Bitiruv malakaviy
II bob. XVII-XX asrlarda yaratilgan tazkiralarda Alisher Navoiy ijodiga
Download 478.81 Kb. Pdf ko'rish
|
turkiy tazkiralarda alisher navoiy siymosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA…………………………………………………………………..…46-49 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………49-51
- Mavzuning dolzarbligi.
II bob. XVII-XX asrlarda yaratilgan tazkiralarda Alisher Navoiy ijodiga
munosabat masalasi…………………………………………………………35-46.
2.1. Sodiq Kitobdor Afshar va uning “Majma‟ ul-xavos” tazkirasida Alisher Navoiyga izdoshlik…………………………………………....35-43
2.2. XX asr boshlarida yaratilgan tazkiralarda Navoiy ijodi masalalari…...43-46 XULOSA…………………………………………………………………..…46-49 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………49-51
KIRISH 3
Mavzuning dolzarbligi. Agar adabiyot insoniyatning qalb kechinmalari, orzu-armonlari yuk qilib ortilgan bir karvonni eslatsa, shubhasiz, bu yo„lning sarboni hazrat Alisher Navoiy, desak yanglishmaymiz. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov o„zining “Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g„ururi, sha‟n-u sharifini dunyoga tarannum qilgan o„lmas so„z sa‟natkoridir…” 1 , - deya ta‟kidlaydi. Alisher Navoiy ijodi nafaqat o„z davri, balki bugungi kunning “Nafosat” tarozisiga tortilganda ham o„zining yuqori bahosini oladi.
Alisher Navoiyning hayot yo„li, ijodiy faoliyati o„z davridan o„rganila boshlangan. Navoiyga bag„ishlangan madhiyalar uning ibratli hayoti tafsilotlari bilan muvofiq kelib, aholining turli qatlamlarida unga Olloh nazar qilgan benazir zot sifatidagi qarashni shakllantirdi, ulug„ shoir hayoti va faoliyatini o„rganish, targ„ib qilish boshlandi. Alisher Navoiy ma‟rifatparvar shaxs sifatida tarixiy manbalarda alohida qayd etilib, she‟riy asarlarda ta‟rif va tavsif qilindi. Navoiy nomi tazkiralarda qayd etildiki, biz bunday qimmatli ma‟lumotlarga tayanib, ulug„ mutafakkir siymosini o„rganish imkoniyatiga ega bo„ldik. “Tazkira milliy va o„zaro yaqin adabiyotlar tarixini yaratishda, muayyan davr adabiy muhitini o„rganishda, alohida
adabiy siymolar va asarlarni tadqiq etishda
adabiyotshunoslikning benazir janri sifatida xizmat qiladi. Hazrat Mir Alisher Navoiy hayotini va olamshumul ijodini tadqiq etish va ulug„ adibning ilmiy biografiyasini yaratishda ham forsiy va turkiy tazkiralarning muayyan ilmiy ulushi bor.”
2
Alisher Navoiy hayotiga oid manbalarni o„rganish borasida katta ishlar amalga oshirilganini e‟tirof etish bilan birga, hali bu sohada bajarilishi lozim bo„lgan ishlar ko„pligini aytish lozim. Chunonchi, Navoiy davri manbalaridagi ma‟lumotlar tanishtiruv sifatidagi bayon xarakteriga ega bo„lib, ko„pchilik
1
Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. –Toshkent: Ma‟naviyat, 2009. – B.47. 2 Boltaboyev H. Turkiy tazkiralarda Alisher Navoiy siymosi/ Jahon adabiyoti, 2013. №2. – B.157. 4
hollarda, o„zaro qiyoslanib tanqidiy o„rganilmagan. Ma‟lumki, XVI-XIX asrlarda yuzlab yozma manbalar, jumladan, tarixiy, ilmiy, tazkira janriga mansub asarlar yaratildi. Ammo ular o„zaro solishtirilib, ulug„ shoir haqidagi ma‟lumotlar bir sistemaga keltirilmagan. XX asrgacha yaratilgan asarlarda Navoiy haqidagi ilk ma‟lumotlarning aks etish darajasi, asl ma‟lumotlar bilan orada paydo bo„lgan tafovutlarning mohiyati va genezisi umuman aniqlanmagan. Qorong‟i uyni mash‟ala yoritganidek, tazkiralar fikrimizni ravshan qiladi. Tazkiralarda aytilgan fikrlar o‟zining ishonchliligi, tarixga yaqinliligi bilan ham ahamiyatli. Shu sababdan ham biz Navoiyni tazkiralar tasvirida o‟rgansak, haqqoniyroq siymosiga ega bo‟lamiz. Buning uchun bizda yetarlicha manbalar bor. Bitta misol turk olimi professor Mustafo Eson Alisher Navoiyning faoliyati ta‟sirida yozilgan 30 dan ortiq turk tazkiralarini tadqiq qilgan. 3
Download 478.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling