Bitiruv malakaviy
Download 478.81 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tazkiralarda alisher navoiy siymosi
39 Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) Majma’ ul-xavos. Baku, 2010, -B.83. 43
2.2. XX asr boshlarida yaratilgan tazkiralarda Navoiy ijodi masalalari “O„zbek tazkirachiligining to„ng„ich asari bo„lgan “Majolis un-nafois” o„zbek tilida bir qator tazkira, majmua yoki bayozlarning vujudga kelishiga yo„l ochdi, bir namuna bo„lib xizmat qildi” 40 . O„zbek tazkirachiligida Navoiy boshlab bergan an‟ana XX asrda ham davom etganligini asoslovchi asarlar mavjuddir. Salomat Matkarimovaning 2007-yilda himoya qilgan dissertatsiya ishi XX asr tazkirachiligi bilan bog„liqdir, ya‟ni ilmiy ishning mavzusi “Tabibiy - tazkiranavis”. Ahmad Tabibiyning tazkiralari – “Majmuai si shuaroyi payravi Feruzshohiy” va “Muhammasoti majmuat ush-shuaroyi Feruzshohiy” – 30 dan ziyod ijodkorlar hayoti faoliyatiga oid ma‟lumotlar XIX asr oxiri XX asr boshidagi Xorazm adabiy muhitining asosiy xususiyatlarini yoritishi jihatdan birlamchi va ishonchli manba. Ular Navoiy boshlab bergan o„zbek tazkirachilik an‟anasi ijodiy ta‟siri va rag„batining Tabibiy talqinidagi ifodasi va yangi tarixiy davrdagi davomi ekani bilan ham qimmatli. Sayyora Samandarova esa 1996-yil “XX asr o„zbek tazkiralari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. U XX asr tazkiranavislari sifatida Xiva adabiy muhitida Hasanmurod Laffasiy (“Xiva shoir va adabiyotchilarining tarjimayi hollari”), Qo„qon adabiy muhitida Po„latjon Qayumov (“Tazkirayi Qayumiy”) tazkiralarini o„rganadi 41 . “Tazkirayi Qayumiy” (“Qayumiy tazkirasi”) – Po„latjon domla Qayumiy (1885-1964) asari (1960). O„zbek tilida. Markaziy Osiyodagi turk tilli 324 shoir ijodi haqida. Ularning aksariyati Buxoro amirligi, Xiva va Qo„qon xonligida yashaganlar. Tazkira daftarlar tarzida tuzilgan bo„lib, har qaysi daftar muayyan ichki mundarijaga ega. Tazkirada shoirlar ijodidan 10259 misra she‟r keltirilgan. Tazkira haqida akademik Aziz Qayumov shunday yozadi: “Otam S.Ayniyning “Namunayi adabiyoti tojik” asaridan ibrat olgan. So„ng ushbu adabiyot bilan yaxshi tanishib, “Namunayi adabiyoti o„zbek”ni yaratishni orzu qilgan. Asar
40 Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1965. –B.515. 41 Samandarova S. XX asr o‘zbek tazkiralari: filol. fan. nomzodi... dis. – Toshkent: 1996. –Б.46. 44
tazkira tarzida tuzilganligidan, unda boshqa tazkiralardagi ma‟lumotlardan foydalanilganligidan va u butun o„zbek adabiyotini qamrab olganlik da‟vosidan yiroq bo„lishi uchun “Tazkirayi Qayumiy” deb nomlangan”. Po„latjon Qayumiy 1885-yil Qo„qonda tug„ilgan. Otasi Abdulqayum Mirzo xattot bo„lib, uning tomonidan ko„chirilgan Navoiy va boshqa shoirlarning devonlari Toshkentda litografiya usulida bosilgan. Po„latjon Qayumiyning ma‟rifatparvar bo„lib shakllanishida, olim sifatida qator ilmiy-tarixiy asarlar yaratishida u tavallud topgan ana shu oila muhiti zamin tayyorlagani, shubhasiz. “Tazkirayi Qayumiy”ning manbalari sifatida quyidagi asarlarni ko„rsatish mumkin: Alisher Navoiyning “Majolisu-n-nafois” tazkirasi. Po„latjon Qayumiy mazkur tazkiradan 14-15-asr mumtoz adabiyot namoyondalari haqida ma‟lumot berishda, xususan, Sayyid Ahmad, Atoiy, Lutfiy kabi shoirlar xususidagi ma‟lumotlarda Navoiyning ushbu shoirlar ta‟rifidagi fikrlarini ham keltiradi. Alisher Navoiy Sayyid Ahmad haqida “turkiy, forsiy she‟rlari bor”ligi to„g„risida to„g„risida xabar berishini, Atoiyni “xushxulq, darveshvash, munbasit kishidur, turkigo„y erdi. O„z zamonida ash‟orlari atrok orasida ko„p shuhrat tutgan” deb ta‟riflashini, Lutfiy esa “o„z zamonasining “malik ul-kalomi”, ya‟ni “so„z podshohi” erdi. Turkiy va forsiyda naziri yo„q erdi”, deya ulug„lashini qayd etadi. Tazkira uchun foydalanilgan manbalar: - Qoti Rahmatullo Vozehning “Tuhfat ul-ahboblari tazkirat ul-ashob” tazkirasi; - Afzal Pirmastiyning “Afzal ut-tazkor fi zikr ush-shuaro val- ash‟or” tazkirasi; - Fazliy Namangoniyning “Majmuai shoiron” majmuasi. “Tazkirayi Qayumiy” o„zbek adabiyotining juda katta davrini qamrab olgan. Asarni shu nuqtayi nazardan o„rganganda, unda quyidagi davrlarga mansub shoirlar haqida ma‟lumotlar mavjudligi ayon bo„ladi: - XI-XIII asrlar umumturkiy adabiyot namoyondalari (Mahmud Qoshg„ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Rabg„uziy); 45
- XIV asrda va XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan shoirlar (Xorazmiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Durbek, Sayyid Ahmad, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy); - XV asrning ikkinchi yarmi o„zbek adabiyoti. (Alisher Navoiy); - XVI-XVII asrlarda ijod etgan shoirlar (Xoja, Majlisiy, Baqoiy, Mashrab); - XVIII asrda yashab ijod etgan shoirlar (Huvaydo, Naseh, Mashrabi soniy, Mansur, Nizomiy, Shavqiy I, Ravnaq); - XIX asr va XX asr o„rtalarida yashab ijod etgan shoirlar anchagina bo„lganligi sababdan nomlarini keltirmadik. Ularning nomlari tazkirada ilk bor keltirilganligi bilan diqqatga molik. Hazrat Alisher Navoiy haqida “Tazkirayi Qayumiy”ning birinchi daftarida so„z yuritilgan. “Navoiy – ulug„shoir Alisher milodiy ila 1441-yilda 9-fevralda Hirot shaharida xizmatchi amir oilasida dunyoga keldi. Otasi hukumat idorasinda xizmat etar edi. Alisher temuriylar sulolasiga yaqin turar edi. Temuriylardan Husayn Boyqora bilan boshlang„ich maktabda birga o„qimishdir. Xurosonning podshohi Shohruh mirzo 1447-yilda vafot etgandan so„ngra shahzodalar orasinda taxtga vorislikning talashishi boshlanib ketib mamlakatda notinchlik zuhur etdi. Alisherning otasi butun oilasini olib Iroq tomonga safar etdi. 1452-yilda Alisher Hirotga qaytib k eldi. Tahsilda davom etdi. Xattotliq ila rassomliq, ilmi aruz o„rgandi. Musiqani ham o„rgandi. She‟r yozishga ertaroq kirishdi. Ul 15 yoshinda shoir bo„lib tanildi. Turkiy tilda taxallus etib Navoiy va tojik tilida Foniyni ixtiyor etdi. Shuning uchun ikki tik egasi (“Zullisonayn”) deb shuhrati chiqdi. 1456-yilda Xurosonning shohi bo„lmish Abulqosim Boburning saroyiga xizmatga kirdi. Bu shoh ham shoir edi. Yosh Alisherning talantiga yaxshi baho berur edi. Abulqosim Bobur vafot etdi. Alisher Mashhad shaharida turdi. Bundan Hirotga 1464-yilda qaytib keldi. Bunda turganda Badaxshonlilar bilan do„stlashib yurar edi. So„ng badaxshonlilar Abu Said mirzoga qarshi isyon chiqazdilar. Gumon bilan buni Alisherdan ko„rdilar. 1466-yilda Alisherni Samarqand shahariga surgun qilishdi. Alisher madrasai Ulug„bekda turib, o„shal zamonning mashhur olimi, mashhur mudarris mavlono Abu Lays Samarqandiydan fan o„rgana boshladi. Bunda
46
mashhur olimlar va cholg„uchilardan boshqa fan arboblari bilan tanishdi. 1469- yilda Xurosonda o„zgarish bo„lib, Husayn Boyqora Xuroson podshohi bo„lib, Hirotda taxtga o„tirdi. Alisher Navoiyni o„ziga chaqirdi. Alisher Hirotga borgach, 1469-yilda muhrdorlik mansabi berildi. Bu olimning vijdoni hukmdorlarning axloqi bilan kelisha olmadi. Saroy arboblarining xalq ommasiga qilgan jabr-u zulmlariga norozilik ko„rsata boshladi. Zolimlar ko„pi Alisherni yoqtirmadilar. Surgunda bo„ldi. Yana Hirotga qaytdi. Keyin hamma vazifalardan iste‟fo berib chiqib, o„n bir yilcha ilmiy, adabiy tahrir ishlari bilan mashg„ul bo„ldi. Buyuk asarlarini yaratdi. “Xamsa”sini yozib tamom etdi. Astrobodga borib turdi. 1488- yilda Hirotga kelib turdi. Nihoyat, 1501-yil 3-yanvarda vafot etdi. O„zbek muta fakkiri, shoiri bizga buyuk qiymatli asarlar qoldirdi.” 42
Navoiyning hayot va ijodiga oid ma‟lumotlar keltirilgan. Yuqoridagi parchadan tazkirada Alisher Navoiyning hayotiga keng to„xtalib o„tilganligi seziladi. Ya‟ni ulug„ shoir qachon, qayerda tug„ilganligi, kimlardan ta‟lim olganligi, Husayn Boyqora bilan do„stligi haqida o„qiymiz. Ijodi haqida so„z ketganda Alisher Navoiyning zullisonayn shoir ekanligi va umrining oxirigacha adabiy tahrir bilan mashg„ul bo„lganligi alohida ta‟kidlanadi.
42 “Тазкирайи Қаюмий”/Нашрга тайёрловчи Қаюмов А. –Тошкент: ЎзРФА қўлёзмалар институти таҳририй нашриёт бўлими,1998, - Б.5.
47
XULOSA Tazkira milliy va o„zaro yaqin adabiyotlar tarixini yaratishda, muayyan davr adabiy muhitini o„rganishda, alohida adabiy siymolar va asarlarni tadqiq etishda adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida turkiy tazkiralarda keltirilgan Alisher Navoiy haqidagi ma‟lumotlarga yuzlanildi. Taniqli kishilarning hayoti va faoliyati haqida so„z yurituvchi adabiy tur yoki janr bo„lgan tazkira Islom dunyosining eng muhim adabiy faoliyatlaridan biridir. Tarix bugungi kunimizgacha yashaganlarning boshidan kechirgan hodisalarini va qahramonliklarini hikoya qiladi. O„sha voqealarga aloqador bo„lgan, ishtirok etgan kishilar hayoti haqidagi lavhalar, hikoyalar ba‟zan voqeaning o„zi qadar muhimdir. Voqealar ro„yobga chiqishiga sabab o„sha hodisani tashkil etuvchi insonlar bo„lgani tufayli ular haqidagi hikoyalarni aniqlash ham biografiya mavzusidir.
Adabiyot gulzoridagi har bir “gul”ning tabiati haqida moziydan kelajakka yo„llangan “maktub” – tazkiralar ma‟lumot beradi. Kitobxon esa ijodkorlar to„g„risidagi to„liq ma‟lumotlarni olish uchun tazkiralarga yuzlanadi. Shu sababdan tazkiralar adabiy siymolar va ularning asarlarini tadqiq etishda adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. Mashoir ush-shuaro” tazkirasi XVI asrda yaratilgan va unda muallif Oshiq Chalabiy tomonidan Navoiy ijodiga keng va atroflicha munosabat bildirgan.Ya‟ni tazkirada Subhiy, Shoh Mahammad ul-Qazviniy at-Tabib, Zotiy, Soniy, Marhum Hofizi Ajam o„g„li Muhammad Shoh Chalabiydur, Shukriy, Shiriy Sifoliy,Yahyo Posho o„g„li Muhammad Posho o„g„li Arslon Posho haqida so„z yuritilganda Alisher Navoiy nomi tilga olinadi, muqoyasa qilinadi. Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Avsharning “Majma‟ ul-xavos” tazkirasida Navoiyning tazkirachilik an‟analari yaqqol ifodalangan. “Xavos” so‟zi “xos”ning ko‟plik shakli bo‟lib, “kiborlar yig‟ini, to‟planishi” demakdir. Bu “nafislar majlis”iga ma‟no jihatdan yaqin. Sodiqiyning Alisher Navoiyga bo„lgan 48
chin muhabbati va ixlosmandligi tufayli tazkira o„zbek tilida yozilgan. Sodiqiy o„z kitobini Navoiyga taqlidan 8 majma‟(bob)dan iborat qilib tuzgan. Po„latjon Qayumiyning “Tazkirayi Qayumiy” asarida Alisher Navoiyning hayot va ijodiga oid ma‟lumotlar keltirilgan. Yuqoridagi parchadan tazkirada Alisher Navoiyning hayotiga keng to„xtalib o„tilganligi seziladi. Ya‟ni ulug„ shoir qachon, qayerda tug„ilganligi, kimlardan ta‟lim olganligi, Husayn Boyqora bilan do„stligi haqida o„qiymiz. Ijodi haqida so„z ketganda Alisher Navoiyning zullisonayn shoir ekanligi va umrining oxirigacha adabiy tahrir bilan mashg„ul bo„lganligi alohida ta‟kidlanadi. Yosh nasllarga turkiy adabiyot ulug„laridan biri - Alisher Navoiyni tanishtirmasdan, tarixiy xotiramizni yangilamasdan-kuchaytirmasdan turib, o„tmish-bugun-kelajak orasida ko„prik qurib bo„lmaydi. Holbuki, bugun globallashYosh nasllarga turkiy adabiyot ulug„laridan biri - Alisher Navoiyni tanishtirmasdan, tarixiy xotiramizni yangilamasdan-kuchaytirmasdan turib, o„tmish-bugun-kelajak orasida ko„prik qurib bo„lmaydi. Holbuki, bugun globallashgan dunyomizda bunga katta ehtiyoj bor.
49
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI 1. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar
1.1. Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent: Ma‟naviyat, 2009. 1.2. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Тошкент: Ўзбекистон, 1998.
2. Ilmiy – nazariy adabiyotlar
2.1. Абдуғафуров А. Буюк бешлик сабоқлари. –Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1995. 2.2. Болтабоев Ҳ. Мумтоз сўз қадри. –Тошкент: Адолат, 2004. 2.3. Болтабоев Ҳ. Туркий тазкираларда Алишер Навоий сиймоси/ Жаҳон адабиѐти, 2013. №2. 2.4. Иcхоқов Й. Навоий поэтикаси. –Тошкент: Фан, 1983. 2.5. Ҳамидова М. Қўлѐзма баѐзлар – адабий манба. –Тошкент: Фан, 1981. 2.6. Ҳаққулов И. Занжирбанд шер қошида. – Тошкент: Юлдузча, 1989. 2.7. Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият луғати. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2008. 2.8. Комилов Н. Маънолар оламига сафар. –Тошкент: Тамаддун, 2012. 2.9. Комилов Н. Хизр чашмаси. –Тошкент: Маънавият, 2005. 2.10. Маҳмудов М. Яна Навоийни ўқиб. –Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти, 2011. 2.11. Мустафо Э. Тазкирадан биографияга. Монография. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2012. 2.12. Мумтоз адабиѐт манбалари луғати / Тузувчи Раҳмонов В. 50
–Тошкент: Мумтоз сўз, 2009. 2.13. Маллаев Н. Ўзбек адабиѐти тарихи. –Тошкент: Ўқитувчи, 1965. 2.14. Навоийга армуғон / Тўплаб, нашрга тайѐрловчи Муллахўжаева К. – Тошкент: Фан, 2004. 2.15. Олимов С. Навоий – ѐшларга. –Тошкент: Абу матбуот-консалт, 2008. 2.16. Quronov D. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug„ati. –Toshkent: Akademnashr, 2013. 2.17. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. –Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. 2.18. Рустамов А. Сўз хусусида сўз. –Тошкаент: “ЭТРЕМУМ ПРЕСС, 2010. 2.19. Сирожиддинов Ш. Алишер Навоий манбаларнинг қиѐсий- типологик, текстологик таҳлили. –Тошкент: Академнашр, 2011. 2.20. Улуғов А. Инсон ибратга интилади. –Тошкент: Ўзбекистон, 2007. 2.21. Юсупова Д. Ўзбек мумтоз адабиѐти тарихи (Алишер Навоий даври). –Тошкент: Академнашр, 2013. 2.22. Vohidov R., Eshonqulov H. O„zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – Toshkent: O„zYU Adabiyot jamg„armasi nashriyoti, 2006. 2.23. Ғаниева С. Навоийнинг «Мажолису-н-нафоис» асари таъсирида ѐзилган тазкира. // Ўзбек тили ва адабиѐти масалалари. –1963. 6-сон. 2.24. Шайхзода М. Тазкирачилик тарихидан. Асарлар. 4-том. –Тошкент: 1972. 2.25. Шарқ мумтоз поэтикаси: Манба ва талқинлар / нашрга тайѐрловчи, талқин ва шарҳлар муаллифи Ҳ. Болтабоуев. – Тошкент: ЎзМУ, 2006.
3. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatlari 3.1. Matkarimova S. Tabibiy – tazkiranavis: filol. fan. nomzodi... dis. – Toshkent: 2007.
51
3.2. Samandarova S. XX asr o„zbek tazkiralari: filol. fan. nomzodi... dis. – Toshkent: 1996.
4. Adabiy manbalar 4.1. Oshiq Chalabiy “Mashoir ush-shuaro”. Istanbul, 2011. (3 jild) 4.2. Muhammad Ali Sodiqbek Sodiqiy Afshar (Kitobdor) Majma‟ ul- xavos. Baku, 2010. 4.3. “Тазкирайи Қаюмий” / Нашрга тайѐрловчи Қаюмов А. –Тошкент: ЎзРФА қўлѐзмалар институти таҳририй нашриѐт бўлими, 1998.
Download 478.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling