Bitiruv malakaviy


Bitiruv  malakaviy  ishining  manbai


Download 478.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana26.11.2021
Hajmi478.81 Kb.
#177781
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
turkiy tazkiralarda alisher navoiy siymosi

Bitiruv  malakaviy  ishining  manbai.  Oshiq  Chalabiy  “Mashoir  ush-shuaro” 

tazkirasi 2010-yilda Istanbulda nashr etilgan. Bu nashrning o„zbekchaga tarjimasi, 

Sodiq  Kitobdor  Afsharning  “Majma‟  ul-xavos”  tazkirasi  va  Po„latjon 

Qayumiyning  “Tazkirayi  Qayumiy”  asari  bitiruv  malakaviy  ishining  manbai 

sifatida olindi. 

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki 

bob,  xulosa  hamda  foydalanilgan  adabiyotlar  ro„yxatidan  iborat.  Har  bir  bob 

fasllarga bo„linadi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

I bob.  XV-XVI asr tazkiralarida Alisher Navoiy hayoti va ijodining yoritilishi. 



 

Alisher Navoiy zamoniga yaqin davrda yaratilgan tazkiralarda Navoiy ijodi haqida 

ma‟lumotlar keltirilishi 

 

Tazkira  arabcha  “zikr”  ildizidan  tarqalgan  bir  so„zdir.  Zikr  –  qayd  etmoq, 



eslamoq, xotirlamoq, so„zini keltirmoq, tushunchalarida kelishiga ko„ra, tazkira  – 

xotirlamoqqa vasila (bog„lovchi, vosita, sabab) ma‟nosida keladi. Bu keng lug„aviy 

ma‟noga asoslangan kalima  turli ma‟nolarda qo„llaniladi: bir narsani eslash yoki 

bir  xabarni  bildirish  uchun  bitilgan  qisqa  qayd;  har  qanday  yoki  qandaydir  bir 

ishga izn berilganini bildirish uchun hukumatdan berilgan yoki olingan ruxsatnoma 

(xat,  order),  askarning  xizmatdan  ozod  etilgani  yoki  bo„shagani  haqidagi  hujjat, 

ayni  shahardagi  rasmiy  doiralar  orasidagi  yozishmalar  bularning  asosiylaridir.

4

 



Alohida  bu  kalimalardan  yasalgan  tazkirayi  avval,  tazkirayi  soniy,  tazkirayi 

xususiya,  tazkirayi  ma‟ruza,  tazkirayi  usmoniya,  tazkirayi  somiya  kabi  madaniy 

tariximiz  mulki  bo„lgan  so„z  birikmalari  ham  bor.  Bugun  kalimaning  qo„llanish 

doirasi toraygan va ko„proq nufuz tazkirasi, tarxis tazkirasi kabi rasmiy hujjat nomi 

bilan tazkira olmoq, tazkira keltirmoq, tazkirasini qo„liga bermoq kabi ifodalarda 

qolgan.  Bu  so„z  ma‟no  va  istilohiy  tushunchalaridan  tashqari  tazkira  adabiyot 

terminologiyasi 

(adabiy 


istiloh) 

sifatida  qo„llanish  doirasi  kengroqdir. 

Adabiyotshunoslik  lug„atlariga  yuzlansak,  Sharq  mumtoz  adabiyotida  keng 

tarqalgan  adabiy-tanqidiy  janr  –  tazkiraga  quyidagicha  ta‟rif  berilgan: 

“Tazkiralarda  shoirlarning  hayoti  va  ijodi  haqidagi  muxtasar  ma‟lumotlar  zikr 

etilib,  ularning  asarlaridan  namunalar  keltiriladi  va  umumiy  baho  beriladi. 

Tazkiralarda  ijodkorlar  haqidagi  ma‟lumotlar  berish  bilangina  cheklanib 

qolinmasdan,  she‟riyat  va  uning  nazariy  masalalari  bilan  bog„liq  e‟tiborga  loyiq 

fikr-mulohazalar, ma‟lum bir davr adabiy hayoti haqidagi muhim ma‟lumotlar ham 

o„rin oladi. Adabiyot tarixida shoirlargina emas, balki olimlar, avliyolar haqidagi 

tazkiralar  ham  yaratilgan.  Tazkira  yozish  an‟anasi  dastlab  arab  va  fors 

                                                           

4

 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.27. 




 

adabiyotlarida, keyinroq turkiy adabiyotda ham keng ommalashgan”



5

. Bu ma‟noda 

tazkirachi  ma‟lum  bir  maslakda  tanilgan  kishilarning,  masalan,  avliyo,  xattot, 

me‟mor, musiqa ustalarining hatto gul yetishtiruvchi mohir bog„bonning hayoti va 

san‟ati,  hunari  haqida  so„z  yuritishi  mumkin.  Ammo  tazkira  so„zi  eng  keng 

ma‟noda  qo„llanish  sohasini  shoirlar  hayoti  bilan  she‟rlaridan  so„zlangan 

kitoblarda topgan.  Shundayki, bu kitoblarning ba‟zilari tazkira  so„zini  maxsus  bir 

nom  sifatida  qo„llaganidek,  boshqa  bir  nom  qo„llaganlari  ham  ko„pincha  tazkira 

nomi  bilan  eslanmoqda.  Bu  asarlar  joy  yoki  maslak  nomi  bilan  zikr  etiladi. 

Tazkiralarning nomlanishi haqida Mustafo Eson alohida to„xtalib o„tgan. “Shoirlar  

hayoti  va  ijodidan  so„z  yuritganlariga  “Tazkirayi  shuaro”  yoki  “Tazkiratu-sh-

shuaro”,  eranlardan hikoya  qiluvchilariga  “Tazkiratu-l-avliyo”,  xattotlar tarjimayi 

holidan so„z yuritganlariga esa “Tazkiratu-l-xattotin” (ba‟zan “Tazkiratu-l-dabir”) 

deyiladi.”

6

 

Tazkirachilik  an‟anasi  Islom  madaniyatiga  xos  bir  voqea.  Ildizi 



musulmonlarning  ilk  davrlarida  boshlangan  tafsir  va  hadisga  aloqador  faoliyatga 

borib taqaladi. Arablar tabaqot otini bergan faoliyatlari eronliklar va turklar orasida 

rivojlandi  va  tazkira  nomini  oldi.  So„zning  bu  nom  bilan  tarqalib,  muvaffaqiyat 

qozonishida  XII  asrda  yashagan  mashhur  eronlik  shoir  va  mutafakkir  Farididdin 

Attorning  “Tazkiratu-l-avliyo”  degan  asarining  islom  olamidagi  obro„yi  katta  rol 

o„ynadi.  

O„zbek adabiyotida Alisher Navoiy bilan boshlangan tazkirachilik an‟anasi 

qisqa  bir  muddatdan  so„ng  usmonlilarga  o„tdi.  Usmonli  adabiyotida  mustaqil 

biografiya  kitobi  sifatida  qalamga  olingan  ilk  namuna  hazrat  Jomiyning 

“Nafohotu-l-uns”  tarjimasi  va  zaylini  o„z  ichiga  olgan  “Futuhun  mujahiyidin  fi 

tavorixi  qulubu-l-mushohidin”  (1520)  degan  asardir.  Shoirlar  tazkirasi  sifatida 

dastlabki  namuna  esa  Saxiy  Bey  va  uning  izdoshlari  ilk  davr  biografiya 

yozuvchilari  o„zlariga  Jomiyning    “Bahoriston”  (1487),  Davlatshohning  (1495) 

“Tazkiratu-sh-shuaro”si  (1487)  va  “Majolis  un-nafois”ni  namuna  qilib  olgan 

                                                           

5

 Quronov D. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshkent: Akademnashr, 2013. –B.305.   



6

 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.38. 




 

bo„lsalar-da,  XVI  asrgacha  birlashuv    va  ularning  mualliflarini  bir  maqsadga 



keltirish ehtiyoji bevaqt bir intilish (taqlid yoki nusxa ko„chirish) emas, balki bir 

zaruratga aylandi. Saxiy Beydan so„ng, xususan, Latifiy va Oshiq Chalabiy shoirlar 

biografiyasining  muvaffaqiyatli  namunalarini  berdilar.  Latifiy  bizda  bu  tur  bilan 

bog„liq ilk tazkira nomini qo„llagan muallifdir. Unga taqlidan keyinroq bu vodiyda 

ijod qilgan 13 muallif ham o„z asariga tazkira nomini berdi.  

Turk  adabiyotida  shoir  biografiyasi,  ya‟ni  tazkira  sifatidagi  36  asar  bor

7



Bularni xronologik tarzda shunday tartiblash mumkin: 



 

Tazkira muallifi   

 

 

Tazkira nomi 



 

1) Alisher Navoiy   

 

         “Majolisu-n-nafois” 



2) Saxiy Bey 

 

 



 

“Hasht behisht” 

3) Latifiy 

 

 



 

+` 


“Tazkirayi shuaro” 

4) Oshiq Chalabiy  

 

          “Mashayiru-sh-shuaro” 



5) Hasan Chalabiy  

 

         “Tazkiratu-sh-shuaro” 



6) Ahdiy  

 

 



 

 

“Gulshani shuaro” 



7) Bayoniy   

 

 



 

“Tazkirayi shuaro” 

8) Ali  

                               “Kunhu-l-axbor”ning “Tazkira” qismi 

9) Sodiqiy   

 

 



 

“Majma‟ ul-xavos” 

10) Riyoziy  

 

 



 

“Riyozu-sh-shuaro” 

11) Foiziy   

 

 



 

“Zubdatu-l-ash‟or” 

12) Rizo 

 

 



 

 

“Tazkirayi shuaro” 



13) Yumniy  

 

 



 

“Tazkirayi shuaro” 

14) Osim 

 

 



 

 

“Zayli zubdatu-l-ash‟or” 



15) Go„ftiy   

 

 



 

“Tazkiratu-sh-shuaro” 

16) Mujib   

 

 



 

“Tazkirayi shuaro” 

17) Safoiy   

 

 



 

“Tazkirayi shuaro” 

18) Solim   

 

 



 

“Tazkirayi shuaro” 

                                                           

7

 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so„z, 2012. –B.176. 




 

19) Balig„                                       “Nuhbatu-l-osor li zayli  



                                                           Zubdati-l-ash‟or” 

20) Sofvat   

                         “Nuxbatu-l-osor li favoidi-l-ash‟or” 

21) Romiz   

 

 

 



“Odobi zurafo” 

22) Silahdorzoda   

 

          “Tazkirayi shuaro” 



23) Asror Dada 

 

                    “Tazkirayi shuaroi Mavlaviyya” 



24) Akif 

 

 



 

 

“Mir‟oti she‟r” 



25) Shafqat   

 

 



          “Tazkirayi shuaro” 

26) Asad Afandi   

 

           “Bog„chai Safo anduz” 



27) Orif Hikmat   

 

           “Tazkirayi shuaro” 



28) Fotin 

 

 



 

 

  “Xatimatu-l-ash‟or” 



29) Tavfiq   

 

 



 

  “Majmuai tarojim” 

30) Mehmet Tavfiq 

 

 



  “Kafilayi shuaro” 

31) Foiq Rashod   

 

            “Majmai shuaro” 



33) Ali Amiriy 

 

 



 

  “Tazkirayi shuaroi Amid” 

34) Og„a Muhammad 

 

 



  “Riyoz ul-oshiqin” 

35) M.Kamol Inoya 

 

 

  “So„ng asr turk shoirlari” 



36) Noil Tuman   

 

 



  “Tuhfai Noiliy”

8

 



 

Tazkirachilarning  ko„pchiligi  o„zlaridan  ilgarigi  namunalarga  qarab 

sulolaga,  nasabga  mansublarini  alohida  bo„limda  tilga  oladilar.  Shoirlarning 

tug„ilgan  joyi,  ismi,  taxallusi,  izlanish  hollari,  maslak  yoki  maqomi,  asosiy 

ustozlari, hayotlaridagi muhim o„zgarishlar, vafoti, ma‟lum bo„lsa vafot etgan yili, 

qabri  qayerdaligi,  ba‟zan  shoirga  aloqador  bir  yoki  bir  necha  kulgili,  qiziqarli, 

latifanamo  voqealar,  adabiy  holi  bilan  bog„liq  fikrlar,  baholar,  asarlari  va 

asarlaridan  namunalar,  misollar  keltiriladi.  Bu  qamrov,  mundarija  Hirot 

tazkirachilaridan kirib kelgan.  

Tazkiralarning  so„ngida  xotima  nomi  berilgan  xulosaviy  bir  bo„lim  o„rin 

oladi. Bu qismda tazkirachi asarini yozayotganda duch kelgan qiyinchiliklarni tilga 

                                                           

8

 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.180. 




10 

 

oladi,  asari  muvaffaqiyatli  chiqishi  uchun  Tangriga  yolvoradi,  o„quvchidan  va 



yozganidan umidlarini, maqsadlarini tartib bilan keltiradi. 

XVI  asrdan  XX  asr  boshlariga  qadar  davom  etgan  tazkiralar  Hirot  maktabi 

tazkiralarini  o„zlariga  namuna  qilib  olishlari  bilan  birga  bir  necha  o„zgarishlarga 

ham duch keldi. Hirot tazkirachilari tasniflarni tabaqa asosida tuzar ekan, bu usulni 

Latifiy  juda  amaliy  bir  shaklga  aylantirdi  va  shoirlarni  alifbo  tartibida  joylashtira 

boshladi.  Latifiydan  so„ng  bu  zamonaviy  usul  kichik  istisnolar  bilan  turk 

tazkirachiligining tark etilmas tartib tarzi bo„lib qoldi. Aslida, bu tartib tarzi Oshiq 

Chalabiyga oid bo„lib, u o„zidan boshqa musulmon biografiya mualliflarigacha shu 

yo„lni  tutgan  bo„lsa-da,  turk  tazkirachilik  tarixida  bu  usulning  ilk  tadqiqotchisi 

(amalda  qo„llovchisi)  Latifiy  bo„ldi.  Latifiy  tartib  tarzi  bilan  birga  mumtoz 

biografiyaning  chegaralarini  belgiladi.  Oshiq  Chalabiy  va  antologiya  tipidagi 

tazkiralardan  tashqari  o„zidan  keyingi  biografiya  yozuvchilar  ham  unga 

ergashdilar. Boshqa bir maktab bo„lgan Oshiq Chalabiy tartib tarzini qo„llamasligi 

va  o„rtaga  qo„ygan  keng  biografiya  shakli  xos  qobiliyatlarga  muhtojligi  tufayli 

o„zidan keyin kuchli davomchi-izdosh topolmadi. Saxiy va Ahdiydan tashqari XVI 

asr tazkirachilari shoirlar o„zlariga xos bir sinf ekaniga, maslak va boshqa ijtimoiy 

mezonlarga qaramasdan bir butun holda ish ko„rishlari kerakligiga ishondilar. Bu 

qanoat XVIII asrgacha o„xshash bir shaklda davom etdi. Lekin bunday usul o„sha 

asrda Asror Dada va Akifni o„z doiralarini bir tazkirada to„plashlariga olib keldi. 

Shu tariqa Asror faqat malakaviy shoirlardan, Akif esa Andarunda yetishganlardan 

iborat zumra (guruh) tazkiralarini qalamga oldilar.

9

 



XVI  asr  tazkiralarining  bir  xususiyati  tilga  olingan  shoirlarning  katta  qismi 

o„z davrlaridan avval yashagan bo„lishlaridir.  XVII asr tazkirachilari esa ko„proq 

o„z  zamondoshlarini  qalamga  oladilar.  Shu  tufayli  aytganlari  ma‟lum  narsalarni 

takrorlash  ma‟nosiga  keladigan  mutadavil  (o„tuvchi,  ko„chishchi)  bo„lgani  uchun 

biografiyalar  qisqargan,  buning  aksicha  namuna  she‟rlar  ko„proq  berilganligidir. 

Riyoziy tazkirasi bu ikki asr orasida bir o„tish davri yasadi. Shaklda paydo bo„lgan 

bu  o„zgarishlar  bora-bora  antologiya  (antologik  tazkiralar)  tarzining  tug„ilishiga 

                                                           

9

 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.158. 




11 

 

sabab  bo„ldi.  Bu  tarzdagi  tazkiralarda  bir  necha  kalimalardan  iborat  biografik 



ma‟lumot  va  ko„proq  she‟rlar  o„rin  olgan.  XVIII  asrdan  boshlab  o„zidan  avvalgi 

davrlarga  bir  javob  tarzida  va  XVI  asrning  mukammal  namunalarga  intilishi 

shuning  uchundirki,  bu  XVIII  asrda  biografiyalar  XVI  asrdagi  kabi  ko„paygan, 

aksincha, namuna she‟rlarda kamayish sodir bo„lgan. Tazkiralar turfa san‟atlar va 

saj‟lar bilan ziynatlantirilib qalamga olingani uchun har biri alohida adabiy asardir. 

Lekin  bu  o„ringa  standart  tazkiralarni  qo„yib  bo„lmaydi.  Ilk  namuna  bo„lgan 

“Saxiy  tazkirasi”  uslub,  ifoda  va  atamashunoslik  jihatidan  ham  ajamiydir.  Bu 

mavzuda  “Latifiy  tazkirasi”  keyingi  davrlardagi  tazkira  yozuvchilarga  namuna 

bo„lgan.  Latifiy  asari  o„z  asrining  yozma  tili  bilan  faqat  ma‟lumot  berishga  

mo„ljallangan.  Undan  keyin  tazkira  yozgan  Hasan  Chalabiy,  Solim  va  Romizlar 

jimjimador,  balandparvoz  usulni  afzal  ko„rdilar.  Oralarida  uslubiy  farq  bo„lishiga 

qaramasdan ayni san‟at va madaniyat fikri mahsuli bo„lgani uchun bichim (shakl, 

tuzilish) va qamrov, uslub, til va terminologiya jihatidan  o„xshashdir. 

Tazkiralarda  san‟atga  qaratilgan  baholar  ko„p  jihatdan  shoirga  taalluqlidir. 

Bu  xususiyati  bilan  zamonaviy  tanqiddan  farq  qiladi.  Ammo  bu  tazkiralar  faqat 

biografik doirada qoladi degani emas; tazkiralarda, ayniqsa, berilgan namunalardan 

avval shoir san‟atiga qaratilgan muhim fikr, baho unsurlariga ham duch kelinadi: 

“Pisandu isg„oga qobil she‟r; xushoyanda nazm; rangin insho; oshiqona g„azal va 

muhoyyal  ash‟or”  kabi  barcha  tazkiralarda  uchraydigan  atama  (terminologiya, 

to„g„rirog„i, sifatlash)lar buning dalilidir. 

Saljuqlilardan  olingan  me‟moriy  an‟ana  qanday  rivojlantirilib,  mukammal 

sohaga  aylantirilgan  bo„lsa,  xuddi  shu  tarzda  shoirlar  tazkirasi  an‟anasi  ham  yuz 

yillar  ichida  mukammallik  sari  rivojlanib  bordi.  Shubhasiz,  tazkiralarda  berilgan 

ma‟lumotlar  bugungi  biografiya  talablari  darajasida  emas,  kam  va  nuqsonlidir. 

Ammo g„arb o„lkalari bilan qiyoslanganda, bu o„z davridan ancha oldinlab ketgan 

edi.  Masalan,  arab  va  fors  adabiyotining  ta‟sirida  rivojlangan  bo„lishiga 

qaramasdan  “Shoirlar  tazkirasi”  turi  eng  go„zal  va  muvaffaqiyatli  namunalarini 

turkiy tilda yaratdi.  




12 

 

Islomiy  an‟anaga  ko„ra  arab  adabiyotida  paydo  bo„lgan  bu  biografik  janr 



keyinchalik fors tilida mahsul berdi va ko„paya boshladi, xususan, bu tilning buyuk 

tamsilchisi,  ulug„  vakili  Abdurahmon  Jomiy  erishgan  fazilatlarni  turk  ziyolilari 

xush  ko„rib,  u  zotga  ergashdilar.  Tilimizda  ilk  biografiya  ishlaridan  biri  bo„lgan 

“Nafahotu-l-uns”  ul  zotning  asaridir.  Yana  bir  asari  “Bahoriston”ning,  avvalo, 

Navoiyga  va  boshqa  turkiy  shoirlar  tazkiralari  bituvchilariga  ta‟siri  juda  katta 

bo„ldi.  Fors  adabiyotida  asl  e‟tiborga  molik  namuna  Davlatshoh  Samarqandiy 

tazkirasidir (1487). O„z asrining buyuk davlat va madaniyat arbobi bo„lgan Alisher 

Navoiyga  taqdim  etilgan  bu  asar  muqaddima,  yetti  tabaqa  va  bir  xotimadan 

iboratdir. Tazkiradan hammasi bo„lib 149 shoir o„rin olgan. Davlatshoh bu shoirlar 

hayoti  haqida  so„z  yuritgach,  ijodlaridan  namunalar  ham  keltiradi.  Bu  holida 

tazkira  o„zidan  keyin  yoziladigan  fors  va  turk  tazkiralariga  mezon  bo„lib  xizmat 

qiladi  va  o„zigacha  bitilgan  shunday  namunalardan  ko„plab  biografiyalarni  o„z 

ichiga oladi. 

Turkcha  shoirlar  biografiyasini  yozish  an‟anasi  sharqiy  turkchada 

boshlangan  bo„lishiga  qaramasdan  bu  yozma  tilda  rivojini  davom  ettira  olmadi. 

Navoiydan so„ng faqat Sodiqiy ikkinchi namuna bera oldi. XVI asrda bu mavzuga 

aloqador  turkiy  asarlar  yozila  boshlandi.  Bularning  tilimizdagi  ilk  namunalari 

kutilganidek,  payg„ambarlar  qissalari  va  mutasavviflar  biografiyalari  bilan 

bog„liqdir.  Sulamiyning  asari  Ibn  Javziy,  Attor  va  Jomiy  tomonidan  fors  tilida 

davom  ettirildi.  Jomiyning  bu  mavzuga  bog„liq  “Nafaxotu-l-uns”idan  keyin 

Alisher  Navoiy  (1441-1501)  “Nasoyimu-l-muhabbat  min  shamoyili-l-futuvva” 

nomi  bilan  sharqiy  turk  tilida,  Lomiy  esa  “Nafahotu-l-uns  min  hazora-tu-l-quds” 

(1524)  nomli  g„arbiy  turk  tilida  tazkira  yaratdilar.  Aslida  bu  tajribalarni  ta‟lif 

asarlar  sifatida  qabul  qilish  mumkin.  Hazrat  Navoiy  bu  asaridan  so„ng 

“Bahoriston” va “Davlatshoh tazkirasi”dan ta‟sirlanib “Majolisu-n-nafois” (1491) 

nomli  shoirlar  tazkirasini  qalamga  oldi.  Keyinroq  arab  tilida,  so„ngra  fors  tilida 

shakllangan biografiya bilan bog„liq o„sha asarga munosabat endi turk tilida ifoda 

etila  boshlandi.  Xuddi  shu  bosqichda  hazrat  Alisher  Navoiy  boshqa  ko„plab 

tazkiralarga namuna bo„larlik asar yaratgani bilan ahamiyatlidir. 



13 

 

  



Biografiya  o„zga  sohalarda  o„zgargan  nomlarda  tazkira,  manoqib,  vafoyot, 

davho,  safina,  tuhfa,  hodiqo,  fihrist,  silsilanoma,  shoirnoma  kabi  nomlanishlar 

bilan  yoyilib  kelgan.

10

  Shu  sababdan  biz  uchun  muhum  bo„lgan  shoir 



biografiyalariga  aloqador  namunalar  ustida  to„xtalsak.  Navoiyning  bu  borada 

qalamga  olingan  asari  “Majolis un-nafois”dir.  Muqaddima  va  adib  majlis  nomini 

bergan  sakkiz  bo„limdan  iborat  asar  shu  holda  bu  turning  o„zidan  oldingi 

namunalariga o„xshaydi.  

Tazkirada  qalamga  olingan  shoirlar  har  majlisda  xronologik  tarzda 

tartiblanadi: 

1-majlis - Navoiy tug„ilguncha yashagan shoirlarga; 

2-majlis - Navoiy bolaligida, yoshligida tanigan, lekin tazkira yozayotganda vafot 

etib ketgan shoirlarga; 

3-majlis - Navoiyga zamondosh shoirlarga; 

4-majlis - yetuk olim va shoirlarga; 

5-majlis - xurosonlik shoir mirzolar va hukmdor oilalardan chiqqan shoirlarga; 

6-majlis - Xurosondan tashqarida yashagan ilm ahli va shoirlarga; 

7-majlis - shoh, sulton va shahzodalarga; 

8-majlis - Sulton Husayn Boyqaroga maxsusan ajratilgan.

11

 



“Majolis  un-nafois”  ham    o„zbek  mumtoz  adabiyoti  uchun,  ham  Eron 

adabiyoti  uchun  muhim  bir  manbadir.  Lekin  bundan  ham  muhimi  tazkiralarning 

Onado„lida  paydo  bo„lishiga  ta‟siri,  ya‟ni  bu  tazkiralarga  andozalik  vazifasini 

bajarishidir.  Yanada  to„g„rirog„i,  Hirot  maktabi  tazkiralari  sifatida  nom  olgan 

hazrat  Jomiy,  Davlatshoh  va  Navoiy  hazratlarining  asarlari  keyinroq  Usmonli 

o„lkasida  paydo  bo„lgan  tazkirayi  shuaro  turiga  teran  ta‟sir  etdi  hamda  adabiy 

biografiya rivojini tezlashtirdi. 

Zikr  etilgan  bu  biografiyalar  mavzu  va  qarashlariga  ko„ra  farqlanishiga 

qaramasdan  ma‟lum  mushtarak  nuqtalarga  egadirlar.  Biografiyasi  yozilgan  kishi 

aniq  bir  yoshga  kirgachgina  bunday  huquqqa  ega  bo„lishligi  tufayli  ko„pincha 

                                                           

10

 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.197. 



11

 Юсупова Д. Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи (Алишер Навоий даври). –Тошкент: Академнашр, 2013. –Б.182. 




14 

 

asarlarda tug„ilgan yil yozilmaydi. Buning o„rniga kishilarning ismlari, xronologik 



unsur, ayniqsa, vafot etgan yillarini aniqlashga qat‟iy e‟tibor beriladi. Biografiyasi 

yozilgan  kishining  boshidan  kechirgan,  hayotida  bo„lib  o„tgan  ba‟zi  muhim 

hodisalar qisqacha naql etiladi. Ilm ahlining ta‟lim-tarbiyalari, asosiy ustozlari va 

asarlari  muhimdir.  Shoirlarning  she‟rlaridan  esa  namunalar,  misollar  beriladi, 

ularning  adabiy  shaxsiyatlari  namoyon  etilishiga  g„ayrat  qilinadi.  Bu  jihati  bilan 

an‟ana  biografik  kunya  yozishni  asos  qilib  olgani  uchun  mutlaqo  inson  unsuriga 

qaratiladi. 

Aslida bu o„xshashlikda hayron qoladigan hech narsa yo„q. Zero, din birligi 

asosiga qurilgan, buyuk madaniyatlar ichiga olgan farqli uluslar madaniyati, ozmi-

ko„pmi  mushtarak  bir  mohiyatga  egadir.  Yashash  tarzlari  va  jug„rofiyalari  farqli 

bo„lsa-da, turli millatlar musulmon bo„lgach, umumiy sanaladigan bir hayot tarzini 

tatbiq  eta  boshlaydilar.  Bu  o„xshashlik  ziyolilar  orasida,  ayniqsa,  madaniy 

hodisalarda ravshan ko„rinadi. 

O„zbek  mumtoz  adabiyotida  Navoiy  bilan  boshlangan  an‟ana  qisqa  bir 

davrda usmonlilarga o„tdi. Shoirlar tazkirasi sifatida g„arbiy turk tilida ilk namuna 

Saxiy Bey tomonidan qalamga olingan “Hasht behisht”dir. Saxiy Bey bu asarining 

so„zboshisida  hirotlik  tazkira  yozuvchilaridan  foydalanganini  ochiq  ifoda  etadi. 

Saxiy hazrat Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”idan va Dehlaviyning (v. 1495-

1507) “Tazkiratu-sh-shuaro”sidan ta‟sirlanish bilan birga asl andoza sifatida hazrat 

Alisher  Navoiyning  “Majolis  un-nafois”ini  olgan.  Tazkiraning  faqatgina 

tartiblanish  tarziga  qaraganda  ham  muallifning  qanday  ta‟sirlanganini  sezish 

mumkin.  Har  ikki  asar  ham  sakkiz  asosiy  bo„limdan  tashkil  topgan.  Saxiy  Bey 

“tabaqa” deb nomlagan, Alisher Navoiy esa “Majlis” deb nom qo„ygan.     

Bu lavha jonlantirib qiyoslansa faqat bir ozgina o„zgarish ko„ramiz: Alisher 

Navoiy  sakkizinchi  majlisda  tilga  olgan  podshoh  Husayn  Boyqaro  o„rniga  Saxiy 

davr  podshohi  Qonuniy  Sulton  Sulaymonni  birinchi  tabaqaga  oladi.  Navoiyda 

yettinchi  majlisdan  joy  olgan  sulton,  shoh  va  shahzodalar  Saxiyda  ikkinchi 

tabaqada, Navoiy  beshinchi  majlisda  eslatgan  mirzolarni  Saxiy  uchinchi  tabaqada 

aytib  o„tadi.  Olim  shoirlar  har  ikki  asarda  ham  to„rtinchi  bo„limdadir.  Navoiy 



15 

 

oltinchi  majlisda  zikr  etgan  Xurosondan  tashqaridagi  shoirlarga  muqobilan  Saxiy 



qadimgi  shoirlarni  beshinchi  tabaqada  yozadi.  Majlisda  birinchi,  ikkinchi  va 

uchinchi majlisda zikr etilgan avvalroq vafot etgan, adibga zamondosh va hali yosh 

bo„lgan  shoirlar  haqida  “Hasht  behisht”ning  bosh  kaliti  –  asosiy  ochqichi  va 

mundarijasi ham “Majolis un-nafois”ga o„xshashdir. 

Tazkiraning  boshqa  namunalaridagidek  “Hasht  behisht”  ham  muqaddima 

bilan boshlanadi. Bu bo„limda muallif Allohga hamd, hazrat payg„ambarga salovat 

keltirgach, kitob yozishidan maqsadini aytadi. Bu bo„lim ham hazrat Navoiy bilan 

juda-juda o„xshash va bir xildir. 

Keyinroq biografiyaga o„tiladi. Bu yerdan o„rin olgan shoirlarning tug„ilgan 

joyi,  nomi,  taxallusi,  ta‟lim  sharoiti,  vaziyati,  maslak  yoki  maqomi,  asosiy 

ustozlari, hayotlaridagi muhim o„zgarishlar, vafoti, ma‟lum bo„lsa vafot etgan yili 

(balki sababi), qabr joyi (ya‟ni dafn etilgan joyi), ba‟zan shoirga aloqador bir yoki 

bir  necha  qiziqarli,  latifanamo  voqea,  adabiy  ahvolga,  darajasiga  bog„liq  baholar, 

fikrlar, asarlari va asarlaridan misollar joy oladi. Navoiyda bo„lgan qisqa biografik 

ma‟lumotlar, baholar biroz batafsilroq holda Saxiyda davom etadi. 

Tazkiralar so„ngida “Xotima” nomi berilgan xulosa bo„limi o„rin oladi. Bu 

bo„lim “Majolis un-nafois” bilan boshlangan Saxiy asaridan ham, keyinroq boshqa 

tazkiralarning ko„pidan ham joy olgan. 

XVI  asrdan  XX  asr  boshlariga  qadar  davom  etgan  tazkira  uzoq  zamonlar 

ayrim farqli jihatlari bilan namoyon bo„ldi. Bu asarlar Hirot maktabi tazkiralarini, 

xususan esa, “Majolis un-nafois”ni o„zlariga namuna olish bilan birga boshlang„ich 

davrda asarning tartib tarzida bir qancha o„zgarishlarni boshdan kechirdi. Usmonli 

me‟morchiligi O„rta Osiyo va saljuqlilar asosidagi an‟anasini favqulodda bir tarzda 

qanday  rivojlantirgan  (yoki  o„zlashtirgan)  bo„lsa,  xuddi  shunday  insho  faoliyati 

ham  biografiyada  amalga  oshdi.  G„arbiy  turkcha  1538-yilda  berilgan  ilk 

namunadan  boshlab,  1950-yillarga  qadar  ilova  an‟anasi  doirasida  to„xtovsiz 

namunalar  bergan  dunyoning  noyob  xazinalaridan  biridir.  Buning  asosiy  sababi 

g„arbiy  turkcha  til  Usmonli  davlatidek,  600  yil  davom  etgan  barqaror  davlat 




16 

 

an‟anasiga  ega  sharqiy  turk  tili  (da  bitilgan  tazkiralarning  so„nib  borishi)  XVI 



asrdan e‟tiboran beqarorlikka erishmaganidandir.

12

 



Usmonli biografiya an‟anasining XVI asr oxirlariga qadar rivojlanish tarzini 

va madaniy ildizlarini ko„rsatishga harakat qilindi. Zikr etilgan bu an‟ana Usmonli 

tarixnavisligidek noziklik asosiga qurilganini ham ta‟kidlab o„tish lozim. Bu xusu-

siyatlari bilan zikr etilgan asarlar turli san‟atlar va saj‟lar bilan ziynatlanib qalamga 

olingani  uchun  ularning  har  biri  bir  adabiy  mahsul  sanalmog„i  lozim.  Ammo  bu 

erda  komil  birlikdan  so„zlash  mumkin  emas.  Hech  shubhasiz,  Oshiq  Poshozoda 

bitgan  biografiya  bilan  “Toju-t-tavorix”dan  yoki  Hasan  Chalabiydan  o„rin  olgan 

biografiya  orasida  qamrov  jihatidan  bo„lganidek,  uslub  jihatidan  ham  farq  bor. 

Lekin  XVI  asrdan  e‟tiboran  rivojlangan  ijtimoiy  binoga  nisbatan  ma‟lum  bir 

shaklga  kirgan  mumtoz  biografiya  bundan  so„ng  mezoniy  bichim  qozonib,  bu 

shaklni  esa  oxirigacha  saqlab  qolgandir.  Bu  an‟ana,  xususan,  shoirlar  tazkiralari 

biografik qayd yozishni asos qilgani uchun muallifni u yozgan asardan oldinroqqa 

chiqaradi va san‟at manbaidagi inson unsuri uchun birinchi darajada ahamiyatlidir. 

Ayniqsa,  XVI  asr  Usmonli  biografiya  an‟anasi  rivojini  to„kis  etgan  va  standart 

bichimga  aylantirgan  bir  davrdir.  Bundan  so„ng  kelgan  mualliflar  ayni  shu 

xususiyatlarni,  mana  shu  texnik  asoslarni  davom  ettirganlar.  Fors  tilida  yozilgan 

Davlatshoh  Samarqandiyning  “Tazkirat  ush-shuaro”,  Som  Mirzoning  “Tuhfai 

Somiy”,  Rizoqulixon  Hidoyatning  “Majma  ul-fusaho”  tazkiralarida  Navoiy 

siymosi haqidagi fikrlar, navoiyshunoslikning ayrim qirralari  yoritilgan. Shu bilan 

birga  Hazrat  Navoiyning  “Majolis-un-nafois”  tazkirasi  fors  tiliga  Faxriy  Hiraviy 

tomonidan  “Latoyifnoma”  sarlavhasi  bilan  Hirotda,  Hakimshoh  Muhammad 

Qazviniy esa uni Onado„lida forschaga o„girgan. Hazrat Alisher Navoiy tomonidan 

yaratilgan turkiy tazkirachilik maktabi XX asr boshlariga qadar nafaqat Turkiston 

yoki  Markaziy  Osiyoda,  balki  Eron,  Hindiston,  Afg„oniston,  Ozarbayjon  hamda 

Turkiyada  muvaffaqiyat  bilan  davom  etgan.  O„tgan  500  yildan  ortiqroq  vaqt 

davomida  yaratilgan  tazkiralarda  “Majolis  un-nafois”  ning  izlarini  ilg„ash  qiyin 

emas. Birgina Onado„lida 36 ta tazkira turkiy tilda yaratilgan bo„lib, ular, asosan, 

                                                           

12

 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.203. 




17 

 

“Shoir  tazkiralari”  (ya‟ni valiylar va dabirlar tazkiralari bu  hisobdan tashqari)dir. 



Shundan  12  ta  tazkirada  Hazrat  Navoiy  shaxsi  tilga  olingan,  uning  ijodiga 

munosabat  bildirilgan.  Mazkur  tazkiralardagi  ma‟lumotlarga  ko„ra,  Usmonli 

shoirlaridan  70  dan  ortig„i  Navoiyning  she‟riy  asarlariga  naziralar  yozganlar, 

ulardan  30  dan  ortig„i  bu  an‟anani  izchil  davom  ettirgan.  Ayni  mana  shu  ijodiy 

vorislikni  xamsanavislik  doirasida,  ulug„  adib  nasriy  va  tasavvufiy  asarlaridan 

ta‟sirlanish jarayonida ham kuzatish mumkin.  

Alisher  Navoiy  “Majolis  un-nafois”  asarining  ta‟siri  haqida  professor 

Mustafo  Eson  shunday  yozadi:  “Hazrat  Alisher  Navoiy  boshqa  ko„plab 

tazkiralarga  namuna  bo„larlik  asar  yaratgani  bilan  ahamiyatlidir.  Muhimi, 

tazkiralarning Onado„lida paydo bo„lishiga ta‟siri, ya‟ni bu tazkiralarga  andozalik 

vazifasini bajarishidir. Yanada, to„g„rirog„i, Hirot maktabi tazkiralari sifatida nom 

olgan  Jomiy,  Davlatshoh  va  Navoiy  hazratlarining  asarlari  keyinroq  Usmonli 

o„lkasida paydo bo„lgan tazkirai shuaro janriga teran ta‟sir etib, adabiy biografiya 

rivojini  tezlashtirdi.  Butun  XVI  asr  tazkiralarida  Navoiy  an‟analari  davom  etdi, 

XVII  asrda  mumtoz  tazkiralarga  qaytildi  va  endi  Navoiy  yana  bir  sog„inch  bilan 

eslanib,  qo„msala  boshlandi”.

13

  Ushbu  e‟tirofdan  kelib  chiqib  mavzuga 



yondashilganda Onado„lida yaratilgan ilk tazkiralar sifatida Saxiy Beyning “Hasht 

behisht”  (“Sakkiz  jannat”,  1538)  asariga  yana  bir  bor  diqqat  qaratamiz.  Tazkira 

muqaddimasida  muallif  o„zining  Hirot  tazkiralaridan  “Bahoriston”,  “Davlatshoh 

tazkirasi” va “Majolis un-nafois”ni tadqiq etganini va Usmonli o„lkasida yetishgan 

shoirlarni  unutilishdan  qutqarmoq  uchun  ularga  o„xshatma  tarzida  bir  asar 

yozganini  aytadi.    Saxiy  Beydan  ko„p  o„tmasdan  bu  janrning  birin-ketin  go„zal 

namunalarining berilishi tazkiraga ehtiyoj naqadar sezilganini bildiruvchi misoldir. 

“Hasht behisht” qisqacha muqaddima bilan boshlanadi. Har tabaqada tilga olingan 

shoirlarning  sinfi  va  hududiga  o„sha  tabaqa  boshlanishiga  qo„yilgan  kichik 

bo„limda  izoh  beriladi,  alohida  tabaqa  so„ngiga  qo„yilib,  “Tatimma‟”  nomi 

berilgan  qo„shimcha  bo„limda  ham  bu  tabaqadagi  shoirlar  xususiyatlari  yana  bir 

                                                           

13

 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.214. 




18 

 

bor  qisqacha  aytib  o„tiladi.  Murod  II  davridan  tazkira  yozilgan  1538-yilga  qadar 



yetishgan shoirlar har tabaqada vafot etgan yiliga qarab tartibi bilan tilga olinadi. 

 Saxiy Bey tazkirasining tabaqalari: 

I tabaqada Qonuniy Sulton Sulaymonni

II tabaqada she‟r yozgan Usmonli shohlar va shahzodalarni, 

III tabaqada she‟r yozgan davlat arboblarini, 

IV tabaqada shoirlar va ilm ahlini, 

V tabaqada o„zidan avval yashagan va vafot etgan shoirlarni, 

VI tabaqada bolaligida tanilgan shoirlarni, 

VII tabaqada o„ziga zamondosh bo„lgan shoirlarni, 

VIII tabaqada istiqboli bor yosh shoirlarni tartib bilan sanab o„tadi. 

Bu tartib usuli bilan Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” nomli tazkirasi 

qiyoslanadigan  bo„lsa,  Saxiy  katta  hajmdagi  bu  asardan  namuna  olgani  osongina 

ko„rinadi.  Saxiy  o„z  asarida  Navoiy  Husayn  Boyqaroga  ajratgan  sakkizinchi 

tabaqani  boshlanishga  olgan  va  u  joyda  Qonuniy  haqida  ham  yozgan.  Navoiyda 

yettinchi  bo„limdan  joy  olgan  sulton  va  shahzodalar  unda  ikkinchi  tabaqada, 

beshinchi  ravzada  zikr  etgan  mirzolarni  Saxiy  uchinchi  tabaqada  tilga  oladi. 

Olimlarni  Saxiy  ham  to„rtinchi  tabaqada  zikr  etadi.  Navoiy  oltinchi  bo„limda 

qalamga  olgan  Xurosondan  tashqaridagi  shoirlarga  muqobalan  Saxiy  hayotligida 

ko„rmagan  shoirlar  haqida  beshinchi  tabaqada  ma‟lumotlar  beradi.  “Majolis  un-

nafois”da  bir,  ikki  va  uchinchi  majlisda  aytilgan,  avvalroq    vafot  etib  ketgan, 

muallifga  zamondosh  va  hanuz  yosh  shoirlar  “Hasht  behisht”da  olti,  yetti  va 

sakkizinchi  tabaqalarda  zikr  etiladi.  Saxiy  faqat  o„zidan  avvalgi  avlodni  ham 

asariga  qo„shib,  tazkirasiga  bir  teranlik  baxsh  etadi.  Saxiy  Bey  uslub,  shakl  va 

qamrov  jihatidan ham  Hirot  tazkiralarini namuna  qilib olgan. Tazkirada  jami  229 

shoir o„rin egallagan. Biografiyalarda shoirlar haqida qisqa ma‟lumotlar berilgan, 

hayotlari qisqacha yoritilgach, she‟rlari va san‟atkorliklariga baholar beriladi va bu 

she‟rlardan bir yoki bir necha bayt misol keltiriladi. She‟rga berilgan baholar doim 

ijobiy ifodalardir. Tazkira tili sodda, jumlalari qisqa, ba‟zan jumlalarning yarmidan 




19 

 

tark etiladi, tugallanmay qolganday tuyuladi. Zotan, Saxiyning o„zi ham muxtasar 



bir ish qilganini tez-tez tilga oladi. 

Tazkirachilik maktablari haqida maxsus tadqiqot yaratgan professor Mustafo 

Eson kuzatishiga ko„ra, “Hayot hikoyalarining tartib tarzi Saxiyda tabaqot asosida 

bo„lgani  kabi  bu  usulni  aynan  Navoiydan  olgan:  shoirlarning  qisqacha  tug„ilgan 

joyi, nomi, vazifalari bilan bog„liq bir necha taqlidiy qolipli so„z,  asarlari, ba‟zan 

shoir  bilan  bog„liq  bir  voqea,  oxirida  bir  necha  bayt  yoki  qit‟a  kabilar”

14

  shular 



jumlasidan. 

“Majolis  un-nafois”  ning  ta‟siri  Onado„lidagi  ilk  tazkirada  ko„ringanidek, 

keyingi davr tazkiralarida ham mana shu holat u yoki bu ma‟nolarda takrorlanadi, 

ayrim  fakt  va  kuzatishlar  asosida  boyitiladi.  Saxiy  Beydan  keyin  bu  maydonga 

Latifiy  chiqdi.  Saxiy  tazkirasi  yozilib  Usmonli  san‟at  dunyosiga  taqdimi  davr 

ziyolilari orasida katta aloqa vositasi bo„lgan bo„lsa kerakki, janrning bu davrlarda 

ketma-ket  muvaffaqiyatli  namunalari  yozila  boshladi.  Endi  tazkira  an‟anasi 

she‟rdan tashqari sohalarni ham qamrab olib XX asr o„rtalarigacha uzluksiz davom 

etdi. Mana shu zikr etilgan muvaffaqiyatli namunalarini “Tazkiratu-sh-shuaro” va 

“Tabsiratu-n-nuzamo”  (1546)  nomli  shu  tazkiralari  bilan  Latifiy  beradi.  Birinchi 

tazkira  muqaddima, uch fasl va xotimadan tashkil topgan. Usmonli tazkiralarining 

Hirot maktabi tazkiralaridan olgan jihatlari  – muqaddimalar, bir ma‟nodagi poetik 

xususiyatlardir. Shoir, olim, adib Latifiyning Navoiy ijodiga bog„lanishi tazkiradan 

tashqari  uning  nazm  va  nasr  qorishig„ida  yozgan  “Fusuli  arbaa”  (“To„rt  fasl”) 

asarida ham kuzatiladi. Shoirning “Nazm-l-javohir” nomli asari esa Hazrat Alining 

hikmatlari  asosida  tuzilgani  hamda  ulug„  o„zbek  shoiri  asarining  nomini  aynan 

olgani  Navoiyning  Latifiy  ijodiga  ta‟sirini  alohida  o„rganishga  ehtiyoj  borligini 

anglatadi. Muallif “Tazkirat ush-shuaro tabsiratun-nuzamo” (“Shoirlar tazkirasi va 

nizomalar  qiyofalari”,1546)  tazkirasini  Qonuniy  Sulton  Sulaymon  (Muhibiy 

taxallusi bilan she‟rlar yozgan) ga bag‟ishlagan bo„lsa-da, uning tazkirachilikdagi 

o„rni  mavjud  asarlarga  ijodiy  munosabatda  ko„rinadi.  Latifiyning  yozishicha, 

Navoiy  asarlarini  ilk  bor  Onado„liga  olib  kelgan  shoir  Basiriy  bo„lgan:  “Ajam 

                                                           

14

 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.243. 




20 

 

sarhadiga yaqin joydan. Sulton Boyazid zamonida Hazrat shayx Jomiy va Mavlono 



Navoiy  tarbiyatnomasi-la  kelmish…aksari  avqotin  bu  diyorda  kechurmagin  tarsi 

she‟rida turkiyzabon nazmlari shevasin va Rum shoirlari  ishvasin rioyat etmishdi: 

Matla: 

Oshiqlarini oh ul masihodam o„ldurur,  

Bu odam o„ldururki, Masih odam bo„ldurur”.

15

 



 

Latifiy  tazkirasining  muqaddimasi  esa  bularning  eng  yangilaridan  biridir. 

Muallif tazkira muqaddimasida she‟rning fazilatlarini tilga oladi, ilk she‟rni Hazrat 

Odam  yozganligini  aytadi,  islomda  she‟r  ta‟qiqlanmaganini  o„zicha  dalillar  bilan 

isbotlagach,  she‟r  va  shoir  haqidagi  tushunchalarini  so„zlaydi.  Oxirida  bir 

do„stining  iltimosiga  binoan  bu  ishni  yozganini  bildiradi.  Ilk  faslda  Usmonli 

o„lkasida  etishgan  yoki  u  yerga  joylashgan  13  shayxni,  ikkinchi  faslda  Usmonli 

xonadonidan  she‟r  yozgan  yetti  sulton  va  shahzodani,  tazkiraning  asosiy  bo„limi 

sanalgan  uchinchi  qismda  esa  314  shoir  tilga  olinib,  baholanadi.  Hamma  qismida 

esa  kitobini  1546-yilda  yozib  tugatganini  va  asarini  yozar  ekan,  ko„p  iztiroblar 

chekkanini  aytadi.  Tazkirani  yozib  bo„lgandan  so„ng  yana  ko„p  yillar  yashagan 

Latifiy  asarini  kam  deganda  yana  bir  bor  ko„zdan  kechirgan  va  qo„shimchalar 

kiritgan.  

Latifiy  tazkirasi  Oshiq  Chalabiy  va  antologiya  tarzidagi  tazkiralardan 

tashqari  turk  tazkirachiligining  eng  qimmatli  namunalaridan  biridir.  Mumtoz 

Usmonli  turk  tazkirachiligida  Latifiydan  so„ngra  shoir  tazkiralarida  biografiyalar 

muallifning  ismi,  mamlakati,  qarindoshlik    munosabatlari,  tahsiliy  hayoti,  tahsil 

darajasi,  maslagi  va  maslagini  amalga  oshirgan  joylar,  shaxsiy  xususiyatlari, 

qobiliyat  va  muvaffaqiyatlari, vafot  etgan  yili, qabri,  asari  yoki  asarlari  atrofidagi 

fikrlar,  baholar,  asarlarining  ahamiyati,  qadri-qimmati,  namuna  taqdimi  va 

asarlaridan tiklangan namunalardan tuzilganini ilgariroq aytib o„tgan edik. Xuddi 

shu  mumtoz  biografiyaning  tashkil  topishiga  ta‟sir  ko„rsatgan  nom  va  tarjimayi 

                                                           

15

 



Boltaboyev H. Turkiy tazkiralarda Alisher Navoiy siymosi/ Jahon adabiyoti, 2013. №2. – B.158. 

 



21 

 

holning  bunday  shakllanishidagi  ilk  odim  Latifiyga  oiddir.  Ikkinchi  muhim  va 



farqli  nom  (bu  haqda  keyinroq  to„xtalamiz)  Oshiq  Chalabiy  kirishgan  ishning 

natijasi  bo„lgan,  iloji  boricha  tafsilotli  biografiya  tarzi  mashaqqatli  bo„lganligi 

sababli  keyingi  tazkirachilar  Latifiy  yo„lini  ma‟qul  va  xush  ko„rdilar.  Lekin 

Latifiyning Usmonli tazkirachiligidagi asl ta‟sirli usuli asarlarining tartibli tarzida 

o„zini  namoyon  etadi.  Hirot  tazkiralarida  va  Saxiyda  tabaqa  asosida  tartiblash 

Latifiy  bilan  birga  alifbo  tizimiga  aylanadi  va  Oshiq  Chalabiy  kabi  qat‟iy  va 

originallik  uchun  tizimdan  chekinganlik  barcha  tazkirachilar  tomonidan  xush 

ko„riladi.  Garchi  tazkiralaridagi  ifodaga  ko„ra,  bu  usulni  hammadan  avval  Oshiq 

Chalabiy topgan va Latifiy undan olgan bo„lsa-da, shoirlarga alifbo bo„yicha tartib 

bergan  ilk  muallif,  birinchi  tadqiqotchi  Latifiydir.  Muallif  “Hurufi  tahajjiydan 

tartibi  hurufda  qaysi  harf  muqaddam  esa,  uch  harfgacha  e‟tibor  bo„lindi,  g„aflat 

bo„linmadi” 

16

deb,  har  harfni  o„z  ichida  uch  harfga  qadar  tartiblashga  harakat 



qilgan. 

“Tazkiratu-sh-shuaro”ning  boshqa  bir  ahamiyatli  jihati,  berilgan 

ma‟lumotlarning  to„g„riligi  va  shoirlar  tanqididagi  aniqlik,  haqqoniylikdir. 

Ayniqsa,  hurmatli  shoirlarni  va  ularni  farqli  qilgan  xos  xususiyatlarni  his  etib, 

ta‟riflashda tazkirachilar orasida yagonadir. Shundayki, uzoq harakatlar natijasida 

bir shoir haqida ega bo„lgan ma‟lumotlarimiz, u haqdagi fikrlarimiz va to„xtamga 

kelgan xulosalarimizga qaydli, urg„uli, ta‟kidli ifodalar holida Latifiy tazkiralarida 

duch kelamiz.

17

 Bu xususiyati tufayli har shoirga tazkirasidan haqli, loyiq bo„lgani 



qadar  munosib  o„rin  bergan  va  bu  holda  ma‟lum  bir  fikr  mezoniga  ega  ekanini 

ko„rsatgan.  Boshqa  tazkirachilarning  ko„pchiligida  bo„lganidek,  shoirlar  haqida 

faqatgina  ijobiy  qarashlarini  emas,  tanqidiy  fikrlarini  ham  aytgan  va  barcha 

fikrlarini misol va dalillar bilan oydinlashtirib, isbot etgan.  

Tazkiraning  tili  sodda,  qisqa  va  yetuk,  jumlalari  esa  o„qishli  va  tushunarli 

bo„lishi uchun qalamga olingan bu tur biografiyaga mos bir til va uslubga egadir. 

Bu  xususiyati  bilan  ham  o„zidan  so„ng  yozilgan  juda  ko„p  tazkiralarga  namuna 

                                                           

16

   Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.265. 



17

 O‘sha asar, –B.269. 




22 

 

bo„ldi.  Latifiyning  uslubi  ochiq,  ravshan,  ravon  va  tushunarli  bo„lishi  kerakligini 



shuurli ravishda istagan, Najotiy Bey Usmonli she‟r tilida amalga oshirgan uslubni 

o„zi  ham  nasrda  amalga  oshirmoq  orzusida  bo„lgan.  Lekin  bu  jihat,  ya‟ni  o„sha 

yillarda  urf  bo„la  boshlagan  jumlalari  jimjimador,  murakkab,  uzundan-uzoq, 

balandparvoz  nasr  tarafdorlari  orasida  tanqid  mavzui  bo„lgan  Hasan  Chalabiy  va 

Ahdiy uni tanqid qildilar.  

Latifiy  tazkirasi  bu  ijobiy  xususiyatlari  tufayli  o„z  davridan  boshlab  juda 

ko„p  nusxalarda  ko„paytirildi.  Faqat  o„lkamizdagi  rasmiy  kutubxonalarda  71 

qo„lyozma  nusxasi  bor.  Xorijda  ham  ko„p  nusxalari  borligi  ma‟lum  bo„lmoqda. 

Ayni  asrning  boshqa  bir  shoirlar  tazkirasi  esa  Usmonli  davlatidan  tashqarida  – 

Bog„dodda    Ahdiy  tomonidan  yozildi.  “Gulshani  shuaro”  boshlanishida  bir 

muqaddima va ravza nomi berilgan uch bo„lim (yoki bob) dan iborat. Tazkirachi 

keyinchalik  yana  asari  ustida  ishlashni  davom  ettirdi  va  asariga  yangi  bir  ravza 

hamda  yangi  shoirlar  ilova  etganidek,  ifodada  ham  o„zgarishlarga  erishdi. 

“Gulshani shuaro”ning unga o„xshash shoirlar tazkiralaridan yorqin farqi shundaki, 

avvalgi  namunalar  kabi  boshlanishidan  e‟tiboran  Usmonli  shoirlarini  tilga 

olmasdan  faqat  zamondoshlarini  tazkirasiga  kiritganidir.  Ahdiy  birinchi  ravzada 

Qonuniy  Sulton  Sulaymon,  Shahzoda  Salim  va  boshqa  davlat  arboblaridan  she‟r 

yozganlarni tilga oladi. Ikkinchi ravza olim shoirlarga, uchinchi ravza bayroqdorlar 

bilan  daftardorlar  (moliya  vaziri  va  nozir)  dan  she‟r  yozganlarga  ajratiladi. 

Tazkiraning  asosiy  bo„limi  hisoblangan  to„rtinchi  bo„limda  esa  alifbo  tartibiga 

ko„ra shoirlar o„rin oladilar. Shu tariqa tazkiradan jami 382 shoir joy olgan. Har xil 

davrlarda  yozilgan  nusxalarning  yozilish  tarixlari  ham  turlicha  bo„lishi  tabiiydir. 

Bulardan  eng  oxirgi  yozilgani  1593  yilgacha  bo„lgan  ma‟lumotlarni  o„z  ichiga 

oladi.  Tazkira  Usmonli  davlatining  sharq  tomoni,  ayniqsa,  Bog„dod  va  uning 

atrofida  etishgan  shoirlar  haqida  bergan  muhim  ma‟lumotlari  jihatidan  diqqatni 

tortadi. Tazkiraning 15 tacha qo„lyozma nusxasi bor. 

 

Ayni faktning o„zi hali Hazrat Navoiy va Sulton Boyazid II bilan diplomatik 



yozishmalarga  kirishmay  turib,  Navoiy  asarlari  Onado„liga  kirib  kelgan  bo„lishi 

yoki  Navoiy  she‟rlari  bilan  birga  uning  maktubini  mana  shu  Basiriy  keltirgan 




23 

 

bo„lishi ham mumkin. Chunki Navoiy ijodining Onado„liga kirib kelishi borasida 



juda ko„p olimlar qiziqarli kuzatishlar olib borgan bo„lsalar-da, Navoiy asarlarini 

kim  ilk  bor  olib  borgani  va  nima  uchun  u  turkistonlik  shor  Basiriy  vazifani  ado 

etgach,  o„z  yurtiga  qaytmasdan  Rumda  qolib  ketgani  va  “she‟rida  turkiyzabon 

nazmlari  shevasi”ni  davom  ettirgani  noma‟lum  edi.  Yuqorida  Latifiy  keltirgan 

baytning  o„ziyoq  Basiriyning  she‟riy  isde‟dodidan  darak  beradi.  Biroq  Latifiy 

Basiriy haqida mufassal ma‟lumot bermaydi. 

 

Navoiy an‟anasini o„zicha boyitgan Latifiy shoirlar tafsilotida alifbo usulini 



ma‟qul ko„rdiki, bu usul ham keyingi tazkiralarda an‟anaviylik tusini oldi. Bundan 

tashqari Latifiy “Fasli avval”da yana ham o„ziga xosroq yo„lni tanlab, XIII asrdan 

o„z  zamoniga  qadar  boshqa  o„lkalardan  Onado„liga  o„rnashib  qolgan  13  shoir 

haqida  ma‟lumot  beradi.  Garchi  Latifiy  o„z  tazkirasini  Sulton  Sulaymonga 

bag„ishlagan  bo„lsa  ham  u  o„z  hukmdori  Muhibbiyga  maxsus  bo„lim  ajratmaydi, 

aksincha,  sulton  va  shahzodalar  bo„limining  eng  so„nggida  bir  necha  sahifada 

uning  she‟rlari  tahlili  munosabati  bilan  hukmdorga  murojaat  qiladi.

18

    Agar 



tazkirada  bir  yoki  bir  necha  bayt  o„rniga  to„liq  holda  g„azal  va  qit‟aning 

keltirilishiga  e‟tibor  qaratsak,  Latifiy  tazkirasi  antologiyaga  yaqinlashganini  ham 

kuzatish mumkin. 

 

Xullas, taniqli kishilarning hayoti va faoliyati haqida so„z yurituvchi adabiy 



tur yoki janr bo„lgan tazkira Islom dunyosining eng muhim adabiy faoliyatlaridan 

biridir.  Tarix  bugungi  kunimizgacha  yashaganlarning  boshidan  kechirgan 

hodisalarini  va  qahramonliklarini  hikoya  qiladi.  O„sha  voqealarga  aloqador 

bo„lgan,  ishtirok  etgan  kishilar  hayoti  haqidagi  lavhalar,  hikoyalar  ba‟zan 

voqeaning  o„zi  qadar  muhimdir.  Voqealar  ro„yobga  chiqishiga  sabab  o„sha 

hodisani tashkil etuvchi insonlar bo„lgani tufayli ular haqidagi hikoyalarni aniqlash 

ham biografiya mavzusidir.  

 

Adabiyot  gulzoridagi  har  bir  “gul”ning  tabiati  haqida  moziydan  kelajakka 



yo„llangan  “maktub”  –  tazkiralar  ma‟lumot  beradi.  Kitobxon  esa  ijodkorlar 

to„g„risidagi to„liq ma‟lumotlarni olish uchun tazkiralarga yuzlanadi. Shu sababdan 

                                                           

18

 Mustafo E. Tazkiradan biografiyaga. Monografiya. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2012. –B.278. 




24 

 

tazkiralar 



adabiy 

siymolar 

va 

ularning 



asarlarini 

tadqiq 


etishda 

adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


25 

 

Oshiq  Chalabiy  va  uning  “Mashoir  ush-shuaro”sida  Alisher  Navoiyning  faoliyati 



bilan bog„liq yangiliklar 

 

XVI  asrning  eng  muhim  shoirlar  tazkirasidan  biri  Oshiq  Chalabiyning 



(1520-1571) “Mashoir ush-shuaro” (1568)sidir. Asar muqaddima bilan boshlanadi, 

bu bo„lim Usmonli tazkiralarining eng uzun muqaddimasidir va kitobning o„ndan 

birini  qamraydi.  Bo„limda  muallif  insonni  ifoda  etish  vositasi  bo„lgan  nasr  va 

nazmdan keyin she‟r tarixidan so„z ochadi. Chalabiy muqaddimada asarini nechun 

va  qanday  yozganini,  Latifiy  bilan  musobaqalashishini  va  uning  tizimiga  rioya 

etib,  o„zlashtirganini  aytadi.  Usmonli  o„lkasida  shoir  ko„pligi  sababini  muallif 

o„lkaning  suvlari,  havosi  tozaligiga  va  tabiati  go„zalligiga  bog„lab  ko„rsatadi. 

Ammo  u  tazkirasiga  har  bir  she‟r  muallifini  emas,  bu  ishni  kasb  qilganlarni 

kiritadi. Tazkiraga olinganlarning hayoti juda keng yoritilgani uchun ham bu asar 

tazkiradan  ko„ra  ko„proq  tavorixi  shuaro  (shoirlar  tarixi)ga  o„xshaydi.  “Mashoir 

ush-shuaro”dan  425  shoir  o„rin  olgan.  Tazkirada  Murod  I  davridan  asar  yozilgan 

paytgacha  yashagan  shoirlarga  joy  berilgan.  Shu  sababli  asar  XVI  asr  shoirlari 

uchun  tengi  yo„q  bir  manbadir.  Juda  uddaburon,  faol,  tashabbuskor,  kirishimli 

mijozga  ega  Oshiq  Chalabiy  bu  xislatlari  tufayli  zamondosh  shoirlarning 

ko„pchiligi  bilan  shaxsan  ko„rishgan,  bunga  imkon  bo„lmaganda  esa 

maktublashgan  yoki  ularni  taniganlardan  ma‟lumot  olgan.  “Mashoir  ush-

shuaro”ning  eng  ma‟lum,  ravshan xususiyati  shoirlarning tarjimayi  hollariga,  xos 

hayotlariga,  ichki  dunyolariga,  portretlariga  doir  keng  ma‟lumot  berishidir. 

Ayniqsa,  zamondosh  shoirlarning  muhiti,  yashash  tarzlari,  do„stlari,  qiziqadigan 

sohalari,  tabiatlari,  fe‟l-atvorlari  haqida  atroflicha  ma‟lumot  bor.  Keng  Usmonli 

mamlakatining  turli  shaharlarini  vazifasiga  ko„ra  kezishi  ham  unga  imkoniyat 

eshiklarini  ochgan.  Uzun  biografiyalarda  rasmiy  ma‟lumotlardan  tashqari 

shoirlarning  shaxsiy  hayoti,  tabiati,  turmush  tarzi,  odatlari,  o„zaro  munosabatlari 

haqidagi  ma‟lumotlarni  to„playdi,  bu  orada  davrning  ijtimoiy  hayotiga  va  adabiy 

doiralariga oid keng izohlar beradi. Shuning uchun asar ijtimoiy bilimlarning juda 

ko„p  sohasiga  doir  boy  ma‟lumotlarni  o„z  ichiga  oladi.  Bu  xususiyatlari  bilan 




26 

 

“Mashoir ush-shuaro” tazkirachilik tariximizning yagona namunasidir. Tazkiraning 



tili Latifiydan ko„ra jiddiyroq, og„irroq, murakkabroq va saj‟lar bilan to„la bo„lgani 

holda  uslubi  ravondir.  Chalabiy  shoirlarning  portret  tasvirlarini  jonli  chiqarishga 

mohirdir. Asarning 29 qo„lyozma nusxasi bor.

19

  



Muqaddimada tazkiranavis  

 

“Zaboni turkiyning dostonsaroyi, 



Fasohat bulbuli, ya‟ni Navoiy”,  

 

deya  Navoiydan  so„z  ochadi.  Va  davomida  “...  Oxir  umrinda  Sulton  Boyazidga 



Navoiy  o„ttiz  uch  g„azal  yubormishki,  birisi  ushbu  g„azaldur,  matl‟asi 

quyidagichadir: 

 

Matl‟ai Navoiy 



Ul pari paykarki hayron bo„lmish ins-u jon anga, 

Jumla olam manga hayron-u men hayron anga. 

 

 

 



Sulton Boyazid II bu g„azalni Ahmad Poshoga yuborib, unga nazira bitishni 

buyurdi.  Professor  H.Boltaboyev  bu  haqda  to„xtalib  o„tgan:  yuqoridagi  faktga 

asoslanib, dastlab shoir Nomiq Kamol, keyin Fuod Ko„prulu, Ogoh Sirri Lavand, 

Kamol  Eraslon  kabi  turk;  Gibb,  Broun,  Kleynmixel,  Gorbuzova  kabi  g„arb 

olimlari; Naim Karimov, Z. Nagiyeva, Olmos Ulviy, R. Ro„zmonova kabi o„zbek 

va ozar olimlari maqola va tadqiqotlarida bu fikrlar dunyo bo„ylab ilmiy “sayohat” 

qilgan,  bu  samarali  ta‟sir  natijalari  atroflicha  o„rganilgan.  Lekin  Oshiq  Chalabiy 

tazkirada  o„rni  bilan  Navoiy  g„azalining  “yaxshiligi”,  unga  nazira  yozgan  shoir 

maqta‟si mahorat bobida Navoiydan ancha quyiroq ekanini ham qayd etgan.

20

 



 

                                                           

19

 Мустафо Э. Тазкирадан биографияга. Монография. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2012. – Б.172. 



20

Болтабоев Ҳ. Туркий тазкираларда Алишер Навоий сиймоси / Жаҳон адабиёти, 2013. №2. –Б.158. 




27 

 

Mana o„sha maqta‟ 



 

So„zda ushshoqi muhayyir ayladursun Ahmado, 

Bo„yla go„yo o„lmag„a kuyin kerak bo„ston anga. 

 

Oshiq  Chalabiyning  “Mashoir  ush-shuaro”  asari  Navoiy  ijodiga  keng  va 



atroflicha  munosabat  bildirgani  bilan  ajralib  turadi.  Oshiq  Chalabiyning 

ifodalaridan,  “Mashoir  ush-shuaro”dan  avval  qalamga  olingan  Abdurahmon 

Jomiyning “Bahoriston”, Navoiyning “Majolis un-nafois”, Sahiy Beyning “Hasht 

Behisht”  va  Latifiyning  “Tazkira-t-ush-shuaro”sidan  foydalangani  ma‟lum 

bo„lmoqda.  Biroq  muallif  qaysi  tazkiradan  qay  miqdorda  foydalanganini  qayd 

etmaydi. Tazkiraning muqaddimasida "Bahoriston" va “Majolis un-nafois” haqida 

juda  iliq  fikrlarni  bayon  etadi.  “Bu  shuaroning  malikul  kalomi  bazmi  balog„aun 

rindi  do„stkomi  oshomi,  ya‟ni  Mulla  Jomiy  she‟r  vasfinda  “Bahoriston”inda,  ki 

bahoriston-olam  anga  nisbat  xoristondur  (tikanzordir),  Shuaroyi  Fors  haqqinda 

mir-u  zodagoni  Xurosondan  Amir  Davlatshohi  marhumning  mustaqil  kitobidur. 

Tablgironi  ma‟rifatun  do„stkomi  oshomi  Mulla  Jomiy  “Bahoriston”ida  bular 

yodina  maxsus  etgani  bir  bobiki,  ul  ne‟mal  ma‟ab  va  bu  ne‟mal-bob  va  inda 

valliyul-bob soir kitoblar qusur bular lubobdur. Ja‟m etdugi “Majolis-un-nafois”ki, 

hajlai nozi kavoibi aro‟isdur”

21

.  


 

Tazkirada “Ajam vasfinda” bir bayt keladi: 

 

Ruyash chu musxafest u  az u husni oyotiy



Husni xatesh chu nuqta nadorad nihoyati. 

(Tarjimasi:  Yuzi  Mushaf  kabir  ekani  oyatining  go„zalligidandir.  Xatti 

go„zalligining  nuqta  kabi  nihoyasi  yo„qdir)  ushbu  bayt  keltirilib,  asridan  so„nggi 

asrga kelguncha shuaroga hikmatomuz ta‟sir etganini ko„rsatib o„tadi”.)

22

 

                                                           



21

 Oshiq Chalabiy  “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011, - Б.421. 

22

 Oshiq Chalabiy  “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.143. 




28 

 

Tazkiraning  hajmi  katta:  3  jilddan  iborat.  Biz  Alisher  Navoiy  nomi 



keltirilgan o„rinlargagina to„xtalamiz. 

“Oyoti  aning  sha‟ninda  bir  oyotdur  va  Navoiy  asrindan  so„ngra  o„z  asriga 

kelgungacha bo„lgan shuaroni hikmatomuzi guruhi udaboyi ittibo va ashrofi alibbo 

ya‟ni  hukamoning  guzini  Hakim  Shoh  Muhammadi  Qazviniy  “Majolis  un-

nafois”ga tazyil etdugi risolayi behamtodur, “Majolisun-nafois” go„yo bir bayt va 

ul  risola  (risolayi  akobir)  anga  bir  mustazodi  zebodur.  Chunki  har  birina  nazar 

o„lunub nasbi ayn o„lindi va har biri berayb-u rayn va beayb-u mayn bo„lindi.”

23

 



Tazkirada muallif o„z zamonasining 425 shoiri ijodiga keng to„xtalib o„tgan. 

Shunday  shoirlardan  biri  Subhiydir.  Subhiyga  berilgan  ta‟rif  bilan  tanishamiz: 

“Har vaqtki dili bahra g„amu-g„ussada g„arqobu girdob bo„lur. Kayfiyati asrori xizr 

erishurdi  va  g„ubori  summi  samandi  hamrung  ko„rligina  ko„r  ko„zina  kuhli  jilo 

kabi  diydayi  benishumo  balki  ayni  orariynishumo  girushur  derdi.  Ul  bahona  ila 

nafoiysi atimaya moyil edi va aksari mehmonlari arbobi fazoilu afozil edi va o„zi 

ham  xayla  oqil  edi.  Ammo  shuaroda  faqat  najotiga  qoyil  edi.  Faqir  ibtido 

muloqotimda  Navoiyning  bu  matlaina  nazira  dedim  deya  iftixoru  ibtixoj  ila 

o„qudug„i matla budir.  

 

Matlayi Navoiy: 



Lojavardi qoshing uzra zar varaq tobonmidur, 

Zarfashon denglar yuzida anjumani raxshonmidur. 

 

Nazirayi Subhiy: 



Qoshing uzra zar varaq oyo mahitobonmidur, 

Zarfashon denglar yuzingda anjumani raxshonmidur. 

 

Bu matla‟ni dag„i iftixor ila o„qidi: 



 

 

                                                           



23

 O‘sha asar, - Б.245. 




29 

 

So„zi siynam evar zaxmim dixon o„lmish durur, 



Ul duhona qonlu paykonung zabon o„lmish durur.”

24

 



 

Rusuhiy  degan  shoir  haqida  gap  boradi  va  uning  ta‟rifida  ham  Hazrat  Alisher 

Navoiy nomi tilga olinadi: 

 

Kim o„lub majmara gardoni Attor, 



O„lubdur sham‟i majlisi Qosim Anvor. 

Gulistoninda bulbuldir Xo„jandiy, 

U bog„ning Sa‟di bo„ldi nahl-bandi. 

Horiminda edar javlon Tusiy, 

Kezar Firdavsi shon tovusi qudsiy. 

Jahonni tutdi durri shohvori, 

Magar Hofiz durur ganjinadori. 

Niholi bog„ining sarvi ravoni, 

Riyoziy o„lmish anung bog„boni. 

Kamoli  Isirahoniy xoki poyi, 

Bo„lub bazl etdi dahra to„tiyoyi. 

Chu davlatxohidur anung Sanoyi, 

Edar Divoniy al(qo„l)ochib duoyi. 

Topib bazminda anung aysh Boqiy, 

Bo„lubdur majlisinda Jomiy soqiy.  

Adosi shevasin shirintar aylar, 

Navoiy paltajik mahbuba mengzar

25

.  



 

Shoh  Mahammad  ul-Qazviniy  at-Tabib  haqida  so„z  yuritilganda  Hazrat 

Alisher  Navoiydan  so„ng  yashagan  ijodkorlar  haqida  ma‟lumot  berganligi 

yoritiladi:  “Ajamiydur.  Qazviniydur.  Qazviniylar  ki  diyori  Ajamning  Rumning 

                                                           

24

 Oshiq Chalabiy  “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.1280. 



25

 O‘sha asar, - Б.1358. 




30 

 

Safarixsori  manzilasinda  bo„lib,  xalqi  nosik  ila  naqsh-u  gul  oyinudur.  Shoh 



Mahammad  onlardan  degul  (emas),  hamshaharlarining  g„oyat  zarifi  va  gulkor-u 

ranginidur. 

...Shoir ma‟rifatda badi‟ul-badil va umuman avorifda adimul-odil, tafsirdanu 

hadisdan  va  necha  fanni  nafisdan  muallafati  o„ldug„indan  g„ayri  Navoiy 

zamonindan  so„ngra  gelan  (kelgan)  shuaroni  va  Rumda  va  Ajamda  bo„lgan 

fusahoni  tazkira  aylab  inshoyi  ajib  va  uslubi  g„aribla  jam  edub  “Majolisun-

nafois”g„a  tazyil  ayladi,  itfohi  podshoh  edub  unvoni  qabuli  saodat-nishonla  ul 

kitobni noqisi takmil ayladi. Haqqa ki inshoyi nag„z va halvoyi lavzina kibi abyoti 

shirinla (shirin baytlar bilan) purmag„zdur”.

26

 



Mazkur tazkirada olti tilni yaxshi bilgan Shukriy munosabatida “turkiy tilda 

ravon  Navoiy  kabi,  forsiyda  hamon  Binoiy  kabi…”,  degan  oshirilgan  maqtovlar 

ham uchraydi. “Viloyati Qurdistondan edi... Sulton Sulaymoni marhum-la Belgrad 

va  Rados  safarinda  ham  bo„lib,  qasida  dag„i  berib  qizilbosh  safarina  tahriz 

aylamishdur,  safo  surmay  oxiratg„a  intiqol  etmishdur.  Arzi  hol  so„radiki,  sulton 

Salimg„a bermishdur, budur: 

 

Tingla ey shohbozi sidraneshin, 



Bu so„zimni ki charx etar taxsin. 

Banda shukri ki hozir ma‟zulam, 

Podshohi kamina bir qulam... 

Turki sher derman ravon Navoiy kabi

Forsiyda hamon Banoiy kabi.”

27

 



 

Bundan  tashqari  Shiriy  ta‟rifini  o„qir  ekanmiz,  uni  “Alisher  Navoiy  kotibi” 

darajasida  ulug„laydi.  “Sulton  Boyazid  –  u  Sulton  Salim  davrida  vaziri  a‟zam 

bo„lgan. Harsak o„g„li Ahmad podshohning o„g„li Ali Begdir. Bu matla‟ hasbi holi 

uldug„i jihatdan aksari zamonda o„qurdi.  

                                                           

26

 Oshiq Chalabiy  “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.1326. 



27

 O‘sha asar, - Б.1430-1431.   




31 

 

Matla‟: 



Nafis jismumi do„ndurdi oh-u zor naya, 

Go„rung bani naya do„ndardi ro„zg„or, naya. 

 

She‟rda  dag„i  beshayi  (peshayi)  balog„atning  narra-she‟ri,  diyori  korzori 



fasohatning Ardasheri, dasti vazorati nazmu nashrning  Mir Alisheri, madh-u qadh 

ila shuaroning naziri bashiri edi.

28

 

Soniy  ta‟rifida  keltirilgam  ma‟lumotlar  Alisher  Navoiyga  bo„lgan  faxr 



tuyg„usini  oshiradi.  “Jon  Mami  demakla  ma‟rufdur.  Istanbullikdir.  Qul  o„g„lidir. 

Amir Buxoriy mahallasinda bo„lurdi... 

Haqir Burusa (Bursa)da bo„lurdim, ul asnoda Istanbulg„a keldim, ko„rdimki 

qandi odam joni. 

Bayt: 

Mashanidam ki ofati joni, 



Chun badiydam hazor chandoni 

(Jonning ofati ekaningni eshitar edim, 

Ko„rgach, ming bor ofati bo„lding.) 

 

Va maxlasi Soniy va bu bayt sahifayi husnining unvoni: 



Bayt: 

Shanidam ki dar ofoq nay turo Soniy, 

Chu didamat bahaqiqat hazor chandoniy. 

(Ufqlarda sening sheriging yo„qligini eshitdim, 

 Seni ko„rgach, ming bora ustun ekansan.) 

Beixtiyor Navoiyning  ushbu baytini o„qurdimki, 

Matla‟:  

Takalluf har nechung suratda bo„lsa, (suratki bo„lg„ay) andin ortuqsan, 

Seni jon derlar ammo betakalluf jondin ortuqsan.  

                                                           

28

 Oshiq Chalabiy  “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.1463-1465. 



 


32 

 

 



Zotiy ta‟rifida ham Navoiy to„g„risidagi ma‟lumotlarga duch kelamiz. 

“Zotiyi  marhum  viloyati  Qarosiydan  qasabayi  Balikesirdandir.  Arbobi 

hirafdan muzado„z emish.  

...Navoiji  Naqqosh  Piri  Chalabiy  ki  kishvari  fanni  Farsung  Forisiydur  va 

Arab  she‟rinda  Abu  Firos  Farazdaq  kabi  Ajam  she‟rining  bu  dag„i  Abul-

favorisidur,  nuki  xomasiyla  ilmi  inshoning  ma‟raka-orosi  va  gulshani  nazmi 

Navoiyning xuv bulbuli xushnavosidur.”

29

 



          Basiriyning ijodiy faoliyatida ham Alisher Navoiy muhim o„rin tutadi. 

“Matoi nazmning voqifu xabiyri va fanni she‟rning noqid(z) va basiyridur.  

Bayt: 

Koinotning nek-u bad varziydasi. 



Ro„zg„orning gurchi borondiydasi. 

 

Bayt: 



Har besha gumon mabar ki xolist, 

Shoyad ki palang xufta boshab.  

(Har o„rmoni bo„sh deb o„ylama, balki qoplon yotgandir (uxlagandir)).  

Tazkiradan  yana  quyidagi  qismlarni  oldikki,  unda  Alisher  Navoiy  ijodiga 

yuksak  baho  berilgan.  “Mazmuni  xasbi  holi  edi.  Shuaro  ichida  bir  bek  bo„lib, 

vujudi koshonayi zaraftung naqshi bemisoli edi. Navoiyi marhumning “Majolis un- 

nafois” inda mazkur o„lan (bo„lgan) shuarodan va poytaxti mulki Xuroson bo„lgan 

Hirotda Mirzo Sulton Husayn-u Navoyi-yu Jomiy-yu Banoyi (Binoyi) va ul asning 

akobiri xizmatatina erishmish Zufarodan erdi. Rumga Sulton Boyazidi marhumg„a 

Navoiy va Jomiyning kitob-u g„azallari va siporishnomalariyla kelmishdur...”

30

 

Nazm: 



Hamdulilloh ki erdi fasli bahor, 

Bo„ldi xush e‟tidol laylu nahor. 

                                                           

29

 Oshiq Chalabiy  “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.1573, 1576. 



30

 O‘sha asar, - Б.1483-1484 




33 

 

Davri adl-u himoyatingda bu dam, 



Amn-u osoyish uzradur olam... 

Majlisi ishqa kelsa mastona, 

Suna Jomiyg„a Shavqiy paymona. 

Yetsa bir nazm ila taronayi xos, 

Yeda(r) xoki Navoiyni raqqos. 

31

 



 

Valahu 


Zulfi yori vasf etib 

Qildi muattar olami, (olamni) 

Ko„rsa ayturdi Navoiy 

Kotibi attor emish. 

32

 

 



Niyoziy haqida shunday o„qiymiz: 

“Marhum  Hofizi  Ajam  o„g„li  Muhammad  Shoh  Chalabiydur...  aksar  Navoiy 

ash‟orin tatabbu etardi. Bu matla‟i matbu‟i aningdur: 

Matla: 


Ishqing havosin aylagali  murg„i jon havas, 

Jismum mushabbak o„ldi do„qindi anga qafas.”

33

 

  



Yoki  quyidagi  parchaga  e‟tibor  bersak,  shoirning  she‟rlari  Navoiy 

she‟rlariga o„xshatilyapti:  

“SifoliyYahyo  Posho  o„g„li  Muhammad  Posho  o„g„li  Arslon  Poshodur-

Beklikdin va gadolikdin bahramanddur... 

...  Bazmi  korzarda  mayi  gulrang  kibi  xuni  dushmandan  do„stkomiylar 

tanavvul  etardi.  Afranju  Pech  sardorlarining  boshlarin  sifolda  bitmish  Farang 

olmosi kibi korab olmosi ila kesib mazalanub tanaqqul etardi. Bu jumla ila she‟rda 

dag„i  Mir  Alisher  edi  va  sifoli  davotinda  tikdugi  shohnomayi  xushkdan  ma‟no 

                                                           

31

 Oshiq Chalabiy  “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.1420-421 . 



32

 O‘sha asar, - Б.698. 

33

 O‘sha asar, - Б.926-927. 




34 

 

gullari  va  xayol  qaronfillari  (boychechaklari)ndan  g„unchalar  dambasta  va 



sunbullar dilgir edi.”

34

  



“Sulton  Muhammadga  vaziri  a‟zam  bo„lgan  Mahmud  Poshodurki, 

marhumning vazoratda qadru rif‟ati va podshohg„a qurbi manzilati mutavotirdur... 

... Agarchi  marhumning ash‟ori nafis va adosi salisdur, ammo inshosi she‟rdin a‟lo 

va  kinoyat-u  isti‟orot  va  latoif-u  nuqoti  mabodiy-yu  maboniysi  (ma‟oniysi)  puxta 

va ustodondir. Xususan Navoiy ila muqotabati bebahonadur.”

35

  



Tazkirada shu bilan birga Navoiyning Adniy taxallusli Valiy Mahmud Posho 

(vafoti  1474)  bilan  maktub  yozishgani  to„g„risida  fikr  bildirilgan.  Bundan 

ko„rinadiki,  Navoiyning  Rum  eli  bilan  bog„lanishi  birgina  yuqoridagi  33  g„azal 

bilan  cheklanmaydi.  Agar  Valiy  Mahmud  Poshoning  1474-yilda  vafot  etgani 

e‟tiborga olinsa,  1481-yilda taxtga chiqqan Boyazid II ga Navoiyning 33 g„azali 

yetib  bormay  turib,  bundan  taxminan  o„n  yillar  chamasi  avval,  ya‟ni  ulug„  shoir 

22-25  yoshlarida  rumlik  shoirlar  bilan  maktublar  yozishgan.  Demak,  Navoiy  25 

yoshlarida Rum eli e‟tiborini tortadi.  

Oshiq  Chalabiy  Navoiy  g„azallarini  Rumga  Basiriy  keltirganiga  urg„u 

beradi: “Navoiyi marhumning “Majolis un-nafois” inda mazkur bo„lgan shuarodan 

va  poytaxti  mulki  Xuroson  bo„lgan  Hirotda  Mirzo  Sulton  Husayn-u  Navoiy-u 

Jomiy-u Binoiy va ul kasning akobiri xizmatiga erishgan zufarolardan edi. Rumga 

Sulton  Boyazidi  marhumga  Navoiy  va  Jomiyning  kitob-u  g„azallari  va 

siporishlariy-la  kelmishdir”  (420-421-betlar).  Hirotga  yuqoridagi  ulug„lar 

xizmatida bo„lgan hirotlik shoir Basiriyning kelishi aniqlashdi, biroq u  nimagadir 

vazifani ado etgach, qaytib ketmasdan bir umrga Rum elida qolib ketadi. U Hazrat 

Alisher  Navoiy  asarlarining  targ„iboti  bilan  mashg„ul  bo„lib,  ijodining  boshqa 

o„lkalarga yoyilishiga sabab bo„ladi. Xullas, Navoiy va Jomiy asarlarini Rum eli va 

uning sultoni Boyazid II ga Basiriy taxallusli shoir yetkazgan va umrining oxiriga 

qadar Onado„lida yashab qolib, Navoiy asarlari targ„iboti bilan mashg„ul bo„lgan. 

Navoiyning  maktubotlari  orasida  Basiriy  taxallusli  shoirga  muammo  bitgani 

                                                           

34

 Oshiq Chalabiy  “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild), -Б.993-994. 



35

 O‘sha asar, - Б.999. 




35 

 

manbalarda  qayd  etilgan.  Mutribiyning  xabar  berishiga  qaraganda,  uning  ona 



tomondan bobosi Basiriy taxallusli shoir bo„lgan. Bu ikki Basiriy bir kishi bo„lib 

chiqishi mumkin, biroq buni tasdiqlovchi hujjat qo„limizda yo„q. 

Alisher  Navoiyning  Onado„liga  yuborilgan  devoni  “Navodir  un-nihoya” 

bo„lib, unda 33 g„azalni Sulton Boyazid ma‟qul ko„rib, zamonasining shoiri a‟losi 

Ahmad  Poshoga  nazira  yozishni  buyurgan.  Ahmad  Posho  va  o„nlab  shoirlar 

Navoiy ijodining ta‟sirida bo„lganlar.  

Navoiy davlat idoralarida faoliyatda bo„lgan vaqti Sulton Boyazid II ga bir 

necha  maktublar  yozgan  (Turk  tazkiralariga  ko„ra,  ular  10  dan  ortiq).  Biroq  bu 

maktublarning  matni  hali  aniqlanmagan,  ularni  topib,  ilmiy  muomalaga  kiritish 

navoiyshunoslik zimmasidagi vazifalardan biri.  

Xullas,  “Mashoir  ush-shuaro”  tazkirasi  XVI  asrda  yaratilgan  va  unda  

muallif Oshiq Chalabiy Navoiy ijodiga keng va atroflicha munosabat bildirgan. 

Ya‟ni tazkirada Subhiy, Shoh Mahammad ul-Qazviniy at-Tabib, Zotiy, Soniy, 

Marhum  Hofizi  Ajam  o„g„li  Muhammad  Shoh  Chalabiydur,  Shukriy,  Shiriy 

Sifoliy,Yahyo  Posho  o„g„li  Muhammad  Posho  o„g„li  Arslon  Posho  haqida  so„z 

yuritilganda Alisher Navoiy nomi tilga olinadi, muqoyasa qilinadi. 

 Alisher 

Navoiy  she‟rlari  yuksaklikning  eng  cho„qqisida.  Oshiq 

Chalabiyning  “Mashoir  ush-shuaro”  tazkirasida  zikr  etilgan  shoirlarga  shu 

cho„qqiga nisbatan baho berildi. 

 

 

 



 

 



 

 

 



 


36 

 

II  bob.  XVII-XX  asrlarda  yaratilgan  tazkiralarda  Alisher  Navoiy  ijodiga 



munosabat masalasi 

 

2.1. Sodiq Kitobdor Afshar va uning “Majma‟ ul-xavos” tazkirasida             Alisher 



Navoiyga izdoshlik 

 

Tazkiralar  Alisher  Navoiyning  ma‟naviyat  xazinasini  boyituvchi 



manbalardan  biri.  XVI  asrdan  boshlab  ko‟plab  tazkirachilar  Navoiy  nafasini  his 

etgan holda tazkiralar yaratdilar. Shular jumlasiga Sodiqbek Sodiqiyning “Tazkirai 

majma‟ ul-xavos”, Som Mirzoning “Tuhfai Somiy”,  Lutfalibekning “Otashkadayi 

Ozar” asarlarini kiritamiz. 

“Tazkirai  majma‟  ul-xavos”  tazkirasining  muallifi:  Sodiq,  Sodiqiy,  Avshar 

(elat  nomi),  Kitobdor  (kasbiga  ko„ra)  –  nisbalari.  Demak,  muallifning  ismi  – 

Sodiqbek, taxallusi – Sodiqiy, mansab bo„yicha laqabi – Kitobdor. U Shoh Abbos 

davrida  kitobdorlik  mansabiga  ko„tariladi.  Bu  davrda  kitobdor  mansabidagi  kishi 

san‟at  xodimlariga  rahbar,  ustoz  deb  hisoblanardi.  Shom  (Suriya)dan  Tabriz 

shahriga  kelib  o„rnashgan.  Mavlono  Ali  Naqqosh,  Behzodning  shogirdi  Muzaffar 

Ali  bilan  birga  ishlab,  zamonasining  mashhur  rassomlaridan  biri  bo„lgan. 

Qalandarlar  safida  Qazvin,  Isfahon,  Yazd,  Gilon,  Lohijon,  Astrobod,  Hamadon, 

Bog„dod,  Nasaf  va  Karbalo  shaharlariga  sayohat  qilgan.  Shoh  Ismoil  II,  Shoh 

Abbos  I  davrida  devon  kutubxonasining  mudiri  bo„lgan.    Sodiqiy  o„zbek, 

ozarbayjon va turk tillarida bitgan asarlari asosida kulliyot to„plangan. 

  

“Majma‟  ul-xavos”  (“Xoslar  majmuasi”)  –  Muhammad  Ali  Sodiqbek 



Sodiqiy Avshar (1532-1613) asari 1602-yilda yaratilgan. Muallif asli ozarbayjonlik 

bo‟lsa-da,  asari  o„zbekcha  yozilgan.  Bunda  Navoiyning  tazkirachilik  an‟analari 

yaqqol  ifodalangan.  “Xavos”  so‟zi  “xos”ning  ko‟plik  shakli  bo‟lib,  “kiborlar 

yig‟ini,  to‟planishi”  demakdir.  Bu  “nafislar  majlis”iga  ma‟no  jihatdan  yaqin.

36

 

Tazkirada  Shoh  Ismoil  davrining  avvallaridan  tortib  Shoh  Abbos  zamonigacha 



o„tgan  333  ta  shoirning  ijodi  haqida  ma‟lumot  beriladi.  Sodiqiyning  Navoiyga 

                                                           

36

 Шайхзода М. Тазкирачилик тарихидан. Асарлар. 4-том. – Т.: 1972. –Б.312. 




37 

 

bo‟lgan chin muhabbati va ixlosmandligi tufayli tazkira o‟zbek tilida yozilgan va 



Navoiyga taqlidan 8 bobdan iborat qilib tuzilgan: 

 

Avvalgi majma‟. Zamon podshohlari haqqinda.  



2-majma‟. Shahzoda shoirlar.  

3-majma‟. Saltanat ustuni bo„lgan turk haqqinda.  

4-majma‟. Saltanat ustuni bo„lgan eronlilar haqqinda.  

5-majma‟.  Saltanat  ustunlari  bo„lgan  turk  va  eroniylarning  buyuk  avlodlari                                                                                     

haqqinda.  

6-majma‟. Payg„ambarlar naslidan chiqqan shoirlar zikri. 

7-majma‟: Atrok xushtab‟lari zikridakim, quvvati iste‟dod bila turkiy va forsiy va 

arabiy kalomiga qodir bo„lib, Arab va Ajamda latofati tab‟ va nazokati zehn birla 

shuhrat qabulin topibdurlar. 

8-majma‟. Ajamning muosir fasohat va balog„at sohiblari haqqinda. 

XOTIMA 

Minal-qasida 

Min abbosnoma 

Tarix xatna jahonboni so„fiy mirzo 

 

Muallif  o„zigacha  tazkira  yozgan  4  ijodkor  Jomiy,  Navoiy,  Davlatshoh 



Samarqandiy  va  Som  Mirzo  asarlarining  zayli  (ilovasi,  davomi)  sifatida  tilga 

olinadi.  Asarning  nisbatan  qadimgi  qo„lyozmasi  1607/08  yillarga  oiddir.  Muallif 

tazkiraning  tegishli  qismini  shoirning  nomi  bilan  boshlab,  so„ngra  oilasi  va 

tug„ilgan  joyi,  kasbi  haqida  so„z  yuritadi.  Shoirlik  darajasi  va  asarlaridan 

namunalar  beradi,  ayrim  shoirlar  haqida  latifanamo  naqllar  keltiradi.  Shoirlar 

ijodidan  59,  74,  hatto  99  bayt  keltirgan  o„rinlar  ham  bor.  Shoirlar  geografiyasi 

O„rta  Osiyo,  Xuroson,  Onado„li,  Iroq,  Ozarbayjon  o„lkalarini  o„z  ichiga  oladi. 

Tazkira, asosan, turkigo„y shoirlarni qalamga olishi bilan xarakterlidir. Xotimada 

muallif o„z ijodidan namunalar keltirgan.  

 



38 

 

Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Avsharning quyidagi asarlari bor:  



“Zubdatu-l-kalom” (“So„zlar qaymog„i”) – podshohi islomning madhida yozilgan 

maqtovlar, na‟tlar, manqabalarga oid qasidalar to„plami.  

“Fotihnomai Abbos Nomdor” masnaviysi – mutoqorib bahrida yozilgan doston.  

“Majma‟ ul-xavos” (“Xoslar majmuasi”) tazkirasi, 

“Sharhi hol” – Nizomiyning “Maxzan ul-asror”i va Sa‟diyning “Bo„ston”i tarzida 

yozilgan hikoyalar to„plami. 

“Sa‟d  va  Said”  –  Nizomiyning  “Xusrav  va  Shirin”  dostoni  vaznida  yozilgan 

masnaviy. 

“Devon g„azaliyoti forsiy va turkiy”, 

 “Manzumai qonun us-suvari naqqoshiy” (“Rassomlik qonunlari manzumasi”), 

 “Munshaot  va  Mukotibat”  to„plami  –  ozarbayjon  va  forscha  yozilgan  xatlar 

majmuasi. 

 “Tazkirat ush-shuaro” (Ruboiy va muammo yozgan shoirlar) tazkirasi,  

“Hazziyot” risolasi har qanday hissiy halovat haqida. 

“Majma‟  ul-xavos”  (“Xoslar  majmuasi”)  tazkirasi  quyidagi  ruboiylar  bilan 

boshlanadi:  

 

          “Yo Rab, sadafi tab‟imni gavharzo qil, 



 

Xurshidi kalomimni jahonaro qil. 

 

Ko„nglimni durri shukring ila daryo qil, 



 

Ya‟ni tilimni hamding ila go„yo qil. 

 

 

Ey, qatrai vaz‟i rahmating bahrnavol, 



 

Vey qulzumi lutfing jahon qatra misol. 

 

Aytdung vasfi tab‟imi chun durji xayol, 



 

Qil gavhar naqlin ani molomol. 

 

 

 



Ey tang qoshida arsayi charxi vase‟, 


39 

 

 



Vey past rahing-la poyai uqul rafe‟. 

 

Yo Rab, na qilobizga bu af‟oli shane‟, 



 

Gar qilmasen oli va avlodi shafe‟.

37

 

 



Asar  muqaddimasida  Navoiy  nomi  yilga  olingan.  “Hamdu  siposi  beqiyos 

sendek  ma‟budi  vojib  ul-vujudg„akim,  so„z  tazkirasiga  til  qalamin  joriy  edup  va 

tazkira  so„zig„a  qalam  itilin  qori  qilib  odamning  yaxshi  oti  debochasin  naqshi 

qudrating “Laqad xalaqal insana fi ahsanul taqvim”  lavhasi uzra muzannab edup 

insoni  komilning  to„qri  zoti  fehrestin  “Sadaq  al-lohil  azim  va  sadaqa  rasulu-l-

karim”  vas‟i jadvali birla muzayyib etdi, nechukkim, insonni hayvondin ta‟rifoti 

rabboniylig„ing “Va lakad karramno bani odama...”  navozishi bila imtiyoz berdi. 

Oqili johildin tahkumoti subhoniylig„ing “Xalaqal insona min tafovut”  kushoyishi 

birla  mustasno  qildi.  So„z  payg„ambari,  balki  payg„ambar  so„zi  noseh  adiyoni 

ulum  bo„lmog„ig„a  yigirma  to„qquz  harfing  taqdim  va  ta‟xir,  madxul  va  maxruj 

bo„lmog„i bila buncha katab va rasoil nashuraki, ibtidoi fitratin xilqatidek fozillar 

va olimlar tilidan aytulup va oytilojoqtur. Bir safg„a yo„qkim, muvofiq tushmaptur 

va  tushmas.  Karomat  qildug„ing  mo„„jiza  kofiydur  va  buncha  tasnif  va 

davovinkim,  og„ozi  intizomdin  anjom  ixtitomg„acha  shuaroi  asr  va  nizomi  dahr 

qalamidin  tilib va tilanajoqdur.  Bir  g„azal,  balki bir  bayt  mutobiq bo„lmabdur va 

bo„lmas  shift  etdukung  katomat  shofidur.  Agarchi  rost  bozor  so„z  kolosining 

nafislig„i  cho„pdur  valanzam  mato‟ining  xaridori  cho„qdur.  Hazrat  Sayyid  valadi 

Odam  Muhammad  salallohi  alayhi  ola  so„z  marotibi  bayonida  aytupdurlarkim, 

“Inna mina-sh-she‟r lilhikmata va inna manal bayon lilsehr”. Bu taqdir ila arbobi 

nazm  va  ashobi  she‟r  so„z  borgohida  sadrnishin  va  takallum  xonaqohida 

xilqatguzin  erurlar.  Lihaza  xo„b,  a‟lomliq  farsi  nuktapardozlari  va  marg„ub 

kalomliq  turk  suxansozlari  bu  jamoat  parishonlig„i  jam‟iati  ichun  va  bu  toifa 

jam‟iyati parishonlig„i ichun shoyista majlislar va boista mahfillar orosta va pirosta 

qilupdurlar. 

Avvalo, 

shayxulislomi 

nuran 

Abdurahmon 



Jomiyning 

“Bahoriston”ining  bir  ravzasidur.  Va  yana  Amiri  kabir  Alisherning  “Majolis  un-

                                                           

37

 Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) Majma’ ul-xavos. Baku, 2010, -B.4-5. 




40 

 

nafosi”idur.  Va  yana  “Tazkirai  Davlatshoh”dur.  Va  yana  shahzodai  olam  va 



olamiyonning  “Tuhfai  Somiy”sidur.  Bu  silsilai  sarhalfa  intizomi  bir-biridin 

uzulmasun deyu va bu tazkiralar sarrishtasi buzulmasun deyu: 

 

 

 



Mashaqqat mulkining bexson damoni, 

 

 



Malomat daftarining nuktadoni. 

 

 



Muhabbat go„shasining xok rubi, 

 

 



Muvaddat majlisining poy ko„bi. 

 

 



Haqorat dashtining za‟if giyohi, 

 

 



Irodat dargahining xok rohi. 

 

 



Vafo sarrishtasining poybandi, 

 

 



Davosiz dardi ishqning dardmandi. 

 

 



Malolat uqbosining go„shagiri, 

 

 



Gadolig„ ostonining faqiri. 

 

 



Tajarrud keshvarining komroni, 

 

 



Tafarrud majlisining qissaxoni. 

 

 



Balo hangomasining peshdasti, 

 

 



Fano xumxonasining mayparasti. 

 

Aqali  ibod,  jumhuri  muqayyiri  bebizoat,  xoksori  Sodiqiy  Kitobdor  bu 



zamonning 

xushtab‟ 

shirinkalomlari 

va 


bu 

davronning 

sehrsoz 

mo„jaznizomlarikim,  bovujudi  adam  rioyat  va  kasrati  maziq  va  ma‟oshi  shuaroi 

sobiq tatabbu‟ida xo„b aytup, yamon bormopdurlar va nizomi rost borub domgoh 

andishasida  guzar  qilolmaskim,  kamandi  tasavvurig„a  band  bo„lg„ay  va  tuhmatin 

nukot  arsa  tafakkurig„a  qadam  qo„ymaskim,  sarpanjai  qudrat  darrokasig„a  asir 

bo„lmag„ay  va  agar  muborak  xotirig„a  gohi  xutur  qalsakim,  nazm  sori  ham 

mutavajjih bo„lmoq kerak.  

 

Bu yonglig„ she‟r ayturkim, 



 nazm: 


41 

 

 



Zig„amat chiniki xoram zikason kanor doram, 

 

Manu bekasu xori bekasi che kor doram. 



 

Magzor digar badilam zisari garoni, 

 

Ki basiyna kuhi hasrat man burdi bor doram. 



 

Maksho zabon bapursishi, begzor to bemiram, 

 

Ki javri behadi tu gilai beshumor doram.



38

 

 



Sodiqiy  “Susaniybek”  fiqrasida  shunday  yozadi:  ”…turkmandur.  Avoilda 

shohi  jannatmakonning  muazzam  qo‟rchisi  edi…  Ta‟bi  Alisher  Navoiy  she‟riga 

ko‟p sarrostdur.” Susaniybekning bayti: 

 

Shohlar  tutmas  gado  ilkin  fano   bozorida, 



Kelki, ul bozorakim, tuyg‟ay gadolar shoh elin. 

 

Susaniybek  o‟zi  turkman  bo‟lgani  holda  Navoiyga  muxlis  bo‟lib,  o‟zbek 



tilida she‟rlar yozishi diqqatga sazovor. 

Sodiqiy  o„z  kitobining  oxirida  Ayyub  nomli  bir  kishi  haqida  ma‟lumot 

beradi.  Ayyub  Abulbaraka  degan  bir  kishining  o„g„li  bo„lganligini  va  ul  kishini 

Alisher Navoiy  “Majolis un-nafois”da yomon sifatlar bilan tavsif etganini eslatib 

o„tadi. 

“Ayyub  –  xurosonlig„dur.  Abulbaraka  o„g„lidurkim,  Amiri  kabir  Alisher 

“Majolis  un-nafois”da  ta‟rif  qilubdurkim,  ulcha  badzot  va  bemulohaza  erdikim, 

Xuroson  ahli  ilkidin  firor  qilub  ovora  bo„ldilar.  Bu  baytni  aning  ichun 

aytubdurlarkim: 

 

Dev shaytonsifat Abulbaraka, 



Bod joyat bahaftmin daraka. 

 

                                                           



38

 Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) Majma’ ul-xavos. Baku, 2010, -B.76. 




42 

 

Va  illo  o„g„li  aning  xilofig„a  majlisovor  va  mazhak  kishi  erdi.  Ustodimiz 



Mir San‟o alayhirrahma bila ko„b musohib ermishlar. Bu abyot ul azizningdurkim: 

 

Hadisi mazhab az bo mashrab chi mayparase, 



Zi harfi mashrab az mazhab chi mayparase. 

 

Az g„amzai nekash tig„ chi tarse zi qiyomat



Moro burhon az xud va xudro az malomat. 

 

So„z pinhon maro dog„i dili man donad, 



Holat so„xta taro so„xta xar man donad. 

 

Az davlat xayoli tu dusham visol bud, 



Onku maro rasonad bavaslat xayol bud”.

39

 



 

Xullas,  Muhammad  Ali  Sodiqbek  Sodiqiy  Avsharning  “Majma‟  ul-xavos” 

tazkirasida Navoiyning tazkirachilik an‟analari yaqqol ifodalangan. “Xavos” so‟zi 

“xos”ning  ko‟plik  shakli  bo‟lib,  “kiborlar  yig‟ini,  to‟planishi”  demakdir.  Bu 

“nafislar majlis”iga ma‟no jihatdan yaqin. Sodiqiyning Alisher Navoiyga bo„lgan 

chin muhabbati va ixlosmandligi tufayli tazkira o„zbek tilida yozilgan. Sodiqiy o„z 

kitobini Navoiyga taqlidan 8 majma‟(bob)dan iborat qilib tuzgan.  


Download 478.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling