunyolariga, portretlariga doir keng ma‟lumot berishidir. Ayniqsa, zamondosh shoirlarning muhiti, yashash tarzlari, do„stlari, qiziqadigan sohalari, tabiatlari, fe‟l-atvorlari haqida atroflicha ma‟lumot bor. Keng Usmonli mamlakatining turli shaharlarini vazifasiga ko„ra kezishi ham unga imkoniyat eshiklarini ochgan. Uzun biografiyalarda rasmiy ma‟lumotlardan tashqari shoirlarning shaxsiy hayoti, tabiati, turmush tarzi, odatlari, o„zaro munosabatlari haqidagi ma‟lumotlarni to„playdi, bu orada davrning ijtimoiy hayotiga va adabiy doiralariga oid keng izohlar beradi. Shuning uchun asar ijtimoiy bilimlarning juda ko„p sohasiga doir boy ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi. Bu xususiyatlari bilan 26
“Mashoir ush-shuaro” tazkirachilik tariximizning yagona namunasidir. Tazkiraning tili Latifiydan ko„ra jiddiyroq, og„irroq, murakkabroq va saj‟lar bilan to„la bo„lgani holda uslubi ravondir. Chalabiy shoirlarning portret tasvirlarini jonli chiqarishga mohirdir. Asarning 29 qo„lyozma nusxasi bor. 19
Muqaddimada tazkiranavis
“Zaboni turkiyning dostonsaroyi, Fasohat bulbuli, ya‟ni Navoiy”,
deya Navoiydan so„z ochadi. Va davomida “... Oxir umrinda Sulton Boyazidga Navoiy o„ttiz uch g„azal yubormishki, birisi ushbu g„azaldur, matl‟asi quyidagichadir:
Matl‟ai Navoiy Ul pari paykarki hayron bo„lmish ins-u jon anga, Jumla olam manga hayron-u men hayron anga.
Sulton Boyazid II bu g„azalni Ahmad Poshoga yuborib, unga nazira bitishni buyurdi. Professor H.Boltaboyev bu haqda to„xtalib o„tgan: yuqoridagi faktga asoslanib, dastlab shoir Nomiq Kamol, keyin Fuod Ko„prulu, Ogoh Sirri Lavand, Kamol Eraslon kabi turk; Gibb, Broun, Kleynmixel, Gorbuzova kabi g„arb olimlari; Naim Karimov, Z. Nagiyeva, Olmos Ulviy, R. Ro„zmonova kabi o„zbek va ozar olimlari maqola va tadqiqotlarida bu fikrlar dunyo bo„ylab ilmiy “sayohat” qilgan, bu samarali ta‟sir natijalari atroflicha o„rganilgan. Lekin Oshiq Chalabiy tazkirada o„rni bilan Navoiy g„azalining “yaxshiligi”, unga nazira yozgan shoir maqta‟si mahorat bobida Navoiydan ancha quyiroq ekanini ham qayd etgan. 20
19 Мустафо Э. Тазкирадан биографияга. Монография. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2012. – Б.172. 20 Болтабоев Ҳ. Туркий тазкираларда Алишер Навоий сиймоси / Жаҳон адабиёти, 2013. №2. –Б.158. 27
Mana o„sha maqta‟ So„zda ushshoqi muhayyir ayladursun Ahmado, Bo„yla go„yo o„lmag„a kuyin kerak bo„ston anga.
Oshiq Chalabiyning “Mashoir ush-shuaro” asari Navoiy ijodiga keng va atroflicha munosabat bildirgani bilan ajralib turadi. Oshiq Chalabiyning ifodalaridan, “Mashoir ush-shuaro”dan avval qalamga olingan Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Navoiyning “Majolis un-nafois”, Sahiy Beyning “Hasht Behisht” va Latifiyning “Tazkira-t-ush-shuaro”sidan foydalangani ma‟lum bo„lmoqda. Biroq muallif qaysi tazkiradan qay miqdorda foydalanganini qayd etmaydi. Tazkiraning muqaddimasida "Bahoriston" va “Majolis un-nafois” haqida juda iliq fikrlarni bayon etadi. “Bu shuaroning malikul kalomi bazmi balog„aun rindi do„stkomi oshomi, ya‟ni Mulla Jomiy she‟r vasfinda “Bahoriston”inda, ki bahoriston-olam anga nisbat xoristondur (tikanzordir), Shuaroyi Fors haqqinda mir-u zodagoni Xurosondan Amir Davlatshohi marhumning mustaqil kitobidur. Tablgironi ma‟rifatun do„stkomi oshomi Mulla Jomiy “Bahoriston”ida bular yodina maxsus etgani bir bobiki, ul ne‟mal ma‟ab va bu ne‟mal-bob va inda valliyul-bob soir kitoblar qusur bular lubobdur. Ja‟m etdugi “Majolis-un-nafois”ki, hajlai nozi kavoibi aro‟isdur” 21 .
Tazkirada “Ajam vasfinda” bir bayt keladi:
Ruyash chu musxafest u az u husni oyotiy, Husni xatesh chu nuqta nadorad nihoyati. (Tarjimasi: Yuzi Mushaf kabir ekani oyatining go„zalligidandir. Xatti go„zalligining nuqta kabi nihoyasi yo„qdir) ushbu bayt keltirilib, asridan so„nggi asrga kelguncha shuaroga hikmatomuz ta‟sir etganini ko„rsatib o„tadi”.) 22
21 Oshiq Chalabiy “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011, - Б.421. 22 Oshiq Chalabiy “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.143. 28
Tazkiraning hajmi katta: 3 jilddan iborat. Biz Alisher Navoiy nomi keltirilgan o„rinlargagina to„xtalamiz. “Oyoti aning sha‟ninda bir oyotdur va Navoiy asrindan so„ngra o„z asriga kelgungacha bo„lgan shuaroni hikmatomuzi guruhi udaboyi ittibo va ashrofi alibbo ya‟ni hukamoning guzini Hakim Shoh Muhammadi Qazviniy “Majolis un- nafois”ga tazyil etdugi risolayi behamtodur, “Majolisun-nafois” go„yo bir bayt va ul risola (risolayi akobir) anga bir mustazodi zebodur. Chunki har birina nazar o„lunub nasbi ayn o„lindi va har biri berayb-u rayn va beayb-u mayn bo„lindi.” 23
Tazkirada muallif o„z zamonasining 425 shoiri ijodiga keng to„xtalib o„tgan. Shunday shoirlardan biri Subhiydir. Subhiyga berilgan ta‟rif bilan tanishamiz: “Har vaqtki dili bahra g„amu-g„ussada g„arqobu girdob bo„lur. Kayfiyati asrori xizr erishurdi va g„ubori summi samandi hamrung ko„rligina ko„r ko„zina kuhli jilo kabi diydayi benishumo balki ayni orariynishumo girushur derdi. Ul bahona ila nafoiysi atimaya moyil edi va aksari mehmonlari arbobi fazoilu afozil edi va o„zi ham xayla oqil edi. Ammo shuaroda faqat najotiga qoyil edi. Faqir ibtido muloqotimda Navoiyning bu matlaina nazira dedim deya iftixoru ibtixoj ila o„qudug„i matla budir.
Matlayi Navoiy: Lojavardi qoshing uzra zar varaq tobonmidur, Zarfashon denglar yuzida anjumani raxshonmidur.
Nazirayi Subhiy: Qoshing uzra zar varaq oyo mahitobonmidur, Zarfashon denglar yuzingda anjumani raxshonmidur.
Bu matla‟ni dag„i iftixor ila o„qidi:
23 O‘sha asar, - Б.245. 29
So„zi siynam evar zaxmim dixon o„lmish durur, Ul duhona qonlu paykonung zabon o„lmish durur.” 24
Rusuhiy degan shoir haqida gap boradi va uning ta‟rifida ham Hazrat Alisher Navoiy nomi tilga olinadi:
Kim o„lub majmara gardoni Attor, O„lubdur sham‟i majlisi Qosim Anvor. Gulistoninda bulbuldir Xo„jandiy, U bog„ning Sa‟di bo„ldi nahl-bandi. Horiminda edar javlon Tusiy, Kezar Firdavsi shon tovusi qudsiy. Jahonni tutdi durri shohvori, Magar Hofiz durur ganjinadori. Niholi bog„ining sarvi ravoni, Riyoziy o„lmish anung bog„boni. Kamoli Isirahoniy xoki poyi, Bo„lub bazl etdi dahra to„tiyoyi. Chu davlatxohidur anung Sanoyi, Edar Divoniy al(qo„l)ochib duoyi. Topib bazminda anung aysh Boqiy, Bo„lubdur majlisinda Jomiy soqiy. Adosi shevasin shirintar aylar, Navoiy paltajik mahbuba mengzar 25 . Shoh Mahammad ul-Qazviniy at-Tabib haqida so„z yuritilganda Hazrat Alisher Navoiydan so„ng yashagan ijodkorlar haqida ma‟lumot berganligi yoritiladi: “Ajamiydur. Qazviniydur. Qazviniylar ki diyori Ajamning Rumning
24 Oshiq Chalabiy “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.1280. 25 O‘sha asar, - Б.1358. 30
Safarixsori manzilasinda bo„lib, xalqi nosik ila naqsh-u gul oyinudur. Shoh Mahammad onlardan degul (emas), hamshaharlarining g„oyat zarifi va gulkor-u ranginidur. ...Shoir ma‟rifatda badi‟ul-badil va umuman avorifda adimul-odil, tafsirdanu hadisdan va necha fanni nafisdan muallafati o„ldug„indan g„ayri Navoiy zamonindan so„ngra gelan (kelgan) shuaroni va Rumda va Ajamda bo„lgan fusahoni tazkira aylab inshoyi ajib va uslubi g„aribla jam edub “Majolisun- nafois”g„a tazyil ayladi, itfohi podshoh edub unvoni qabuli saodat-nishonla ul kitobni noqisi takmil ayladi. Haqqa ki inshoyi nag„z va halvoyi lavzina kibi abyoti shirinla (shirin baytlar bilan) purmag„zdur”. 26
Mazkur tazkirada olti tilni yaxshi bilgan Shukriy munosabatida “turkiy tilda ravon Navoiy kabi, forsiyda hamon Binoiy kabi…”, degan oshirilgan maqtovlar ham uchraydi. “Viloyati Qurdistondan edi... Sulton Sulaymoni marhum-la Belgrad va Rados safarinda ham bo„lib, qasida dag„i berib qizilbosh safarina tahriz aylamishdur, safo surmay oxiratg„a intiqol etmishdur. Arzi hol so„radiki, sulton Salimg„a bermishdur, budur:
Tingla ey shohbozi sidraneshin, Bu so„zimni ki charx etar taxsin. Banda shukri ki hozir ma‟zulam, Podshohi kamina bir qulam... Turki sher derman ravon Navoiy kabi, Forsiyda hamon Banoiy kabi.” 27
Bundan tashqari Shiriy ta‟rifini o„qir ekanmiz, uni “Alisher Navoiy kotibi” darajasida ulug„laydi. “Sulton Boyazid – u Sulton Salim davrida vaziri a‟zam bo„lgan. Harsak o„g„li Ahmad podshohning o„g„li Ali Begdir. Bu matla‟ hasbi holi uldug„i jihatdan aksari zamonda o„qurdi.
26 Oshiq Chalabiy “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.1326. 27 O‘sha asar, - Б.1430-1431. 31
Matla‟: Nafis jismumi do„ndurdi oh-u zor naya, Go„rung bani naya do„ndardi ro„zg„or, naya.
She‟rda dag„i beshayi (peshayi) balog„atning narra-she‟ri, diyori korzori fasohatning Ardasheri, dasti vazorati nazmu nashrning Mir Alisheri, madh-u qadh ila shuaroning naziri bashiri edi. 28
tuyg„usini oshiradi. “Jon Mami demakla ma‟rufdur. Istanbullikdir. Qul o„g„lidir. Amir Buxoriy mahallasinda bo„lurdi... Haqir Burusa (Bursa)da bo„lurdim, ul asnoda Istanbulg„a keldim, ko„rdimki qandi odam joni. Bayt: Mashanidam ki ofati joni, Chun badiydam hazor chandoni (Jonning ofati ekaningni eshitar edim, Ko„rgach, ming bor ofati bo„lding.)
Va maxlasi Soniy va bu bayt sahifayi husnining unvoni: Bayt: Shanidam ki dar ofoq nay turo Soniy, Chu didamat bahaqiqat hazor chandoniy. (Ufqlarda sening sheriging yo„qligini eshitdim, Seni ko„rgach, ming bora ustun ekansan.) Beixtiyor Navoiyning ushbu baytini o„qurdimki, Matla‟: Takalluf har nechung suratda bo„lsa, (suratki bo„lg„ay) andin ortuqsan, Seni jon derlar ammo betakalluf jondin ortuqsan.
28 Oshiq Chalabiy “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.1463-1465. 32
Zotiy ta‟rifida ham Navoiy to„g„risidagi ma‟lumotlarga duch kelamiz. “Zotiyi marhum viloyati Qarosiydan qasabayi Balikesirdandir. Arbobi hirafdan muzado„z emish. ...Navoiji Naqqosh Piri Chalabiy ki kishvari fanni Farsung Forisiydur va Arab she‟rinda Abu Firos Farazdaq kabi Ajam she‟rining bu dag„i Abul- favorisidur, nuki xomasiyla ilmi inshoning ma‟raka-orosi va gulshani nazmi Navoiyning xuv bulbuli xushnavosidur.” 29
Basiriyning ijodiy faoliyatida ham Alisher Navoiy muhim o„rin tutadi. “Matoi nazmning voqifu xabiyri va fanni she‟rning noqid(z) va basiyridur. Bayt: Koinotning nek-u bad varziydasi. Ro„zg„orning gurchi borondiydasi.
Bayt: Har besha gumon mabar ki xolist, Shoyad ki palang xufta boshab. (Har o„rmoni bo„sh deb o„ylama, balki qoplon yotgandir (uxlagandir)). Tazkiradan yana quyidagi qismlarni oldikki, unda Alisher Navoiy ijodiga yuksak baho berilgan. “Mazmuni xasbi holi edi. Shuaro ichida bir bek bo„lib, vujudi koshonayi zaraftung naqshi bemisoli edi. Navoiyi marhumning “Majolis un- nafois” inda mazkur o„lan (bo„lgan) shuarodan va poytaxti mulki Xuroson bo„lgan Hirotda Mirzo Sulton Husayn-u Navoyi-yu Jomiy-yu Banoyi (Binoyi) va ul asning akobiri xizmatatina erishmish Zufarodan erdi. Rumga Sulton Boyazidi marhumg„a Navoiy va Jomiyning kitob-u g„azallari va siporishnomalariyla kelmishdur...” 30
Hamdulilloh ki erdi fasli bahor, Bo„ldi xush e‟tidol laylu nahor.
29 Oshiq Chalabiy “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.1573, 1576. 30 O‘sha asar, - Б.1483-1484 33
Davri adl-u himoyatingda bu dam, Amn-u osoyish uzradur olam... Majlisi ishqa kelsa mastona, Suna Jomiyg„a Shavqiy paymona. Yetsa bir nazm ila taronayi xos, Yeda(r) xoki Navoiyni raqqos. 31
Valahu
Zulfi yori vasf etib Qildi muattar olami, (olamni) Ko„rsa ayturdi Navoiy Kotibi attor emish. 32
Niyoziy haqida shunday o„qiymiz: “Marhum Hofizi Ajam o„g„li Muhammad Shoh Chalabiydur... aksar Navoiy ash‟orin tatabbu etardi. Bu matla‟i matbu‟i aningdur: Matla:
Ishqing havosin aylagali murg„i jon havas, Jismum mushabbak o„ldi do„qindi anga qafas.” 33
Yoki quyidagi parchaga e‟tibor bersak, shoirning she‟rlari Navoiy she‟rlariga o„xshatilyapti: “SifoliyYahyo Posho o„g„li Muhammad Posho o„g„li Arslon Poshodur- Beklikdin va gadolikdin bahramanddur... ... Bazmi korzarda mayi gulrang kibi xuni dushmandan do„stkomiylar tanavvul etardi. Afranju Pech sardorlarining boshlarin sifolda bitmish Farang olmosi kibi korab olmosi ila kesib mazalanub tanaqqul etardi. Bu jumla ila she‟rda dag„i Mir Alisher edi va sifoli davotinda tikdugi shohnomayi xushkdan ma‟no
31 Oshiq Chalabiy “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.1420-421 . 32 O‘sha asar, - Б.698. 33 O‘sha asar, - Б.926-927. 34
gullari va xayol qaronfillari (boychechaklari)ndan g„unchalar dambasta va sunbullar dilgir edi.” 34
“Sulton Muhammadga vaziri a‟zam bo„lgan Mahmud Poshodurki, marhumning vazoratda qadru rif‟ati va podshohg„a qurbi manzilati mutavotirdur... ... Agarchi marhumning ash‟ori nafis va adosi salisdur, ammo inshosi she‟rdin a‟lo va kinoyat-u isti‟orot va latoif-u nuqoti mabodiy-yu maboniysi (ma‟oniysi) puxta va ustodondir. Xususan Navoiy ila muqotabati bebahonadur.” 35
Tazkirada shu bilan birga Navoiyning Adniy taxallusli Valiy Mahmud Posho (vafoti 1474) bilan maktub yozishgani to„g„risida fikr bildirilgan. Bundan ko„rinadiki, Navoiyning Rum eli bilan bog„lanishi birgina yuqoridagi 33 g„azal bilan cheklanmaydi. Agar Valiy Mahmud Poshoning 1474-yilda vafot etgani e‟tiborga olinsa, 1481-yilda taxtga chiqqan Boyazid II ga Navoiyning 33 g„azali yetib bormay turib, bundan taxminan o„n yillar chamasi avval, ya‟ni ulug„ shoir 22-25 yoshlarida rumlik shoirlar bilan maktublar yozishgan. Demak, Navoiy 25 yoshlarida Rum eli e‟tiborini tortadi. Oshiq Chalabiy Navoiy g„azallarini Rumga Basiriy keltirganiga urg„u beradi: “Navoiyi marhumning “Majolis un-nafois” inda mazkur bo„lgan shuarodan va poytaxti mulki Xuroson bo„lgan Hirotda Mirzo Sulton Husayn-u Navoiy-u Jomiy-u Binoiy va ul kasning akobiri xizmatiga erishgan zufarolardan edi. Rumga Sulton Boyazidi marhumga Navoiy va Jomiyning kitob-u g„azallari va siporishlariy-la kelmishdir” (420-421-betlar). Hirotga yuqoridagi ulug„lar xizmatida bo„lgan hirotlik shoir Basiriyning kelishi aniqlashdi, biroq u nimagadir vazifani ado etgach, qaytib ketmasdan bir umrga Rum elida qolib ketadi. U Hazrat Alisher Navoiy asarlarining targ„iboti bilan mashg„ul bo„lib, ijodining boshqa o„lkalarga yoyilishiga sabab bo„ladi. Xullas, Navoiy va Jomiy asarlarini Rum eli va uning sultoni Boyazid II ga Basiriy taxallusli shoir yetkazgan va umrining oxiriga qadar Onado„lida yashab qolib, Navoiy asarlari targ„iboti bilan mashg„ul bo„lgan. Navoiyning maktubotlari orasida Basiriy taxallusli shoirga muammo bitgani
34 Oshiq Chalabiy “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.993-994. 35 O‘sha asar, - Б.999. 35
manbalarda qayd etilgan. Mutribiyning xabar berishiga qaraganda, uning ona tomondan bobosi Basiriy taxallusli shoir bo„lgan. Bu ikki Basiriy bir kishi bo„lib chiqishi mumkin, biroq buni tasdiqlovchi hujjat qo„limizda yo„q. Alisher Navoiyning Onado„liga yuborilgan devoni “Navodir un-nihoya” bo„lib, unda 33 g„azalni Sulton Boyazid ma‟qul ko„rib, zamonasining shoiri a‟losi Ahmad Poshoga nazira yozishni buyurgan. Ahmad Posho va o„nlab shoirlar Navoiy ijodining ta‟sirida bo„lganlar. Navoiy davlat idoralarida faoliyatda bo„lgan vaqti Sulton Boyazid II ga bir necha maktublar yozgan (Turk tazkiralariga ko„ra, ular 10 dan ortiq). Biroq bu maktublarning matni hali aniqlanmagan, ularni topib, ilmiy muomalaga kiritish navoiyshunoslik zimmasidagi vazifalardan biri. Xullas, “Mashoir ush-shuaro” tazkirasi XVI asrda yaratilgan va unda muallif Oshiq Chalabiy Navoiy ijodiga keng va atroflicha munosabat bildirgan. Ya‟ni tazkirada Subhiy, Shoh Mahammad ul-Qazviniy at-Tabib, Zotiy, Soniy, Marhum Hofizi Ajam o„g„li Muhammad Shoh Chalabiydur, Shukriy, Shiriy Sifoliy,Yahyo Posho o„g„li Muhammad Posho o„g„li Arslon Posho haqida so„z yuritilganda Alisher Navoiy nomi tilga olinadi, muqoyasa qilinadi. Alisher Navoiy she‟rlari yuksaklikning eng cho„qqisida. Oshiq Chalabiyning “Mashoir ush-shuaro” tazkirasida zikr etilgan shoirlarga shu cho„qqiga nisbatan baho berildi.
,
36
II bob. XVII-XX asrlarda yaratilgan tazkiralarda Alisher Navoiy ijodiga munosabat masalasi
2.1. Sodiq Kitobdor Afshar va uning “Majma‟ ul-xavos” tazkirasida Alisher Navoiyga izdoshlik
Tazkiralar Alisher Navoiyning ma‟naviyat xazinasini boyituvchi manbalardan biri. XVI asrdan boshlab ko‟plab tazkirachilar Navoiy nafasini his etgan holda tazkiralar yaratdilar. Shular jumlasiga Sodiqbek Sodiqiyning “Tazkirai majma‟ ul-xavos”, Som Mirzoning “Tuhfai Somiy”, Lutfalibekning “Otashkadayi Ozar” asarlarini kiritamiz. “Tazkirai majma‟ ul-xavos” tazkirasining muallifi: Sodiq, Sodiqiy, Avshar (elat nomi), Kitobdor (kasbiga ko„ra) – nisbalari. Demak, muallifning ismi – Sodiqbek, taxallusi – Sodiqiy, mansab bo„yicha laqabi – Kitobdor. U Shoh Abbos davrida kitobdorlik mansabiga ko„tariladi. Bu davrda kitobdor mansabidagi kishi san‟at xodimlariga rahbar, ustoz deb hisoblanardi. Shom (Suriya)dan Tabriz shahriga kelib o„rnashgan. Mavlono Ali Naqqosh, Behzodning shogirdi Muzaffar Ali bilan birga ishlab, zamonasining mashhur rassomlaridan biri bo„lgan. Qalandarlar safida Qazvin, Isfahon, Yazd, Gilon, Lohijon, Astrobod, Hamadon, Bog„dod, Nasaf va Karbalo shaharlariga sayohat qilgan. Shoh Ismoil II, Shoh Abbos I davrida devon kutubxonasining mudiri bo„lgan. Sodiqiy o„zbek, ozarbayjon va turk tillarida bitgan asarlari asosida kulliyot to„plangan.
“Majma‟ ul-xavos” (“Xoslar majmuasi”) – Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Avshar (1532-1613) asari 1602-yilda yaratilgan. Muallif asli ozarbayjonlik bo‟lsa-da, asari o„zbekcha yozilgan. Bunda Navoiyning tazkirachilik an‟analari yaqqol ifodalangan. “Xavos” so‟zi “xos”ning ko‟plik shakli bo‟lib, “kiborlar yig‟ini, to‟planishi” demakdir. Bu “nafislar majlis”iga ma‟no jihatdan yaqin. 36
o„tgan 333 ta shoirning ijodi haqida ma‟lumot beriladi. Sodiqiyning Navoiyga
36 Шайхзода М. Тазкирачилик тарихидан. Асарлар. 4-том. – Т.: 1972. –Б.312. 37
bo‟lgan chin muhabbati va ixlosmandligi tufayli tazkira o‟zbek tilida yozilgan va Navoiyga taqlidan 8 bobdan iborat qilib tuzilgan:
Avvalgi majma‟. Zamon podshohlari haqqinda. 2-majma‟. Shahzoda shoirlar. 3-majma‟. Saltanat ustuni bo„lgan turk haqqinda. 4-majma‟. Saltanat ustuni bo„lgan eronlilar haqqinda. 5-majma‟. Saltanat ustunlari bo„lgan turk va eroniylarning buyuk avlodlari haqqinda. 6-majma‟. Payg„ambarlar naslidan chiqqan shoirlar zikri. 7-majma‟: Atrok xushtab‟lari zikridakim, quvvati iste‟dod bila turkiy va forsiy va arabiy kalomiga qodir bo„lib, Arab va Ajamda latofati tab‟ va nazokati zehn birla shuhrat qabulin topibdurlar. 8-majma‟. Ajamning muosir fasohat va balog„at sohiblari haqqinda. XOTIMA Minal-qasida Min abbosnoma Tarix xatna jahonboni so„fiy mirzo
Muallif o„zigacha tazkira yozgan 4 ijodkor Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy va Som Mirzo asarlarining zayli (ilovasi, davomi) sifatida tilga olinadi. Asarning nisbatan qadimgi qo„lyozmasi 1607/08 yillarga oiddir. Muallif tazkiraning tegishli qismini shoirning nomi bilan boshlab, so„ngra oilasi va tug„ilgan joyi, kasbi haqida so„z yuritadi. Shoirlik darajasi va asarlaridan namunalar beradi, ayrim shoirlar haqida latifanamo naqllar keltiradi. Shoirlar ijodidan 59, 74, hatto 99 bayt keltirgan o„rinlar ham bor. Shoirlar geografiyasi O„rta Osiyo, Xuroson, Onado„li, Iroq, Ozarbayjon o„lkalarini o„z ichiga oladi. Tazkira, asosan, turkigo„y shoirlarni qalamga olishi bilan xarakterlidir. Xotimada muallif o„z ijodidan namunalar keltirgan.
38
Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Avsharning quyidagi asarlari bor: “Zubdatu-l-kalom” (“So„zlar qaymog„i”) – podshohi islomning madhida yozilgan maqtovlar, na‟tlar, manqabalarga oid qasidalar to„plami. “Fotihnomai Abbos Nomdor” masnaviysi – mutoqorib bahrida yozilgan doston. “Majma‟ ul-xavos” (“Xoslar majmuasi”) tazkirasi, “Sharhi hol” – Nizomiyning “Maxzan ul-asror”i va Sa‟diyning “Bo„ston”i tarzida yozilgan hikoyalar to„plami. “Sa‟d va Said” – Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostoni vaznida yozilgan masnaviy. “Devon g„azaliyoti forsiy va turkiy”, “Manzumai qonun us-suvari naqqoshiy” (“Rassomlik qonunlari manzumasi”), “Munshaot va Mukotibat” to„plami – ozarbayjon va forscha yozilgan xatlar majmuasi. “Tazkirat ush-shuaro” (Ruboiy va muammo yozgan shoirlar) tazkirasi, “Hazziyot” risolasi har qanday hissiy halovat haqida. “Majma‟ ul-xavos” (“Xoslar majmuasi”) tazkirasi quyidagi ruboiylar bilan boshlanadi:
“Yo Rab, sadafi tab‟imni gavharzo qil, Xurshidi kalomimni jahonaro qil.
Ko„nglimni durri shukring ila daryo qil, Ya‟ni tilimni hamding ila go„yo qil.
Vey qulzumi lutfing jahon qatra misol.
Aytdung vasfi tab‟imi chun durji xayol, Qil gavhar naqlin ani molomol.
Ey tang qoshida arsayi charxi vase‟, 39
Vey past rahing-la poyai uqul rafe‟.
Yo Rab, na qilobizga bu af‟oli shane‟, Gar qilmasen oli va avlodi shafe‟. 37
Asar muqaddimasida Navoiy nomi yilga olingan. “Hamdu siposi beqiyos sendek ma‟budi vojib ul-vujudg„akim, so„z tazkirasiga til qalamin joriy edup va tazkira so„zig„a qalam itilin qori qilib odamning yaxshi oti debochasin naqshi qudrating “Laqad xalaqal insana fi ahsanul taqvim” lavhasi uzra muzannab edup insoni komilning to„qri zoti fehrestin “Sadaq al-lohil azim va sadaqa rasulu-l- karim” vas‟i jadvali birla muzayyib etdi, nechukkim, insonni hayvondin ta‟rifoti rabboniylig„ing “Va lakad karramno bani odama...” navozishi bila imtiyoz berdi. Oqili johildin tahkumoti subhoniylig„ing “Xalaqal insona min tafovut” kushoyishi birla mustasno qildi. So„z payg„ambari, balki payg„ambar so„zi noseh adiyoni ulum bo„lmog„ig„a yigirma to„qquz harfing taqdim va ta‟xir, madxul va maxruj bo„lmog„i bila buncha katab va rasoil nashuraki, ibtidoi fitratin xilqatidek fozillar va olimlar tilidan aytulup va oytilojoqtur. Bir safg„a yo„qkim, muvofiq tushmaptur va tushmas. Karomat qildug„ing mo„„jiza kofiydur va buncha tasnif va davovinkim, og„ozi intizomdin anjom ixtitomg„acha shuaroi asr va nizomi dahr qalamidin tilib va tilanajoqdur. Bir g„azal, balki bir bayt mutobiq bo„lmabdur va bo„lmas shift etdukung katomat shofidur. Agarchi rost bozor so„z kolosining nafislig„i cho„pdur valanzam mato‟ining xaridori cho„qdur. Hazrat Sayyid valadi Odam Muhammad salallohi alayhi ola so„z marotibi bayonida aytupdurlarkim, “Inna mina-sh-she‟r lilhikmata va inna manal bayon lilsehr”. Bu taqdir ila arbobi nazm va ashobi she‟r so„z borgohida sadrnishin va takallum xonaqohida xilqatguzin erurlar. Lihaza xo„b, a‟lomliq farsi nuktapardozlari va marg„ub kalomliq turk suxansozlari bu jamoat parishonlig„i jam‟iati ichun va bu toifa jam‟iyati parishonlig„i ichun shoyista majlislar va boista mahfillar orosta va pirosta qilupdurlar. Avvalo, shayxulislomi nuran Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”ining bir ravzasidur. Va yana Amiri kabir Alisherning “Majolis un-
37 Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) Majma’ ul-xavos. Baku, 2010, -B.4-5. 40
nafosi”idur. Va yana “Tazkirai Davlatshoh”dur. Va yana shahzodai olam va olamiyonning “Tuhfai Somiy”sidur. Bu silsilai sarhalfa intizomi bir-biridin uzulmasun deyu va bu tazkiralar sarrishtasi buzulmasun deyu:
Mashaqqat mulkining bexson damoni,
Malomat daftarining nuktadoni.
Muhabbat go„shasining xok rubi,
Muvaddat majlisining poy ko„bi.
Haqorat dashtining za‟if giyohi,
Irodat dargahining xok rohi.
Vafo sarrishtasining poybandi,
Davosiz dardi ishqning dardmandi.
Malolat uqbosining go„shagiri,
Gadolig„ ostonining faqiri.
Tajarrud keshvarining komroni,
Tafarrud majlisining qissaxoni.
Balo hangomasining peshdasti,
Fano xumxonasining mayparasti.
Aqali ibod, jumhuri muqayyiri bebizoat, xoksori Sodiqiy Kitobdor bu zamonning xushtab‟ shirinkalomlari va
bu davronning sehrsoz mo„jaznizomlarikim, bovujudi adam rioyat va kasrati maziq va ma‟oshi shuaroi sobiq tatabbu‟ida xo„b aytup, yamon bormopdurlar va nizomi rost borub domgoh andishasida guzar qilolmaskim, kamandi tasavvurig„a band bo„lg„ay va tuhmatin nukot arsa tafakkurig„a qadam qo„ymaskim, sarpanjai qudrat darrokasig„a asir bo„lmag„ay va agar muborak xotirig„a gohi xutur qalsakim, nazm sori ham mutavajjih bo„lmoq kerak.
Bu yonglig„ she‟r ayturkim, nazm: 41
Zig„amat chiniki xoram zikason kanor doram,
Manu bekasu xori bekasi che kor doram. Magzor digar badilam zisari garoni,
Ki basiyna kuhi hasrat man burdi bor doram. Maksho zabon bapursishi, begzor to bemiram,
Ki javri behadi tu gilai beshumor doram. 38
Sodiqiy “Susaniybek” fiqrasida shunday yozadi: ”…turkmandur. Avoilda shohi jannatmakonning muazzam qo‟rchisi edi… Ta‟bi Alisher Navoiy she‟riga ko‟p sarrostdur.” Susaniybekning bayti:
Shohlar tutmas gado ilkin fano bozorida, Kelki, ul bozorakim, tuyg‟ay gadolar shoh elin.
Susaniybek o‟zi turkman bo‟lgani holda Navoiyga muxlis bo‟lib, o‟zbek tilida she‟rlar yozishi diqqatga sazovor. Sodiqiy o„z kitobining oxirida Ayyub nomli bir kishi haqida ma‟lumot beradi. Ayyub Abulbaraka degan bir kishining o„g„li bo„lganligini va ul kishini Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da yomon sifatlar bilan tavsif etganini eslatib o„tadi. “Ayyub – xurosonlig„dur. Abulbaraka o„g„lidurkim, Amiri kabir Alisher “Majolis un-nafois”da ta‟rif qilubdurkim, ulcha badzot va bemulohaza erdikim, Xuroson ahli ilkidin firor qilub ovora bo„ldilar. Bu baytni aning ichun aytubdurlarkim:
Dev shaytonsifat Abulbaraka, Bod joyat bahaftmin daraka.
38 Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) Majma’ ul-xavos. Baku, 2010, -B.76. 42
Va illo o„g„li aning xilofig„a majlisovor va mazhak kishi erdi. Ustodimiz Mir San‟o alayhirrahma bila ko„b musohib ermishlar. Bu abyot ul azizningdurkim:
Hadisi mazhab az bo mashrab chi mayparase, Zi harfi mashrab az mazhab chi mayparase.
Az g„amzai nekash tig„ chi tarse zi qiyomat, Moro burhon az xud va xudro az malomat.
So„z pinhon maro dog„i dili man donad, Holat so„xta taro so„xta xar man donad.
Az davlat xayoli tu dusham visol bud, Onku maro rasonad bavaslat xayol bud”. 39
Xullas, Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Avsharning “Majma‟ ul-xavos” tazkirasida Navoiyning tazkirachilik an‟analari yaqqol ifodalangan. “Xavos” so‟zi “xos”ning ko‟plik shakli bo‟lib, “kiborlar yig‟ini, to‟planishi” demakdir. Bu “nafislar majlis”iga ma‟no jihatdan yaqin. Sodiqiyning Alisher Navoiyga bo„lgan chin muhabbati va ixlosmandligi tufayli tazkira o„zbek tilida yozilgan. Sodiqiy o„z kitobini Navoiyga taqlidan 8 majma‟(bob)dan iborat qilib tuzgan.
Download 478.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling